Osteologia



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160696
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Odam anatomiyasi

organo respiratoris 
 


93 
Tarkibiga nafas yo`llari va 1 juft o`pka kiradi. Nafas yo`llari joylashishiga ko`ra 
2 guruhga bo`linadi. 
1)
Yuqori nafas yo`llari --- burun bo`shlig`i, halqumning burun va og`iz qismi 
2)
Pastki nafas yo`llari --- hiqildoq, kekirdak, bronxlarning o`pka 
darvozasigacha bo`lgan qismi 
 
 
Burun ---- nasus 
2 xil bo`ladi 
1)
nasus externa 
2)
nasus interna yoki cavitas nasi 
Nasus externa 2 ta qismdan tashkil topgan 
1)
Suyak qismi 
2)
Tog`ay qismi 
Suyak qismi tuzilmalari 4 ta bo`ladi 
1)
radix 
2)
apex 
3)
dorsum 
4)
ala 
Tog`ay qismi 2 guruhga bo`linadi 
1)
Toq tog`aylari ---- cartilago septi nasalis, cartilago vomeronasalis 
2)
Juft tog`aylari ---- cartilago nasi lateralis, cartilago nasi alaris major, cartilago 
nasi alaris minor, cartilago nasi accessoriu
 
Ichki burun (burun bo`shlig`i) --- nasus interna (cavitas nasi) 
Cavitas nasi 1 juft bo`ladi. Kirish teshigiga vestibulum nasi deyiladi. Vestibulum 
nasi da tukchalar, kapillarlar, bezlar joylashadi. Tashqi muhitdan kirgan 
mikroblarni tuklar ushlab qoladi, bezlar zararsizlantiradi, kapillarlar havoni ilitib, 
namlab o`tkazadi. 
2 ta oblast joylashadi 
1)
Yuqori burun yo`lining shilliq qavatida hidlov sohasi --- regio olfactorius 
joylashadi 
2)
O`rta va pastki burun yo`lining shilliq qavatida nafas sohasi --- regio 
respiratoris joylashadi 
3 juft burun yo`liga quyidagilar ochiladi: 
1)
sinus maxillaris ( Gaymor bo`shlig`i ) --- o`rta burun yo`liga ochiladi 
2)
sinus frontalis ---- o`rta burun yo`liga ochiladi 


94 
3)
cellulae ethmoidalis --- 3 ta katakchadan iborat 
a)
cellulae ethmoidalis anterior --- o`rta burun yo`liga ochiladi 
b)
cellulae ethmoidalis media --- o`rta burun yo`liga ochiladi 
c)
cellulae ethmoidalis posterior --- yuqori burun yo`liga ochiladi 
4)
sinus sphenoidalis --- yuqori burun yo`liga ochiladi 
Hiqildoq ---- larynx 
Skeletotopiyasi: 4-6- bo`yin umurtqalari sohasida joylashgan. 
Sintopiyasi: yuqoridan --- til osti suyagi, pastdan --- traxeya, oldindan --- 
bo`yin terisi va til osti suyagining ostki guruh mushaklari, ikki yondan --- qon-
tomir nerv dastasi va qalqonsimon bezning o`ng va chap bo`lagi, orqadan --- 
halqumning hiqildoq qismi chegaralaydi. 
Hiqildoqning qattiqligini toq va juft tog`aylari hosil qiladi. 
Toq tog`aylari: 
1)
Qalqonsimon tog`ay --- cartilago thyroidea 
2)
Hiqildoq usti tog`ay --- cartilago epiglottis 
3)
Uzuksimon tog`ay --- cartilago cricoidea 
Juft tog`aylari: 
1)
Cho`michsimon tog`ay --- cartilago arytenoidea 
2)
Shoxsimon tog`ay --- cartilago corniculate 
3)
Ponasimon tog`ay --- cartilago cuneiformis 
Hiqildoq bo`shlig`i --- cavitas larynx hisoblanib, shakli qum soatni eslatadi. 3 
ta qismi bor 
1)
vestibulum larynx --- dahliz 
2)
ventriculis larynx --- qorinchalararo 
3)
cavum infraglottis --- hiqildoq osti bo`shlig`i 
Hiqildoq bo`shlig`iga kirish teshigiga aditus larynx deyiladi. Devorlari: oldinda -
-- hiqildoq usti tog`ayining orqa yuzasi, orqadan --- cho`michsimon tog`ayning 
uchi, ikki yondan --- plica aryepiglottica chegaralaydi. 
Vestibulum larynx devorlari: oldindan --- hiqildoq usti tog`ayi, orqadan --- 
cho`michsimon tog`ay, pastdan --- plica vestibularis chegaralaydi. 
Ventriculis larynx devorlari: yuqoridan --- plica vestibularis, pastdan --- plica 
vocalis chegaralaydi. 
Ovoz tirqishiga --- rima glottidis deyiladi. Ovoz tirqishining uzunligi erkaklarda 
uzunligi 20-24 mm, ayollarda uzunligi 16-19 mm. Uning 2 ta qismi bor.
1)
Oldingi qismi ---- pars intermembranisi 


95 
2)
Orqa qismi ---- pars intercartiloginis 
Hiqildoq mushaklari --- 3 guruhga bo`linadi 
1)
Hiqildoqni kengaytiruvchi
2)
Hiqildoqni toraytiruvchi 
3)
Hiqildoqni tarangligini o`zgartiruvchi 
Kengaytiruvchi mushak: 
1)
musculus cricoarytenoideus posterior 
Toraytiruvchi mushaklari: 
1)
musculus arytenoideus obliquus 
2)
musculus arytenoideus transversus 
3)
musculus cricoarytenoideus lateralis
4)
musculus thyroarytenoideus 
Tarangligini o`zgartiruvchi mushaklar: 
1)
musculus cricothyroideus --- 2 ta qismi bor 
a)
pars recta 
b)
pars obliqua 
2)
musculus thyroepiglotticus 
3)
musculus vocalis 
Kekirdak --- trachea 
Uzunligi 8-12 sm, 6-bo`yin umurtqasi sohasidan boshlanib, 5-ko`krak 
umurtqasining yuqorigi sohasida o`ng va chap bronxlarga bo`linadi. Bo`lingan 
joyiga bifucatio trachea deyiladi. 
Kekirdak 16-20 ta yarim halqachalardan tashkil topgan. Bu yarim halqachalar 
o`zaro ligamentum annularis yordamida tutashgan. Yarim halqachalarning 
orqasida silliq mushak tolalaridan tashkil topgan paries membranaceus bo`ladi. 
Uning orqasida qizilo`ngach joylashadi. 
Kekirdakning 2 ta qismi bor 
1)
pars cevicalis 
2)
pars thoracica 
Pars cevicalis oldida --- yuqorigi 3-4-yarim halqachalar sohasida isthmus 
glandula thyroidea, ikki yonida --- qon-tomir nerv dastasi, orqasida --- 
qizilo`ngach joylashadi. 
Pars thoracica oldida --- ayrisimon bez, aorta yoyi, yelka-bosh venasi, ikki 
yonida --- mediastenal plevra, orqasida --- qizilo`ngach joylashadi. 


96 
Bosh bronxlar --- bronchus principialis dextra et sinistra 
O`ng va chap bronxlarning bir-biridan farqlari: 
O`ng bronx keng va kalta, chap bronx tor va uzun bo`ladi. 
O`ng bronx vertikal yo`nalgan (bevosita traxeyaning davomi), chap bronx 
gorizontal yo`nalgan bo`ladi. 
O`ng bronx uzunligi 3 sm, chap bronx uzunligi 5 sm bo`ladi. 
O`ng bronxda yarim halqa tog`aylar 6-8 ta, chap bronxda 9-12 ta bo`ladi. 
O`ng bronxning yuqori, o`rta, pastki bo`lagi, chap bronxning yuqori va pastki 
bo`lagi bo`ladi. 
O`ng bronxning devoriga toq va yarim toq vena engashib turadi, chap 
bronxning devoriga aorta yoyi engashib turadi. 
Bronxlar 2 ta qismdan tashkil topgan 
1)
arbor --- bronx daraxti 
2)
acinus --- alveolar daraxt 
Arbor ni hosil qiladi: 
1)
bronchus lobalis 
2)
bronchus segmentalis
3)
bronchus lobularis 
4)
bronchus terminalis 
Acinus ni hosil qiladi: 
1)
bronchus respiratoris 
2)
ductuli alveolaris 
3)
saccu alveolaris 
Arborning devori yarim halqacha tog`aylardan tashkil topgan bo`lib, 
acinusning devorida bular bo`lmaydi. 
O`pka ---- pulmo 
2 ta qismdan iborat 
1)
apex 
2)
basis 


97 
O`ng o`pkaning chap o`pkadan farqi: 
O`ng o`pka keng va kalta, sababi jigar hisobiga 
Chap o`pka tor va uzun, sababi yurak hisobiga. Yurak chap o`pkaga borib 
kirishi natijasida yurak o`ymasi --- incisura cardiaca ni hosil qiladi. Buning 
natijasida chap o`pkada tilcha --- lingua pulmonalis hosil bo`ladi. 
3 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior yoki costalis 
2)
facies inferior yoki diaphragmatica 
3)
facies medialis 
Facies medialis yuzasini 2 ta qismi bor 
1)
pars mediastenalis
2)
pars vertebralis 
3 ta cheti bor 
1)
margo anterior --- qovurg`ani medial yuzadan ajratadi 
2)
margo inferior --- diafragmal yuzani qovurg`a bilan medial yuzadan ajratadi 
3)
margo posterior --- diafragmani plevradan ajratadi 
Qovurg`a yuzasida yoriqlar bo`ladi: 
O`ng o`pkada 
1)
fissura obliquus 
2)
fissura horizontalis 
Shuning uchun 3 ta bo`lagi bor 
1)
lobus superior
2)
lobus media 
3)
lobus inferior 
Chap o`pkada 
1)
fissura obliquus 
Shuning uchun 2 ta bo`lagi bor 
1)
lobus superior 
2)
lobus inferior 


98 
Eng xarakterli yuzasi medial yuza bo`lib, unda o`pka darvozasi --- hylus 
pulmonalis joylashadi. Darvozaga asosiy bronx, o`pka arteriyasi, nerv kiradi; 
o`pka venasi bilan limfa chiqadi. Darvozaga kiruvchi va chiquvchi qon-tomirlar 
to`plamiga o`pka ildizi --- radix pulmonalis deyiladi. 
O`pka ildiziga qarab o`ng yoki chap o`pkani aniqlasa bo`ladi. 
Agar o`pka darvozasi cho`qqisida bronx, arteriya, vena (BAV) ketma- ketligida 
joylashgan bo`lsa, o`ng o`pka hisoblanadi. 
Agar o`pka darvozasi cho`qqisida arteriya, bronx, vena (ABV) ketma-ketligida 
joylashgan bo`lsa, chap o`pka hisoblanadi. 
O`pka segmentlari: 
O`ng o`pkada 10 ta segment bor 
Yuqori bo`lakda 3 ta --- segmentum apicalis, segmentum anterior, segmentum 
posterior 
O`rta bo`lakda 2 ta --- segmentum lateralis, segmentum medialis 
Pastki bo`lakda 5 ta --- segmentum apicalis, segmentum basalis anterior, 
segmentum basalis posterior, segmentum basalis lateralis, segmentum basalis 
medialis. 
Chap o`pkada 9 ta segment bor 
Yuqori bo`lakda 4 ta --- segmentum apicoposterior, segmentum anterior, 
segmentum lingualis superior, segmentum lingualis inferior 
Pastki bo`lakda 5 ta --- segmentum apicalis, segmentum basalis anterior, 
segmentum basalis posterior, segmentum basalis lateralis, segmentum basalis 
medialis 
Ko`krak qafasining ichida 3 ta serroz parda bo`ladi 
1)
Yurakni o`ragan serroz parda --- pericard 
2)
O`pkani o`ragan serroz parda --- pleura --- 1 juft 
Pleura 2 ta varaqdan tashkil topgan 
1)
pleura pareitalis 
2)
pleura viseralis 
Ikkala plevra varaqlari o`rtasida --- cavum pleuralis bo`lib, uning ichida har 
doim 2 ml suyuqlik bo`ladi. 
Pareital plevraning 3 ta qismi bor 
1)
pleura costalis 
2)
pleura diaphragmatica 
3)
pleura mediastenalis 


99 
Plevra maydonlari 2 ta
1)
area interpleuralis superior --- to`sh dastasining orqasida joylashgan. 
2)
area interpleuralis inferior --- to`sh tanasining orqasida joylashgan. 
Pareital plevra qismlarining orasida plevra cho`ntaklari bo`ladi: 
1)
recessus costadiaphragmatica dextra et sinistra --- eng xarakterlisi bo`lib, 
linea axillaris media bo`ylab 6-7-qovurg`alar orasidan punksiya qilinadi. 
2)
recessus costamediastenalis 
3)
recessus phrenicomediastenalis dextra et sinistra
Ko`ks oralig`i ---- mediastenum 
Ikkala o`pkaning mediastenal plevrasi oralig`ida joylashgan a`zolar 
kompleksiga ko`ks oralig`i deyiladi. 
Ko`ks oralig`ining chegaralari: 
Yuqoridan --- apertura thoracica superior 
Pastdan --- diafragma 
Oldindan --- to`shning orqa yuzasi 
Orqadan --- umurtqa pog`onasining ko`krak qismi 
Ikki yondan --- mediastenal plevra 
Traxeya va bronxning orasidan o`tkazilgan frontal chiziq Baziliskiy tasnifiga 
ko`ra ko`ks oralig`ini 2 ga bo`ladi. 
1)
Oldingi ko`ks oralig`i --- traxeya, bronx, yurak, perikard, aorta yoyi, yuqori 
kovak vena, diafragmal nerv, timus joylashadi 
2)
Orqa ko`ks oralig`i --- qizilo`ngach, ko`krak aortasi, toq vena, yarim toq 
vena, adashgan nerv, simpatik nerv poyasi joylashadi. 
Ayirish sistemasi 
Buyrak ---- ren 


100 
Juft ekskretor organ bo`lib, zich konsetensiali, shakli loviyasimon bo`ladi. 
Galatopiyasi: qorin bo`shlig`ining bel sohasida joylashgan. 
Skletotopiyasi: chap buyrakning yuqori uchi 11-ko`krak umurtqasi, pastki uchi 
3- bel umurtqasi sohasida, o`ng buyrakning yuqori uchi 12-ko`krak umurtqasi, 
pastki uchi 4-bel umurtqasi sohasida joylashadi. 
Sintopiyasi: ikkala buyrakning yuqorisida --- buyrak usti bezi, o`ng buyrakning 
oldingi tomonida --- jigar, chap buyrakning oldingi tomonida --- oshqozon va 
oshqozon osti bezi, o`ng buyrakning medial chetida --- 12 barmoq ichakning 
tushuvchi qismi, chap buyrakning medial chetida --- flexura duodenojejunalis, 
o`ng buyrakning lateral chetida --- ko`tariluvchi chambar ichak, chap 
buyrakning lateral chetida --- tushuvchi chambar ichak va taloq, ikkala 
buyrakning orqa tomonida --- 4 ta tuzilma bor (diafragmaning bel qismi, katta 
bel mushagi, qorinning ko`ndalang mushagi, qorinning ichki qiyshiq mushagi) 
bo`lib, bular buyrak suprasini hosil qiladi. 
Buyrakning 2 ta uchi bor 
1)
extrimitas superior 
2)
extrimitas inferior 
Buyrakning 2 ta yuzasi bor 
1)
facies anterior --- qavariq 
2)
facies posterior --- botiq 
Buyrakning 2 ta cheti bor 
1)
margo medialis 
2)
margo lateralis 
Og`irligi 120-200 gr, uzunligi 10-15 sm, kengligi 4-6 sm, qalinligi 4 sm keladi. 
Buyraklarning medial chetida buyrak darvozasi --- hylus renalis bo`ladi. 
Darvozaga buyrak arteriyasi va nerv kiradi, buyrak venasi, siydik yo`li, limfa 
chiqadi. Kiradigan va chiqadigan qon-tomirlarga buyrak oyoqchasi --- crus 
renalis deyiladi. Oyoqchlarni olib tashlaganda buyrak bo`shlig`i --- sinus renalis 
ko`rinadi. Bo`shliq ichida buyrak katta va kichik kosachalari bilan buyrak jomi 
joylashadi. 
Buyrakda 3 ta parda tafovut qilinadi 
1)
capsula fibrosa 
2)
capsula adiposa 
3)
fascia renalis --- 2 ta varaqdan tashkil topgan 


101 
a)
lamina prerenalis --- ikkala buyrakning medial chetidan boshlanib, buyrak 
qon-tomirlarini oldindan o`rab, qarama-qarshidagisi bilan birikadi. Shuning 
uchun buyrak qorin parda bilan retroperitanal o`raladi. 
b)
lamina retrorenalis --- ikkala buyrakning lateral chetidan boshlanib, orqa 
tomondan yo`nalib, qarama-qarshidagisi bilan qo`shilmasdan, umurtqa 
pog`onasining ikki yoniga birikadi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum hepatorenalis 
2)
ligamentum duodenorenalis 
3)
ligamentum lienorenalis 
Buyrak segmentlari 5 ta 
Oldingi yuzasida 4 ta 
1)
segmentum superior 
2)
segmentum inferior 
3)
segmentum anterior superior 
4)
segmentum anterior inferior 
Orqa yuzasida 1 ta 
1)
segmentum posterior 
Buyrakning joyidan qo`zg`almasligini --- buyrak ko`rpachasi, buyrak 
oyoqchalari, buyrak pardalari, buyrak boylamlari, qorin ichki bosimi, qorin 
presini hosil qiluvchi mushaklar ta`minlaydi. 
Buyrak qoq o`rtasidan kesilsa 2 ta qavatdan tuzilganligi ko`rinadi. 
1)
Po`stloq --- cortex. Qalinligi 0.4-0.7 sm keladi. 
2)
Mag`iz --- medulla renalis. Qalinligi 2-2.5 sm keladi. 
Po`stloq qismining mag`iz qismiga botib kirishidan buyrak ustunlari --- 
columna renalis lar hosil bo`ladi. 
Po`stloq qavatida 2 xil tolalar bo`ladi. 
1)
Oqimtir tola --- pars radiata. Buyrakning proksimal va distal egri-bugri 
kanalchalari joylashadi. 
2)
Qoramtir tola --- pars convoluta. Buyrakning to`gri naychalari joylashadi. 
Medulla renalis 15-20 ta piramidalar --- pyramides renalis lardan tashkil 
topgan. Piramidalar bir-biridan columna renalis lar yordamida ajralib turadi. 
Piramidalarning 2 ta qismi bor. 
1)
basis --- po`stloqqa botib kirgan qismi 


102 
2)
apex --- buyrak bo`shlig`iga qaragan qismi 
Piramidalar ichida buyrakning struktur funksional birligi bo`lgan nefron 
joylashadi. 
Nefronni quyidagi tuzilmalar hosil qiladi. 
1)
Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi --- capsula glomerulli. Ikki tomoni qavariq 
bokal ko`rinishiga ega. 
2)
Olib keluvchi arteriola --- arteriola glomerularis afferens. Keng bo`ladi. 
3)
Olib ketuvchi arteriola --- arteriola glomerularis efferens. Tor bo`ladi. 
Olib keluvchi va olib ketuvchi qon-tomirlari kapsulaning ichida qo`shilib, 
ajoyib to`r --- rete merabelli ni hosil qiladi. Bu yerda birlamchi siydik hosil 
bo`ladi. 
4)
Proksimal egri-bugri kanalcha --- tubuli renalis contorti 
5)
Proksimal to`g`ri kanalcha --- tubuli renalis recti 
6)
Genle halqasi 
7)
Distal to`g`ri kanalcha Qo`shuvchi naycha -- tubulis conjunctivis 
8)
Distal egri-bugri kanalcha 
9)
Yig`uvchi naycha --- tubulis renalis colligenis 
Har bir yig`uvchi naychaning uchida so`rg`ichlar --- papella renalis lar bo`ladi. 
2-3 ta papella renalis lar qo`shilib, kichik buyrak kosachalari --- calyx renalis 
minor ni hosil qiladi. Ularning soni 7-12 ta bo`ladi. Kichik buyrak kosachalari 
muskul qavatining tubida fornikal apparat joylashadi. Bu klapan funksiyasini 
bajaradi. Fornikal apparat tarkibiga biriktiruvchi to`qima, halqasimon mushaklar, 
arteriya, vena, limfa, nerv kiradi. 
Halqasimon mushaklari 2 guruhga bo`linadi: 
1)
Kengaytiruvchi mushaklar 
2)
Toraytiruvchi mushaklar 
Kengaytiruvchi mushaklar: 
1)
musculus levator fornix 
2)
musculus longitudinalis calyx 
Toraytiruvchi mushaklar: 
1)
musculus sphincter fornix 
2)
musculus spiralis calyx 
2-3 ta kichik buyrak kosachalarining qo`shilishidan katta buyrak kosachalari --- 
calyx renalis major hosil bo`ladi. Bularni soni 2-3 ta bo`ladi. Katta buyrak 
kosachalarining qo`shilishidan buyrak jomi --- pelvis renalis hosil bo`ladi. Buyrak 
jomining 3 ta shakli bor: 
1) Embrional shakl --- siydik kichik buyrak kosachasidan jomga o`tadi. 
(katta buyrak kosachalari bo`lmaydi) 


103 
2) Fetal shakl --- siydik kichik buyrak kosachasiga, undan katta buyrak 
kosachasiga va undan siydik yo`liga o`tadi (jom bo`lmaydi) 
3) Yetuklik shakli --- siydik kichik buyrak kosachasidan katta buyrak 
kosachasiga, undan jomga, jomdan esa siydik yo`liga o`tadi. 
Buyrak usti bezi ---- glandula suprarenalis 
Shakli uchburchak, og`irligi 12-13 gr keladi. 
2 ta qismi bor 
1)
apex 
2)
basis 
2 ta yuzasi bor 
1)
facies diaphragmatica 
2)
facies viseralis 
Bez ko`ndalang kesilsa 2 qavat ko`rinadi 
1)
Po`stloq qavat --- cortex 
2)
Mag`iz qavat --- medulla 
Po`stloq qavatining 3 ta qismi bor 
1)
Tashqi --- koptokchali ---- mineralokortikoidlar ajraladi 
2)
O`rta --- dastali ---- glukokortikoidlar ajraladi 
3)
Ichki --- to`rsimon ---- jinsiy gormonlar ajraladi 
Mag`iz qismidan adrenalin, noradrenalin ajraladi. Qorin parda bilan 
ekstroperitanal o`ralgan. 
Siydik yo`li ---- ureter 
Uzunligi 30-35 sm, kengligi 8 mm keladi. 
3 ta qismi bor 
1)
pars abdominalis 
2)
pars pelvina 
3)
pars intramuralis --- yashirin qismi 
Qorin qismni chanoq qismidan --- linea terminalis ajratib turadi. 


104 
O`ng siydik yo`lining orqa tarafida 12 barmoq ichakning tushuvchi qismi, chap 
siydik yo`lining orqa tarafida flexura duodenojejunalis bo`ladi. 
Ikkala siydik yo`lining oldingi tarafidan erkaklarda moyak arteriyasi va venasi, 
ayollarda tuxumdon arteriyasi va venasi o`tadi. 
O`ng siydik yo`lining qorin qismining chanoq qismiga o`tish joyida ingichka 
ichak qovuzloqlari bilan kesishadi, chapi esa sigmasimon ichak qovuzloqlari 
bilan kesishadi. 
O`ng siydik yo`lining chanoq qismi ichki yonbosh arteriyasi bilan venasining 
oldidan o`tadi, chapining chanoq qismi umumiy yonbosh arteriyasi bilan 
venasining oldidan o`tadi. 
Devori 3 qavatdan tuzilgan 
1)
Tashqi --- tunica adventitia 
2)
O`rta --- tunica muscularis --- qorin qisminiki 2 qavat (tashqi bo`ylama, ichki 
sirkulyar) , chanoq qisminiki 3 qavat (tashqi va ichki bo`ylama, o`rta sirkulyar) 
bo`ladi. 
3)
Ichki --- tunica mucosa 
Siydik yo`lining 4 ta toraymasi va 2 ta kengaymasi bor 
Toraymalari: 
1)
Buyrak jomining siydik yo`liga o`tish joyida 
2)
Qorin qismining chanoq qismiga o`tish joyida 
3)
Chanoq qismida 
4)
Yashirin qismida 
Kengaymalari --- yuqori kengaymasi va pastki kengaymasi bo`ladi. 
Qorin parda bilan ekstroperitanal o`ralgan bo`ladi. 
Qovuq ---- vesica urinaria 
Kichik chanoq bo`shlig`ida qov simfizining orqasida joylashgan. Sig`imi 500-
700 ml keladi. 
4 ta qismi bor 
1)
apex vesicae 
2)
corpus vesicae 
3)
fundus vesicae 


105 
4)
cervix vesicae 
Ayollar qovug`ining uchi bo`lmaydi, sababi bachadon engashib turadi, shuning 
uchun yassilanib ketadi. 
Erkaklar qovug`ining uchida o`rta kindik boylami --- ligamentum umblicalis 
medianus bo`lib, qovuqdan kindikka tortiladi. Shuning uchun erkaklarda qovuq 
to`lgan paytda kindigi to`lganday tuyuladi. 
Qovuqning pastki yuzasida erkaklarda prostata bezi, ayollarda siydik-tanosil 
diafragmasi bo`ladi. 
Qovuqning orqasida erkaklarda to`g`ri ichak, ayollarda bachadon bilan qin 
bo`ladi. 
Qovuqning eng xarakterli qismi tubi hisoblanib, unda uchburchak --- trigonum 
urinaria joylashadi. Bunga 3 ta teshik ochiladi. 
1)
ostium uretra dextra 
2)
ostium uretra sinistra 
3)
ostium uretra interna 
Bu uchburchakning shilliq osti qavati bo`lmaydi. Shilliq osti qavati bo`lmasligi 
hisobiga burmalar ham hosil bo`lmay silliq bo`ladi. Qovuq to`lgan paytda qorin 
parda bilan mezoperitanal, bo`sh paytida ekstroperitanal o`raladi. 
Jinsiy a`zolar ---- 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə