O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi


Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiylari quyidagilardir



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə7/7
tarix28.11.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#136470
1   2   3   4   5   6   7
Geologiya Nozima

Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiylari quyidagilardir:
1) shevaga xos so‘z, ibora, Grammatik shakllar, urg‘u va talaffuz;
2) o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari (varvarizmlar);
3) jargon va argolar;
4) dag‘al, haqorat so‘z va iboralar (vulgarizmlar);
5) “ishlamaydigan” yoki parazit so‘zlar;
6) idoraviy so‘z va iboralar (kanselyarizmlar)Nutqning boyligi. Nutqning ta’sir quvvati, tegishli axborotni tinglovchiga tugal va qulay, “yuqumli” tarzda yetkazish imkoniyati muhim kommunikativ sifatlardan bo‘lmish boyligiga ham bog‘liq. Boy nutq tinglovchining joniga tegmaydi, balki u bunday nutqni jon qulog‘i bilan tinglaydi.
Nutqning boy yoki kambag‘alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan (so‘zlar, ma’nolar, intonatsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralarva hokazo) elementlardan qay darajada foydalanganligi bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo‘lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko‘p bo‘lgan nutq kambag‘al hisoblanadi va uning ta’siri ham shunga yarasha bo‘ladi. Nutqning maqsadga muvofiqligi. Agar notiq nutqi o‘zida barcha kommunikativ sifatlarni mujassam etsayu, har jihatdan jo‘yali, ya’ni o‘z o‘rnida bo‘lmasa, u maqsadiga erisha olmaydi. Jo‘yalilik yo‘q joyda nutqning boylik, aniqlik, ifodalilik kabi muhim sifatlarining mohiyati yo‘qoladi.
Sharqning buyuk pandnomachisi Kaykovusning shunday o‘giti bor:”... Tilingni yaxshi hunar bila o‘rgatg‘il va muloyim so‘zdin boshqa narsani odat qilmag‘il. Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatg‘il, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur (ta’kid N.Mahmudovniki.). Shuning uchun behuda so‘zlamag‘ilki, foydasizdur. Bunday befoyda so‘z ziyon keltirur va har so‘zki undan hunar isi kelmasa, bunday so‘zni gapirmaslik lozim. Hakimlar debdurlar: ”So‘z bir nash’adur, undan xumor paydo bo‘lur”. 25
Xalqimiz donoligining bebaho xazinasi, o‘zbek so‘zining ko‘rki bo‘lmish maqol va matallarda ham ayni fiqoida bot-bot ta’kidlangan. Ularning ayrimlariga quloq tutaylik: “So‘zga tushmagan so‘zni aytma, Sozga tushmagan g‘azalni”; “Jo‘yali so‘z jo‘yasin topar, jo‘yasiz so‘z iyasin (egasin) topar”; “O‘rinli so‘zga tuya cho‘kadi, O‘rinsiz so‘zga hamma so‘kadi”.
Notiq nutq tuzar ekan,”tuyaning cho‘kishi va hech kimning uni so‘kmasligi” uchun nutqining jo‘yasini, o‘rnini aniq tasavvur qilishi shart. Jo‘yalilik til vositalarini shunday tanlash, ularni shunday aloqalantirish va bir-biri bilan bog‘lashki, buning natijasida nutq muloqotning maqsadi va sharoitlariga tamomila javob beradigan tarzda tarkib topadi. Ayni ta’rifdan kelib chiqilsa, jo‘yali nutq ifodalamoqchi bo‘lgan axborotning mavzusi, uning mantiqiy va hissiy mazmuni, tinglovchi yoki o‘quvchilar tarkibining yosh, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa xususiyatlari, yozma yoki og‘zaki nutqning xabar berish, tarbiyaviy, estetik va shu kabi vazifalariga to‘la mos kelishi asosida yuzaga keladi.
Nutqning ifodaliligi. Nutqning bu sifati ba’zan ta’sirchanlik tarzida ham tushuniladi. Ammo ta’sirchanlik keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u yaxlit yaxshi nutqqa xosdir. Tabiiyki, har qanday nutqning asosiy maqsadlaridan biri tinglovchi yoki o‘quvchi ongiga ta’sir etishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirishda esa nutqning muayyan bir sifati emas, balki barcha kommunikativ sifatlari u yoki bu darajada ishtirok etadi. Zotan, to‘g‘ri yoki aniq bo‘lmagan, boy yoki mantiqiy bo‘lmagan, sof yoki jo‘yali bo‘lmagan nutqning ta’sirchanligi haqida gapirib bo‘lmaydi. Lekin ayni paytda nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda ifodalilik sifatining alohida, hatto hal qiluvchi o‘rin tutishini ta’kidlamoq joiz.
Nutq tinglovchi yoki o‘quvchining quruq qulog‘ini emas, balki qalb qo‘rg‘onini, aql qal’asini zabt etmog‘i uchun, eng avvalo, uning tarkibi va qurilishi diqqatni tortadigan qizg‘in qiziqish uyg‘otadigan bo‘lishi lozim. Bu esa ayni ifodalilik sifatining mohiyatini tayin etadigan xususiyatdir. Boshqacha qilib aytganda, ifodalilik nutqning tarkibiy tuzilishi va boshqa lisoniy xususiyatlariga ko‘ra tinglovchi yoki o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb qila olishdan iborat kommunikativ sifatdir.
Nutqning turli uslublari bu kommunikativ sifatga turli darajada ehtiyoj sezadi. Masalan, rasmiy ish qog‘ozlarida ifodalilikka nisbatan kamroq e’tibor qilinsa, ilmiy uslubda o‘rni bilan bir qadar bu sifat kerak bo‘ladi. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar muammolari yoritilar ekan, nutqning ifodaliligi ayricha ahamiyat kasb etadi. Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan mkoniyatlar juda ham ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida mavjud. Tilning tovush qurilishi, so‘z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya, uslub kabilarning har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalarning mohiyati, tabiati va ularni unumli ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo‘lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga qiynalmaydi.SOHADA О‘ZBEK TILIDA MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi. Sotsiologik - entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”. Demak, Muloqot – insonlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayondir. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan.“Kommunikatsiya” ko‘p ma’noli termin bo‘lib, u “ommaviy kommunikatsiya (axborot) vositalari” birikmasida matbuot, radio va televideniyening axborot vositalarini, texnikada aloqa tarmog‘ini ifodalash uchun ishlatiladi. Sotsiolingvistikada “kommunikatsiya” “muloqot” so‘zining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Kommunikatsiya xabarni uzatish, fikr va ma’lumotlar almashinuvi, ya’ni muloqot qilishdir. Kommunikatsiya ijtimoiy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. U jamiyatda aloqa o‘rnatuvchi vazifani bajaradi. Kommunikatsiya verbal (nutqiy) va noverbal (nutqsiz) bo‘lishi mumkin. Ba’zi jamiyatlarda qadimda so‘zlashuv nutqidan kam foydalanishga harakat qilingan. Masalan, Xitoy va Koreyada Konfutsiy olim-amaldorlari, odatda, o‘z fikrlarini yozma ravishda ifodalashgan. Hukmron Konfutsiy aslzodalarining qiyofasi loqayd, yuzi toshdek, hech qanday ifoda kasb etmagan. Mazkur an’analarning bugungi koreys jamiyatida ham o‘z ta’sirini yo‘qotmaganligi kuzatiladi. O‘ZBEK ADABIYOTINING QADIMGI
MANBALARIQadimgi yozmа yodgоrliklаr bаdiiy аdаbiyotimizning muhim yodgоrliklаri bo‘lib, qadimgi mаdаniyat, til, yozuv, ijtimоiy hаyot haqidа mа’lumоt bеruvchi mаnbа sifаtidа qаdrlidir. O‘zbek xalqi qadimiy tarixga, boy o‘tmish mеrosga ega. Ko‘p asrlik xalqning tarixi yozma yodgorliklar va og‘zaki ijod namunalari orqali avloddan-avlodga o‘tib kеlmoqda.
Dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga tegishlidir. Ular O‘rxun – Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo‘lib, sug‘d, turkiy run, arab va uyg‘ur yozuvlaridagi bitiklardir. Uyg‘ur yozuvi hatto arab yozuvi bilan yonma – yon XV asrgacha, Xitoydagi uyg‘urlar orasida esa keyingi asrlarda ham iste’molda edi. U so‘g‘d yozuvi asosida shakllangan bo‘lib, unda 18 ta harf bor. Uyg‘ur yozuvi o‘ngdan chapga qarab yozilgan. Mazkur yozuvda buddaviy, moniy, xristian dinlariga oid axloqiy – ta’limiy asarlar, yuridik – huquqiy va moliyaviy hujjatlar saqlanib qolgan. X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singku Seli Tutung “Oltin yorug‘” asarini xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg‘ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, “O‘g‘uznoma”, “Muhabbatnoma (Xorazmiy), “Latofatnoma” (Xo‘jandiy), “Mahzan ul-asror” (Mir Haydar) va boshqa ko‘pgina asarlarning uyg‘ur yozuvidagi nusxalari ham mashhurdir.
O‘rxun – Enasoy yodgorliklarining topilishi va o‘rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov, shved zobiti Ioann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga taqdim qilgan edilar. Daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi barcha harflarini o‘qidilar. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o‘rganmoqda. V. Tomson va Radlovlardan keyin S. Y. Malov, S. Y. Klyashtorning I. V. Stebleva, X. O‘rxun, T. Tekin, Najip Osin, G. Aydarov, o‘zbek olimlaridan A. Rustamov, R. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o‘rganishgan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Bu yodgorliklar o‘zbek tiliga bir necha marotaba o‘girilgan. A. Qayumov “Qadimiyat obidalari” kitobida, G‘. Abdurahmonov va A. Rustamovlar “Qadimgi turkiy til” kitoblarida o‘sha yodgorliklardan namunalar keltirishgan. Ularning qog‘ozga, turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyo ota va Taroz shahri “Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avestoda ham turkiy, ham eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari,yashash tarzlariga oid ma’lumotlar uchraydi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, undagi ma’lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqlidir. Ular “Gotlar” va “Yasht”lar deb nomlangan. Beruniy (973-1048-y) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasida “Avesto”ning 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtdan buyon “Avesto”ning beshdan uch qismi yo‘qolib ketdi. “Avesto” o‘ttiz “nask” edi. Majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Nask “Avesto” bo‘laklaridan har bir bo‘lakning nomidir, deya ma’lumot berilgan. “Avesto” o‘sha davrlar tarixi, fan, madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asar bo‘lib, pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Uning qisqartirilgan nusxasi “Zand Avesto” nomi bilan mashhur. “Avesto”da olam ikki asos, ya’ni yorug‘lk va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Yaxshilik va ezgulik xudosi Axuramazda (Hurmuzd) bo‘lib, u yomonlik xudosi yovuzlik ramzi Ahriman bilan kurashadi. “Avesto”da yozilishicha, zardushtiylikda qo‘riq yer ochib, bog‘-rog‘ qilgan odam ilohiyot rahmatiga erishadi. Yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash 3-4 ming yillardan so‘ng adolat, ezgulik g‘alabasi
Amir Nizomiddin Alisher Navoiy faqat о‘zbek xalqi emas, balki butun turk olamining buyuk shoiri, mutafakkiri sifatida jahon badiiy tafakkuri tarixida о‘z о‘rni va maqomiga ega ijodkordir. Uning jahon badiiyati xazinasiga qо‘shilgan shox asarlari, XV asrning ikkinchi yarmi temuriylar saltanati davri ilm-fani va san’atini rivojlantirishga qо‘shgan benihoya katta hissasi yuksak e’tirof etilgan. U hayotini tо‘laligicha mamlakat ravnaqi, xalqi va millatning tinch-totuv yashashi hamda davlat qudratini mustahkamlashga bag‘ishladi. Sulton Husayn Boyqaroning uni “mamlakat ustuni, din va davlat nizomi, mulku millat as’hoblari zubdasi, xayrli binolar muassasi, xoqon davlati tayanchi”, deb ataganligi bejiz bо‘lmagan, albatta. Alisher Navoiy butun dunyo qarshisida turkiy (о‘zbek) tilning boy imkoniyatlarini kо‘rsatib bera olgan, arab, fors tilidan hech qaysi jihatdan kam bо‘lmagan gо‘zal til ekanligini isbotlab bergan buyuk olimdir. О‘sha davrlarda fors tili poeziya tili, arab tili esa ilmiy til sifatida qabul qilingan edi. Turkiy xalqlarning kо‘p mingyillik davlatchilik tajribasi va boy ma’naviy-adabiy merosi mо‘g‘ul bosqini oqibatida yо‘q qilinganligi tufayli temuriylar davrida turkiy xalqlarning shonli tarixi, tili va qadriyatlarini tiklash juda qiyin kechgan. Hatto, Temur saroyida turkiy tilni davlat tili darajasiga olib chiqish ishlari oxiriga yetkazilmay qolgan. Shunday bir sharoitda Alisher Navoiy о‘z oldiga о‘zbek tili maqomini tiklash maqsadini qо‘ydi. U bejiz ushbu satrlarni yozmagan:
Turk nazmida chu tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Darhaqiqat, Navoiy о‘zi e’tirof etganidek, turkiy til va adabiyoti maydonida bayroq kо‘tardi, butun mamlakatni yakqalam, ya’ni bir tilli qildi. Alisher Navoiy davlat ishlaridan xoli vaqtlarida badiiy ijod bilan shug‘ullandi va badiiyat olamida tengsiz bо‘lgan nodir asarlar yaratdi. Navoiy asarlarida inson ma’naviy–axloqiy kamoloti g‘oyasi yetakchi, odamiylik, bag‘rikenglik, ezgulik esa Navoiy falsafasining asosini tashkil etadi.
Alisher Navoiy qoldirgan meros о‘zining salmog‘i va rang-barangligi bilan kishini hayratga soladi. Chunki u nafaqat shoir, ayni paytda yozuvchi, tarixchi, tilshunos, adabiyotshunos, islom va tasavvuf olimi, tarjimoni sifatida ham samarali ijod qildi hamda kо‘plab bebaho ilmiy, tarixiy, diniy va tasavvufiy asarlar yaratdi.
Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid qarshlari va “Muhokamat-ul lug‘atayn” asari. Navoiy turkiy tilning rivojiga shoh asarlar yaratish bilan hissa qо‘shib qolmay, uning taraqqiyotini nazariy jihatdan ham boyitdi. Bu boradagi xizmatlaridan biri 1499-yilda yaratilgan “Muhokamat ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asaridir. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarini umrining sо‘nggi yillarida yozdi. Mazkur asarida qiyoslash asnosida turkiy tilning boy va keng imkonShoir «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarining boshlanish qismida quyidagicha yozadi: «Sо‘z ahli xirmonining boshoqchisi va sо‘z qimmatbaho toshlari xazinasining poyloqchisi va nazm gulistonining sayroq bulbuli, ya’ni Navoiy deb taxalluslangan Alisher arz qiladiki, sо‘z bir dur bо‘lib, uning daryosi kо‘ngildir. Kо‘ngil shunday bir о‘rin bо‘lib, unda mayda va yirik ma’nolar tо‘plangandir. Bu shunga о‘xshaydiki, gavhar daryodan g‘avvos vositasida chiqariladi. Uning qiymati esa toshiga qarab ma’lum bо‘ladi. Sо‘z duri ham kо‘ngildan sо‘zga chechan kishi vositasi bilan nutq sharafiga erishadi, uning qiymati ham о‘zining darajasiga qarab shuhrat qozonadi va hamma yoqqa yoyiladi. Nechunki, gavhar qiymat yuzasidan juda kо‘p darajalarga bо‘linadi, xatto bir diramdan yuz tumangacha desa bо‘ladi».
Alisher Navoiyning boshqa sohadagi singari tilshunoslik sohasidagi xizmati ham g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Tishunoslikka doir fikrlari ulug‘ siymoning har bir asarida, jumladan, "Muhokamat ul-lug‘atayn" asarida yaqqol kо‘zga tashlanadi. Tengi yо‘q sо‘z ustasi Alisher Navoiy о‘zining lug‘atchilik va tilshunoslik sohasidagi yarim asrlik tajribasini “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida umumlashtiradi.
Asarda oʻzbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, oʻzbek tilida esa unlilar bir qancha maʼno farqlovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzun-qisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali koʻrsatib bergan.
Alisher Navoiy oʻzbek va fors tillari leksikasini qiyoslash uchun tabiat manzaralari, uy-roʻzgʻor buyumlari, ov jarayoni, hayvon va qushlarning turlari kabi juda koʻp sohaga oid yuzlab soʻzlarni keltirib, bu soʻzlarning muqobili forschada yoʻqligini, forslar koʻpincha oʻsha oʻzbekcha soʻzlarning oʻzini ishlatishlarini taʼkidlab, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama koʻrsatgan. Mana shunday fikrlaridan ayrimlari: "...xoʻblarning koʻz va qoshlari orasinki, qabogʻ derlar, forsiyda bu uzvning oti yoʻqtur.."iyatlarga ega ekanligini isbotladi. Sharq musulmon adabiyotidagi an’anaga kо‘ra, hamd va na’t qismlaridan keyin Navoiy dunyo tillaridan uchtasi (turkiy, forsiy va hind) asl va mо‘tabar bо‘lib, ularning vujudga kelishi Nuh payg‘ambarning о‘g‘illari: Yofas (turkiy), Som (forsiy) va Hom (hind) bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Turkiy tilni Yofas orqali payg‘ambirlik toji bilan ulug‘lanadi deb yozadi. Navoiyning fikricha, arab tili bunday ulug‘lanishga muhtoj emas, hech shubhasiz, u barcha tillardan mumtoz va “mо‘jizaliroqdir”, chunki Allohning kalomi va rasuli akram hadislari shu tilda yaratilgan. Alisher Navoiy ikki tilni qiyoslash jarayonida forsiy tilning kuchli bilimdoni sifatida namoyon bо‘ladi, zero, obyektiv xulosalar chiqarish uchun ikki tilni ham mukammal bilmoq talab qilinadi. Hazrat Navoiy ilmiy tafakkurining gultojisi hisoblangan ushbu tadqiqot о‘zbek fani tarixida ham tengsiz maqomga ega. Ushbu asar bizgacha yetib kelgan ilmiy ishlar orasida о‘zbek tilida yaratilgan birinchi sof lingvistik ilmiy-tadqiqot hisoblanadi. Kezi kelganda aytish kerakki, Nizomiddin Mir Alisher Navoiyga qadar turkiy tillar tadqiqiga bag‘ishlangan о‘nlab ilmiy asarlar yaratilgan. Biroq ular arab tilida yozilgan va ularning aksariyati о‘quv qо‘llanma xususiyatiga ega bо‘lgan.
Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari bilan о‘zbek lafzida tilshunoslik bо‘yicha ilmiy ish yaratish uslubini, yozma ilmiy bayon texnikasini yaratib berish bilan birga, uning ilmiy atamashunosligini ham ishlab chiqdi. Shu jihatlari bilan bu asar о‘zbek va jahon fani uchun g‘oyat qadrli fundamental tadqiqotdir.
XVI-XX ASRLAR ADABIYOTINING TIL XUSUSIYATLARIZahiriddin Muhammad Bobur va “Boburnoma” asarining o‘zbek adabiyoti, o‘zbek tili taraqqiyoti, ilm-fanida tutgan o‘rni.
Temuriylar saroyida bola tarbiyasiga, temuriyzodalarning o‘z davrining barcha bilimlarini egallashlariga alohida ahamiyat berildi. Eng bilimdon kishilar temuriyzodalarga murabbiy qilib tayinlandilar. Ana shunday tarbiya natijasida temuriyzodalardan bir qancha qomusiy bilim egalari, dunyoga dong taratgan shoir-u allomalar yetishib chiqdilar. Xususan, Mirzo Ulugʻbek, Sulton Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Gulbadanbegim, Zebunnisolar shular jumlasidandir.
Zahiriddin Muhammad Bobur ajoyib sarkarda, davlat arbobi, talantli shoir, muarrix, geograf, etnograf, adabiyotshunos, islomshunos, harbshunos, musiqashunos sifatida dunyo ilm ahliga maʼlum va mashhurdir.
U tilshunoslikka doir maxsus asar yozmagan boʻlsa ham, lekin oʻzining qomusiy asari boʻlgan “Voqeanoma” (“Boburnoma”) sida tilshunoslikka doir bir qator qimmatli fikrlarini bayon qiladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiyning oʻzbek adabiy tilining istiqboli yoʻlidagi kurashini davom ettirdi. U nutq madaniyatiga, nutqning sodda, ravon, tushunarli boʻlishiga alohida ahamiyat berdi. Ijodiy faoliyatida doimo bunga amal qildi. Boshqalarni ham shunga daʼvat etdi.
Boburning nutq madaniyatiga alohida ahamiyat berishi bejiz emas edi. Chunki antik davrda ham, arab xalifaligida ham nutq madaniyatiga har qanday ziyoli kishining, ayniqsa, davlat arbobining egallashi lozim boʻlgan eng muhim sanʼat turi sifatida qaralar, faqat shunday sanʼatni egallagan kishigina mohir davlat boshqaruvchisi boʻlishi mumkin, deb hisoblanar edi.
Boburning oʻzi ham jangda tahlikaga tushgan askarlarni bir necha bor jangovar va taʼsirchan nutqi orqali dadillashtirgan, gʻalabaga ishonch ruhini uygʻotgan va shu tufayli muvaffaqiyat qozongan.
Shuning uchun u oʻz farzandlarining ham bu sanʼatni egallashini eng muhim vazifa deb bilgan. Faqat ogʻzaki nutqning emas, balki yozma nutqning ham sodda, ravon va savodli boʻlishiga erishish har bir ziyolining vazifasi hisoblangan.Abdurauf Fitrat hozirgi o‘zbek adabiy tilining asoschisi. XX asrning boshlarida Turkistonda bir qancha nomdagi gazeta va jurnallar nashr qilina boshladi. Matbuotning yo‘lga qo‘yilishi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishi uchun ham qulay imkoniyat yaratdi. Avvalo, jadidlar xalqimizning ajoyib ma’naviy merosi bo‘lgan til masalasiga alohida e’tibor berdilar. Jadidlar harakatining yetakchisi Abdurauf Fitrat jahon madaniyati hazinasiga al-Beruniy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Jaloliddin Rumiy, Bedil singari buyuk daholarni yetkazib berganligi, lekin bu daholar o‘z asarlarini ona tillarida emas, arab va fors tillarida yaratganliklari uchun turkiy til imkoniyatlari ochilmay qolganligi, hazrat Navoiy bu tilning keng imkoniyatlarga ega ekanligini ham badiiy, ham ilmiy asarlari bilan isbotlab berganligi, lekin ul hazratdan so‘ng turkiy til yana e’tiborsiz ekanligini, uning tarixda baxtsiz bo‘lganligini afsus-nadomat bilan tilga oladi.
Abdurauf Fitrat o‘zbek tili morfologiyasini bevosita tadqiq qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘zbek tili grammatikasini yaxlit, ya’ni morfologiya, so‘z yasalishi va sintaksisni o‘zaro zich bog‘langan sathlar tarzida tadqiq qildi.
Fitrat o‘zbek tilshunosligining o‘sha davr uchun eng dolzarb bo‘lgan masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi, unga o‘z munosabatini bildirdi. Olimning “O‘zbek tili qoidasi to‘g‘risida bir tajriba: Sarf” asarida o‘zbek tilining fonetik tizimi chuqur tahlil qilingan. Fitratning sof morfologik qarashi uning “Sarf” (morfologiya) asarida o‘z ifodasini topgan. Fitratning so‘zga jiddiy e’tibor berganligi, ayniqsa, so‘zga, avvalo, ma’no anglatish nuqtayi nazaridan yondashganligi, birinchi o‘ringa mazmunni qo‘yganligi, ya’ni ma’nodan shaklga qarab borganligi muhim.
Uning o‘zbek tilshunosligining o‘sha davr uchun eng dolzarb bo‘lgan masalasiga jiddiy e’tibor qaratganligiga “Ishtirokiyun” gazetasida nashr qilingan “Tilimiz” maqolasi asos bo‘la oladi.XX ASR O‘ZBEK ADABIYOTI XUSUSIYATLARIKo‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixida XX asr adabiyoti alohida mavqeni egallaydi. Zero, xuddi shu davrda adabiyotimiz xazinasida roman, qissa, drama, komediyalar paydo bo‘ldi,shuningdek, ilg‘or jahon yozuvchilarining badiiy tajribalaridan tom ma’noda bahramand bo‘la boshladilar. Adabiyotning xalq va jamiyat hayoti bilan aloqasi barqarorlashdi. XX asrda o‘zbek xalqi hayotida ro‘y bergan bir qator voqealar olamshumul ahamiyatga molik bo‘lib, ular shu asr adabiyoti tarixini turli davrlarga ajratib o‘rganishni taqozo etadi. Bu esa o‘ziga xos tarzda davrlarga bo‘lib o‘rganiladi va quyidagicha tahlil qilinadi.
Asr boshidagi o‘zbek adabiyoti (1905-1917-yillar).
2. 20-yillar adabiyoti.
3. 30-40-yillar adabiyoti.
4. 50-80-yillar adabiyoti.
5. Hozirgi adabiy jarayon (90-yillar).
6. Mustaqillik davri adabiyoti.Mohiyat e’tibori bilan XX asr tongida dunyoqarashi shakllanib ulgurgan o‘zbek adabiyoti va madaniyatining eng ko‘zga ko‘ringan arboblarining deyarli barchasi jadidchilik harakatining rahbarlari, asoschilari yoki bu harakatga faol ravishda ijobiy munosabatda bo‘lgan kishilar edi. Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon, Ayniy, Avloniy, Tavallo, Hamza, Hoji Muinlar ana shunday ijodkorlardir.
Jadidchilik harakatining natijalari o‘laroq Turkiston hayotida jiddiy ilg‘or madaniy jarayonlar kechdi. O‘lkada teatr vujudga keldi, fan-texnikaga qiziqish kuchaydi, milliy til qadriga ahamiyat ortdi, tor biqiqlikdan chiqib, farzandlarni jahon ma’naviyatiga, talimiga oshno etish tamoyili mustahkamlandi, uy-joy tutish muomala-munosabat, kiyim-kechak, tabobat, me’morchilik, matbaa, aloqa masalalarida jahonning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish boshlandi, ommaviy kutubxonalar ochildi va hokazo.
Matbuot va adabiyot. Bu davrda matbuot sohasida kuchli jonlanish ro‘y berdi. O‘zbek matbuotining dastlabki taraqqiyoti shu yillarga to’g’ri keladi. Munavvar qori muharrirlik qilgan, 1906-yilning sentyabridan noyabrigacha chiqqan “Xurshid” gazetasi hech qaysi guruh yoxud firqaga mansub emasligini e’lon qilsa-dayerli bo‘lmagan sarmoyadorlarni tanqid ostiga olgani, millatni uyg‘otish yo‘lida harakat qilgani uchun yopildi.
O‘sha yilning boshida tashkil etilib, deyarli bir yarim yil davomida chiqib turgan jadidlarning birinchi gazetasi “Taraqqiy” ilg‘or g‘oyalarni yoyishga intildi. Uning muharriri Ismoil Obidiy eski maktablarni isloh qilishga chaqirdi, millat manfaati yo‘lida vatandoshlarni birlashishga da’vat etdi, sinfiy tabaqalanmaslikka chorladi.
Turkistonda milliy uyg‘onish, o‘zlikni anglash g‘oyalarini targ‘ib etishda, ayniqsa, “Sadoi Turkiston” (1914-1915) gazetasi katta ishlarni amalga oshirdi.
Gazetaga turli muddatlarda Rauf Muzaffarzoda, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jayev kabi millat jonkuyarlari muharrirlik qildilar.
“Oina” (1913, Samarqand) va “Al-isloh” (1915, Toshkent) oynomalari ham ijtimoiy-siyosiy va adabiy-madaniy hayotdagi muammolarni ko‘tarib chiqishga alohida e’tibor berdi.
Behbudiy “Oina” jurnalida e’lon qilingan “Yoshlarga murojaat” maqolasida yoshlarni zamonaviy ishlarni, ayni vaqtda, o‘ris tilini mukammal o‘zlashtirishga chaqirdi, biroq bu ishlarni milliy va diniy e’tiqodni buzmasdanamalga oshirish kerakligini ta’kidlaydi. “Din va millatga xizmat ilm va aqcha bilan bo‘lur”, deb yozdi u.
Bu yo‘nalishda Behbudiy, Avloniy, Mirmuhsin singari so‘z ustalari, ayniqsa, barakali ijod qildilar. Milliy uyg‘onishni va haq-huquqni anglashga chaqirish masalasi ilg‘or publitistlarning diqqat markazida turdi. “Bilmoq kerakki, haq olinur, berilmaydur”, deb yozdi, masalan, Behbudiy “Bayoni haqiqat” deb nomlangan maqolalaridan birida. Bu davr publitistikasida faol ijod qilganlardan biri Mirmuhsin Shermuhammedov deb e’tirof etadi. XXasr adabiyoti katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi, A.Fitrat, M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Qodiriy, Cho‘lpon, A.Qahhor, G‘.G‘ulom, Oybek, M.Shayxzoda, H.Olimjon, Zulfiya, S.Ahmad, O.Yoqubov, P.Qodirov, E.Vohidov, A.Oripov va boshqa ijodkorlarning adabiy ijodiy namunalaridan bahramand bo‘lamiz
Oybek — Oybek tahallusi ostida ijod qilgan shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yilning 10 yanvarida Toshkent shahrida, bo‘zchi oilasida dunyoga kelgan. Bolalik yillari haqida keyinroq, o‘zining “Bolalik” (1962 yil) kitobida yozadi. Ijod qilishni O‘rta Osiyo universitetining iqtisod fakultetida tahsil olgan yillari shug‘ullangan. O‘qishni 1930 yili tamomlagan.Garchi, asosiy ijod yillari 1930-1960 - yillarga to‘g‘ri kelsada, “Tuyg‘ular” nomli ilk she’riy to‘plami 1926-yil yozilgan.Oybek zamonaviy mavzularni ko‘tarib, eski dunyoga qarshi kurashishga chorlagan: “Mash’ala” (1932), “O‘ch” dostoni (1932), “Temirchi Jo‘ra” (1933) shular jumlasidandir.Yozuvchining birinchi yirik romani “Qutlug‘ qon” bo‘lib, Ikkinchi Jahonda urishi vaqtida O‘zbekistonda yashagan Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga bag‘ishlangan.Shuningdek, urush yillarida “G‘alaba biz tarafda”, “Dushmanga o‘lim”, “Vatan haqida” va boshqa vatanparvarlik she’rlarini yozgan.O‘zbek adabiyotining mumtoz yozuvchisi Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan, 1945-yil yozilgan tarixiy-biografik “Navoiy” romani uchun 1946-yil davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu tarixiy-biografik asar muallifga mashhurlik olib kelgan.Keyingi yutuqlari uning faol fuqarolik o‘rni hamda yorqin ijodining dalilidir. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965).Oybek tarjimon sifatida ham juda taniqli. U o‘zbek tilidan rus tiliga A.S. Pushkinning “Evgeniy Onegin”, V.Gyotening “Faust”, M.Yu.Lermontovning “Maskarad” va M.Gorkiy, V.G.Belinskiy kabi boshqa yozuvchi va adiblarning asarlarini tarjima qilgan.Jamoatchilik ishlarida ko‘p qatnashgan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi.Oybek 1968-yil vafot etgan va Chig‘atoy qabristoniga dafn qilingan.Oybek xotirasiga Toshkent metropoliteni stansiyasi nomlangaYozuvchining uy-muzeyi faoliyat yuritib keladi.Ijodiy ishlaridan namuna: «Tuyg‘ular» (1932), «Mash’ala» (1932), «O‘ch» (1932), «Temirchi Jo‘ra» (1933), «Qutlug‘ qon» (1940), «Navoi» (1945), «Oltin vodiydan shabadalar» (1950), «Nur qidirib» (1956), «Quyosh qoraymas» (1958), «Bolalik» (1962), «Mashrab» (1937), «Oltin vodiy shabadalari» (1949),«Alisherning yoshligi» (mazkur qissa 1974-yil nashrdan chiqqan), «O‘zbekiston» (1934) kabi ko‘plab asarlari bor.
Mustaqillik arafasidagi yangilanishlar. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida nasriy asarlar o‘z ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy jihatdan tasvir imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. Nasriy asar uchun har qanday hodisani – u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar – badiiy tasvir vositalari, obrazli tafakkur, insonning barcha ruhiy kechinmalari e’tiboriga ko‘ra aks ettirish muhim sanaladi. Epik ko‘lamdor roman yoki qissalarni o‘qib, ma’lum bir davrning ijtimoiy-tarixiy hayoti, insonlarning turmush tarzi, o‘y-kechinmalari, ishq-muhabbatdek bebaho his-tuyg‘ularini tasavvur qilish mumkin. Ayni damda badiiy asar o‘z muallifining dunyoqarashi, iste’dodi, shaxsiyatining kimligidan ham darak beradi. Abdulla Qodiriy: «Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida, asosan, o‘z tabiatini, ruhini tasvirlaydi», deb juda o‘rinli fikrni yozgan edi.
Mustaqillik davri o‘zbek nasri tarkibidagi ayrim namunalar bilan muhtaram o‘quvchilar quyi sinflarning «Adabiyot» darsliklari orqali tanishgan edi. Ammo uni yaxlit tasavvur qilish uchun bugungacha davom etayotgan adabiy jarayondan ham boxabar bo‘lishlari lozim.
Istiqlol yillarida tarixiy va zamonaviy mavzuda romanlar, dunyo adabiyoti tajribalaridan o‘rgangan holda yaxshi qissa va hikoyalar yozildi. Hech shubhasiz, bu davrda yangicha yo‘nalishlar, adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan yosh adiblarning yangi nomlari paydo bo‘ldi; inson tabiatidagi ziddiyatlarni noan’anaviy usulda tasvirlashga e’tibor kuchaydi; insonning sirli dunyosini badiiy tadqiq qilish jihatidan o‘zbek nasri yuksaldi. Eng yaxshi asarlarda jahon adabiyotining tasvir tamoyillari bilan o‘zbekona milliy tafakkur uyg‘unlashdi.
Ijod – murakkab ruhiy-ijtimoiy hodisa. Adiblar o‘z shuurida pishib yurgan asarlarni qog‘ozga tushirishga ba’zida ijtimoiysiyosiy muhitdagi erksizlik tufayli imkon topa olmasliklari ham mumkin. Sho‘ro zamonida ijod erkinligining cheklab qo‘yilishi bunga misol bo‘ladi. Biroq istiqlol iste’dodli yozuvchilarga qalbida uzoq saqlanib kelgan mavzularning badiiy talqini uchun imkon berdi. Xususan, Said Ahmad, Odil Yoqubov,Primqul Qodirov, Shukur Xolmirzayev kabi adiblar istiqlol yillarida mustabid tuzum davrida yaralangan qalbida qolib ketgan voqealarni «Sarob», «Qorako‘z majnun», «Oftob oyim», «Muzqaymoq», «Muqaddas» «Bandi burgut» kabi asarlarida bayon qildi. Aziz o‘quvchilar, bu asarlarning ayrimlarini o‘qigan bo‘lishingiz mumkin.Bu ijodkorlarning o‘z uslubi, o‘ziga xos badiiylikni yaratish tili yaratgan asarlarining estetik ifodasinibelgilab beradi.
Mustaqillik davri o‘zbek nasrida insoniy qadriyatlarni e’zozlash, milliy urf-odatlarni qadrlash, mashhur tarixiy shaxslar hayotini badiiy talqin etish, zamon qahramoniga munosib obrazlarni tasvirlash kabi tamoyillar yetakchilik qiladi.
Badiiy asar qayta va qayta murojaat qilinadigan adabiy manba bo‘lishi uchun serqatlam ma’no va o‘ziga xos ramzlar tilini talab etadi. Shunda adabiyot to‘g‘risidagi oddiy, jo‘n va sodda tasavvurlar yangicha nazariy qarashlar bilan boyib boradi. Badiiy asar ma’lum bir zamonda muayyan ijodkor tomonidan yoziladi. Biroq u hamma davrlarda yashayotgan insonlar tabiatiga mos kelishi, o‘y-kechinmalariga ta’sir ko‘rsatishi lozim. Keyingi yillarda o‘zbek adabiyotining nasr yo‘lida shunday badiiy puxta asarlarning yozilayotgani quvonarlidir. Xususan, tasvirlar suvratdan siyratga, oddiy ma’lumotdan inson kechinmalariga – obrazli qilib aytganda irmoqdan ummonga ulanayotgandek taassurot qoldiradi. O‘z asarlarida ezgulik va qabohatning mangu kurashini, inson qalbidagi cho‘ng iztirob va surur chizgilarini yonma-yon taqdim etayotgan iste’dod egalari, imkoni boricha, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotini dunyoga olib chiqish, zamonaviy o‘zbek nasrini jahon adabiyotining durdonalari qatoriga qo‘shish orzusida ijod qilmoqda.
Istiqlol davri nasrida o‘tgan asrdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning, mash’um sho‘rolar siyosati davridagi ziddiyatlarni, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashning o‘ziga xos talqinlari ham maydonga keldi. O‘tgan asrdagi insoniyatni larzaga solgan mudhish hodisalardan biri – bu Ikkinchi jahon urushi. O‘tkir Hoshimov. O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941-yilning 5-avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi bo‘limida o‘qish bilan «Temiryo‘lchi», «Toshkent haqiqati», «Qizil O‘zbekiston» kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan. 1966-1982-yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri, 1982-1985-yillarda G‘.G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari, 1985-yildan boshlab esa «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlab keladi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qo‘mitasining raisi bo‘lib ham ishlagan. O‘tkir Hoshimov ijodi publitsistikadan boshlangan bo‘lib, birinchi kitobi 1962-yilda «Po‘lat chavandoz» nomi bilan bosilib chiqqan. Uning ilk hikoyasi esa 1963-yili «To‘rt maktub» nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik mazkur hikoya asosida «Cho‘l havosi» (1963) qissasi yaratilgan. Mazkur qissa haqida ustoz Abdulla Qahhordan olingan maktub, yosh adib ilhomiga ilhom qo‘shdi, dalda berdi. Shundan so‘ng uning «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi» qissalari maydonga keldi. Ayniqsa, adibning «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq sol» (1973) kabi qissalari yozuvchiga shuhrat keltirdi. 1976-yilda mazkur asarlar muallifi Respublika Yoshlar mukofotiga sazovor bo‘ldi. Adib «Nur borki, soya bor» (1976) romanida jamiyat ijtimoiy hayotidagi illatlarni, turg‘unlikning mohiyatini ochish asnosida davrning muhim ma’naviy-axloqiy masalalarini ko‘tarib chiqdi. Shundan so‘ng u yana bir go‘zal asarni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan «Dunyoning ishlari» (1982) qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi. O‘tkir Hoshimov ijodida «Ikki eshik orasi» romani alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan va bir qator chigal hamda murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining tarixiy qismatini mahorat bilan umumlashtirib berdi. Shu tufayli ham O‘. Hoshimov romani 1986-yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘tkir Hoshimov hikoya janrida ham u
Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə