I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə6/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

Birinchi bob yuzasidan xulosa
Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ta’limotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha,
ta’lim - tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. Tarbiyachi-pedagoglarimiz tarbiyalanuvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, pedagogning o'zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak” - deb ta’kidlaydi.
Kasbiy sifatlar pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining muhim omillaridan
biri bo’lib, ular maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, diqqatni taqsimlay olish,
tirishqoqlik, kuzatuvchanlik, pedagogik takt va pedagogik hayolning
rivojlanganligi, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, shaxsiy namuna ko’rsatish,
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yanada boyitishga bevosita hissa qo’shish
kabi jihatlar bilan tavsiflanadi.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda,
mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo’ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tarbiyachini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikasini chuqur o'zlashtirgan bo’lishi zarur. Tarbiyachi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlardan, talablardan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo'la oladi.

Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə