Ta’lim tugrisida


Aralash darsning tuzilishi



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə6/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

Aralash darsning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o'tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);
v) yangi mavzuni bayon qilish;
g) o'rganilgan materialni mustahkamlash;
d) o'quvchilami baholash;
e) uy vazifasi.
Laboratoriya darslarining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallami mustahkamlash;
v) laboratoriya ishini o‘tkazish;
g) о‘quvchilami baholash;
d) uy vazifasi.
Amaliy darslarning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallami mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
g) о‘quvchilami baholash;
d) uy vazifasi.
Darsga qo‘yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy vazifani hal etishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash,rivojlantirish. Ana shuni hisobga olib darsga didaktik, tarbiyaviy varivojlantiruvchi talablar qo‘yiladi.
6.Ta’lim metodlari va vositalari.
T a’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalami hal etish
bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o'quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi.
Ta’lim usuli - o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.O'qituvchilarning ayrimlari esa, ≪metod≫ tushunchasiningo'rniga ≪uslub≫ tushunchasini ham qo`llaydilar. Ammo ≪uslub≫tushunchasi ≪metod≫ atamasining mohiyatini o‘zida to'liq aks ettiraolmaydi. Chunki uslub ko'proq xususiy (so'z borayotgan holatdaaynan o`qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo'lib, aniqmaqsadga erishish yo`li sifatida xizmat qila olmaydi.
Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo'naltirilgan hamda ushbu
maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyatjarayoni mazmunidir.
Metodika - qat’iy ketma-kethkka (algoritmik xarakterga), ilgario‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo'lib, biror birishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo'llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o'qitish bitan ham bog‘liqlikda qo'llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig'indisini o'zida ifoda etadi.

Yüklə 250,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə