Biosfera haqida tushuncha. Vernadskiy talimoti,noosfera



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#146208
  1   2   3
biosfera.pptx


Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va IBA
Tuzuvchi: Jalolov Y.Y.
Toshkent 2023

Biosfera haqida tushuncha.Vernadskiy talimoti,noosfera
Reja:
  • Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.
  • Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari
  • Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.
  • Biosferada moddalarning aylanishi.

BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT
  • Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi.
  • Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti
  • Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular litosfera (quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi qatlamlaridan iborat.
  • Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km. qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi.

BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT
  • V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini “tirik modda” deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi. Tirik moddaning umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.1024 g, shundan tirik moddaning vazni 1,8 – 2,5.1018 g. ga teng.
  • Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik moddalar (iqlim, atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy ta’limoti bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig’indisi kiradi.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə