I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə3/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

Tadqiqotning maqsadi: Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning metodik shart-sharoitlarini yanada takomillashtirishdan iborat deb belgilab oldik.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash;
2. Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishda ularning kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan malakaviy talablar va kasbiy bilimlar mazmunini aniqlash;
3. Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishda kasbiy mahorat va ijodkorlik qobiliyatlarini yanada takomillashtirish bo’yicha ishlar olib borish;
4. Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti: Bo’lajak tarbiyachilrda kasbiy sifatlarni rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti: Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning mazmuni, shakl, metod va vositalaridan iborat.
Tadqiqot mavzusi bо‘yicha metodlarning tavsifi.
Tadqiqot mavzusi bо‘yicha pedagogik- psixologik, ilmiy va metodik adabiyotlarni tahlili, pedagogik kuzatuv;
qiyosiy tahlil;
pedagogik tajriba sinov;
matematik-statistik tahlili.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning mazmuni va mohiyatinining yoritib berilganligi, bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish modeli, uning integral mashg‘ulotlarni tashkil etishning о‘ziga xosliklarini hisobga olishga doir taklif va tavsiyalarning ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi. Olingan natijalar pedagogik kasb –hunar kollejlari va pedagogika oliy ta’lim muassasalarida, “Maktabgacha pedagogika”, “Kasbiy ta’lim metodikasi” va “Matematik tasavvurlarni shakllantirish” fanlarining mazmunini takomillashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan metodik ta’minotdan tarbiyachilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida foydalanish mumkin.

Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə