Mumtoz she



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə2/4
tarix14.09.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#121912
1   2   3   4
1-MAVZU

GLOSSARIY
NASR – (arabcha رثن – tarqoq, sochma) vazn va qofiyasiz, oddiy nutq bilan yozilgan badiiy asar. Rabg‘o‘ziyning «Qisasi Rabg‘o‘ziy», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo», Boburning «Boburnoma», Furqatning «Furqatnoma» asarlari o‘zbek nasrining ilk namunalari bo‘lib, ular ham badiiy, ham tarixiy-tadrijiy xarakter kasb etadi.
Yangi davr o‘zbek adabiyotida badiiy nasr yaratishga urinish XX asr tongida ro‘y berdi. Cho‘lponning «Do‘xtur Muhammadyor», Hamzaning «Yangi saodat yoxud milliy roman», M.Shermuhammedov qalamiga mansub «Befarzand Ochildiboy» hamda Fitratning «Munozara» asarlari bu intilishning ilk samaralari edi. O’zbek adabiyotida realistik nasrning paydo bo‘lishi va takomilida xalq og‘zaki nasri, mumtoz adabiyotdagi nasr va, albatta, chet el – arab, turk, rus hamda ozorbayjon xalqlari badiiy nasrining ilg‘or an’analari salmoqli rol’ o‘ynadi.
BAYOZ (arabcha ﺽایب – oqlik) she’rlar to‘plami. Bayozlar odatda ikki yoki undan ortiq shoirlar she’rlaridan tashkil topadi. Bayozlar asosan mashhur shoirlarning lirik asarlaridan tuzilgan. Bayozlar ma’lum bir g‘oya yoki muayyan dunyoqarashni tashviq va targ‘ib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham bo‘lmaydi. Kimning she’ridan qanchalik kiritish bayoz tuzuvchining xohishiga bog‘liq bo‘lgan. Bayozlar sarbayoz (so‘zboshi), lirik she’rlar (asosiy qism), xotima va ilovadan tashkil topadi. Ayrim bayozlarda asarlari kiritilgan shoirlar nomi mundarija sifatida beriladi. Bu xil to‘plamlar mualliflarning o‘zi yoki adabiyot ixlosmandlari va xattotlar tomonidan tuzilib, adabiyot targ‘ibida muhim vazifa bajargan.
BAYT (arabcha تیب uy) arab, fors-tojik va ko‘pgina turkiy xalqlar adabiyotshunosligida ikki misra she’rga nisbat beriladigan istiloh. Har qanday ikki misra she’r ham bayt bo‘la olmaydi. Bayt bo‘lishi uchun keltirilgan ikkala she’riy misra bir-biri bilan mazmun va mantiq jihatdan bog‘langan bo‘lishi u yoki bu poetik g‘oyani ochishga xizmat qilishi lozim. Baytlar adabiy janrlar talabiga ko‘ra turlicha qofiyalanadi. Masalan: g‘azalda birinchi baytda ikki misra a-a tarzida qofiyalanib, qolgan baytlarining ikkinchi – juft misralar birinchi bayt qatorlari bilan qofiyadosh bo‘ladi; masnaviyda esa, bayt misralari o‘zaro, ya’ni a-a, b-b, v-v… ko‘rinishida qofiyalanadi.
Har qaysi bayt 4, 6, 8, ba’zan 12, 16, 20, 36 rukndan tashkil topishi mumkin. To‘rt ruknli bayt murabba’, olti ruknli bayt musaddas, sakkiz ruknlisi musamman, 12 ruknlilari ko‘pincha mustazod nomlari bilan yuritiladi. 16, 20, 36 ruknli baytlar esa, alohida nomlanmay, «12 ruknli», «20 ruknli» va «36 ruknli» deb atalaveradi.

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə