O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#136470
1   2   3   4   5   6   7
Geologiya Nozima

Aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak.
Qolip. Ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos bayon etish qolipi bo‘ladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud bo‘ladi.
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me’yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi.
Rasmiy uslubning grammatik me’yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi.NUTQ VA ADABIY ME’YOR
Nutqning mantiqiyligini ta’min etadigan to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga yetkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bo‘lib, mazkur sifatlarning jami nutqning ta’sirchanligini yuzaga keltiradi.
Nutqning to‘g‘riligi. Nutqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri fikrni to‘g‘ri, mazmunli bayon qilishdir. Adabiy tilning fonetik-orfoepik, leksik-semantik va grammatik me’yorlari talablariga mos keladigan nutq to‘g‘ri nutqdir. Nutqning talaffuz madaniyati til materiallarini to‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog‘liqdir. Bunga so‘z va iboralarning to‘g‘ri diksiyasi, so‘z va mantiqiy urg‘u, intonatsiya va pauzaga e’tibor qilish orqali erishiladi. Masalan: qatlama, hozir kabilar. ashga olib keladi. G‘ofur Solihboyning qiroli edi.
Sinonimlar nutqni ta’sirchan qilish bilan birga, turli qaytariqlarning oldini olib, uni ravon qiladi. Nutqda sinonimlardan ularning ma’no va uslubiy nozikliklarini to‘la anglagan holda foydalanish lozim aks holda nutqiy g‘alizlik vujudga keladi. Masalan: ozg‘in, oriq.
To‘g‘ri nutqqa qo‘yiladigan talablardan biri uning Grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanishidir. Jumladan, qaratqich kelishigi –ning belgili va belgisiz qo‘llanadi. Gapning ma’nosi va mazmuniga putur yetmasa, tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qo‘shimchasining tushirib qoldirilishi axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi: Askar otasi deb yozganda, matnni o‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida borayotganligini bilib bo‘lmaydi: gap askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi?
Nutqning aniqligi. Qadimgi yunon donishmandi Aristotel o‘zining “Ritorika” kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, “agar nutq aniq bo‘lmasa, u o‘z maqsadiga erisha olmaydi” deb ta’kidlaydi.
Nutqning aniqligi –bu aytilayotgan so‘z yoki iboraning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir. Shuning uchun so‘zlovchi kim yoki nima haqida gapirayotganini har tomonlama chuqur tushungan bo‘lishi kerak, aks holda nutq aniq bo‘lmaydi. Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:

Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə