5-mavzu: angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakllanishi reja



Yüklə 52,73 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü52,73 Kb.
#164175
  1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakl-fayllar.org


5-mavzu: angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakllanishi reja

5-MAVZU: ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK (MUMTOZ) MAKTABNING SHAKLLANISHI
Reja:
1. Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning xarakteristikasi
2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
3.Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari
XVII-XVIII asrlarda Farbiy Evropada sanoatning tez rivojlanishi manufaktura davrasidagi (tashqi savdo rivojiga to'siq) proteksionizm siyosati va (tadbirkorlik tashabbusini bo'g'uvchi) davlatning iqtisodiy homiyligiga muhtojlik yo'qoldi. Angliyadagi XVIII asr o'rtalaridagi sanoat inqilobi jamoatchilik dikqatini savdodan industriyaga jalb etdi. Ishlab chiqarish tadbirkorlarni daromad olishning asosiy manbai sifatida yanada ko'proq qiziqtira boshladi. Avvaldan ma'lum inqilobiy g'oyalar amaliy talablarga javob bermay qoldi. Iqtisodiy erkinlashtirish konsepsiyasi yangi g'oyaning asosi edi.

Merkantilizm o'rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki avvalgi ta'limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo'ydi («Klassik maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo'layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo'nalish tarafdorlari zimmasiga to'g'ri keldi. Uning namoyandalari o'z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo'yicha dastlabki muhim qadamni qo'ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro'y bera boshladi. Feodalizm emirilib, uning zaminida kapitalistik, ya'ni bozor munosabatlar shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi o'rniga manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo'ldi. Tarix, xalq xo'jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarni o'qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo'q, manufakturada esa (manu - qo'l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperasiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo'ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlarning erdan mahrum qilinishi (er yirik lendlordlar qo'liga o'ta boshladi) ro'y berdi, yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga keldi (ular erni lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangiliklarini keng qo'llaganlar. Agrar inqilob, islohot nomini olgan bu o'zgarish manufaktura sanoatining rivoji bilan bog'liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to'qish asosiy edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini yaratish talab qilindi. Xom ashyo esa jun bo'lib, qo'ylardan olinardi. Manufaktura rivojiga jun kerak, buning uchun qo'ylar sonini oshirish talab etildi, ko'p qo'y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda chakalakzor, botqoq, bo'z erlar chegaralanib («erlarni chegaralash» degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, Dehqon (yomen)lar o'z erlaridan haydab chiqarildilar, erlari esa tortib olinib, yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. manufaktura (sanoat) uchun xom ashyo ko'paydi; 2. sanoatga ko'p va arzon ishchi kuchi etkazib berildi ( erdan mahrum bo'lgan, haydalgan dehqonlar ish kidirib shaharlarga borganlar). Oqibatda sanoat tez o'sa boshladi, yangi sinflar paydo bo'ldi. Demak, sanoatdagina emas (manufaktura), qishloq xo'jaligida ham kapitalistik munosabatlar g'alaba qozondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo'l ochib berildi. Lekin ko'plab dehqonlarning ekspropriasiya qilinishi (ersizlantirilishi), ularni zo'rlik yo'li bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj yo'q) qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660 yillarda Angliyada inqilob bo'lib o'tdi. XVII asrdagi Niderlandiya keyingi ikkinchi bu inqilob burjua inqilobi bo'lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek qo'ydi. Angliya respublika deb e'lon qilindi, parlament vujudga keldi, demokratik jarayon kuchaydi.
Angliya iqtisodiyotida, sohibkorlarning boyishida mustamlakachilik siyosati katta o'rin egalladi. Gollandiya, keyinchalik Fransiya ustidan dengizda erishilgan g'alaba tufayli Angliya jahondagi eng yirik va kuchli dengiz davlatiga aylandi. Inqilobgacha va to 1830 yillargacha bu erda proteksionizm (savdoda chetga ko'proq chiqazib, chetdan kamroq kiritish) siyosati (eksport importdan ko'p) o'tkazilgan, bu esa savdoning (ayniqsa o'z mustamlakalariga) keskin o'sishiga olib keldi. Demak, savdo, tovar-pul munosabatlari ham keskin oshdi.
Xalq xo'jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlarni taqozo etdi. Shu davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa mexanika, astronomiya va fizika tez rivoj topdi. Bu davrning eng buyuk vakili Isaak Nyutondir (1643-1727yy.), Tomas Gobs (1588-1679yy.) ingliz faylasufi, mexanistik materializm sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, jamiyat mexanizmga o'xshash narsa, uning oddiy elementi inson degan g'oya yotadi. «Inson insonga bo'ri» iborasi shu olimga tegishli, uningcha egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir. Bu olimda tarixga zid fikrlar mavjud bo'lishiga qaramay, uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi tabiatdagi kabi ob'ektiv qonuniyatlar mavjuddir. Ana shunday sharoitda klassik iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi. Bu davrda merkantilizm ta'limoti talabga javob bermay qo'ydi va uning buzilishi ro'y berdi.
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm o'rniga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlarning ichki iqtisodiy aloqalarini o'rgandilar va o'z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish sohasiga ko'chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta'limot ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki aloqadorligini o'rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir. Angliyada V.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning boshlovchilari bo'lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo'nalishi bo'lgan fiziokratlar vujudga keldi (F.Kene, A.Tyurgo) va u A.Smit, D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo'l ochib berdi. R.Xeylbroner va L.Turoularning fikricha («Ekonomika dlya vsex»), ishlab chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, er va kapital tovarga aylantirildi, bungacha ular tovar bo'lmagan. Hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi.
Yangi ta'limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab avvalo shuki, hozirgi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko'pgina nazariya va metodologik qoidalarning haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab namoyondalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan darajasiga ko'tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta'limot to'la laisser faire (ya'ni tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga o'tishga va voqealarning boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX asrning oxirlarida deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy funksiyalarining doimiy kengayishi ro'y berdi. Bu ta'limot namoyondalari Angliyada V.Pettidan to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX asrning o'rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish munosabatlarini tadqiq etdilar. Ularning fikricha, erkin xo'jalik faoliyatida shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S.Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma'lum shart bilan) 4 bosqichni ajratadi:

Yüklə 52,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə