Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
Alisher Navoiy 
 
LISON UT-TAYR 
(Nasriy bayon) 

Mehribon va Rahmli Allohning nomi bilan 
Jon qushi o'z sirlarini bayon qilishga kirishar ekan, uni Allohga madhiya o'qish bilan 
boshlaydi. Chunki Alloh barcha mayjudotlarning yaratuvchisidir. U mangu barhayot 
bo'lib, undan boshqa hamma narsalar o'tkinchidir. 
Yaratuvchi qudratli qalam bilan olamni aniq bir reja ostida bunyod qildi. U to'qqiz 
falakni aylanuvchi qilib yaratdi va buning sirini tushunishda idrokni ojiz etdi. Ko'kni tun 
va kun bilan yarqiratib, uni quyosh va yulduzlar bilan bezadi. Unda oy go'yo osmon 
tirnog'iga o'xshash bo'lib, yangi oy esa o'sha tirnog'dan olingan bir bo'lakni eslatadi. 
Osmonni betinim harakat qilishga bo'ysundirdi, Yerni esa uning bo'shlig'ida tuig'un 
qilib yaratdi. Yer yuzini yomg'ir bilan yuvdi, natijada chang va chirklar undan tozalandi. 
Quruqlikni dengiz yuzidagi kemaga monand qilib yaratdi. Tog'lardan bu kemaga uning 
muvozanatini saqlab turadigan langarlar yasadi. Quyosh o'tidan suv qaynab ketmasin, 
degan maqsadda dengiz yuziga bug'lardan parda tortdi. Suvda mayjud bo'lgan qurt va 
qushlar g'amini yeyishda adolat olamini ko'rsatdi. Nayson yomg'iriga katta sharaf ato 
etdi, uning ehsoni tufayli sadaf ichida gavhar hosil bo'ldi. Durga u juda katta qiymat 
bilan rivoj berdi, oqibatda u taxt ahlining toji uchun zebu ziynatga aylandi. 
Hamal oyi bilan bahorni boshlab berdi, uning o'lchovida kecha va kunduz teng boldi. 
Tong nasimini lso nafasidek estirib, bog‘lardagi barcha jonsiz narsalarga jon bag'ishladi. 
Bog'aro xilma-xil ra'no chechaklarni yoyib, chaman go'zalliklarini jilvalantirdi. Yelga 
huzurbaxsh hid ato etdi, uning tufayli daraxtlarga qaytadan jon kirdi. Tongni oppoq rang 
bilan yoritdi, shomni mushkin qora libosga o'radi. Quyoshni kunduzi porlatib, oyni 
kechaning shamiga aylantirdi. 
Agar u quruqlik yuzasida har xil g'aroyibotlarni yoygan bo'lsa, dengizda esa ular 
bundan ham ortiqroqdir. U dashtlarda qancha jonivorlarni yaratgan bo'lsa, suvdagi 
suzuvchilari bundan yuz baravar ko'pdir. Quyunni dasht aro aylantirgan bo'lsa, suv 
yuzida ham girdobni to'lg'antirdi. 
Suvni olovga dushman qilib yaratdi, shamolni esa tuproqqa zid qildi. Yaratuvchining 
qudrati bilan ana shu bir-biriga zid to'rt narsa inson vujudida bir butun holda birlashdi. 
Butun olamni yaratishdan maqsad lnson bo'lib, u hamma mavjudot ichida tengi 
yo'qdir. Inson ko'nglini turli bilimlar xazinasi qildi va bu tilsim ichida Alloh o'zini yashirdi. 
lnsonning ajoyib jismi bir maxfiy sir xazinasi o'laroq o'zida ana shu ganj tilsimini 
saqlaydi. Bu tilsim jon bolib, u o'sha xazinada turadi va unga posbonlik qiladi. Ey jon! 
Seni bu xilda yaratilishingga cheksiz ofarin!.. 
Chunki U o'z sirining xazinasini ochmoqchi bo'lganida, uni na samo, na yer qabul 
qildi. Insondan o'zga narsalar jaholatga botib, uning xitobini anglamadi va bu sirni qabul 
etmadi. Shuning tufayli inson boshqa barcha narsalardan mumtoz qilib yaratildi va 
"Kuntu kanzan..." siridan xabardor etildi. Uning boshiga to'g'ri yo'ldan borish toji 
qo'yildi, sharaf me'rojiga cliiqish esa uning qismati bo'lib qoldi. 
Hatto olam ichra butun malaklarga peshvo bo'lib, ularga sajdagoh bo'lgan hamda 
ularni o'ziga bo'ysundirgan, dunyodagi barcha jinlar va maloikalar boshlig'i vazifasini 
bajargan shayton, garchi u butun olamga egalik qilib, necha ming yil zuhdu toat bilan 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə