Ta’lim tugrisida


Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə7/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi:
• Yangi bilimlarni egallash metodlari;
• Ko'nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
• Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari.
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
• Ta’limning umumiy maqsadlari.
• Fanning va’ o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
• Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
• Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
•o‘quv mashg‘ulotinmg maqsadi, vazifalari va mazmuni.
•o‘quvchilaming yoshi va bilish imkoniyatlari.
• О‘ quvchilarning tayyorgarlik daraj asi.
• T a’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
•o ‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o'qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega.
Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo'llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
- faoliyat subyektiga kola;
- faoliyat obyektiga ko‘ra;
- o‘quv axborotiga munosabatiga kola;
- o‘quv jarayonidagi vazifasiga kola.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratishmumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlaminazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar
7.Interaktiv metodlar va ularning tavsifi
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat. Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi o’quvchining fikrini xech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi, natijada o’quvchi xatosini o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xolatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o’quvchilarni bir-birlarini tinglashga o’rgatadi. e`tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda xech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi. O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyixalash uchun esa o’qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir Zamonaviy dars berish metodlaridan asosiysi “interaktiv” metod bo’lib, hozirda uning chala tarjimasi ko’p hollarda “interfaol” deb yuritiladi, “interaktiv” atamasi aslida inglizcha “interaktiv” so’zidan olingan bo’lib, “o’zaro ta`sirlashish” ma`nosini bildiradi va biror faoliyat yoki metodda o’zaro baxs munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki hamjixatlik bilan hal etish tushuniladi. Ammo biz ayrim o’quv qo’llanmalarini varaqlaganimizda “o’qitishning interaktiv metodlari” termini qo’llanishini ham guvoxi bo’ldik. Ta`lim berish jarayoni bevosita o’qitish metodi bilan uzviy bog’liqdir. Metodika sizning qanday texnik vosita yoki kitoblardan foydalanayotganinggiz emas, balki sizning ta`limingiz qanday tashkil etilishidadir.Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodi ta`lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi. Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchiorasidagi keng ma`noda uch hil bog’lanish shakllangan bo’lib, u o’z tasdig’ini topgan.

Yüklə 250,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə