3-Mavzu: Proyeksion chizmachilik. O‘z dst 305: 97 Ko‘rinishlar. Mashg’ulot rejasi



Yüklə 37,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü37,83 Kb.
#166752
  1   2   3
3-Chizmachilik. Prоeksiоn chizmachilik. O‘z DSt 2.30597 Koʻrinishlar



3-Mavzu: Proyeksion chizmachilik. O‘z DSt 2.305:97 Ko‘rinishlar. 
 
Mashg’ulot rejasi:
1. Umumiy tushunchalar 
2. Asosiy ko’rinishlar 
3. Bosh ko’rinish 
4. Qo’shimcha va mahalliy ko’rinishlar 
5. Ko’rinishlarni formatga joylashtirish 
6. Buyumning ikki ko’rinishi bo’yicha uchinchisini topish. 
1. Umumiy tushunchalar
Chizmachilikda detalning shaklini to‘liq ifodalash maqsadida turli tasvirlar 
(ko‘rinish, qirqim, kesim) dan foydalaniladi. Ko‘rinish deganda detalning 
kuzatuvchiga nisbatan ko‘rinib turgan tomonining proyeksiyalar tekisligidagi 
tasviri tushuniladi. Ular asosiy, qo‘shimcha va mahalliy ko‘rinishlarga bo‘linadi. 
 
2. Asosiy ko‘rinishlar 
Kubning ichiga joylashgan buyumning kub tomonlaridagi oltita tasviri 
asosiy ko‘rinishlar deb ataladi. Buyumning tasviri kub tomonlariga 3.1-shakl, a da 
ko‘rsatilgandek proyeksiyalanadi. Kub tomonlarida buyumning oldidan, ustidan, 
chap yondan, o‘ng yondan, pastdan va orqadan ko‘rinishlari tasvirlanadi
(3.1-shakl, b).
3. 1a -shakl. 


3. Bosh ko‘rinish 
Bu asosiy ko‘rinishlardan frontal tekislikdagi ko‘rinishi bosh ko‘rinish deb 
ataladi. Shuning uchun ham detalni bu tekislikka nisbatan shunday joylashtirish 
kerakki, undagi ko‘rinishi bo‘yicha shakli va o‘lchamlari to‘g‘risida ko‘proq va 
aniqroq tasavvur qilishga imkon yaratilsin. Detal chizmasi chizilayotganda 
ko‘rinishlar sonini eng kam bo‘lishiga, lekin unda detal to‘g‘risida to‘la ma’lumot 
beradigan bo‘lishiga harakat qilinadi. Bunda standartlarda belgilangan shartli 
belgilar va yozuvlardan to‘la foydalanish talab qilinadi.
 
 
4. Qo‘shimsha va mahalliy ko‘rinishlar
Chizmada ko‘rinishlar sonini kamaytirish maqsadida detalning bir qismini 
alohida ko‘rsatish uchun qo‘shimсha va mahalliy ko‘rinishlar tadbiq qilinadi. 
Mahalliy ko‘rinish ingichka to‘lqin chiziq bilan chegaralanib qo‘yiladi. 
3.2-shakl, a da detalning yonidan ko‘rinishini to‘la chizish o‘rniga uning 
kerakli qismi tasvirlangan. 3.2-shakl, b da esa val qismining shponka 
o‘rnatiladigan ariqcha (paz) qismi tasvirlanishi bilan detalning ustdan ko‘rinishiga 
hojat qolmaydi. Bunday tasvirlashlar mahalliy ko‘rinishlar deyiladi. 
3.1b-shakl 
b. 


3.2-shakl 
Agar detalning qandaydir bir qismi asosiy ko‘rinishlarda shakli buzilmay 
tasvirlanishi mumkin bo‘lmasa, unda qo‘shimсha ko‘rinish qo‘llaniladi (3.3-
shakl,a). Qo‘shimсha ko‘rinish proyeksiyalar tekisliklarining heсh qaysi biriga 
parallel 
bo‘lmagan 
tekislikda 
tasvirlanadi 
va ko‘rsatkiсh qo‘yilib

Yüklə 37,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə