I bob. Tilshunoslikda ot so‘z turkumi va uning grammatik shakllarining o‘rganilishi



Yüklə 28,22 Kb.
səhifə2/5
tarix14.05.2023
ölçüsü28,22 Kb.
#110294
1   2   3   4   5
I BOB Furqat

2. Morfologik xususiyatlari – so‘zlarning umumiy morfologik xususiyatlari. Masalan: predmet nomini bildiruvchi so‘zlar birlik-ko‘plik ko‘rsata oladi, belgi bildiruvchilar darajalanib kela oladi, fe’llar esa zamonni ifodalay oladi va hokazo. 3. Sintaktik xususiyatlari – so‘zlarning gapda qanday gap bo‘lagi vazifasida kela olishi. Odatda, predmetni bildiruvchi so‘zlar ko‘pincha ega. To‘ldirvuchi; harakatni bildiruvchi so‘zlar ko‘pincha kesim vazifasida keladi. Demak, so‘zlar har uchala belgi – semantik, morfologik va sintaktik
xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi. Hozirgi o‘zbek tilida 12 ta so‘z turkumi mavjud bo‘lib, ular yuqorida bayon qilingan 3 asosiy xususiyatga ega bo‘lish darajasiga ko‘ra, guruhlarga bo‘linadi. O‘zbek tilshunosligida so‘zlarni turkumlarga ajratishda turli yondashuvlar mavjud, birinch xil tasnifda so‘zlar quyidagi 5 ta guruhga bo‘linadi: 1.Mustaqil so‘zlar; 2.Yordamchi so‘zlar; 3.Modal s ‘zlar; 4.Undov so‘zlar; 5.Taqlid so‘zlar. Ikkinchi xil tasnifda so‘zlar ifodalaydigan umumiy ma’nolarga ko‘ra bo‘linadi: 1. Nomlovchi so‘zlar: ot, sifat, son, fe’l va ravish. 2. Yordamchi so‘zlar: bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama. 3. Ifodalovchi so‘zlar: undov, modal va taqlid so‘zlar. 4. Ko‘rsatuvchi so‘zlar: olmosh. Bizga ma’qul ko‘ringan tasnif quyidagi guruhlarga bo‘linadigan tasnifdir:
1) mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish va olmosh so‘z turkumlari.
2) yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, bogʽlovchi va yuklama so‘z turkumlari.
3) alohida so‘zlar: modal, undov va taqlid so‘z turkumlari. Yuqoridagi ko‘pincha tasniflarda mustaqil va yordamchi so‘z turkumlari ko‘zga ko‘rinmoqda. Agarchi, bu tasnif an’anaviy tasnif hisoblansa-da, hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. An’anaviy tasnifda so‘z turkumlariga 6 ta so‘z turkumi kiritilib, ularda ot so‘z turkumi birlamchi va fe’l esa ikkilamchi qutbda qaror topmoqda, lekin ayrim tadqiqotlarda taqlid so‘zlar ham mustaqil so‘z turkumlariga kiritilib, fe’l so‘z turkumi oldinga o‘tkazilmoqda. Fe’l barcha so‘z turkumlari ichida eng katta, Grammatik kategoriyalarga boy, mukammal so‘z turkumidir. Biroq ma’lumki, Inson dunyoga kelgach, avvalam bor narsa-buyumlarga duch keladi. Har qanday harakat ham predmet yoki shaxs tomonidan bajariladi. Shunga binoan, bizga maquli esa an’anaviy tasnifdir. Mustaqil so‘z turkumi leksik va grammatik ma’noga ega bo‘lib, gapning biror bo‘lagi vazifasida kela olishi bilan shakl yasash xususiyatida ham egadir. Yordamchi so‘zlar esa leksik ma’no anglatmaydi, morfologik jihatdan ham o‘zgarmaydi, gap bo‘lagi vazifasida ham kela olmaydi va yasalish xususiyatiga ham ega emas. Modal, undov va taqlid so‘zlar esa mustaqil so‘zlarga ham, yordamchi so‘zlarga ham o‘xshamaydi, o‘zaro umumiy jihatlari ham yo‘q. Shuning uchun, alohida so‘z turkumlari deb ataladi.
Hozirgi o‘zbek tilshunosligida grammatik kategoriyalar o‘rganilish bo‘yicha ham har xil fikrlar mavjud. An’anaviy tilshunoslikda har bir so‘z turkumining Grammatik kategoriyalari o‘z doirasida o‘rganilib kelingan bo‘lsa-da, keyingi paytlarda so‘z o‘zgartiruvchi vositalar – otlardagi kelishik va fe’llardagi shaxs-son qo‘shimchalari so‘zlarning sintaktik aloqasiga xizmat qiluvchi aloqa-munosabat shakllari deb nomlanib, so‘z turkumlaridan tashqarida o‘rganilmoqda. Bizningcha, har bir kategoriyaning o‘z so‘z turkumi doirasida berilshi ma’qul. Chunki har so‘z turkumining kategoriyasi o‘z so‘z turkumi doirasida o‘rganilmasligi so‘z turkumlarining xususiyatlarini bir butun holda tushunmasligiga va so‘z turkumlarini tahlil qilishda qiyinchilik hosil qilishga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, grammatik kategoriyalarga shakl hosil qiluvchilar va so‘z o‘zgartiruvchilarga bo‘lingan holda har kategoriyani o‘z doirasida o‘rganilishi ma’qul.



Yüklə 28,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə