Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar



Yüklə 486,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.10.2023
ölçüsü486,38 Kb.
#125697
4813-Текст статьи-11870-1-10-20220109




BERUNIYNING "QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR" 
ASARINING ADABIYOTIMIZDAGI OʻRNI 
Rasulova Rayxon Baxritdinovna, Toshkent viloyati
Сhirchiq davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi 
Jumanazarova Umidaxon Rustambekovna, Toshkent 
 Viloyati Сhirchiq davlat pedagogika instituti talabasi 
 
Bugungi kunda buyuk allomalarimizning juda koʻplab buyuk asarlari, jumladan, 
badiiy, tarixiy, falsafiy, didaktik asarlari oʻzbek olimlarimiz tomonidan barmoq bilan 
sanarli darajada oʻrganilyapti. Bu esa juda achinarli holat desak mubolagʻa boʻlmaydi. 
Negaki bunday asarlarimizda biz uchun kerak boʻlgan maʼlumot va isbotlangan 
faktlar talaygina. Ushbu asarlar nainki oʻzbek adabiyoti, balki tarix uchun ham 
bebaho xazina desam adashmayman. Mana shunday asarlar qatoriga Ibn Sinoning " 
Hay Ibn Yaqzon", Rashididdin Hamadoniyning "Jome ut-tavorix", Beruniyning 
"Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va boshqa koʻplab asarlarni misol qilib 
keltirish mumkin. Bular toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻlmas ekanmiz 
yosh avlodga yetkazishda turli qiyinchiliklarga duch kelaveramiz. Toʻgʻri izlanishlar 
yetarlicha dermiz, ammo eng xorijlik olimlar tomonidan oʻrganilgan. Oliy taʼlim 
dasturlariga kiritilganligi bois juda koʻp talabalarda asarlarni oʻrganishda 
muammolarga duch kelganliklarini kuzatdim. Ushbu muammolarni bartaraf etish 
uchun bunday ilmiy izlanishlarni koʻpaytirishimiz lozim. Shunga koʻra Abu Rayxon 
Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari haqida oʻz 
izlanishlarimni bayon qilaman.Sharqda ilk Uyg’onish davrining qomusiy olimlaridan 
biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973, 4-sentyabr — 1048, 11-
dekabr) umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan 
buyuk aql-zakovat sohibidir. Uning dunyoqarashi X asrning ikkinchi yarmi va XI 
asrning boshida Markaziy Osiyoda rivojlangan feodalizm qaror topayotgan g’oyat 
murakkab, jo’shqin voqealarga boy tarixiy vaziyatda shakllandi. Birinchi ustozi 
bo’lmish Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq uni Evklid geometriyasi va Ptolemey 
asarlari bilan tanishtiradi. Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi madrasalarda 
va mashhur ustozlaridan ta’lim olishga yaqindan yordam bergan. Shuningdek, Abu 
Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy va ma’rifiy-pedagogik hamda psixologik 
qarashlarining shakllanishida qomusiy olimlardan Muhammad al-Xorazmiy (780-
850), Abu Abbos Ahmad Farg’oniy (IX asr), Marvoziy (IX asr), Javhariy (IX asr), 
Abu Nasr Forobiy (870-950), Abul Vafo Buzxoniy (840-938), Abu Said as-Sijiy 
(951-1024) hamda yunon olimlaridan Fales, Pifagor, Arximed, Galen, Gippokrat, 
Evklid, Ptolemey, Platon, Aristotel`, hind olimi Bramagupta va boshqalarning asarlari 
ta’lim va tarbiya maktabi vazifasini o’tadi. Beruniy bu olimlarning asarlarini o’qib 
bilish uchun yoshligidanoq arab, fors, yunon, sanskrit, yahudiy tillarini puxta o’rgandi. 
Astronomiya, astrologiya, falsafa, matematika, fizika, geodeziya, geologiya, 



farmakognoziya, mineralogiya, tarix, adabiyotshunoslik, tarjimonlik, lug’atshunoslik 
kabi sohalarda juda koʻp tadqiqotlar olib borib, badiiy asarlar yaratib buyuk 
samaralarga erishdi.Mahmud G’aznaviyning o’g’li Mas’ud davrida Beruniy o’zining 
falakiyot va fizikaga oid mashhur “Qonuni Mas’ud” asarini yozib, uni Mas’ud 
nomiga bag’ishlaydi. Shuningdek, olim ana shu davrda yaratilgan “Joylar 
chegaralarini aniqlash uchun turar joylarning masofalarini belgilash” (“Geodeziya”) 
asarida Quyosh va Oyning tutilish sabablarini, joylarning jo’g’rofik kengliklarini 
aniqlash yo’llarini tushuntirib beradi. “Javohirlarni bilish va umumiy kitob” 
(“Mineralogiya”) asarida qimmatbaho tosh va minerallarni, ularning xossa va 
xususiyatlarini, solishtirma og’irligi, qattiqlik darajasi, rangi, tiniqligi va boshqa fizik 
xossalarni bayon qilgan. “Saydana” (“Farmakognoziya”) asarida Beruniy qadimgi 
yunon va o’rta asr Sharqi, Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston va arab mamlakatlarining 
madaniyat tarixini tadqiq qilish ishiga ham ulkan hissa qo’shdi. Olimning eng 
mashhur asarlaridan biri «Osor ul-boqiya»« (Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar»)dir. Beruniy 150 dan ziyod bebaho asarlar yozib qoldirdi. Ulardan 
bizgacha 30 dan ortiq asar yetib kelgan, xolos.Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik 
asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” hisoblanadi. Asarning arabcha nomi 
“Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” bo‘lib, Yevropada “Xronologiya”, o‘zbek 
sharqshunosligida “Osor al-boqiya” nomi bilan mashhurdir. Maʼlumotlarga
qaraganda Beruniy bu kitobni Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va oʻsha 
yerda tamomlagan. Bu vaqtda olim endigina 27 yoshga kirgan edi.“Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy fanning hamma sohalariga 
qiziquvchi buyuk olim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi va unga bu asari juda katta 
shuhrat keltirdi. Hatto bugungi kunga kelib ham, ushbu kitob O‘rta Osiy xalqlari, 
ularning madaniyati va tarixini o‘rganishda juda muhim ahamiyatga egadir. Beruniy 
turli xalqlarning kelib chiqishi, yaʼni etnogenezi va etnik tarixiga oid ham diqqatga 
sazovor fikr-mulohazalar bildirgan. Shuningdek, asarda qadim xalqlarning taqvim 
tizimi hamda alohida kunlari haqida ham juda qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. 
Beruniy o‘z asarida xalqlar etnografiyasi, yil taqvimlari haqida yozar ekan, har bir oy 
va unda nishonlanadigan Hayit, Navroʻz hamda turli bayram kunlari to‘g‘risida 
to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, olim xalqlarning bayramlari sabablarini turli vaqtlarda 
kelib chiqqan afsona va rivoyatlari orqali misollar keltirish yo‘li bilan tushuntirishga 
harakat qiladi. Uning yozishicha yilning birinchi oyi farvardin moh hisoblanib, ushbu 
oyning birinchi kuni Navro'z bayrami nishonlanadi. Olim Navro'z haqida yozar ekan 
eronliklar orasida ushbu kun bilan bog‘liq turli afsonalar mavjudligini, u o‘z asarida 
faqat haqiqatga yaqin deb bilganlari keltirib o‘tayotganini ta’kidlaydi. “Aytishlaricha,” 
– yozadi olim,- “shu kuni Xudo quyi olamni yaratib, unga yaratilgan ilk odam – 
Qayumarsni podshoh qilgan” Ba’zi afsonalarga qaraganda esa Navro'z Xudo 
maxluqotni yaratgan 6 kunning birinchisidir. Hashviyaliklar afsonalariga ko‘ra 
Sulaymon ibn Dovud uzugini yo‘qotib shoxligi qo‘lidan ketdi. 40 kundan o‘tgandan 
keyingina uzugi o‘z qo‘liga qaytib keladi. Bu bilan birga unga ravnaqi, sehri ham 



qaytadi. Butun odamzod yig‘ilib, uni qutlab “Navro'z muborak” – “Yangi kun keldi”, 
- deganlar. Va shundan boshlab bu kun Navro'z deb ataldi. Sulaymon shamolga 
buyurdi, shamol uni ko‘tarib osmonga uchdi. Qarshisidan qaldirg‘och chiqib uyamni 
bosib o‘tma, ichida tuxumlarim bor bor,dedi. Sulaymon Qaldirg‘ochga rahmi kelib 
uning uyasini aylanib o‘tdi. Shamol uni yerga qo‘ygach, qaldirg‘och minnatdorchilik 
sifatida tumshug‘ida suv keltirib unga suv sepdi hamda chigirtkaning bir oyog‘ini 
hadya qildi. Olim fikricha eronliklar Navro'zda arg‘imchoqlar uchishgani, havoga 
varraklar uchirishgani, bir birlariga shakar hadya qilishlarining sababi mana shu 
afsona bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.“Afsungarlar”-davom etadi Beruniy - 
“Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin 3 qoshiq asal yalab, uch 
bo‘lak (xushbo‘y) mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi”,- degan fikrlarni 
bildiradi. Bayram va marosimlar to‘g‘risida yozar ekan, Xorazmliklarning hayitlari 
ikki xil bo‘lganligini, ya’ni birinchisi, tabiat voqea hodisalari bilan bog‘liqlari: yil 
boshi bayrami, gulxanda isinish bayrami, yog‘liq non yeyish kuni, Mina kechasi 
kabilar, ikkinchisi esa Islom dini kirib kelgunga qadar o‘tkazilgan diniy marosimlar: 
arvohlar uchun qabrlarga ovqat qo‘yish marosimi va shu kabilar to‘g‘risida 
ma’lumotlar bergan. Beruniyning shaxsan o‘zi ham hayitlarni ikki guruhga bo‘lish 
lozimligini yozib o‘tgan: bular diniy va dunyoviy hayitlar. Olim dunyoviy hayitlarni 
mukarram hayitlar deb ataydi. Manbalarga ko‘ra ushbu hayit kunlari podshoh va 
raislar o‘zlari uchun marosimlar o‘tkazganlar hamda ular orqali nafslarini 
sevintirishga, ruhlarini shodlantirishga erishganlar, maqtov va madhga sazovor 
bo‘lganlar, o‘z xalqlarining muhabbatini jalb qilganlar, duolar olganlar. Bu kunlarni 
nishonlash oddiy xalq uchun ham bir marosimga aylangan. Ana shu hayitlar faqir va 
kambag‘allar fikricha hayotlarining torligini kenglikka aylantiruvchi, umid va 
orzularini yuzaga chiqaruvchi, halokatga yaqinlashganlarida ularni xatar va balodan 
qutqaruvchi sabablarning biri bo‘lgan. Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning 
shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy. 
Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga 
o‘xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o‘tkazilgan.Beruniy shu kabi hikoyalarda 
turli urf-odat va marosimlarning kelib chiqish negizini koʻrsatib bergan. Hikoyalarni 
saralashda 
qayd 
etganimizdek 
eng 
ishonchli 
va 
tarixiy 
manbalarda 
isbotlanganlarinigina asarda kiritgan. Yaʼni har bir hikoyani ham diniy, ham ilmiy 
jihatdan taqqoslab oʻrganib chiqqan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Asarda urf- odat va 
anʼanalardan tashqari didaktik ruhdagi rivoyatlarni ham uchratishimiz mumkin. 
Bunga misol qilib "Ochni toʻygʻaz", "Yomonning kasofati" va boshqa hikoyalarni 
misol qila olamiz."Ochni to’yg’az" hikoyasi quyidagicha:"Xalifa Umar ibn Abdulaziz 
o’g’li Abdullohning ming dirhamga bir qimmatbaho toshni sotib olganini eshitib, 
o’g’liga xat yozibdi: “Menga yetib kelgan xabarga qaraganda, bir uzuk olibsan. Senga 
nasihatim shu, darhol o’shani sotib, uning qiymatiga mingta ochning qornini to’yg’az. 
O’zingga bo’lsa kumushdan uzuk qildir, uning ko’zi ham o’zidan bo’lsin”. Abdulloh 
otasi aytganday qilibdi."Bu hikoya mazmunida eng qimmatbaho mol-dunyo ham bir 



miskin odamning koʻnglini koʻtargandagi va unga gʻamxoʻrlik qilgandagi savobni 
bermaydi deyilmoqda. Yaʼni yuqorida taʼkidlaganimizdek Beruniy diniy jihatdan ham 
rivoyatlarni oʻrganib asarga kiritgan. Yaʼni islomda erkaklar kumush uzuk taqadilar. 
Xalqimizda "Kim bir bechoraga bir yaxshilik qilsa, Olloh unga oʻn chandon ortiq 
qilib qaytarar." degan gap bor. Ochlarga taom bermoqlik ham juda katta savob 
boʻlishini juda yaxshi bilamiz. Yana bu hikoyada Xalifa Umarning xalqini oʻylashi, 
hatto eng qimmatbaho boʻlgan narsalardan ham koʻra xalqining gʻami bilan yashashi 
hikoyaning asosini tashkil etadi. Yana shunday bir ibratli hikoyalardan biri bu 
"Yomonning kasofati" hikoyatidir. Bu hikoya ham didaktik, yaʼni tarbiyaviy ruh bilan 
sugʻorilgan. "Yomonning kasofati" hikoyati quyidagicha: Bir kishi, ittifoqo, o’zi 
tanimagan bir guruh bilan hamroh bo’lib qoldi. Bu kimsalar qaroqchilar bo’lib, bir 
qishloqni bosib, xarob qilib qaytayotgan edilar. U kishi o’g’rilar bilan birga biroz yo’l 
bosgach, qasoskorlar yetib kelib, ularni qo’lga oldi. Bu kishi garchi o’g’rilarga sherik 
bo’lmasa ham, ularga qo’shilgani uchun azobga duchor bo’ldi. Xalqimizda bir maqol 
bor "Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi, yomonga yaqin yursang balosi 
yuqadi."Yuqoridagi hikoyada aynan maqolning isbotini koʻramiz desak mubolagʻa 
boʻlmaydi. Bu asrlar osha sinalgan narsa. Hikoyaning mazmunidan shuni anglash 
mumkinki, hamroh tanlashda hech qachon adashmaslik lozim. Yaʼni uni sinab, 
yaxshilab bilib boʻlgandan soʻnggina birgalikda safar qilish eng yaxshi usullardan biri. 
Axir aytishadi-ku "Sinalmagan otning sirtidan oʻtma" deb. Bu ayni haqiqat. Yomon 
odamning kasofati doim tegadi. Asosiy gʻoya esa "Yaxshiga yondosh, yomondan 
qoch" maqolida oʻz aksini topgan. Abu Rayxon Beruniyning "Osor ul-boqiya" asari 
tarkibidagi afsona va rivoyatlar maʼlum bir tarixiy voqeani dalillash yoki rad qilish 
uchun emas, zotan, bu asarning yozilish sabablarini koʻrsatadi, ammo amalda oshirish 
nihoyatda murakkab boʻlganini yozadi. Ayniqsa, qadimgi xalqlar va ularning yil 
hisoblari haqidagi rivoyatlar chalkashib ketgani, yolgʻon afsonalar va asossiz 
maʼlumotlarga toʻlib- toshib ketganini taʼkidlaydi. Ayni paytda, Beruniy rivoyat va 
afsonalarning haqiqiylarni ajratib, saralab olish uchun imkon boricha harakat qiladi. 
Beruniyning bu tamoyili ham tarixiylik, ham haqqoniylikka asoslanganini sezish 
qiyin emas. Yolgʻon va soxta rivoyatlar qadimgi Sharq xalqlarining hisoblari haqidagi 
aniq ilmiy xulosalarga xalaqit berishi, ayniqsa, yolgʻon xulosalarga olib kelishi haqida 
yozadi. Beruniyning asosiy maqsadi turli xalqlardagi yil hisobiga aniqlik kiritish,
ularda ilgari tadqiqotchilar yoʻqolgan kamchiliklarni tuzatish edi. Beruniy yil hisobi 
uchun rivoyat va afsonalar, hikoyatlarning nihoyatda muhim dalil ekaniga ishonadi, 
ularga suyanadi, ishonchsiz, shubhali rivoyatlar va afsonalarni rad qiladi. Uning 
rivoyat va afsonalarni tanlashda oʻzi tayangan asoslangan usul haqida shunday yozadi: 
"Men tutgan yoʻl va belgilangan usul oson emas, balki uzoq va qiyin yoʻldir. Xabar 
va rivoyatlarga koʻplab kirib qolgan yolgʻon soʻzlarning hammasi ham ravshan emas. 
Boshqa dalillar boʻlmaganda baʼzilarining yolgʻonligini bilib boʻlmasdi. Odamlar 
hozir ham, oʻtgan zamonlarda ham shunday tabiiy hodisalarga duch kelgan, agar 
oʻshanday hodisalar uzoq zamonlarda yuz bergan deb hikoya qilinsa, albatta, biz unga 



ishonmasdik. Xalqlardan biriga tegishli xabarlarning hammasini aniqlab bilishga 
inson umri kifoya qilmaydi-yu, hamma millatlar haqidagi xabarlarni bilishga qanday 
kifoya etsin?! Bu mumkin emas!"Ushbu asarda ilmning ulugʻlanishi haqidagi 
rivoyatlarni ham uchratishimiz mumkin. Xususan qadimda ilmga juda katta eʼtibor 
qaratishgan. Har bir ilmni oʻrganish uchun oʻsha davrda asosiy talablardan biri qilib 
tinimsiz mehnat va sabr-qanoatni qoʻyishgan. Ilmni muqaddas deb bilishgan. Buning 
yorqin misolini quyidagi "Suqrotning javobi" parchasida koʻrishimiz mumkin: 
"Qadimgi yunonlarda teriga yozish odati bo’lmagan edi. Keltirilishicha, Suqrotdan bu 
haqda so’rashganda: “Ilmni tirik kishilar qalblaridan o’lik qo’ylarning terilariga 
ko’chirmayman”, -degan ekan". Beruniyning rivoyat va afsonalarga bunday 
yondashuvidan oʻzining pozitsiyasini aniqlashtiradi: u mazkur asarida nafaqat 
etnograf tarixchi, balki adabiyotshunos olim sifatida namoyon boʻladi. Dunyo xalqlari 
adabiy jarayonidan yaxshi xabardor, oʻz davridagi va oʻzidan oldingi adabiy 
jarayonning qonuniyatlarini biladi. Rivoyat va afsonalar xalqqa yaqin adabiy janri 
bolgani uchun ham Beruniyning diqqatini koʻproq tortgan. Beruniy oʻz davriga yaqin 
boʻlgan rivoyatlarga murojaat etish tarafdori boʻlgan. Xoʻsh nima uchun? Negaki 
rivoyatlar zamondan uzoqlashgani sari asliyatdan, haqiqiyligidan uzoqlashadi. 
Beruniy bu hodisaning qonuniyat ekanini adabiyotshunos sifatida yaxshi biladi. 
Beruniyning afsonalarni saralab olish tamoyilini quyidagicha bayon qiladi: "Ish shu 
yoʼldan boradigan boʻlgach, u rivoyatlarning davrimizga eng yaqin va eng mashhurini, 
songra yaqinroq va mashhurogʻini olishimiz lozim. Ularning baʼzilarini oʻz 
arboblaridan qabul qilib, tuzatish mumkin boʻlganini tuzatamiz, boshqalarini oʻz 
holicha qoldiramiz. Shunda biz keltirgan rivoyatlar haqiqatni qidiruvchi va hikmatni 
sevuvchining boshqa rivoyatlar ustida ish yurgizishga yordamchi va bizga muyassar 
boʻlmagan narsalarga erishish uchun yoʼlovchi boʻladi. Biz xudoning xohishi va 
yordami bilan shunday qildik". Koʻryapmizki, Beruniy rivoyat va afsonalarni tanlash 
metodlarini ishlab chiqib bizga taqdim qilmoqda. Bu metod esa yana bir bor tarixiylik 
prinsipi badiiy asarni tanlash, oʼrganish va undan foydalanishga alohida eʼtiborni 
tortadi. Abu Rayhon Beruniy rivoyatni haqiqatni qidiruvchi deb ataydi. Beruniy bu 
gapi bilan rivoyatlaming asardagi o‘rniga baho beradi. Beruniy uchun tarixiylik 
tamoyili bilan haqiqatni qidiruvchi rivoyat bitta vosita, bu rivoyatlar ma’lum bir 
voqelikni yoki detalni isbotlash uchun keltirilgan yagona dalil. Rivoyatlar boshqalar 
uchun yo‘l ko‘rsatuvchi ekanini Beruniy ta’kidlar ekan, bundan rivoyatlaming 
tarbiyaviy ahamiyatiga ham ishora qilganini anglash mumkin. Ayni paytda rivoyatlar 
ilmiy tafakkur, fikr-qarashlar va xulosalar uchun muhim zamindir. Ammo bunda ham 
Beruniy tarixiylik tamoyilidan chekinmaydi, chunki tarixiylik tamoyili ishonchlilik va 
haqqoniylikning isboti. Beruniy asarining boshidayoq adabiy jarayonning, xususan, 
rivoyatlaming ijtimoiy, ma’naviy hayot uchun nihoyatda ishonchli omil ekanini ham 
dalillaydi. Beruniy rivoyatlami asariga kiritganda, albatta, saralash tamoyiliga ham 
rioya qiladi. Shu bois rivoyatlarga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. Oʻzi tanlagan 
tamoyillar asosida o‘zidan oldin o‘tgan olimlaming tarixiy asarlarini qo‘rqmasdan 



tanqid qiladi. Uning saralash tamoyili shundan iborat ediki, manbalarni tahlil qilganda, 
rostday ko'ringan, lekin isbotsiz rivoyatlami o‘zi tekshirib ko‘rmaguncha ularga 
ishonmaydi. Beruniyning zukko va sinchkov adabiyotshunos, tarixchi ekanligi mana 
shu asarida yaqqol namoyon boʻladi. Buning ustiga, Beruniy har bir manbaga, dalilga 
xolis qaraydi. Uning uchun diniy aqidalar to‘siq emas, uning uchun aqlning va 
bilimdonlikning o‘zi kifoya emas. Beruniyning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi va amal 
qilgan tamoyili shuki, u dalillami saralab olish va qiyoslash yo‘lidan ketadi va buni 
quyidagicha izohlaydi: “...mendan so'ralgan narsaga yetkazuvchi vositalaming eng 
muhimi - qadimgi millatlar haqidagi rivoyatlar, о‘tmish avlodlar to‘g‘risidagi 
xabarlarni bilishdir, chunki bularning ko‘pchiligi u millatlar avlodidan va ularning 
rasm-u rusum va qoidalaridan iboratdir. Aqliy dalil keltirish, kuzatilganlarga qiyos 
qilish yo‘li bilan u xabarlami bilib bo'lmaydi. Buni faqat “kitob ahllari” va turli din 
arboblariga, e’tiqodlarga amal qiluvchi har bir maslak va ishonch egalariga ergashish, 
ulaming tushunchalarini hamisha asos tutish bilan bilinadi. So‘ngra buni ko‘pchilik 
kishilaming tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga 
imkon bermaydigan omillardan o‘zni tozalagandan keyin, ulaming isbot uchun 
keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi. Ana shu aytib 
o‘tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi yo‘l va bunga dog‘ tushiruvchi 
shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng kuchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib 
zo‘r mashaqqat cheksak ham, o‘shandan boshqa yo‘l bilan maqsadga erisholmaymiz” 
(Beruniy. 40-b.). Beruniy bu asarni yaratayotgan vaqtda har bir voqea-hodisa haqidagi 
afsonlarga xolis baho berish va ishonchli boʻlgan hamda dalil va isbotlari aniq 
boʻlganlarinigina qabul qilganligini asarida keltirilgan ushbu gaplaridan ham bilish 
mumkin: «… Shubhani aniq, noma’lumni ma’lumga qo’shish biz yurgan yo’lga loyiq 
emas». «Qiyos qilinuvchi narsa bilan qiyos uchun olinuvchi narsa orasini, 
isbotlanuvchi narsa bilan isbot orasini birlashtiruvchi bir sabab bo’lmasa, u dalil va 
misollar qabul etilmaydi». Umuman, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar”, “Mineralogiya” asarlarida keltirilgan afsonalar, rivoyatlar, 
hikoyatlar XI asrdagi adabiy janrlar va adabiyotshunoslik haqida to‘laqonli tasavvur 
beradi. Beruniy har bir detalga alohida eʼtibor bilan toʻxtalib ham ilmiy, ham adabiy 
asar yaratishga erishadi. Ushbu asarni har gal qayta va qayta o‘qigan kitobxon o‘zi 
uchun ko‘proq yangilik topib boraveradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Beruniy 
asarlari qadimgi xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi, uning qadimgi madaniyati va 
etnografiyasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, “Osor al 
boqiya” uzoq o‘tmish tariximizning buyuk yodgorligi hisoblanib, bugungi kun 
kitobxoni, albatta, tanishib chiqishi va ilm ahli tomonidan yanada chuqurroq 
oʻrganilishi lozim bo‘lgan manbalardan biri hisoblanadi. Yanada chuqurroq oʻrgana 
boshlasak, bundan ham koʻp boʻlgan muhim maʼlumotlatni oʻzimiz uchun topa 
olishmiz, shubhasiz. Oʻrganish ishlari koʻpayaversa, talabalarga ham bu 
mavzularnining mohiyatini ochib berish oson kechadi.
 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
 
1. Abdullayev.H.D.Oʻzbek adabiyoti tarixi.Oʻquv qoʻllanma.—T.: Choʻlon nomidagi 
NMIU,2019.—152 b 
2. Nasimxon RAHMONOV. O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV 
asrning birinchi yarmigacha). Oʻquv qo‘llanma. - Т.: “Sano-standart” nashriyoti, 2017. 
- 556 bet. 
3. www.ziyouz.com

Yüklə 486,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə