Osteologia



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160696
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Odam anatomiyasi




#QO`LLANMA 
Tayyorladi: FARMONOV SAMANDAR 



Osteologia 
 
Umurtqa pog`onasi ---- collumna vertebralis 
Umurtqa pog`onasi 33-34 ta umurtqalarning qo`shilishidan hosil bo`lib, 5 ta 
umurtqalar yig`indisiga bo`linadi. 
1)
vertebra cervicalis --- bo`yin umurtqalari 7 ta 
2)
vertebra thoracica --- ko`krak umurtqalari 12 ta 
3)
vertebra lumbalis --- bel umurtqalari 5 ta
4)
vertebra sacralis --- dumg`aza qismi 5 ta 
5)
vertebra coccygeus --- dum umurtqalari 4-5 ta 
Umurtqa pog`onasi 2 ta katta guruhga bo`linadi: 
1)
Chin umurtqalar ---- vertebra verae. Bo`yin, ko`krak, bel umurtqalari kiradi. 
Jami 24 ta bo`lib, bularni chin deyilishiga sabab, ularni har birini alohida tanho 
o`rganish mumkin. 
2)
Yolg`on umurtqalar ----vertebra spurae. Dumg`aza va dum umurtqalari kiradi. 
Jami 9-10 ta bo`lib, bularni yolg`on deyilishiga sabab, ular bir-biri bilan qo`shilib 
yaxlit suyakka aylanib ketgan bo`ladi. 
Umurtqalarning odamda joylashishi: 
1)
Tanasi oldinda joylashadi 
2)
Qirrali o`simtasi orqada joylashadi. 
Umurtqalar 3 ta qismdan tashkil topgan. 
1)
corpus vertebrae --- tanasi 
2)
arcus vertebrae --- ravog`i (umurtqa yoyi) 
3)
processus spinosus --- qirrali o`simtasi 
Har bir umurtqada quyidagi tuzilmalar bo`ladi. 
1)
corpus vertebrae --- umurtqa tanasi 
2)
foramen vertebrae --- umurtqa teshigi 
3)
processus spinosus --- qirrali o`simtasi 
4)
processus transversus --- ko`ndalang o`simtasi. Bel umurtqalariniki rudiment 
holidagi qovurg`a bo`lgani uchun processus costarius ham deyiladi. 
5)
arcus anterior --- oldingi ravog`i 
6)
processus articularis superior --- yuqori bo`g`im o`simtasi 
7)
facies articularis superior --- yuqori bo`g`im yuzasi 
8)
incisura vertebralis superior --- yuqori umurtqa o`ymasi 
9)
incisura vertebralis inferior --- pastki umurtqa o`ymasi 
10)
processus articularis inferior --- pastki bo`g`im o`simtasi 



11)
facies articularis inferior --- pastki bo`g`im yuzasi 
12)
arcus posterior --- orqa ravog`i 
Bo`yin umurtqalarining o`ziga xos xususiyatlari: 
1)
Ko`ndalang o`simtalarida teshik --- foramen transversus bo`ladi. 
2)
2-6-bo`yin umurtqalarining qirrali o`simtalarining uchi ayri bo`ladi. 
3)
Yuqori bo`g`im yuzalari gorizontal tekislikda yotadi. 
Ko`krak umurtqalarining o`ziga xos xususiyatlari: 
1)
Tanasi va ko`ndalang o`simtasida qovurg`alar birikadigan chuqurchalar --- 
fovea costalis lar bo`ladi 
2)
Yuqori bo`g`im yuzasi frontal tekislikda yotadi. 
Bel umurtqalarining o`ziga xos xususiyatlari: 
1)
Yuqori bo`g`im o`simtasining tashqi tarafida so`rg`ichsimon o`simta --- 
processus mamillaris bo`ladi 
2)
Ko`ndalang o`simtasining ostida qo`shimcha o`simtasi --- processus 
accessorius bo`ladi. Xuddi shu o`simta 12-ko`krak umurtqasida ham bo`ladi. 
3)
Yuqori bo`g`im yuzasi saggital tekislikda yotadi. 
1-bo`yin umurtqasi ---- atlas yoki atlant 
1-bo`yin umurtqasining tanasi embrional rivojlanish davrida 2-bo`yin 
umurtqasining tishiga aylanib ketadi. Shuning uchun tanasi bo`lmaydi. Qirrali 
o`simtasi ham bo`lmaydi. 
1-bo`yin umurtqasining 2 ta yoyi bo`ladi: 
1)
arcus anterior
2)
arcus posterior 
Oldingi yoyning ichki tomonida 2-bo`yin umurtqasining tishi uchun chuqurcha 
--- fovea dentis bo`ladi. 
Orqa yoyning yuqori qismida umurtqa arteriyasining egati --- sulcus arteria 
vertebralis bo`ladi. 
Yoylar o`zaro qo`shilishidan 2 ta do`mboq hosil bo`ladi: 
1)
tuberculum anterior 
2)
tuberculum posterior 
Foramen vertebralis ning ikki yonida yon massa --- massa lateralis bo`ladi. 



2-bo`yin umurtqasi ---- axis 
O`ziga xos xususiyati tishining borligidir. Tishning 2 ta qismi bor. 
1)
apex 
2)
basis 
Tishning asos qismining 2 ta bo`g`im yuzasi bor. 
1)
facies articularis anterior 
2)
facies articularis posterior 
2- bo`yin umurtqasining yuqori bo`g`im o`simtasi bo`lmaydi. 
6-bo`yin umurtqasi 
Barcha bo`yin umurtqalari ko`ndalang o`simtalarining ikki yon tomonida 2 juft 
do`mbog`i bo`ladi. 
1)
tuberculum anterior 
2)
tuberculum posterior 
6-bo`yin umurtqasining tuberculum anterior i bo`rtib chiqqan bo`ladi. 
Normada 6-bo`yin umurtqasining oldidan umumiy uyqu arteriyasi o`tadi. Agar 
arteriyadan qon ketsa, do`mboqni arteriyaga bosib, qonni to`xtatsa bo`ladi. 
Shuning uchun bu oldingi do`mboq uyqu do`mbog`i --- tuberculum caroticum 
ham deyiladi. 
7-bo`yin umurtqasi ---- vertebra prominens 
7-bo`yin umurtqasi boshni ekkan vaqtda teridan bilinib, turadi. Shuning uchun 
bo`rtib chiqqan umurtqa --- vertebra prominens deyiladi. 7-bo`yin 
umurtqasining qolgan umurtqalardan farqi, qirrali o`simtasi uzun va yo`g`on 
bo`ladi. 
Dumg`aza suyagi ---- os sacrum 
4 ta qismi bo`ladi: 
1)
basis 
2)
apex 



3)
pars lateralis --- 1 juft 
4 ta yuzasi bo`ladi: 
1)
facies sacralis pelvina ---- chanoq suyagiga qaragan yuzasi 
2)
facies sacralis dorsalis ---- orqa yuzasi 
3)
facies auricularis ---- 1 juft quloqsimon yuzasi 
Dumg`aza suyagining chanoq suyagiga qaragan yuzasida: 
4 ta ko`ndalang chiziq --- linea transversus bo`ladi. Bu ko`ndalang chiziqlar 5 
ta dumg`aza umurtqalarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. 
4 juft teshik --- foramen sacralis pelvina bo`ladi. Bundan dumg`azaga oid 
bo`lgan qon-tomirlar o`tadi. 
Yon tomonida quloqsimon yuza --- facies auricularis va dumg`aza g`adir-
buduri --- tuberositas sacralis bo`ladi. 
Orqa tomonida 5 ta qirra bo`ladi: 
1)
crista sacralis mediana --- toq bo`lib, qirrali o`simtalardan hosil bo`ladi. 
2)
crista sacralis intermedia --- juft bo`lib, bo`g`im o`simtalaridan hosil bo`ladi. 
3)
crista sacralis lateralis --- juft bo`lib, ko`ndalang o`simtalardan hosil bo`ladi. 
Dumg`aza suyagi asos qismining orqasida dumg`aza kanali --- canalis sacralis 
bo`lib, ichidan orqa miya o`tadi. Dumg`aza kanalini yuqori bo`g`im o`simtasi 
bilan yuqori bo`g`im yuzasi chegaralab turadi. 
Dumg`aza suyagi uchining orqasida dumg`aza shoxi --- cornu sacralis bo`ladi. 
U chiqish teshigi --- hiatus sacralis ni chegaralab turadi. 
To`sh suyagi ---- sternum 
3 ta qismi bo`ladi 
1)
manubrium sterni --- dastasi 
2)
corpus sterni --- tanasi 
3)
processus xiphoideus --- xanjarsimon o`simtasi 
To`sh suyagini tanasini dastasidan to`sh burchagi --- angulus sterni bilan 
incisura costae 2 ajratib turadi. 
Dastasida bitta toq bo`yinturuq o`ymasi --- incisura jugularis va 2.5 ta juft 
o`yma bo`ladi: 
1)
incisura clavicularis --- juft o`mrov o`ymasi
2)
incisura costae 1 --- juft 
3)
incisura costae 2 --- yarmi dastaga, yarmi tanaga birikadi 



Normada to`sh suyagiga 7 juft chin qovurg`alar birikadi. 
Qovurg`a ---- costa 
Odamda 12 juft qovurg`alar bo`lib, 3 guruhga bo`linadi. 
1)
Chin qovurg`alar --- costa verae. Bunga 1-7-juft qovurg`alar kiradi. 
2)
Yolg`on qovurg`alar --- costa spurae. Bunga 8-10-juft qovurg`alar kiradi 
3)
Yetim qovurg`alar --- costa fluctuantes. Bunga 11-12-juft qovurg`alar 
kiradi. 
Qovurg`alarning 2 ta qismi bor 
1)
Oldingi tog`ay qismi --- cartilago costae --- to`sh suyagiga birikadi. 
2)
Orqa suyak qismi --- os costae --- ko`krak umurtqalariga birikadi. 
Ikkita qism o`rtasiga tana --- corpus costae deyiladi. Qovurg`ani o`ng yoki chap 
tomonniki ekanligini bilish uchun tanasida qo`limizni yurgizamiz. Shunda o`tkir 
tomoni pastda, o`tmas tomoni yuqorida joylashadi. 
Qovurg`aning suyak qismida qovurg`a boshi --- caput costae, bo`yni --- collum 
costae, do`mbog`i --- tuberculum costae, burchagi --- angulus costae bo`ladi. 
Boshining o`zida qirrasi --- crista capitis costae va bo`g`im yuzasi --- facies 
articularis capitis costae bo`ladi. 
Qovurg`aning tanasida egat --- sulcus costae bo`ladi. 
1-juft qovurg`ani yuqori va pastki yuzasi, ichki va tashqi cheti bo`ladi. Qolgan 
qovurg`alarni ichki va tashqi yuzasi, yuqori va pastki cheti bo`ladi. 
1-, 11-, 12-juft qovurg`alar ko`krak umurtqalari tanasiga to`liq birlashadi. 
Shuning uchun ularning boshida qirra bo`lmaydi. 
1-juft qovurg`aning yuqori yuzasini tog`ayga nisbatan ketma-ket joylashgan 
tuzilmalari: 
1)
sulcus vena subclavia --- o`mrov osti venasining egati 
2)
tuberculum musculus scalenus anterior --- oldingi narvonsimon mushak 
do`mbog`i 
3)
sulcus arteria subclavia --- o`mrov osti arteriyasining egati 



Qo`l suyaklari 
2 guruhga bo`linadi. 
1)
Yelka kamari --- cingulum membri superioris 
2)
Qo`lning erkin suyaklari --- sceleton membri liberi superioris 
O`mrov ---- clavicula 
O`mrov suyagining to`shga birikadigan uchi sharsimon, oldinga bo`rtib 
chiqqan va yuqori yuzasi silliq bo`ladi. Shu belgilarga qarab, o`mrov suyagining 
o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi. 
2 ta uchi bo`ladi: 
1)
extrimitas sternalis --- to`sh uchi 
2)
extrimitas acromialis --- akromion uchi 
Ikkala uchining o`rtasi tana --- corpus deb ataladi. 
To`sh uchining ostida qovurg`a-o`mrov boylamining izi --- impressio 
ligamentum costaclavicularis 
Akromion uchining ostida konussimon do`mboq --- tuberculum conoideum va 
trapetsiyasimon chiziq --- linea trapezoideum bo`ladi. 
Tanasining ostida oziqlantiruvchi teshik --- foramen nutricium va o`mrov osti 
muskulining egati --- sulcus musculus subclavius bo`ladi. 
Kurak ---- scapula 
Kurak suyagi normada 2-7-qovurg`alar sathida joylashadi. Uchburchak 
ko`rinishiga ega bo`ladi. 
4 ta burchagi bo`ladi: 
1)
angulus superior 
2)
angulus inferior 
3)
angulus lateralis 
4)
angulus acromialis 



3 ta cheti bor 
1)
margo superior 
2)
margo lateralis 
3)
margo medialis 
2 ta yuzasi bor 
1)
facies costalis 
2)
facies dorsalis 
Qovurg`a yuzasida kurak osti chuqurchasi --- fossa subscapularis bo`lib, uni 
shu nomli mushak to`ldirib turadi. 
Orqa yuzasida kurak o`sig`i --- spina scapulae bo`lib, u kurakning orqa yuzasini 
2 ta chuqurchaga ajratadi. 
1)
fossa supraspinatus --- shu nomli mushak to`ldirib turadi. 
2)
fossa infraspinatus --- shu nomli mushak to`ldirib turadi. 
Kurak suyagini 2 ta o`simtasi bo`ladi: 
1)
acromion --- kurak o`simtasi 
2)
processus coracoideus --- tumshuqsimon o`simta 
Ikkita o`simtaning o`rtasida yelka suyagi bilan bo`g`im hosil qiladigan 
chuqurcha --- cavitas glenoidalis bo`ladi. Uni 2 ta do`mboq chegaralaydi. 
1)
tuberculum supraglenoidalis 
2)
tuberculum infraglenoidalis 
Cavitas glenoidalis ning aylanmasiga kurak bo`yni --- collum scapulae deyiladi. 
2 ta o`ymasi bor 
1)
incisura superior 
2)
incisura inferior 
Yelka suyagi ---- os humeri 
Yelka suyagi boshi tanaga nisbatan ichkarida, tirsak o`simtasining chuqurchasi 
orqada joylashadi. Shu belgilarga qarab yelkaning o`ng yoki chapligini topsa 
bo`ladi. Barcha uzun naysimon suyaklarning 2 ta qismi bor: 
1)
Proksimal qismi ---- tanaga yaqin qism 
2)
Distal qismi ---- tanadan uzoq qism 



Yelka suyagining proksimal qismida quyidagi tuzilmalar bor: 
1)
caput humeri --- boshi 
2)
collum anatomicum --- anatomik bo`yincha 
3)
collum chirurgicum --- xirurgik bo`yincha. G`ovak bo`lib, ko`p sinadi. 
4)
tuberculum majoris humeri 
5)
tubeculum minoris humeri 
Ikkita do`mboq pastga 2 ta qirra bo`lib davom etadi: 
1)
crista tuberculi majoris humeri 
2)
crista tuberculi minoris humeri 
Ikkita do`mbo`q orasida do`mboqlararo egat --- sulcus intertubercularis bo`lib, 
uni yelkaning ikki boshli mushagining uzun boshining payi to`ldirib turadi. 
Tanasining 3 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior lateralis 
2)
facies anterior medialis 
3)
facies posterior 
Oldingi tashqi yuzasida deltasimon g`adir-budur --- tuberositas deltoideus 
bo`lib, bunga deltasimon mushak birikadi. Hamda bilak nervining egati --- sulcus 
nervus radialis bor. 
Orqa yuzasida oziqlantiruvchi teshik --- foramen nutricium bor. 
2 ta cheti bo`ladi: 
1)
margo lateralis 
2)
margo medialis 
Distal qismi tagining umumiy nomi yelka bo`rtig`i --- condylus humeri deyiladi. 
Uni yelka g`altagi --- trochlea humeri hosil qiladi. 
G`altakning tashqi tarafida yelka boshchasi --- capitulum humeri bo`ladi. 
Oldingi tarafida 2 ta chuqurcha bo`ladi: 
1)
fossa radialis 
2)
fossa coronoideus 
G`altakning orqa tarafida tirsak o`simtasining chuqurchasi --- fossa olecrani 
bo`ladi. 


10 
Bo`rtiqning 2 ta bo`rtiq usti qismi bor. 
1)
epicondylus lateralis 
2)
epicondylus medialis 
Bo`rtiqlar yuqoriga qirra bo`lib davom etadi: 
1)
crista supracondylaris lateralis 
2)
crista supracondylaris medialis 
Distal qismining ostida tirsak nervining egati --- sulcus nervus ulnaris bo`ladi. 
Bilak suyaklari ---- antebrachii 
2 ta suyakdan tashkil topgan 
1)
Bilak suyagi --- radius 
2)
Tirsak suyagi --- ulna 
Bilak suyagi ---- radius 
Bilak suyagi bilak suyaklarining tashqi tarafida ya`ni bosh barmoq tarafda 
joylashadi. Distal qismining oldingi yuzasi silliq, orqa yuzasi g`adir-budir bo`ladi. 
Shu belgilarga qarab bilak suyagining o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi. 
Proksimal qismining tuzilmalari: 
1)
caput radii --- boshi 
2)
collum radii --- bo`yni 
3)
circumferetia articularis --- boshning aylanmasi (tirsak suyagi bilan bo`g`im 
hosil qiladi) 
4)
tuberositas radii --- bilak g`adir-budiri 
Tanasida 3 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior 
2)
facies posterior 
3)
facies lateralis 
Tanasining 3 ta cheti bor 
1)
margo anterior 
2)
margo posterior 
3)
margo interossea --- suyaklararo chet 
Distal qismining 3 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior 
2)
facies posterior 


11 
3)
facies articularis carpi 
Bilak suyagi distal qismining lateral tomonida bigizsimon o`simta --- processus 
styloideus, medial tomonida tirsak suyagi kirib turadigan o`yma --- incisura ulna 
bo`ladi. 
Tirsak suyagi ---- ulna 
Tirsak suyagi bilak suyaklarining ichki tarafida ya`ni jimjiloq tarafda joylashadi. 
G`altak o`ymasi tanaga nisbatan yuqorida, bilak o`ymasi bilan suyaklararo cheti 
tashqi tarafda joylashadi. Shu belgilarga qarab suyakning o`ng yoki chapligini 
topsa bo`ladi. 
Proksimal qismi tuzilmalari: 
1)
olecranon --- tirsak o`simtasi 
2)
processus coronoideus --- tojsimon o`simta 
Ikkala o`simtaning orasida g`altak o`ymasi --- incisura trochlea bo`ladi. 
3)
incisura radii --- bilak o`ymasi 
4)
tuberositas ulna --- tirsak g`adir-budiri 
5)
crista musculi suppinator --- bilak suyaklarini tashqariga buruvchi mushak 
birikadigan qirra 
Tanasida 3 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior 
2)
facies posterior 
3)
facies medialis 
Tanasining 3 ta cheti bor 
1)
margo anterior 
2)
margo posterior 
3)
margo interossea 
Distal qismining tuzilmalari: 
1)
caput ulna --- boshi 
2)
collum ulna --- bo`yni 
3)
circumferetia articularis 
Distal qismining medial tomonida bigizsimon o`simta --- processus styloideus 
bo`ladi. 


12 
Qo`l panja suyaklari ---- ossa manus 
3 ta qismdan tashkil topgan 
1)
Kaft usti suyaklari --- ossa carpea 
2)
Kaft suyaklari --- ossa metacarpi 
3)
Barmoq suyaklari --- phalangis digitorum manus 
Kaft suyaklari ---- ossa carpea 
2 ta qismga bo`linadi 
1)
Proksimal qator suyaklari 
2)
Distal qator suyaklari 
Proksimal qator suyaklari: 
1)
os scaphoideum --- qayiqsimon suyak 
2)
os lunatum --- yarimoysimon suyak 
3)
os triquetrum --- uch qirrali suyak 
4)
os pisiformes --- no`xatsimon suyak 
Distal qator suyaklari: 
1)
os trapezium --- katta trapetsiyasimon suyak 
2)
os trapezoideum --- kichik trapetsiyasimon suyak 
3)
os capitatum --- boshchali suyak 
4)
os hamatum --- ilmoqli suyak 
Kaft suyaklari ---- ossa metacarpi 
Kalta naysimon suyaklar turkumiga kirib, 3 ta qismi bo`ladi: 
1)
basis 
2)
corpus 
3)
caput 
Suyaklar orasiga suyaklararo bo`shliq --- spatium interossea metacarpi deyiladi 
Ossa metacarpi 2 et 3 ning asosida bigizsimon o`simta --- processus styloideus 
bo`ladi. 
Barmoq suyaklari --- phalangis digitorum manus 


13 
Proksimal va medial falangalarning qismlari: 
1)
basis 
2)
corpus 
3)
caput 
Distal falangalarning qismlari: 
1)
basis 
2)
corpus 
Uchi g`adir-budur tuberositas phalangis distalis bo`ladi. 
Oyoq suyaklari 
2 guruhga bo`linadi 
1)
Oyoq kamari --- cingulum membri inferioris 
2)
Oyoqning erkin suyaklari --- sceleton membri liberi inferioris 
Chanoq suyagi ----os coxae 
3 ta qismi bo`ladi: 
1)
os ilium --- yonbosh suyagi 
2)
os ischii --- o`tirg`ich suyagi (quymich suyagi) 
3)
os pubis --- qov suyagi 
Yonbosh suyagi --- os ilium 
Yonbosh suyagini umumiy qanot --- ala iliaca hosil qiladi. Qanotning 2 ta 
yuzasi bor. 
1)
facies externa yoki glutea (dumba) 
2)
facies interna 
Ichki yuzasi umumiy fossa iliaca deyilib, uni yonbosh mushagi to`ldirib turadi. 
Uning ostida yoysimon chiziq --- linea arcuata bo`lib, u katta chanoq bo`shlig`i 
--- pelvis major ni kichik chanoq bo`shlig`i --- pelvis minor dan ajratib turadi. 
Yonbosh suyagida dumg`aza suyagi birikadigan quloqsimon yuzasi --- facies 
auricularis va yonbosh g`adir-buduri --- tuberositas iliaca bo`ladi. 


14 
Qanotning yuqori qismida yonbosh qirrasi --- crista iliaca bo`lib, u oraliq chiziq 
--- linea intermedia bo`lib davom etadi. Bu oraliq chiziq qanotni 2 ta labga 
ajratadi. 
1)
labium externa 
2)
labium interna 
Qanotning oldingi va orqa tarafi 1 juftdan o`siq bo`lib tugaydi 
1)
spina iliaca anterior superior 
2)
spina iliaca anterior inferior 
3)
spina iliaca posterior superior 
4)
spina iliaca posterior inferior 
Qanotning orqa tarafida 3 ta dumba chizig`i bor 
1)
linea glutea posterior 
2)
linea glutea anterior 
3)
linea glutea inferior --- ostida yonbosh suyagining tanasi --- corpus ilium 
bo`ladi. 
O`tirg`ich suyagi --- os ischii 
O`tirg`ich suyagining 2 ta o`ymasi bor 
1)
incisura ischiadica major 
2)
incisura ischiadica minor 
Ikkita o`yma orasida o`tirg`ich suyagi o`simtasi --- spina ischiadica bo`ladi. 
Uning tashqi tarafida o`tirg`ich suyagi tanasi --- corpus ischii bo`ladi. Incisura 
ischiadica minor ning ostida o`tirg`ich suyagi do`mbog`i --- tuberculum ischii 
bo`ladi. 
1 juft shoxi bor 
1)
ramus superior ossis ischii 
2)
ramus inferior ossis ischii 
Qov suyagi --- os pubis 
1 juft shoxi bor 
1)
ramus superior ossis pubis 
2)
ramus inferior ossis pubis 


15 
Yuqorigi shoxning medial tomonida qov do`mbog`i --- tuberculum pubicum 
bo`ladi.
Ikkita qov suyaklari birikadigan yuzaga facies symphysialis deyiladi. 
Qov suyagi va o`tirg`ich suyaklarining shoxlari o`zaro qo`shilib, yopqich teshigi 
--- foramen obturatorium ni hosil qiladi. Teshik yuqorisida egat --- sulcus 
obturatorius bo`lib, uni 2 ta do`mboq chegaralab turadi. 
1)
tuberculum anterior 
2)
tuberculum posterior 
Yopqich egati to`g`risida qov suyagining tanasi --- corpus pubis bo`ladi. 
Yonbosh suyagi, o`tirg`ich suyagi va qov suyagi tanalarining qo`shilishidan 
sirka kosasi --- acetabulum hosil bo`ladi. Bunga son suyagining boshi kirib turadi 
va son-chanoq bo`g`imini hosil qiladi. Sirka kosasining qirg`og`i --- limbus 
acetabuli, yuzasi --- facies lunata, o`ymasi --- incisura acetabuli bo`ladi. 
Son suyagi ---- femur 
Son suyagining boshi tananing ichkari tarafida, distal qismining oldingi tomoni 
bo`rtib chiqqan, orqa tomoni botgan holda bo`ladi. Shu belgilarga qarab 
suyakning o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi. 
Proksimal qismi tuzilmalari: 
1)
caput femoris --- boshi. Unda chuqurcha fovea capitis femoris bo`ladi. 
2)
collum femoris --- bo`yni 
3)
trochanter major --- katta ko`st. Unda chuqurcha fossa trochanterica bo`ladi. 
4)
trochanter minor --- kichik ko`st 
Ko`stlarni oldindan linea intertrochanterica, orqadan crista intertrochanterica 
birlashtirib turadi. 
Tanasining 3 ta yuzasi bo`ladi. 
1)
facies anterior 
2)
facies lateralis 
3)
facies medialis 
Lateral va medial yuzalar o`rtasida g`adir-budir chiziq --- linea aspera bo`ladi. 
U 2 ta labni ajratib turadi. 
1)
labium lateralis --- yuqoriga ko`tarilib, dumba g`adir-budiri --- tuberositas 
glutea bo`lib tugaydi. Pastga tushib kengayib, linea supracondylaris lateralis 
bo`lib tugaydi. 


16 
2)
labium medialis --- yuqoriga ko`tarilib, taroqsimon chiziq --- linea 
pectinealis bo`lib tugaydi. Pastga tushib kengayib, linea supracondylaris medialis 
bo`lib tugaydi. 
Distal qismida 2 ta bo`rtiq bo`ladi. 
1)
condylus lateralis 
2)
condylus medialis 
Ikkita bo`rtiq orasida bo`rtiqlararo chuqurcha --- fossa intercondylaris 
bo`ladi. Uni linea intercondylaris chegaralab turadi. Yon tomonida epicondylus 
lateralis et medialis bo`ladi. 
Distal qismining 2 ta yuzasi bo`ladi. 
1)
facies patellaris 
2)
facies poplitea 
Tizza qopqog`i ---- patella 
2 ta qismi bor
1)
basis --- yuqori qismi ya`ni asosi 
2)
apex --- pastki qismi ya`ni uchi 
2 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior --- oldingi yuzasi 
2)
facies articularis --- bo`g`im yuzasi ya`ni orqa yuza 
Boldir suyaklari ---- cruris 
2 ta suyakdan tashkil topgan 
1)
tibia --- katta boldir 
2)
fibula --- kichik boldir 
Katta boldir ---- tibia 
Katta boldir suyagi boldir suyaklarining ichki tarafida ya`ni bosh barmoq 
tarafda joylashadi. 
Proksimal qismida yuqori bo`g`im yuzasi --- facies articularis superior bo`lib, 
uni 2 ta bo`rtiq chegaralab turadi. 


17 
1)
condylus lateralis 
2)
condylus medialis 
Ikkita bo`rtiq o`rtasida bo`rtiqlararo tepacha --- eminentia intercondylaris 
bo`ladi. Uni 2 ta do`mboq chegaralab turadi. 
1)
tuberculum intercondylaris lateralis 
2)
tuberculum intercondylaris medialis 
Proksimal qismida 2 ta maydoni bor 
1)
area intercondylaris anterior 
2)
area intercondylaris posterior 
Proksimal qismining oldingi tomonida g`adir-budirlik --- tuberositas tibiae 
bo`ladi. 
Condylus lateralis ning ostida kichik boldir suyagi kirib turadigan yuza --- facies 
articularis fibularis bo`ladi. 
Tanasining 3 ta yuzasi bor 
1)
facies lateralis 
2)
facies medialis 
3)
facies posterior 
Tanasida 3 ta cheti bor 
1)
margo anterior 
2)
margo medialis 
3)
margo interossea 
Orqa yuzasida oziqlantiruvchi teshik --- foramen nutricium va kambalasimon 
mushak chizig`i --- linea musculus solei bo`ladi. 
Distal qismida 2 ta bo`g`im yuzasi bo`ladi 
1)
facies articularis inferior 
2)
facies articularis malleolaris 
Distal qismining medial tomonida medial to`piq --- malleolus medialis va 
to`piq egati --- sulcus malleolaris bo`ladi. Lateral tomonida kichik boldir suyagi 
o`ymasi --- incisura fibularis bo`ladi. 
Kichik boldir ---- fibula 
Kichik boldir suyagi boldir suyaklarining tashqi tarafida ya`ni jimjiloq tarafda 
joylashadi. Oldingi cheti tananing oldingi tomonida, tashqi to`piqning ichki 


18 
tomonidagi chuqurcha tananing orqasida joylashadi. Shu belgilarga asoslanib 
suyakning o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi. 
Proksimal qismi tuzilmalari: 
1)
caput fibulae --- boshi 
2)
apex capitis fibulae --- boshining uchi 
3)
facies articularis capitis fibulae --- boshning bo`g`im yuzasi 
4)
collum fibulae --- bo`yni 
Tanasining 3 ta yuzasi bor 
1)
facies lateralis 
2)
facies medialis 
3)
facies posterior 
Tanasida 3 ta cheti bor 
1)
margo anterior 
2)
margo lateralis 
3)
margo interossea 
Distal qismining lateral tomonida lateral to`piq --- malleolus lateralis bo`lib, 
unda chuqurchasi --- fossa malleolus lateralis, bo`g`im yuzasi --- facies articularis 
malleolaris, egati --- sulcus malleolaris bo`ladi. 
Oyoq panja suyaklari ---- ossa pedis 
3 ta qismdan tashkil topgan 
1)
Kaft usti suyaklari --- ossa tarsi 
2)
Kaft suyaklari --- ossa metatarsi 
3)
Barmoq suyaklari --- phalangis digitorum pedis 
Kaft usti suyaklari --- ossa tarsi 
2 ta qismga bo`linadi 
1)
Proksimal qator suyaklari 
2)
Distal qator suyaklari 
Proksimal qator suyaklari: 
1)
Oshiq suyagi --- talus 
2)
Tovon suyagi --- calcaneus 


19 
Distal qator suyaklari: 
1)
Qayiqsimon suyak --- os naviculare 
2)
Ponasimon --- os cuneiformis (media ,intermedia, lateralis) --- 3 ta bo`ladi 
3)
Kubsimon suyak --- os cuboideum 
Oshiq suyagi ---- talus 
3 ta qismi bor 
1)
caput 
2)
cervix 
3)
corpus 
Oshiq suyagining 7 ta bo`g`im yuzasi bor 
1)
facies articularis superior yoki trochlea 
2)
facies articularis navicularis 
3)
facies malleolaris lateralis 
4)
facies malleolaris medialis 
5)
facies articularis calcaneus anterior 
6)
facies articularis calcaneus media 
7)
facies articularis calcaneus posterior 
Tovon suyagi --- calcaneus 
Tovon suyagining 4 ta bo`g`im yuzasi bo`ladi 
1)
facies articularis cuboidea 
2)
facies articularis talaris anterior 
3)
facies articularis talaris media 
4)
facies articularis talaris posterior 
Suyakning medial tomonida oshiq suyagini ko`tarib turuvchi o`simta --- 
sustentaculum tali bo`lib, uning yemirilishi natijasida yassi oyoqlik kelib chiqadi. 
Kaft suyaklari ---- ossa metatarsi 
Kalta naysimon suyaklar turkumiga kirib, 3 ta qismi bo`ladi: 
1)
basis 
2)
corpus 
3)
caput 


20 
Suyaklar orasiga suyaklararo bo`shliq --- spatium interossea metatarsi deyiladi. 
Barmoq suyaklari --- phalangis digitorum pedis 
Proksimal va medial falangalarning qismlari: 
1)
basis 
2)
corpus 
3)
caput 
Distal falangalarning qismlari: 
1)
basis 
2)
corpus 
Uchi g`adir-budur tuberositas phalangis distalis bo`ladi. 
Kalla suyagi ---- cranium 
2 ta qismdan iborat 
1)
Qopqoq --- calvaria 
2)
Asos --- basis 
Kalla suyaklari joylashishiga ko`ra 2 guruhga bo`linadi: 
1)
Miya qismi suyaklari 
2)
Yuz qismi suyaklari 
Tepa suyagi ---- os parietale 
Juft suyak bo`lib, kalla qutisining yuqorigi ikki yon tomonida joylashgan. Yassi 
suyaklar turkumiga mansub. Uning asosini palla --- squama hosil qiladi. 
2 ta yuzasi bor 
1)
facies externa 
2)
facies interna yoki cerebralis 
Ichki yuzasida arteriya egatlari --- sulci arteriosi bo`lib, ular oldindan orqaga 
qarab shoxlanadi. Bu belgiga qarab suyakning o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi. 


21 
4 ta burchagi bor 
1)
angulus frontalis 
2)
angulus occipitalis 
3)
angulus sphenoidalis 
4)
angulus mastoideus 
4 ta cheti bor 
1)
margo frontalis 
2)
margo occipitalis 
3)
margo sagittalis 
4)
margo squamosa 
Saggital chetining ichki tomonida granulyatsion chuqurchalar --- foveolae 
granulares lar va yuqorigi saggital venaning egati --- sulcus sinus sagittalis 
superior bo`ladi. Hamda tepa suyagi teshigi --- foramen pareitalis bo`ladi. 
Angulus mastoideus ning ichki tarafida sigmasimon vena egati --- sulcus sinus 
sigmoideus bo`ladi. 
Pallasining tashqi tomonida tepa do`mbogi --- tuber pareitalis va 2 ta chiziq 
bo`ladi. 
1)
linea temporalis superior 
2)
linea temporalis inferior 
Bu chiziqlarga chakka mushaklari birlashadi. 
Peshona suyagi ---- os frontale 
2 ta qismi bo`ladi 
1)
pars verticalis ---- pars squamosa kiradi 
2)
pars horizontalis ---- pars nasalis bilan pars orbitalis kiradi. 
Pallasini ko`z kosa qismidan qosh usti ravog`i --- arcus superciliaris bilan yonoq 
o`simtasi --- processus zygomaticus ajratib turadi. 
Palla qismi --- pars squamosa 
2 ta yuzasi bor 
1)
facies externa 
2)
facies interna 
Pallasida 1 juft chet --- margo pareitalis bo`ladi. 
Pallasi tashqi yuzasining o`rtasida 1 juft peshona do`mbog`i --- tuber frontalis 
bo`ladi. Do`mboqlarning o`rtasida botiqlik --- glabella bo`lib, uning oldida 
peshona choki --- sutura frontalis bo`ladi. 


22 
Yon tomonida processus zygomaticus bo`lib, uning orqasida linea temporalis 
bilan facies temporalis bo`ladi. 
Ichki tarafida sulcus sinus sagittalis superior bo`lib, u pastga qirra --- crista 
frontalis bo`lib davom etadi. 
Ichki tarafida ko`r teshik --- foramen caecum ko`rinadi. Bu teshik g`alvirsimon 
suyakdagi ala crista galli ga peshona suyagining qirrasi kirishidan hosil bo`ladi. 
Unga bosh miya qattiq pardasi birikadi. 
Burun qismi --- pars nasalis 
Burun o`sig`i --- spina nasalis, 1 juft burun cheti --- margo nasalis va 1 juft 
bo`shliq --- apertura sinus frontalis bo`lib, u o`rta burun yo`liga ochiladi. 
Burun qismining o`rtasida o`yma --- incisura ethmoidalis bo`ladi. 
Ko`z kosa qismi --- pars orbitalis 
Ko`z kosasi qismida facies orbitalis bo`lib, u ko`z kosasining yuqorigi devorini 
hosil qilishda qatnashadi. 
Oldingi tomonida 4 ta tuzilma bo`ladi: 
1)
arcus superciliaris --- qosh usti ravog`i 
2)
margo supraorbitalis 
3)
foramen supraorbitalis 
4)
incisura frontalis 
Ko`z qismining lateral tarafida ko`z yosh bezi chuqurchasi --- fossa glandula 
lacrimalis bo`lib, unda ko`z yosh bezi joylashadi. Medial tarafida spina 
trochlearis bilan fovea trochlearis bo`lib, ularga ko`z olmasining muskullari 
birikadi. 
Orqa tomonida barmoq izlari --- impressio digitalis barmoq izlari bo`ladi. 
Ensa suyagi ---- os occipitale 
4 ta qismi bor 
1)
pars squamosa 
2)
pars basillaris 
3)
pars lateralis --- 1 juft 
Bu 4 ta qismning o`zaro qo`shilishidan katta ensa teshigi --- foramen magnum 
hosil bo`ladi. 


23 
Palla qismi --- pars squamosa 
2 ta yuzasi bor 
1)
facies externa 
2)
facies interna 
Tashqi yuzasining o`rtasida tashqi ensa do`mbog`i --- protuberantia occipitalis 
externa bo`lib, u pastga qirra --- crista occipitalis externa bo`lib davom etadi. 
3 ta g`adir-budir chiziq joylashgan 
1)
linea nuchae suprema 
2)
linea nuchae superior 
3)
linea nuchae inferior 
Pallasida 2 juft cheti bo`ladi 
1)
margo lamboideus 
2)
margo mastoideus 
Pallasining ichki yuzasida ichki ensa do`mbog`i --- protuberantia occipitalis 
interna (xochsimon tepacha --- eminentia cruciformis) bo`ladi. Uni yuqoridan --- 
sulcus sinus sagittalis superior, ikki yondan --- sulcus sinus transversus, pastdan -
-- crista occipitalis interna chegaralaydi.
2 juft chuqurchasi bo`ladi 
1)
fovea cerebralis --- bosh miya joylashadi 
2)
fovea cerebellaris --- miyacha joylashadi 
Lateral qismi --- pars lateralis 
Tashqi tarafida ensa bo`rtig`i --- condylus occipitalis, (1-bo`yin umurtqasining 
yuqori bo`g`im yuzasi bilan bo`g`im hosil qiladi) bo`rtiq chuqurchasi --- fossa 
condylaris bo`ladi. Chuqurcha ichida kanal --- canalis condylaris bo`ladi. 
Yon tarafida bo`yinturuq o`simtasi --- processus jugularis bo`lib, uning ostida 
incisura jugularis bo`ladi. Bu o`yma chakka suyagidagi xuddi shunaqa o`yma 
bilan qo`shilib, foramen jugularis ni hosil qiladi. 
Ichki tarafida sulcus sinus sigmoidea va sulcus nervus petrosis minor egatlari 
bo`ladi. 
Foramen magnum ning ikki yonida kanal --- canalis hypoglossus bo`lib, ichidan 
12-juft bosh miya nervi --- nervus hypoglossus o`tadi. Kanalning yuqori qismida 
bo`yinturuq do`mbog`i --- tuberculum jugularis bo`ladi. 


24 
Asos qismi --- pars basillaris 
Tashqi tarafida halqum do`mbog`i --- tuberculum pharyngeum bo`ladi. 
Ichki tarafida nishab --- clivus bo`lib, unda ko`prik bilan uzunchoq miya 
joylashadi. 
Ponasimon suyak --- os sphenoidale 
4 ta qismi bor 
1)
ala major --- katta qanot 
2)
ala minor --- kichik qanot 
3)
corpus --- tana 
4)
processus pterygoideus --- qanotsimon o`simta 
Kichik qanotni katta qanotdan yuqorigi ko`z kosasi yorig`i --- fissura orbitalis 
superior ajratib turadi. Uning ichidan 3-juft, 4-juft, 6-juft bosh miya nervlari 
hamda 5-juft bosh miya nervining 1-shoxi o`tadi. 
Kichik qanotni bir-biridan ko`z kanali --- canalis opticus ajratib turadi. Ichidan 
2-juft bosh miya nervi o`tadi. Ikkita ko`ruv kanalini ko`ruv nervining kesishmasi 
joylashadigan egat --- sulcus prechiasmaticus birlashtiradi. 
Katta qanotning 5 ta yuzasi bo`ladi 
1)
facies cerebralis 
2)
facies orbitalis 
3)
facies temporalis 
4)
facies infratemporalis 
5)
facies maxillaris 
Katta qanotda 3 juft teshik jotlashadi 
1)
foramen rotundum --- 5-juft bosh miya nervini 2-shoxi o`tadi 
2)
foramen ovarium --- 5-juft bosh miya nervini 3-shoxi o`tadi 
3)
foramen spinosum --- o`rta miya pardasiga boruvchi arteriya va nerv --- 
arteria et nervus meningea media o`tadi. 
Tanasining 6 ta yuzasi bor 
1)
Yuqori yuza 
2)
Pastki yuza 
3)
Oldingi yuza 
4)
Orqa yuza 
5)
Yon yuzalar --- 2 ta 
Tanasining orqa yuzasining umumiy nomi turk egarchasi --- sella turcica 
deyiladi. Uning o`rtasida fossa hypophysialis bo`lib, unda gipofiz bezi joylashadi. 


25 
Fossa hypophysialis ning oldida egar do`mbog`i --- tuberculum sellae, orqasida 
egar suyanchig`i --- dorsum sellae, ikki yonida uyqu egati --- sulcus caroticus 
bo`lib, unda ichki uyqu arteriyasi joylashadi. 
3 ta o`simtasi bor 
1)
processus clenoidalis anterior 
2)
processus clenoidalis media 
3)
processus clenoidalis posterior 
Tanasining oldingi yuzasida qirra --- crista sphenoidalis bo`ladi. Qirraning ikki 
yon tomonida chig`anoq --- conchae sphenoidalis bor. Uning ikki yon tomonida 
2 juft bo`shliq --- apertura sinus sphenoidalis bo`lib, u yuqori burun yo`liga 
ochiladi. 
Ponasimon suyak qirrasi tumshuq --- rostrum sphenoidalis bo`lib, u dimog` 
suyagi bilan birlashib, burun to`sig`ining devorini hosil qilishda qatnashadi. 
Tumshuqning ikki yonida 2 juft egat bo`ladi. 
1)
Ichki tarafdagi egat --- sulcus vomerovaginalis --- dimog`-qin egati 
2)
Tashqi tarafdagi egat --- sulcus palatovaginalis --- tanglay-qin egati 
Qanotsimon o`simtasi 2 ta plastinkadan tashkil topgan 
1)
lamina lateralis 
2)
lamina medialis 
Lamina lateralis ning tashqi tarafida chuqurcha --- fovea pterygoideus bo`ladi. 
Plastinkalar orasida o`yma --- incisura pterygoideus bo`ladi. 
Normada ikkita plastinka bir-biri bilan birlashib, ponasimon suyak tanasiga 
birikishidan kanal --- canalis pterygoideus hosil bo`ladi. Uning ichidan shu nomli 
qon-tomirlar o`tadi. 
G`alvirsimon suyak ---- os ethmoidale 
Peshona suyagi burun qismining orqa tomonida joylashadi. 
Bu suyak 2 ta plastinkadan tashkil topgan 
1)
lamina perpindicularis 
2)
lamina horizontalis 
Shakli kiril alifbosidagi “T” harfiga o`xshaydi. 
Lamina horizontalis 3 ta qismdan tashkil topgan 
1)
lamina cribrosa --- nozik plastinka, toq bo`ladi. 


26 
2)
cellulae ethmoidalis yoki labyrinthus ethmoidalis --- 1 juft bo`ladi. 
Lamina perpindicularis dimog` suyagi plastinkasi bilan birikib, burun to`sig`ini 
hosil qilishda qatnashadi. 
Lamina cribrosa da 16-20 ta teshikchalar bo`lib, bunga hid bilish teshikchalari 
--- fella olfactorius deyiladi. Ichidan 1-juft bosh miya nervi o`tadi. Lamina 
cribrosa ning ustida xo`roz tojiga o`xshash o`simta --- crista galli joylashgan 
bo`lib, unga bosh miya qattiq pardasi birikadi. Uning yonida qanot --- ala crista 
galli bo`lib, unga peshona suyagining cirsta frontalis i kirishidan ko`r teshik --- 
foramen caecum hosil bo`ladi. 
Cellulae ethmoidalis da 3 juft katakcha bo`ladi 
1)
cellulae ethmoidalis anterior 
o`rta burun yo`liga ochiladi 
2)
cellulae ethmoidalis media 
3)
cellulae ethmoidalis posterior --- yuqori burun yo`liga ochiladi 
Suyakning yon tomonida ko`z kosasi plastinkasi --- lamina orbitalis bo`lib, u 
ko`z kosasining medial devorini hosil qilishda qatnashadi. 
Suyakning ostida 3 juft chig`anoq bor 
1)
concha nasalis suprema 
2)
concha nasalis superior 
3)
concha nasalis media 
Bu chig`anoqlar burun bo`shlig`ining ichida joylashib, burun yo`llarining 
devorini hosil qilishda qatnashadi. 
Chakka suyagi ---- os temporale 
Kalla qutisining ikki yon tomonida joylashgan. Ichida eshitish hamda 
muvozanat a`zolari joylashadi. 
3 ta qismdan iborat 
1)
pars squamosa --- palla qismi 
2)
pars tympanica --- nog`ora qismi 
3)
pars petrosa --- toshsimon yoki piramidasimon qismi 
Pallasining 2 ta yuzasi bor 
1)
facies temoralis 
2)
facies cerebralis 


27 
Pallasining 2 ta cheti bor 
1)
margo parietalis 
2)
margo sphenoidalis 
Chakka yuzasida yonoq o`simtasi --- processus zygomaticus bo`ladi. Yuzaning 
o`rtasida egat --- sulcus arteriae temporalis media bo`ladi. 
Palla qismida chuqurcha --- fossa mandibularis bo`lib, bunga pastki jag` 
suyagining boshi kirishidan, chakka-pastki jag` bo`g`imi hosil bo`ladi. Bo`g`im 
do`mbog`i --- tuberculum articularis pastki jag`ni chuqurchadan chiqib 
ketishidan saqlaydi. 
Pallasida 2 ta yoriq tafovut qilinadi 
1)
fissura petrosquamosa --- toshsimon qismdan palla qismini ajratadi. Bu 
pallaning ichki tarafigacha davom etadi. 
2)
fissura petrotympanica --- toshsimon qismdan nog`ora qismini ajratadi 
Pallaning ichki tarafida miya bo`rtiqlari --- juga cerebralis lar va arteriya 
egatlari --- sulci arteriosi bo`ladi. 
Nog`ora qismida tashqi eshituv teshigi --- porus acusticus externus bo`lib, u 
tashqi eshituv yo`li --- meatus acusticus externus bo`lib davom etadi. 
Nog`ora qismini so`rg`ichsimon o`simtadan fissura tympanomastoidea ajratib 
turadi. 
Toshsimon qismining 3 ta yuzasi bor 
1)
Oldingi yuzasi 
2)
Orqa yuzasi 
3)
Pastki yuzasi 
Toshsimon qismini 3 ta cheti bor 
1)
margo superior 
2)
margo anterior 
3)
margo inferior 
Oldingi yuzani orqa yuzadan sulcus sinus petrosis superior, orqa yuzani pastki 
yuzadan sulcus sinus petrosis inferior egatlari ajratib turadi. 
Oldingi yuzasida piramidaning uchi --- apex petrosa da 3 shoxli nervning izi --- 
impressio nervus trigeminus bo`ladi. 


28 
Oldingi yuzasida 2 ta egat bo`ladi. 
1)
sulcus nervus petrosis major --- bu egat hiatus canalis nervus petrosis major 
bo`lib davom etadi. 
2)
sulcus nervus petrosis minor --- bu egat hiatus canalis nervus petrosis minor 
bo`lib davom etadi. 
Oldingi yuzasida yana yoysimon tepacha --- eminentia arcuata va nog`ora 
tomi --- tegmen tympani bo`ladi. 
Orqa yuzasida ichki eshituv teshigi --- porus acusticus internus bo`lib, u ichki 
eshituv yo`li --- meatus acusticus internus bo`lib davom etadi. 
Yoysimon tepachani ostida tepacha osti chuqurchasi --- fossa subarcuata 
bo`ladi. 
Orqa yuzasida 2 ta bo`shliq bo`ladi 
1)
apertura externa aqueductus vestibuli 
2)
apertura externa canalis cochlearis 
Pastki yuzasida bigizsimon o`simtasi --- processus styloideus bo`ladi. Processus 
styloideus bilan processus mastoideus o`rtasida teshik --- foramen 
stylomastoideus bo`lib, undan 7-juft bosh miya nervi chiqadi. 
Pastki yuzasida bo`yinturuq chuqurchasi --- fossa jugularis bo`lib, uning orqa 
tomonida incisura jugularis bo`ladi. U ensa suyagidagi shu nomli o`yma bilan 
qo`shilib, foramen jugularis ni hosil qiladi. Ichidan 9-juft, 10-juft, 11-juft bosh 
miya nervlari o`tadi. 
Pastki yuzasida canalis caroticus externus, piramidaning uchida canalis 
caroticus internus, uning yonida canalis musculotubarius bo`ladi. 
Chakka suyagida so`rg`ichsimon o`simta --- processus mastoideus bo`ladi. 
Uning chetiga margo occipitalis deyiladi. Processus mastoideus ga bo`yin 
mushaklaridan musculus sternocleidomastoideus birikadi. O`simta ostida o`yma 
--- incisura mastoideus bo`lib, undan ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasi 
boshlanadi. O`yma ostida egat --- sulcus arteria occipitalis bo`lib, unda shu 
nomli arteriya joylashadi. O`simtaning tashqi yuzasida foramen mastoideus, 
ichki yuzasida esa sulcus sinus sigmoidea bo`ladi. 


29 
Chakka suyagida 8 kanal bo`ladi. Asosiylari 3 ta hisoblanadi. 
1)
Uyqu kanali --- canalis caroticus. Bu kanal chakka suyagi toshsimon 
qismining pastki yuzasidagi canalis caroticus externus dan boshlanib, oldinga 
to`g`ri yo`nalib, yuqoriga ko`tarilib, 90 gradus burchak ostida burilib, 
piramidaning uchida joylashgan canalis caroticus internus dan chiqib ketadi. 
Ichidan ichki uyqu arteriyasi o`tadi. 
2)
Mushak-nay kanali --- canalis musculotubarius. Bu kanal chakka suyagining 
toshsimon qismi bilan palla qismi o`rtasida joylashgan. U o`rta quloqqa 2 ta 
yarim kanal bo`lib yo`naladi. 
a)
semicanalis musculi tensoris tympani --- nog`ora pardani taranglovchi 
mushak yarim kanali. Bu kanalni shu nomli mushak to`ldirib turadi. 
b)
semicanalis tubae auditivae --- eshituv nayining yarim kanali (Yevstaxiy 
nayi). Bu o`rta quloq bo`shlig`ini halqumning burun qismi bilan bog`lab turadi. 
Bu ikkita yarim kanalni septum canalis musculotubarii ajratib turadi 
3)
Yuz kanali --- canalis facialis. Bu kanal chakka suyagi toshsimon qismining 
orqa yuzasida joylashgan porus acusticus internus ning tubidan meatus 
acusticus internus bo`lib boshlanib, oldinga lateral-gorizontal yo`nalib, hiatus 
canalis nervus petrosis major ning ro`parasida burilib, tizza --- geniculus canalis 
facialis ni hosil qilib, orqaga lateral gorizontal yo`nalib, pastga perpindikulyar 
tushib, foramen stylomastoideus dan chiqib ketadi. Bu kanalga yuz nervi, 
eshituv-chig`anoq nervi va oraliq nerv kiradi lekin faqat yuz nervi chiqib ketadi. 
Burun suyagi ---- os nasale 
Juft suyak bo`lib, burun bo`shlig`ining yuqorigi devorini hosil qilishda 
qatnashadi. 
4 ta cheti bor 
1)
margo superior --- peshona suyagi bilan birlashadi 
2)
margo inferior --- erkin bo`ladi (hech qaysi suyak bilan birlashmaydi) 
3)
margo lateralis --- yuqori jag` suyagining peshona o`simtasi bilan birlashadi 
4)
margo medialis --- o`zaro birlashadi 
2 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior 
2)
facies posterior 
Facies posterior da sulcus ethmoidalis bo`lib, unga g`alvirsimon suyakning 
perpindikulyar plastinkasi kirib, burun to`sig`ining yuqori devorini hosil qiladi. 


30 
Ko`z yosh suyagi ----os lacrimale 
Ko`z kosasining medial devorini hosil qilishda qatnashadi. 
4 ta cheti bor 
1)
margo superior --- peshona suyagini ko`z kosasiga qaragan yuzasi bilan 
birlashadi 
2)
margo inferior --- yuqori jag` suyagini ko`z kosasiga qaragan yuzasi bilan 
birlashadi. 
3)
margo lateralis yoki anterior --- yuqori jag` suyagini peshona o`simtasi bilan 
birlashadi 
4)
margo medialis yoki posterior --- g`alvirsimon suyakdagi lamina orbitalis bilan 
birlashadi. 
2 ta yuzasi bo`ladi 
1)
facies lateralis 
2)
facies medialis 
Margo lateralis da egat --- sulcus lacrimalis bo`lib, bu yuqori jag` suyagidagi 
sulcus lacrimalis bilan birlashib, fossa sacci lacrimalis ni hosil qiladi. Bu 
chuqurcha kanal --- canalis nasolacrimalis bo`lib davom etadi va pastki burun 
yo`liga ochiladi. 
Ko`z yosh suyagining lateral yuzasida ilmoq --- hamulus lacrimalis bo`ladi. 
Yonoq suyagi ---- os zygomaticum 
Ko`z kosasining lateral devorini hosil qilishda qatnashadi. 
3 ta suyak bilan birlashgani uchun 3 ta o`simtasi bo`ladi. 
1)
processus frontalis 
2)
processus maxillaris 
3)
processus temporalis
Processus temporalis chakka suyagidagi processus zygomaticus bilan qo`shilib, 
arcus zygomaticus ni hosil qiladi. 
3 ta yuzasi bor 
1)
facies lateralis 
2)
facies orbitalis 
3)
facies temporalis 
3 ta teshigi bor 
1)
foramen zygomaticofacialis 


31 
2)
foramen zygomaticoorbitalis 
3)
foramen zygomaticotemporalis 
Pastki burun chig`anog`i ---- concha nasalis inferior 
Burun bo`shlig`ining ichida joylashadi. Alohida suyak hisoblanadi. U o`rta 
burun yo`lining pastki devorini, pastki burun yo`lining yuqorigi devorini hosil 
qilishda qatnashadi. 
3 ta o`simtasi bo`ladi 
1)
processus lacrimalis 
2)
processus ethmoidalis 
3)
processus maxillaris 
Tanglay suyagi ---- os palatinum 
Og`iz boshlig`i, burun bo`shlig`i, ko`z kosasi hamda qanot-tanglay 
chuqurchasining devorini hosil qilishda qatnashadi. 
2 ta plastinkasi bor 
1)
lamina horizontalis 
2)
lamina perpindicularis 
Lamina horizontalis yuqori jag` suyagidagi processus palatinus bilan birlashib, 
qattiq tanglay --- palatinum durum ni hosil qiladi. 
2 ta yuzasi bor 
1)
facies palatina --- g`adir-budir bo`ladi 
2)
facies nasalis --- silliq bo`ladi 
Lamina perpindicularis ning ham 2 ta yuzasi bor 
1)
facies nasalis 
2)
facies maxillaris 
Burun yuzasida 2 ta qirrasi bor 
1)
crista ethmoidalis --- concha nasalis media bilan birlashadi 
2)
crista conchalis --- concha nasalis inferior bilan birlashadi 
Burun yuzasining yuqori qismida 2 ta o`simtasi bo`ladi 
1)
processus sphenoidalis 
2)
processus orbitalis 
Bu o`sumtalar orasida o`yma --- incisura sphenopalatina bo`ladi. 


32 
Bu o`simtalarga ponasimon suyakning tanasi birikishidan o`yma teshikka 
aylanib qoladi ya`ni foramen sphenopalatinum hosil bo`ladi va yuqori burun 
yo`liga ochiladi. 
Yuqori jag` yuzasida sulcus palatinus major bo`lib, u yuqori jag` suyagidagi 
sulcus palatinus major bilan qo`shilib, canalis palatinus major ni hosil qiladi. Bu 
kanal og`iz bo`shlig`iga ochiladi. 
Yuqori jag` suyagi ---- maxilla 
Burun bo`shlig`i, og`iz bo`shlig`i, ko`z kosasi, qanot-tanglay chuqurchasi va 
chakka osti chuqurchasining devorini hosil qilishda qatnashadi. 
Yuqori jag` suyagining tanasi va 4 ta o`simtasi bo`ladi. 
1)
processus frontalis 
2)
processus zygomaticus 
3)
processus alveolaris 
4)
processus palatinus 
4 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior 
2)
facies orbitalis
3)
facies infratemporalis 
4)
facies nasalis 
Oldingi yuzasida alveola bo`rtiqlari --- juga alveolaris, alveola ravoqlari --- 
arcus alveolaris, spina nasalis anterior, incisura nasalis, it chuqurchasi --- fossa 
canina hamda foramen infraorbitalis bo`ladi. 
Infratemporal yuzasida yuqori jag` do`mbog`i --- tuber maxillae va alveolar 
teshiklar --- foramen alveolaris bo`ladi. 
Ko`z kosa yuzasida sulcus infraorbitalis bo`lib, u canalis infraorbitalis bo`lib 
davom etib, foramen infraorbitalis bo`lib chiqadi. 
Burun yuzasida kurak tishlar tomonida sulcus incisivus bo`ladi. Ikki xuddi 
shunday egatlar qo`shilishidan canalis incisivus hosil bo`ladi va pastki burun 
yo`liga ochiladi. 
Tanasining orqa tomonida hiatus maxillaris (Gaymor bo`shlig`i) bo`lib, u o`rta 
burun yo`liga ochiladi. 


33 
Dimog` suyagi ---- vomer 
Plastinkasimon tuzilishga ega bo`ladi. 
2 ta cheti bor 
1)
margo superior 
2)
margo posterior 
Yuqorigi cheti g`alvirsimon suyakning perpindikulyar plastinkasi bilan birlashib, 
burun to`sig`i --- septum nasi ni hosil qiladi. 
Dimog` suyagida 1 juft qanot --- ala vomer bo`lib, ular orasida esa egat --- 
sulcus vomer bo`ladi. 
Til osti suyagi ---- os hyoideum 
3 ta qismi bor 
1)
corpus 
2)
cornu major 
3)
cornu minor 
Til osti suyagiga 5 guruh mushaklar birikadi 
1)
Til osti suyagining ustki guruh mushaklari 
2)
Til osti suyagining ostki guruh mushaklari 
3)
Til mushaklari 
4)
Halqum mushaklari 
5)
Hiqildoq mushaklari 
Pastki jag` suyagi ---- mandibula 
4 ta qismi bor 
1)
ramus mandibulae 
2)
angulus mandibulae 
3)
basis mandibulae 
4)
corpus mandibulae 
Ramus mandibulae da 2 ta o`simtasi bor 
1)
processus coronoideus 
2)
processus condylaris --- bunda caput mandibulae, collum mandibulae va 
fovea pterygoideus bo`ladi. 


34 
Ikkita o`simta orasida incisura mandibulae bo`ladi. 
Ramus mandibulae ning ichki tarafida foramen mandibulae bo`lib, uni lingula 
mandibulae chegaralab turadi 
Angulus mandibulae ning tashqi tarafida chaynov g`adir-budiri --- tuberositas 
masseterica, ichki tarafida qanotsimon g`adir-budir --- tuberositas pterygoideus 
bo`ladi. Bularga shu nomli mushaklar birikadi. Qanotsimon g`adir-budir ustida 
jag`-til osti egati --- sulcus mylohyoideus bo`ladi. 
Basis mandibulae ning tashqi tarafida qiyshiq chiziq --- linea obliquus, ichki 
tarafida jag`-til osti chizig`i --- linea mylohyoideus bo`ladi. U ikkita chuqurchani 
bir-biridan ajratib turadi. Yuqoridagi chuqurcha fovea sublingualis, bunda til osti 
bezi joylashadi. Pastki chuqurcha fovea submandibularis, bunda jag` osti bezi 
joylashadi. 
Corpus mandibulae ning tashqi tarafida 1 juft engak teshigi --- foramen 
mentalis, engak do`mbog`i --- tuber mentalis, engak tepachasi --- protuberantia 
mentalis bo`ladi. O`rtasida fossa digastrica, ichki tomonida engak o`sig`i --- spina 
mentalis bo`ladi. 
Kalla topografiyasi 
Kalla suyagi ---- os cranium 
2 ta qismdan tashkil topgan 
1)
basis --- asos 
2)
calvaria ---- qopqoq 
Asosi ham 2 qismdan iborat 
1)
basis cranii externa 
2)
basis cranii interna 
Basis cranii interna da 3 ta kalla chuqurchasi bo`ladi. 
1)
fossa cranii anterior --- peshona suyagi bilan ponasimon suyakning kichik 
qanoti orasida joylashgan 
2)
foss cranii media --- ponasimon suyakning kichik qanoti bilan chakka suyagi 
toshsimon qismining oldingi yuzasi orasida joylashgan 
3)
fossa cranii posterior --- chakka suyagi toshsimon qismining orqa yuzasi bilan 
ensa suyagi orasida joylashgan 


35 
O`rta kalla chuqurchasida yirtiq teshik --- foramen lacerum bo`ladi. U chakka 
suyagi toshsimon qismining uchi, ensa suyagining tanasi va ponasimon suyak 
katta qanotining o`zaro birikishidan hosil bo`ladi. Ichidan ichki uyqu arteriyasi 
bilan kichik toshsimon nerv --- nervus petrosis minor o`tadi. 
Basis cranii externa da ham 3 ta kalla chuqurchasi bo`ladi 
1)
fossa cranii anterior --- yuqori jag` suyagidagi processus alveolaris bilan 
ponasimon suyakning qanotsimon o`simtalari orasida joylashgan 
2)
fossa cranii media --- ponasimon suyakning qanotsimon o`simtalari bilan 
condylus occipitalis orasida joylashgan 
3)
fossa cranii posterior --- condylus occipitalis ning orqa tomoni hisoblanadi. 
Ko`z kosasi ---- orbita 
4 ta cheti bor 
1)
margo supraorbitalis 
2)
margo infraorbitalis 
3)
margo lateralis 
4)
margo medialis 
4 ta devori bor 
1)
paries superior --- peshona suyagining facies orbitalis i bilan ponasimon 
suyakning kichik qanoti hosil qiladi. 
2)
paries inferior --- yuqori jag` suyagining facies orbitalis i, qisman yonoq 
suyagining facies orbitalis i va tanglay suyagining processus orbitalis i hosil qiladi. 
3)
paries lateralis --- yonoq suyagining facies orbitalis i, ponasimon suyakning 
facies orbitalis i va peshona suyagining yonoq o`simtasi hosil qiladi. 
4)
paries medialis --- yuqori jag`ning peshona o`simtasi, ko`z yosh suyagi, 
g`alvirsimon suyak lamina orbitalis i va ponasimon suyakning tanasi hosil qiladi. 
Ko`z kosasining 9 ta aloqasi bo`ladi 
1)
fissura orbitalis superior orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan 
2)
canalis opticus orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan 
3)
canalis nasolacrimalis orqali pastki burun yo`li bilan 
4)
foramen supraorbitalis orqali peshona suyagi bilan 
5)
canalis infraorbitalis orqali yuzning oldingi yuzasi bilan 
6)
foramen zygomaticoorbitalis orqali yonoq suyagi bilan 
7)
fissura orbitalis inferior (yuqori jag` suyagining tanasi bilan ponasimon suyak 
katta qanotining o`zaro birikishidan hosil bo`ladi) orqali qanot-tanglay 
chuqurchasi va chakka osti chuqurchasi bilan 
8)
foramen ethmoidalis anterior orqali oldingi kalla chuqurchasi bilan 
9)
foramen ethmoidalis posterior orqali burun bo`shlig`i bilan 


36 
Chakka chuqurchasi ---- fossa temporalis 
Devorlari: 
Yuqoridan --- peshona, tepa, chakka suyaklarining pallalari va ponasimon 
suyakning chakka yuzasi 
Oldindan --- yonoq suyagi 
Orqadan --- arcus zygomaticus 
Aloqasi bo`lmaydi. 
Chakka osti chuqurchasi ---- fossa infratemporalis 
Devorlari: 
Yuqoridan --- facies infratemporalis 
Oldindan --- yuqori jag` suyagi do`mbog`i 
Orqadan --- ponasimon suyak qanotsimon o`simtasining lateral plastinkasi 
4 ta aloqasi bo`ladi 
1)
fissura orbitalis inferior orqali ko`z kosasi bilan 
2)
fissura pterygomaxillaris orqali qanot-tanglay chuqurchasi bilan 
3)
foramen ovarium orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan 
4)
foramen spinosus orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan 
Qanot-tanglay chuqurchasi ---- fossa pterygopalatina 
Devorlari: 
Oldindan --- yuqori jag` suyagi do`mbog`i 
Orqadan --- ponasimon suyak qanotsimon o`simtasining lateral plastinkasi 
Medialdan --- tanglay suyagining perpindikulyar plastinkasi 
7 ta aloqasi bo`ladi 
1)
canalis pterygoideus orqali kallaning tashqi asosi bilan 
2)
canalis palatinus minor orqali og`iz bo`shlig`i bilan 
3)
canalis palatinus major orqali og`iz bo`shlig`i bilan 
4)
fissura orbitalis inferior orqali ko`z kosasi bilan 
5)
fissura pterygomaxillaris orqali chakka osti chuqurchasi bilan 
6)
foramen rotundum orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan 
7)
foramen sphenopalatinum orqali yuqori burun yo`li bilan 
Burun bo`shlig`i ---- cavitas nasi 


37 
Yuz qismining oldingi sohasida joylashgan. Noksimon shaklga ega bo`lib, 
noksimon teshik --- apertura periformis deb ataladi. 
Noksimon teshik devorlari: 
Yuqoridan --- burun suyagining pastki cheti 
Pastdan --- spina nasalis anterior 
Lateraldan --- yuqori jag` suyagining burun o`ymasi 
Orqadan --- xoanalar 
Xoanalarning devorlari: 
Yuqoridan --- ponasimon suyak tanasining pastki yuzasi 
Pastdan --- tanglay suyagining gorizontal plastinkasi 
Lateraldan --- ponasimon suyak qanotsimon o`simtasining medial plastinkasi 
Medialdan --- dimog` suyagining plastinkasi 
Burun bo`shlig`ining 3 ta devori bor 
1)
paries superior --- peshona suyagining burun o`sig`i, burun suyagi, 
g`alvirsimon suyakning perpindikulyar plastinkasi va ponasimon suyak tanasi 
hosil qiladi. 
2)
paries inferior --- qattiq tanglay hosil qiladi 
3)
paries lateralis --- yuqori jag` suyagining tanasi, burun yuzasi, peshona 
o`simtasi; pastki burun chig`anog`i; g`alvirsimon suyak labirintlari; ko`z yosh 
suyagi; tanglay suyagining perpindikulyar plastinkasi hosil qiladi 
Burun bo`shlig`ining ichida 3 juft burun chig`anog`i bor 
1)
concha nasalis superior 
2)
concha nasalis media 
3)
concha nasalis inferior 
Concha nasalis superior bilan concha nasalis media o`rtasida yuqori burun yo`li 
--- meatus nasi superior joylashgan. Unga apertura sinus sphenoidalis, foramen 
sphenopalatinum, cellulae ethmoidalis posterior ochiladi. 
Concha nasalis media bilan concha nasalis inferior o`rtasida o`rta burun yo`li --
- meatus nasi media joylashgan. Unga sinus frontalis, sinus maxillaris, cellulae 
ethmoidalis anterior et media ochiladi. 
Concha nasalis inferior bilan burun bo`shlig`ining pastki devori o`rtasida 
pastki burun yo`li --- meatus nasi inferior joylashgan. Unga canalis incisivus bilan 
canalis nasolacrimalis ochiladi. 
Chaqaloq kallasi 


38 
Chaqaloqlarda 6 ta liqildoq bo`ladi: 
Toqlari: 
1)
fonticulus anterior yoki major --- tepa va peshona suyaklari pallasining 
orasida joylashgan. Shakli robmsimon bo`ladi. Normada bola hayotining 2 
yoshigacha bitadi. 
2)
fonticulus posterior yoki minor --- tepa va ensa suyaklari pallasining orasida 
joylashgan. Shakli uchburchaksimon bo`ladi. Normada bola hayotining 1-2 
oyligida bitadi. 
Juftlari: 
1)
fonticulus sphenoidalis yoki anterior --- peshona, tepa, chakka suyaklari 
pallasi va ponasimon suyak chakka yuzalari orasida joylashgan. Normada bola 
hayotining 2-3 oyligida bitadi.
2)
fonticulus mastoideus yoki posterior --- tepa va ensa suyagi pallasi bilan 
chakka suyagining so`rg`ichsimon o`simtasi orasida joylashgan. Normada bola 
hayotining 2-3 oyligida bitadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə