3-Mavzu: Proyeksion chizmachilik. O‘z dst 305: 97 Ko‘rinishlar. Mashg’ulot rejasi


 Buyumning ikki ko’rinishi bo’yicha uchinchisini yasash



Yüklə 37,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü37,83 Kb.
#166752
1   2   3
3-Chizmachilik. Prоeksiоn chizmachilik. O‘z DSt 2.30597 Koʻrinishlar

6. Buyumning ikki ko’rinishi bo’yicha uchinchisini yasash.
Umuman chizmalarni o‘qish – birinchidan chizmada tasvirlangan detalning 
shaklini to‘la tasavvur qilish va uning konstruktiv xususiyailarini aniqlash
ikkinchidan, chizmaga qo‘yilgan hamma o‘lchamlarni o‘qib chiqib, ular detalning 
qaysi qismiga oidligini aniqlash demakdir. 
Bulardan tashqari, chizmani o‘qish natijasida detalning nomi, u qanday 
materialdan tayyorlanganligi va chizmaning masshtabi aniqlab olinadi. 
Chizmani o‘qishda eng qiyini – tasvirlangan detalning shaklini tasavvur 
qilishdir. Bunga o‘rganish uchun mumkin qadar ko‘p chizmalarni o‘qish kerak. 
Ko‘pincha chizmalar ikkita proyeksiyalarda, ya’ni 
bosh va ustdan yoki bosh va chapdan ko‘rinishlarda 
chiziladi. Bunday chizmalarni o‘qish, chizmada tasvirlangan 
detalning yaqqol tasvirini chizish yoki uning uchinchi 
proyeksiyasini yasash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
3.6-shaklda detalning bosh va ustdan ko‘rinishi 
tasvirlangan. Uning yondan ko‘rinishini chizish talab 
qilingan bo‘lsin. 
3.6-shakl 
3.5-shakl 


3.7-shakl
Umumiy ko‘rsatmalardan keyin darhol detalni qanday geometrik sirtlardan 
tuzilganligini tahlil qilamiz. Detal ustma-ust qo‘yilgan ikkita parallelepiped, silindr 
va ostki qismini prizma qilib o‘yib olingan sirtlardan tuzilgan. 
Detalning yondan ko‘rinishini chizish 3.7-shaklda bosqichlarda mukammal 
ko‘rsatilgan. Har qaysi bosqich yo‘g‘on chiziqlarda chizilgan.
1-bosqich (3.7-shakl, a). Detalning eng katta qismi – parallelepiped A 
o‘lchamda chiziladi. 
2-bosqich (3.7-shakl, b). B o‘lchamdagi parallelepiped chiziladi. 
3-bosqich (3.7-shakl, c). Ustidagi silindr C o‘lchamda chiziladi. 
4-bosqich (3.7-shakl, d). Ostidagi prizmatik o‘yilma A o‘lchamda shtrix 
chiziqlarda chiziladi. 
Agar 3.8-shaklda berilgan detalning yaqqol tasviri berilgan bo‘lsa (3.9-
shakl), bu detalning yondan ko‘rinishini A strelka yo‘nalishida chizish oson bo‘ladi 
(3.10-shakl).
Detalning berilgan ikkita ko‘rinishiga binoan uchinchi ko‘rinishini grafik 
usulda topish ham mumkin. 
3.8-shakl
3.9-shakl
129-shakl
3.10-shakl


Buning uchun 3.11-shakl, a da ko‘rsatilgandek yordamchi chiziq o‘tkaziladi. 
Bu doimiy chiziq deyilib, gorizontal yoki vertikal chiziqqa nisbatan 45° burchakda 
ingichka chiziqda o‘tkaziladi. Detal proyeksiyasidan juda ham uzoqlashib 
ketmasin. 
Detalning yon ko‘rinishi bosh ko‘rinish bilan bitta gorizontal chiziqda 
joylashgani uchun, bosh ko‘rinish asosi va ustki tekisliklaridan ingichka chiziqlar 
chiziladi. 
Detalning ustdan ko‘rinishidan ham ingichka chiziqlar o‘tkazib, 45° li chiziq 
bilan kesishtiramiz va kesishuv nuqtalaridan vertikal chizsak, bosh ko‘rinishdan 
chizilgan gorizontal chiziqlarni kesib, detalning yon ko‘rinishining umumiy 
konturini hosil qiladi (3.11-shakl, b). 
Detalning bo‘laklarini (qirqilgan joyini) yon ko‘rinishda aniqlash uchun 
bosh ko‘rinishdagi qirqilgan joy balandligidan ingichka chiziq o‘tkaziladi (3.11-
shakl, c). 
Detaldagi silindrik teshikni yondan ko‘rinishini yasashda ham shu 
yordamchi chiziqdan foydalaniladi (3.11-shakl, d). 
Eng oxirida yordamchi chiziqlar o‘chiriladi va chizma chiziqlari ustidan 
qalam bilan yurgizib chiqiladi (3.11-shakl, e). 
 
 
 
 
 
 
 
 
130-
shakl 
3. 11-shakl



 
 
3. 3-shakl [1]


O’z o’zini tekshirish uchun savollar 
1. Nechta asosiy ko’rininishlar bor va ular qanday ataladi? 
2. Qanday ko’rinish bosh ko’rinish deb ataladi? 
3. Mahalliy va qo’shimcha ko’rinishlar qanday xollarda qo’llaniladi? 
4. Buyumning yetishmagan ko’rinishini yasash tartib-qoidalari nimalardan iborat? 

Yüklə 37,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə