Ta’lim tugrisida



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə1/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org


Ta’lim tugrisida
  1. Ta’lim tugrisida”gi Qonunning mohiyati.


Mamlakatimizda Ta’lim to’g’risidagi Qonun dastlab 1992-yilda qabul qilingan, 1997 yilda esa yangi tahrirdagisi qabul qilingan edi.


2020- yil 23 -sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi. Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini va ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iborat.
  • Ta`lim to`g`risidagi qonun:1997-yil 27-avgust 5 bob ,34 moddadan tuzilgan edi.


  • 2020-yil 23-sentabr 11 bob, 75 moddadan yangi tahrirda qabul qilindi.




Qonunning asosiy vazifalari:
  • ta'lim tizimining ishlashi va rivojlanishi uchun huquqiy kafolatlar va mexanizmlarni yaratish;


  • ta'lim olish jarayonida ta'lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va shaffoflikni ta'minlash;


  • O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini xalqaro ta'lim standartlari darajasigacha takomillashtirish;


  • ta'lim sohasida davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini belgilash va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;


  • ta'lim sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini hamda ularning o‘zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish.


  • Ta'lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb tan olinadi.


7-modda: Ta`lim turlari:

o maktabgacha ta’lim va tarbiya;
o umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
o professional ta’lim;
o oliy ta’lim;
o oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
o kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
o maktabdan tashqari ta’lim


Yüklə 250,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə