I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari


Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishda ularning kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan malakaviy talablar va kasbiy bilimlar mazmuni



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə5/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

1.2 Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishda ularning kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan malakaviy talablar va kasbiy bilimlar mazmuni
O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o'z ishlariga mas'uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog'liq. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash,
ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni bajaradi. Dunyoda biror kimsa yo'qki, uning ustozi bo'lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo'li gul kosibmi, qo'yingki, barcha-barchaning o'z ustozi va hayot yo'lini charog'on etib turuvchi yo’lboshchisi bo'ladi.
Ustozning eng buyuk burchi - xalqqa nafi tegadigan, aql-drokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi
o'z mas'uliyatini anglashga, ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga, ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol
bo'lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati bugungi kunda pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1-oktyabr Maktabgacha ta’lim xodimlari – o’qituvchi murabbiylar kuni» deb e'lon qilindi. Bu voqea davlatimiz o’qituvchi-murabbiylarini, tarbiyachi-pedagoglarini jamiyatda tutgan o'rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari, ilg'or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o'qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o'qituvchi», «Katta o'qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Maktabgacha ta'lim xodimlari orasidan respublika bo'yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo'lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma'lum bir kasbga yo'naltirish og'ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta'lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” asarida pedagogning kasbiy faoliyatiga shunday ta'rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo'l, avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo'lgan yana bir buyuk zot - o'qituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi" degan edi.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O'zbekistonning istiqboli, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan tarbiyachi-pedagoglarga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog'liq.
Ma'lumki, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita pedagoglar tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim-tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, bolalarning mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari xilma-hil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o'stirish va kasbga yo'naltirish pedagog-kadrlar zimmasiga yuklatilgan.
Tarbiya - o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo'naltirilgan qizg'in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his- tuyg'ulari rivojlanadi, o'zida ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topish uchun zarur bo'lgan, kishilar bilan o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo'ladi. Tarbiya xususida taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning "Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat - yo razolat masalasidur''12 - deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglashiladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta'riflaydi: «Tarbiyachi - ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak». Demak, o'z faoliyatini endigina boshlayotgan pedagoglar va doimiy izlanishda bo'lgan tajribali mutaxasislar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda bolaning ichki va tashqi dunyosini to'g'ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to'g'ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
- xilma-xil pedagogik taktlardan o'zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to'g'ri qaror qabul qilish;
- tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
- fikr va mulohazalarini so'z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan bolalar ongiga aniq yetkaza olish;
- mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari faoliyatda bolalar bilan kommunikativ aloqa o'rnata olish qobiliyati;
- bolalar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o'z fikr mulohazalarini qo'rqmasdan bayon qilish ko'nikmalarini tarbiyalash;
- qiyin holatlarda bolalarga yordam bera olish;
- tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishda bolalar jamoasi bilan doimo maslahatlashish;
- o'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan bolalarning fikrlarini o'rganish;
- o'z-o'zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
- har bir ta’lim-tarbiya oluvchining yashirin ijobiy fazilatlarini ko'ra olish va takomillashtirish;
- bolalarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo'lish.
“Tegishli ma'lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagoglik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega”,- deyiladi «Ta’lim to‘g'risida»gi Qonunning 5-moddasida.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati hisoblanib, bu fazilatlar o'qituvchi - tarbiyachini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikasini chuqur o'zlashtirgan bo’lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro'sini ko'taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo'la oladi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg'otadi, tarbiyachiga bolalarni chinakam ma'naviy murabbiysi bo'lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog'liqdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat - bu yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san'atidir.
Mavzuli rejalashtirish va unda joylangan barcha mashg’ulotlar xotira, e’tiborni
rivojiantirish va kuzatuvchanlik xususiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi mumkin, shuningdek, kongnetiv qobiiiyatlar ya'ni mulohaza qilish, taqqoslash qarama-qarshilik va klassifikatsiya kabilarni rivojlantirish, shu bilan birga ma’lum bir ma’lumotni alfavit harflarini o‘rganishga ham qaratilgan tarzda bo’lishi mumkin. (Wiggins and McTighe, 1998) O‘quv rejasi davomida olingan
ma’lumotlarga ko‘ra tuzilgan va ishlatiladigan o‘quv strategiyalari va
usullari pedagoglar tomonidan qo‘llaniladi. U o‘z ichiga tarbiyachining roli va uslubini qamrab olgan (Siraj-Blatchford, 1998). Kognetiv sotsiyalizatsiya pedagogikani uchinchi jihati deb hisoblanadi. U o‘z ichiga bolani yoshligidagi strategik o‘qitish asnosida bo‘lib u bolani xarakteristik va o‘qiy olish jihatidan yosh bolalik o'yinqaroqliklarini kamaytirib katta hayotga, ya'ni ommaviy muhitga tayyorlab beradi.13
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi. Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga tatbiq
eta oladigan bo'lishi;
2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi;
3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka,
ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;
4. Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi;
6. Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi;
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi;
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatIar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi;
9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi;
10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.
Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.
Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati. Nutq madaniyati - ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli - yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz pedagoglardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har birpedagog-kadrning va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. Pedagogning nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. Pedagogning nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat tarbiyachining shijoatiga bog'liq. Shu qobiliyat tufayli pedagogning nutq madaniyati ham shakllanib boradi.
Quyidagi pedagog-kadrlarning nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati pedagogning ma'naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e'tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati pedagoglarni ma'naviy va madaniy saviyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishidan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalashdir.
4. Nutq madaniyati - bu, avvalo, pedagoglarda nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun pedagog adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim,
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bo'lib, yosh pedagoglar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan tarbiyachi-ustozlarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o'rganishi mumkin.
Tarbiyachining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida pedagog bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, bolalar bilan ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak tarbiyachi, avvalo, nutq sirlarini, uning bolalar bilan bo'ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo'nalishiga qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig'indisiga aytiladi.
Tarbiya tamoyillari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg'or ta'limotlar g'oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga
asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta'minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi;
- Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligigi;
- Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
- Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;
- Tarbiyani mehnat bilan bog'lash;
- Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;
- Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;
- Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
- Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni
yo'qotish.
Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g'oyaviyligi - pedagog ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g'oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo'lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir.
Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta'limi xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida va maktabgacha ta’lim tashkilotidan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro'yobga chiqarishga yo'naltirilishi zarur.
O’qituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir o’qituvchi-tarbiyachining maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo’lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o’z vazifasini bajargan bo'ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustunligi - tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu – tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. Tarbiyachi bolalarga avvalgidek, tarbiya obyekti emas, balki o'zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya'ni bolalarni teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim.
Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat hamda e'tibor markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya'ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi xalqning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an'analari urf-odatlari, marosimlari, xalq og'zaki ijodi, milliy o'yinlar va ularda ifodalangan g'oyalarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu g'oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo'lgan, insoniyat o'tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmatga ega bo'lgan an'analar, urf-odatlar haqida ma'lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg'usini uyg'otish, ularni qo'llab-quvvatlash, ezgu g'oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo'naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. Bolalarga birdaniga ko'p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Pedagoglar bolalarga bo'lgan munosabat jarayonida o'zaro bir-biriga zid harakatda bo'lmasliklari, yagona talab qo'yishlari lozim.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish. Yosh avlodning o'sib ulg'ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijtimoiy jamiyat ta’sir etadi. Bu bir tomondan bo'lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalashdan maqsad uni turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyorlashdir, Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida tarbiya ijtimoiy hayot bilan qo’shib olib borilishi kerak.
Tarbiyani mehnat bilan bog'lab olib borish. Mehnatning tarbiyaviy ta'siri g'oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o'z qobiliyati va iste'dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. O'quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat bolaning shaxsiga ijobiy ta'sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini ta'minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma'naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor beriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bilim olishning o’zi ham mehnatdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotidan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bog‘langan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - bolalarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi.
Bola shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko'rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko'rsatishiga, qayerdaki bolalarga hurmat, muhabbat, ishonch bo'lsagina o’sha yerda tarbiyaning ta'siri samarali bo'ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo'shadi, pedagogga nisbatan hurmatni uyg'otadi.
Tarbiyada bolaning yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish - tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yoshi va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha bo'ladi. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida va maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik, o'smirlik va o'spirinlik bosqichlarini bosib o'tadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turg'unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o'rtasidagi uyg'unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma'naviy o'sishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo'ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o'qishi va mehnatida aks etadi. Bir bolaga nisbatan foydali metodni boshqa bolaga nisbatan qo'llaganda natijasiz bo'lib chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir bolaning xususiyatini o'rganish maqsadga muvofiqdir.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayonini bolalarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o'zaro yordam tuyg'usini o'stirishga xizmat qilishi lozim. Tuyg'u tashkil etilgan jamoa a'zolarining qobiliyat va iste'dodini rivojlantirish uchun keng yo'l ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo'ladi. Bolalar ahil jamoa bo'lib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli bo'ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy kuchga ega bo'ladi, har bir shaxsga ta'sir etadi. O'z manfaatini jamiyat manfaati bilan qo'shib olib borish, o'zaro yordam kabi fazilatlar, avvalo, jamoada shakllanadi. tarbiyachi hamma vaqt bolalar jamoasiga tayanmog'i, ularni jamoa bo'lib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o’rgatib borishi lozim.
Tarbiyada bolalar xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy hislatlarini yo'qotib borishga e'tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o'z tarbiyalanuvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish ko'radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yo'qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning to'g'ri hal etilishiga ko'p jihatdan bog'liq. Tarbiya jarayonini tashkil etishda o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan qo'llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
«Eskini o'zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo'la oladi».
Konfutsiy

Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə