Bolalarning individual rivojlanishida pedagogik kuzatuv



Yüklə 45,21 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü45,21 Kb.
#162621
Tashxanova Sevara Qobuljanovna



SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
14 
 
BOLALARNING INDIVIDUAL RIVOJLANISHIDA PEDAGOGIK KUZATUV 
Tashxanova Sevara Qobuljanovna 
Toshkent pedagogika kolleji «Maxsus fanlar» kafedrasi o'qituvchisi 
Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta‟lim tashkilotlaridagi bolalarni
kuzatish va baholash mazmuni yoritib berilgan, bolalarning individual rivojlanishida 
pedagogik kuzatuv haqida yoritilgan.Maktabgcha ta‟lim tashkilotlarida pedagoglar bilan 
hamkorlik ishlari tarbiyalanayotgan bolalarni hamkorlikda kuzatish va baholashda 
xususida fikr yuritiladi. 
Kalit so’zlar
:
Nazorat, baholash, “Ilk qadam”davlat o‟quv dasturi, indikatorlar 
(kutilayotgan natija) individual va jamoa bo‟lib, to„g„ri strategiya, refleksiya, mashg„ulot, 
rivojlantirish markazlari, faoliyat turlari, kayfiyati va temperamenti, aniq va tadrijiy 
mezonlar, ob„ektiv, tadqiqot, ijobiy o„zgarishlar, maqbul strategiyasi, individual ish, ta‟lim 
sohalari, bo„shliq tomonlari, sub‟ektiv talqin, rivojlanish dinamikasi

Pedagogik nazorat va bolani baholash davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturiga 
muvofiq rivojlanishning beshta sohasining har biri bo„yicha bolani rivojlantirish bilan 
bog„liq holda olib boriladi. Bola rivojlanishining mezonlari – bu davlat talablarida 
ko„rsatilgan indikatorlar (kutilayotgan natija). 
Pedagog bolani va uning xulq-atvorining real sabablarini yaxshiroq tushunish, 
bolaning rivojlanishini, ichki dunyosini ko„rish, qo„llab-quvvatlash, rivojlanish yo„llarini 
aniqlash, ehtiyoj va qiziqishlarini aniqlash maqsadida bolalar hayotini tizimli ravishda 
kuzatib boradi. 
Kuzatish, shuningdek, bolaning xatti-harakati va ta‟lim olishi haqida 
aniq va ob‟ektiv ma‟lumotni to„plash jarayoni hisoblanib, unda u yakka yoki 
boshqalar bilan ishlayotgan yoki o„ynayotgan bo„ladi. 
Kuzatish jarayonini tashkil etishda jarayon ham, natija ham baholanadi; axborot turli 
holat va kontekstlarda to„planadi va qayd etiladi; bolalar xulq-atvorini tahlil qilish esa 
pedagogik qarorlar uchun asos hisoblanadi. 
Pedagogning ishi aynan pedagogik kuzatishdan boshlanishi kerak, chunki u bolani 
tushunishga, tushunishdan esa – u va uning oila a‟zolari bilan muloqot qilish uchun to„g„ri 
strategiyani tanlashga olib keladi. Faqat guruhdagi bolalarni kuzatib, ular o„zlarini yaxshi 
his qilayotganliklarini va mashg„ulotlar qanday o„tayotganini bilib olamiz. Shuningdek, 
guruh va rivojlantirish markazlaridagi materiallar va mashg„ulotlar bolalarda qiziqish 
uyg„otgan 
yoki 
uyg„otmaganini, 
ular 
ehtiyojlarini 
qanoatlantirayotgani 
yoki 
qanoatlantirmayotganini bilib olamiz. 
Kuzatishlar, shuningdek, bizga refleksiya uchun zarur bo„lgan ma‟lumotni beradi: 
muayyan bolalar yoki bolalar guruhlari qanday o„rganayotgani, ularning eng yaqin 
rivojlanish zonasida qanday ishlash va ularning bilimlaridan qanday foydalanish kerakligi 
haqida tushuncha hosil qilishga zamin yaratadi. Ular, shuningdek, bizga aniq xatti-harakat 
tiplari haqida ma‟lumot berishi mumkin: 
● Bola qoida va tartib-taomillarga qanday munosabat bildiradi? 
O„tish davri, tinch va faol davrlar, guruhda va yakka tartibda ishlash davrlarini qanday 
eplaydi? Ertalablari bola ota-onasi bilan qanday xayrlashadi, ovqatlanish vaqtida o„zini 
qanday tutadi, kiyinadi, dam oladi va h.k. 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
15 
● Bola qaysi materiallardan va qanday foydalanadi? Bola ularni osonlik bilan ishlata 
oladimi? Unga turli-tuman materiallar yoqadimi yoki faqat bir qanchasimi? Ular ijodiy 
qo„llaniladimi yoki oldindan belgilangan tartibdami? 
● Muayyan faoliyat turlari va materiallarga bolaning qiziqishi qanday. Bola boshqa 
bolalar bilan qanday munosabatda bo„ladi? Bola ko„pchilik bilan o„ynaydimi yoki faqat bir-
ikkita bola bilanmi? Bola boshqa bolalar bilan gaplashadimi? Bola o„yinni birinchi 
boshlayaptimi yoki uni chaqirishligini kutyaptimi? Bola boshqalar bilan qanday faoliyat 
turlari bilan shug„ullanishni yoqtiradi? 
● Bola pedagoglar va boshqa kattalar bilan qanday munosabatda bo„ladi? Kerak 
bo„lganida bola yordam so„ray oladimi? U ko„p e‟tibor yoki yordam talab qilyaptimi? Bola 
doimiy maqtovga muhtojmi? Unga pedagog bilan muloqot qilish yoqadimi? Bola guruhga 
keladigan kattalar bilan vaqt o„tkazadimi? 
● Bola tildan qanday foydalanadi? Bolani tushunish osonmi? U o„z niyatlarini ayta 
oladimi? Uning so„z boyligi qanchalik katta? 
● Bola qanday harakat qiladi? Masalan, tepaga chiqa oladimi, yuguradimi, 
sakraydimi? Muvozanat saqlay oladimi? Bola koptokni ushlay va ota oladimi? Harakatda 
o„zini ishonch bilan tutadimi yoki yo„qmi? Unga futbol, raqs va boshqa faoliyat turlari bilan 
shug„ullanish yoqadimi? 
● Bolaning kayfiyati va temperamenti barqarormi yoki o„zgaruvchanmi? 
Bola ruhiyati tinchmi yoki tajangmi? U tez-tez yig„lab, kulib va tabassum 
qilib turadimi? Bolalar o„z tuyg„ularini og„zaki izhor qila oladimi? Ular 
bolalar va kattalar bilan kelisha oladimi? Ular tez xafa bo„ladimi? 
● Bola guruhda qanday rol o„ynaydi (masalan, sardor, ergashuvchi, tinglov- 
chi, so„zlovchi)? 
● Bola guruh hayotida ishtirok etish uchun maxsus yordamga muhtojmi? 
Bolalar vaqtini guruhda qanday o„tkazayotgani haqida olingan kuzatishlarimizni ular 
oilalari bilan ham o„rtoqlasha olamiz. Shuningdek, bolaning ta‟limi, rivojlanishi va xatti-
harakati borasida yuzaga kelgan har qanday muammoni hujjatlashtirishimiz mumkin. 
Kuzatish – bu bir martalik jarayon emas. Biz uni muntazam, aniq maqsadlar bilan 
tashkil etishimiz kerak. Bu maqsadlar biz kuzatishlarni necha marta, qancha vaqt davomida 
va qanday sharoitlarda o„tkazishimizni aniqlab beradi. Bunda e‟tiborimiz markazida 
muayyan bola yoki guruh haqida nima bilishni istashimiz bo„ladi. Tizimli bo„lish 
kuzatishlarimizni yo„naltirish hamda hujjatlashtirish va anglash uchun aniq va tadrijiy 
mezonlarga ega bo„lishni anglatadi. Biz ko„rayotgan va eshitayotgan xatti- harakat yoki 
amallarni aynan ta‟riflash orqali (ayblash va baholash emas) ob‟ektiv bo„lishga intilamiz. 
Kuzatish, shuningdek, tadqiqotni o„z ichiga olishi mumkin. Biz tabiiy sharoitlarda 
ko„rishimiz amri mahol bo„lgan muayyan ko„nikma, bilim yoki xatti-harakatni kuzatish 
uchun savollar berishimiz, muammolarni belgilashimiz yoki tadbirlarni tashkil etishimiz 
(vaziyatni yaratishimiz) mumkin. Masalan, bolalar tomonidan asosiy matematik 
tushunchalarni o„zlashtirilishini kuzatish uchun biz kichik bolalar guruhlari bilan “kattaroq”, 
“kichikroq” va “teng” tushunchalarini hisoblash va tushunish kerak bo„lgan o„yinlar 
o„ynashimiz mumkin. Bundan tashqari, biz bola haqida ko„proq bilish va bolani yaxshi 
biladigan boshqa kattalar bilan bola haqidagi tasavvurlarni solishtirish uchun oila a‟zolari va 
hamkasblarga savollar bilan murojaat qilishimiz mumkin. 
Kuzatish jarayoniga qisqacha tushuncha: 
Kuzatish – bolalar rivojlanishidagi ijobiy o„zgarishlarni ularni tabiiy sharoitda (uyda, 
guruhda, ochiq maydonchada), kun davomida turli vaqtda, butun yil davomida hamda 
to„plangan ma‟lumotlarni hujjatlashtirib borgan holda baholashning eng ishonchli usuli 
hisoblanadi. Pedagogning ishi aynan pedagogik kuzatuvdan boshlanishi zarur, chunki u 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
16 
bolani tushunishga, bolani tushunishdan esa – u va oila a‟zolari bilan o„zaro aloqalarning 
eng maqbul strategiyasini tanlab olish imkoniyatini yaratadi. 
Kuzatish – bu bolaning ishlayotgan yoki o„ynayotgan paytida, uning faoliyatiga 
aralashmagan holda uni kuzatish jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish orqali xatti-
harakatining turi, bilim olish bo„yicha qiziqishlari, ko„nikmalar darajasi va rivojlanishidagi 
ijobiy o„zgarishlarni aniqlaydi. 
Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo„yicha olib boriladi. Bolalarni ta‟lim-
tarbiya jarayonida kuzatish, ularning turli faoliyat davomidagi dastur asosida bilimlarni 
egallashi, erishayotgan yutuqlari, ijodiy ishlari, jamoada va yakka tartibdagi ishlari tahlil 
etib borish orqali xulosalarga tayangan holda xaritalar bolalar yoshiga mos ravishda tegishli 
kutilayotgan natijalar to„ldiriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida kutilayotgan natijalar 
“ishlamasa”, tarbiyachi daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo„yishi yoki izoh berishi 
lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Ushbu belgi 
yoki izoh asosida tarbiyachi psixolog, defektolog, jismoniy tarbiya bo„yicha yo„riqchi va 
boshqa pedagoglar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini, shuningdek, ta‟lim sohalarini 
o„zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta‟lim 
jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga 
oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. 
Tarbiyachi bola yutuqlari xaritasini yiliga 3 marta to„ldiradi va erishilgan natijani 
tegishli belgi bilan belgilaydi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida qiyinchiliklar duch 
kelinganda, tarbiyachi daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo„yishi yoki izoh berishi 
lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Ushbu belgi 
yoki izoh asosida tarbiyachi psixolog, defektolog, jismoniy tarbiya bo„yicha yo„riqchi va 
boshqa pedagoglar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini, shuningdek, ta‟lim sohalarini 
o„zlashtirishning bo„shliq tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta‟lim 
jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga 
oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. 
Bolaning rivojlanish xaritalarini yuritish mas‟ulligi guruh tarbiyachilariga yuklatilsada, uni 
to„ldirishda barcha mutaxassis-pedagoglar ma‟lum kutilayotgan natijalarni bola tomonidan 
egallanishini belgilashda ishtirok etishi va pedagoglarning hamkorligi to„laqonli olib 
borilishi hamda xaritaning to„g„ri va aniq yuritilishini MTT metodisti tomonidan nazoratga 
olinishi muhim hisoblanadi. 
Kuzatuv ma‟lum tamoyillarga tayangan holda olib borilishi lozim. Bular: 
Bolaning kuzatilayotgan harakatini pishiq-puxta hujjatlashtirish; 
Sub‟ektiv talqin (pedagogning shaxsiy fikri, his-tuyg„ulari) yo„l qo„ymaslik; 
Bola tomonidan shaxsan bajarilgan ishni yoki aytilgan gapnigina xolisona 
kuzatish; 
Imkon boricha ko„proq ma‟lumot to„plash, ular imkon darajasida sodda va 
tushunarli bo„lishi kerak 
Bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida 
ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi; 
Tarbiyachi bola to„g„risidagi ma‟lumotlarni ota-onalar yoki Tashkilotning 
boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin; 
Tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim 
olish xususiyatlariga e‟tibor qaratishi lozim. 
Kuzatishni o„tkazishdan maqsadlar 
Har bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va ko„nikmalarini aniqlash uchun. Kuzatish 
bolalarni shaxs sifatida bilishni, ularda intiluvchanlik rag„batlantirish va bilim olishga 
bo„lgan ehtiyojlarini to„liq qondirishga yordam beradi. 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
17 
Vaqt o„tishi va ta‟lim natijalariga ko„ra boladagi o„zgarish va rivojlanish dinamikasini 
tushunish uchun. Kuzatish bolalarning jismoniy, ijtimoiy va hissiy, nutq, muloqot, o„qish va 
yozish malakalari, bilish, ijodiy jihatdan yil davomida rivojlanishini ko„rish imkoniyatini 
yaratadi. 
Ta‟lim-tarbiyaviy jarayonga o„zgarishlari kiritish uchun. Pedagoglar bolalar uchun 
tayyorlangan joy va materiallardan ular qanday foydalanayotganini kuzatib, mavjud 
materiallar bolalarning ehtiyojiga javob berish-bermasligi, qo„shimcha materiallarga zarurat 
bor-yo„qligi masalasiga javob topishi mumkin. 
E‟tibor talab qiladigan holatlarni aniqlash uchun. Kuzatish kattalarga bolalarda 
qondirilishi zarur bo„lgan alohida ehtiyojlar bor yoki yo„qligini ko„rish imkoniyatini beradi. 
Bu eshitish, tayanch-harakat apparati va bola rivojlanishidagi boshqa jismoniy va ruhiy 
muammolar bilan bog„liq bo„lishi mumkin. Bu kabi muammolar aniqlanishi bilan o„z 
vaqtida tegishli mutaxassislarga murojaat etish zarur. 
Muammoviy vaziyatlarni mukammal tarzda hal etish usullarini aniqlash uchun. 
Kuzatish pedagogga muayyan vaziyatda boladan qanday xatti-harakat kutish mumkinligini 
aniqlash va shu orqali bolalaga o„z xatti-harakatini boshqarishni o„rganishga yordam beradi. 
Rejalashtirishga o„zgarishlar kiritish uchun. Pedagog kuzatish natijalaridan foydalanib, 
u yoki bu narsani o„zgartirishga ehtiyojni, bolalarning ehtiyojlariga mos ravishda rejaga 
qanday o„zgartirishlar kiritish lozimligini aniqlaydi. 
Ota-onalar va MTT mutaxassislari foydalanishi mumkin bo„lgan ma‟lumotlarni olish 
uchun. Kuzatish bolalarni, ularning qiziqishlari, yutuqlari, muloqot va o„zaro aloqa 
ko„nikmalarini, muammolarini, alohida ehtiyojlarini tushunishni hamda xulosalarning 
asosliligini ta‟minlashga yordam beradi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR; 
 
1.Maktabgacha ta‟lim va tarbiyaning davlat standarti – T.:2020. 
2. Grosheva I.V., Yevstafeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., 
Djanpeisova G.E. “Ilk qadam” Davlat o„quv dasturi. maktabgacha ta‟lim tashkilotlari 
uchun. 2018 y. 
3. Grosheva I.V., Olimov K.T., Nazarova V.A, Djanpeisova G.E., Mikailova U.T., 
Kenjabaeva D.A., Gulyamova N.B., Miftaeva N.A."Kuzatish va baholash".T.:2020 yil. 

Yüklə 45,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə