Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi



Yüklə 11,83 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü11,83 Kb.
#111898
Pedagogning o‘z-WPS Office


Pedagogning o‘zini-o‘zi boshqarish muammosi
Bo‘lajak pedagoglarning oliy o‘quv yurtida olgan psixologik bilimlari ikki
unchalik yoqimli bo‘lmagan xossaga ega. Ular, birinchidan, pedagogga amaliyotda
zarur bo‘lgan barcha bilimlarni o‘z ichiga qamrab olmagan, bunga sabab
pedagogik oliy o‘quv yurtlarida psixologik fanlarni o‘qitish uchun ajratilgan dars
soatlari hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan bilimlar tezda
eskirib qoladi va hech bo‘lmaganda besh yilda bir marta yangilab turishni talab
etadi, buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish yoki malaka oshirishda amalga oshirsa bo‘ladi.
Pedagogning psixologik jihatdan o‘z ustida ishlash deyilganda, uni muntazam
ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalishlaridagi eng yangi yutuqlar bilan
tanishib borishini nazarda tutadi, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita
bog‘liqdir. Bu ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari
psixologiyasi, differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi
shuningdek, psixologiya va boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, patopsixologiya,
psixofiziologiya va psixoterapiya.
Pedagogning amaliy faoliyatida psixologik ma’lumotlar olishi mumkin
bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati yetarli darajada salmoqlidir. Holbuki, pedagogga muntazam ravishda ilmiy kitoblarni va jurnallarni o‘qishga hojat yo‘q, asosiy
psixologik bilimlar jamlangan holda keltirilgan, pedagogik faoliyat uchun foydali
bo‘lgan bo‘limlarga murojat qilishning o‘zi yetarlidir.
Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat – bu o‘z- o‘zini
boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq- atvorini boshqara olish qobiliyati,
murakkab pedagogik holatlarda muqobil harakatlana olishidir.
O‘z - o‘zini boshqarish zaruriyati quyidagi hollarda kelib chiqadi:
O‘z- o‘zini boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini o‘z ichiga
oladi: Sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq shuningdek shaxs hislatlari
– xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga munosabati. Yuqorida qayd etib o‘tilgan
psixik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish odam hususiyatlari va holatlari, uning
irodasi va ichki tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha psixik
holatlarni boshqarishda erkinlik asosi bo‘lib xizmat qiladi, iroda bo‘lsa xatti -
harakatlar quvvati va yo‘nalishlari ta’minlaydi.
Qabul qilishni o‘z- o‘zidan boshqaruv aniq qabul qilish vazifalarini qo‘yadi –
obrazni tuzish, qo‘yilgan savollarga nimani kuzatish kerak? Nima uchun kuzatish?
Qanday qilib kuzatish? kabi aniq javob topish kerak. Kuzatuvni boshlashdan avval
biz o‘zimiz uchun bu savollarga javob berishimiz lozim bo‘ladi.
Murakkab pedagogik sharoitlarda (vaziyatda) bunday savollarga aniq javob
topishni iloji bo‘lmaydi, bu vaziyatda aniq javob topish uchun bir muncha aqliy va
jismoniy kuch sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday savollarni avvaldan o‘ylab
ko‘rish va ularga amal qilishni talab qiladi, natijada o‘z- o‘zini boshqarishni
nazarda tutadi.
Diqqat- e’tiborni boshqarish bir muncha boshqa narsalarga asoslanadi.
Ixtiyoriy bo‘lmagan diqqat- e’tiborni boshqarish ular bilan bog‘liq bo‘lgan
holatlar, ya’ni organizmning psixofiziologik holatlarini boshqarish orqali bevosita
amalga oshirish mumkin. Charchoq oqibatida ixtiyoriy bo‘lmagan diqqat- e’tibor
yomon boshqariladigan bo‘lib qoladi. Xuddi shunday holat kasallik davrida,
haddan tashqari emotsional junbushga kelgan holatda, affekt yoki stress holatlarida
ro‘y beradi. Bir muncha ta’sir qiladigan vositalar - dam olish, davolash, psixofizik
autotrening bu tarzdagi diqqat e’tiborni boshqarishda yaxshi samara beradi.
Ixtiyoriy diqqat e’tiborni, qiziqish uyg‘otadigan, so‘z yordamida yoki qo‘llab-
quvvatlash orqali boshqarish mumkin. Odamni diqqat e’tiborini biror narsaga
qaratish uchun, e’tiborni uni qiziqishini qo‘llab - quvvatlash kifoya qiladi. So‘z
orqali o‘z- o‘zini yo‘naltirish yoki verbal o‘zi- o‘zidan boshqarish har doim
to‘g‘ridan- to‘g‘ri yoki bevosita qiziqishga asoslanadi. Ayrim hollarda o‘zini
majbur qilib qandaydir ob’ektda, holat yoki voqelikni qiziqarli tomonlarini,
e’tiborni uncha uzoq vaqt jalb qilib ko‘rishga yetarli bo‘ladi. Qabul qilish orqali
ham ularni ma’lum darajada boshqarish mumkin. Pedagog uchun eslash
qobiliyatini boshqarish bir muncha qiyinroq va zarurroqdir. Uchtadan ikkita bizga
ma’lum eslash jarayoni – eslab qolish va olingan axborotni qayta tiklash – o‘z-
o‘zini boshqarish bilan rivojlantirish mumkin. Eslab qolish jarayonining uchinchisi
– axborotni saqlab qolishni boshqarish mushkulroqdir, shuning uchun hamki u
ong osti holati (shaxs tomonidan anglab olinmaydigan psixik va holatlar yig‘indisi darajasida ishlaydi holbuki yodlashni anglab tashkil etib, bevosita ularni ham
boshqarish mumkin. Mnemik jarayonlarda o‘z- o‘zini boshqarish har xil usullarga
asoslanadi, tasavvur assotsiatsiyalanib bir butunga bog‘lab, ongli ravishda ko‘rib
chiqiladi. Eslab qolish zarur bo‘lgan narsalar ko‘z orqali ko‘rilsa, yoki biror narsa
bog‘lab tasavvur qilinsa yodda qolishi kuchayadi. Eslab qolishni tezlatish mumkin,
sun’iy ravishda yodda bo‘lgan perseptiv obrazlarni va tashqi narsalarni tafakkurda
uyg‘otib, ong orqali ularni yangi eslab qolishi kerak bo‘lgan narsalar bilan
bog‘lash lozim.
Ongli ravishda fikrlashni ham boshqarish, uni yanada samaraliroq qilish
mumkin.
Tafakkurni o‘z- o‘zida boshqarishning asosiy usullari quyidagilardir.
- hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifa shartlarni diqqat bilan tahlil qilish;
- talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, bunday maqsad kerakli
natijani olish uchun yetishmagan narsani aniqlash;
- doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniqtirish;
- tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, ya’ni ketma- ket izlanish
va yetarli darajada hal qilinishning alternativ yo‘llarni ko‘rib chiqish (bu – vosita
anglash jarayoni “sikllanish” deb nomlanadi)
- vazifani hal qilishning yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan aniq farazlarni o‘z ichida yoki
ovoz chiqarib so‘zlash (gapirish).
- Bajarib bo‘lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz(g‘oya)larni doimiy ravishda
yozib borish.
- O‘z - o‘zini emotsional boshqarish organizmning muskul to‘qimalari tizimi
boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan, emotsiogen holatlardan tahlil qilib
tafakkurni ongli ravishda faol jalb etish.
Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur
bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan. yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol
pedagoglarni talab qilmoqda.
Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng muhim
omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadga
muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mamlakatimiz ta’limi sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash
sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasalari
oldiga faqatgina o‘qimishli insonni emas, balki voqealarni oldindan ko‘ra
biladigan, to‘g‘ri qaror qabul qila olish mahoratiga ega, o‘zini-o‘zi rivojlantirish
zaruriyatini tushunib yetadigan oqil va barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi
qo‘yilmoqda.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya
oladi. O‘qituvchining shaxsiy namunasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida
bolada qat’iy nuqtai nazarni shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.
Kanadalik psixolog olim Djeyms Marsha yigit-qizlarning kasbiy
tayyorgarlik davrini to‘rt bosqichga ajratadi:
1. Yoshlarda kasb haqidagi tasavvur va bilimlarning kamligi, hali noaniqligi
bosqichi. Bu bosqich hali shaxsning e’tiqodlari aniq emasligi, kasbni
tanlamaganligi, kim bo‘lishi noaniqligi bilan tavsiflanadi.
2. Muddatidan oldin aynan o‘xshashligini topish bosqichi. Shaxs o‘z kuchi,
xohishi bilan emas, boshqaning fikri bilan, boshqa kishiga ergashib, tegishli
munosabatlar tizimiga qo‘shilishi bilan xarakterlanadi.
3. Moratoriya bosqichi – shaxs o‘zligini aniqlashning krizisi jarayonidaligi
bilan, rivojlanishning ko‘p variantlari orasidan o‘zi uchun eng maqbulini tanlashi
bilan tavsiflanadi.
4. Erishilgan yutuqning aynanligi bosqichi. Tanlash mojarosi hal etilganligi,
shaxs o‘zligini namoyon etishga amalda kirishganligi bilan belgilanadi. O‘qituvchi
eng avvalo o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishni esdan
chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o‘rgatishi,
o‘quvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o‘zining kimligini namoyish
etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy sifat
va fazilatlarni to‘liq egallagan bo‘lishi lozim, bunday o‘qituvchilar o‘quvchilar
bilan ko‘proq do‘stona muloqotda bo‘ladilar, o‘zaro fikr almashadilar, mavzuga
doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga keladilar. O‘qituvchi bu o‘rinda
butun e’tiborini mavzu mohiyatini o‘quvchilarga singdirishga qaratib, o‘quvchilar
e’tiborini kechinmalarini va o‘zlashtirish imkoniyatlarini alohida e’tiborga oladi.
O‘qituvchi shaxsiga xos bo‘lgan bilimdonlik, ijodkorlik, mustaqillik hamda
pedagogik faoliyati uchun mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etish o‘quv-
tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashning eng muhim omillaridir.
Talabalarda kasbni egallashning shakllanishi ularda majburiyat va
javobgarlik hissining tarkib topishi bilan bog‘liqdir. Ularda ana shunday sifat va
kechinmalar to‘la shakllangan bo‘lsa, bilimlarni egallash yoki kasbiy kamoloti
uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.
Yüklə 11,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə