Mumtoz she



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə1/4
tarix14.09.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#121912
  1   2   3   4
1-MAVZU


MUMTOZ SHE'R
REJA:
1. Mumtoz she'rning mumtoz nasrdan farqli jihatlari.
2. O'zbek mumtoz adabiyotining tur va janrlari. Lirik tur. Lirik turga mansub janrlar.
3. Devon, bayoz va tazkiralar mumtoz adabiyotni o'rganishda muhim manbalar. Devon, bayoz tuzish vatazkirachilik tarixidan.


Kalit so'zlar: mumtoz she'r, adabiy tur, lirik va epik tur, janrlar, devon, bayoz, tazkirachilik.
Adabiyotshunoslik ilmiga oid teran qarashlar Forobiining «She’r san’ati...» kitobida mufassal bayon qilingan (10-asr ). Unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so’z qadri xususida fikr yuritiladi. 11-asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jurjoniyning «Asror ul-baloғa fi- ilmi bayon» («Bayon ilmida baloғat sirlari») asarida so’z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urғu berilsa, 13-asrda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning «Kitob ul-mo’’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam» («Ajam she’riyati me’yorlari qomusi») kitobida nazariy masalalar — aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan (11-asr) esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo’lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o’rin olgan.
Adabiyot tarixi yo’nalishida muayyan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo’li chuqur o’rganiladi. Jumladan, o’zbek milliy adabiyoti bosib o’tgan uzoq tarixiy yo’l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o’ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayonga ko’rsatgan ta’siri yuzasidan ko’plab tadqiqotlar yaratilgan. adabiyotshunoslik tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshunos olim Atoulloh Husayniy, Zamaxshariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir. O’zbek adabiyotshunosliging takomili Navoiy (q. Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati b-n chambarchas boғliq. O’zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan «Majolis un-nafois» («Go’zal majlislar») ilk o’zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o’ziga zamondosh bo’lgan 469 shoir, olim, bastakor, hattot, she’riyat homiylari haqida ma’lumot beradi, badiiy mahorat, san’atkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning «Holoti Pahlavon Muhammad», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», Jomiyga baғishlangan «Xamsat ul-mutahayyirin» («Besh hayrat») singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o’lchovi») asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etilgan. Husayn Boyqaro esa, o’z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma’lumot beruvchi risola yaratgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Muxtasar» kitobi b-n Navoiydan so’ng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga ko’tardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida ma’lumot beriladi. O’zbek adabiyotshunosligining keyingi davrlardagi yo’nalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi. Jumladan, 19-asr boshlarida Fazliy rahbarligida she’riy shaklda yaratilgan «Majmuai shoiron» («Shoirlar guruhi») tazkirasi Qo’qon xoni saroyiga to’plangan ijodkorlar haqida nisbatan to’liq ma’lumot beradi. Ahmad Tabibiyning she’riy shakldagi «Majmuat ash-shuaroi Feruzshohiy» («Shoh Feruz shoirlari guruhi») hamda «Muhammasoti majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy» («Shoh Feruz shoirlari guruhining muxammaslari») tazkiralarida ijodkorlarning asarlari janrlarga bo’lib o’rganiladi (20-asr boshi). Birinchisida ғazallar, ikkinchisida muxammas va musaddaslar tahlil etiladi. Matbuot va noshirlik ishlarining rivoji 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida o’zbek tanqidchiligi, adabiyotshunosligi uchun yangi u1080 imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, adabiy tanqidda uyғonish ro’y berdi — harakatdagi adabiy jarayonni, yozuvchi ijodini, adabiy muammolarni davrning ma’naviy va estetik talablari, ommaning ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib o’rganish, adabiyot taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat ko’rsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy, Vadud Mahmudlarning maqolalarida so’z san’ati oldida turgan muhim ijtimoiy vazifalarga urғu berildi, adabiyot rivojini millat, Vatan, istiqpol, mustaqil yurt uchun kurashuvchi yangi insonni tarbiyalash masalalari b-n boғlashga harakat qilindi. Cho’lponning «Adabiyot nadur?» (1914) maqolasida o’rtaga tashlangan «Adabiyot yashasa — millat yashar» degan ғoya milliy uyғonish uchun ham da’vat bo’ldi. 20-y.lar o’rtalarigacha adabiyotshunoslik, asosan, adabiy tanqid doirasida faoliyat ko’rsatdi. Shu paytlardane’tiboran sho’ro hukumati uni o’z yo’riғiga sola boshladi. Ijod mahsulini baholashda mafko’ra, o’tkinchi siyosat bosh mezonga aylandi. Adabiyot va Adabiyotshunoslikdan bir yoqpama (markscha) dunyoqarash bilan qurollanish, voqelik va uning badiiy in’ikosi bo’lmish san’atga faqat sinfiy kurash, sho’rolar mafkurasi nuqtai nazaridan turib yondashish talab qilindi. Bularga qo’shimcha, mumtoz adabiy merosdan voz kechish tamoyili hukm surdi. Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Hofiz, Rumiy, Huvaydo singari shoirlar yaratgan ma’naviy mulk o’quvchiga keraksiz, hatto, ziyonli deb e’lon qilindi. Abdurauf Fitrat, Otajon Hoshim kabi adabiyotshunoslar bunday qarashlarga qarshi chiqib, madaniy merosni himoya qilishgaurindilar. Shu yillari, muayyan kamchiliklardan holi bo’lmasada, dastlabki nazariy qo’llanma — adabiyotshunos Abdurahmon Sa’diyning «Amaliy, ham nazariy adabiyot darslari» (1924) yaratildi. Fitratning «Adabiyot qoidalari» (1926) darsligida esa o’z davri Sharq va Ғarb adabiyoti nazariyasi muammolari yoritildi. Shu muallifning «O’zbek adabiyoti namunalari» kitobida O’rxun-Enisey bitiklari, «Alpomish», «Kitobi dadam Qo’rqut», «Devonu luғotit turk»dan parchalar berildi, Yassaviy, Boqirғoniy, Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Bobur asarlaridan misollar keltirildi. 20-y.lar oxiri — 30-y.lar boshlarida sho’ro adabiy siyosatida partiyaviy tazyiq ostida sinfiy dushman axtarish ruhi kuchaydi, ijod erkinligi bo’ғildi, vulgar sotsiologizm ko’rinishlari avj oldi. Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari zararli asar deb, muallifning o’zi esa burjua adibi deb qoralandi. 30-y.lar o’rtasidan markaz Yozuvchilar uyushmasi qurultoyining qarori b-n rasmiy kuchga kirgan sotsialistik realizm metodi haqidagi aqidaning keng joriy etilishi oqibatida o’zbek adabiyotshunoslikga partiyaviylik, sinfiylik, ғoyaviylik, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik degan tushunchalar chuqur singib bordi. Mumtoz adabiyotga munosabatda uni saroy adabiyoti, diniy-klerikal adabiyot, reaktsion yoxud progressiv deya bir xalq adabiyotini ikkiga ajratib talqin etish, ijodkorlar va ularning merosini sinfiy qarshilantirish tamoyili urfga kirdi. O’ziga xos yondashuv va tahlilni talab etadigan Yassaviy, Boqirғoniy, Boyqaro, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Feruz (Muhammad Rahimxon) kabi shoirlar merosi batamom qoralandi, ular ijodini o’rganish deyarli man qilindi. Sho’ro mafkurasining zug’umi, tanqid va adabiyotshunoslikning jiddiy xatolari tufayli Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, So’fizoda, Elbek, Botu, Usmon Nosir singari shoir va yozuvchilar, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud kabi adabiyotshunoslar jisman yoxud ma’nan mahv etildilar. O’sha yillardagi nisbatan ijobiy faktlar sifatida So’fizoda, Oybek, Ғafur Ғulom, Hamid Olimjon haqida adabiy portretlar yozilganini, Izzat Sultonning «Adabiyot nazariyasi» darsligi va b. monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq 40-y.lar oxiri — 50-y.lar boshlarida adabiyotshunoslik fani kosmopolitizmga qarshi kurash, yagona oqim, konfliktsizlik nazariyasi deb nomlangan xato yo’llarni bosib o’tishiga ham to’gri keddi. Ayni shu yillari Oybek, Maqsud Shayxzoda va b. mualliflarning tarixiy yo’nalishdagi asalari yaratildi.



Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə