5-mavzu: angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakllanishi reja



Yüklə 52,73 Kb.
səhifə2/7
tarix30.12.2023
ölçüsü52,73 Kb.
#164175
1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakl-fayllar.org

1-bosqich XVII asr oxiri – XVIII asr boshiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta'limotining xatolari yoritib beriladi va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbai va o'lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik muomala sohada emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko'rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o'rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va A.Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. Sof mahsulot (milliy daromad) manbaini qidirish orqali asosiy e'tiborni mehnat bilan erga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to'la ajratib qo'yilgan.
2-bosqich XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to'g'ri kelib, A.Smit asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarda aks etgan.
3-bosqich XIX asrning 1-yarmiga to'g'ri kelib fransiyalik J.B.Sey va F.Bastiya, inglizlar D.Rikardo, T.Maltus va N.Senior, amerikalik G.Keri va boshqalar asarlaridagi g'oyalar bilan bog'liq.
4-yakunlovchi bosqich XIX asrning 2-yarmiga to'g'ri keladi va J.S.Mill g'oyalarida o'z nihoyasiga etadi. K.Marks ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi lekin, bizning fakrimizcha, bu unchalik to'g'ri emas. Bu bosqichlarning xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.
Bizning kitobimizda sosialistik g'oya vakillari bozor iqtisodiyotiga muqobil ta'limotlar guruhida qarab chiqiladi, chunki bu olimlarning asosiy fikri xususiy mulkchilikka va bozor stixiyasiga qarshi chiqib, yangi sosialistik va kommunistik jamiyat yaratish bo'lgan.


2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
Umumiy bahoga ko'ra, klassik maktab XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida V.Petti (Angliya) va P.Buagilber (Fransiya) asarlarida yaratildi.
Vilyam Petti (1623-1687yy.) Romsi shahrida tug'ilgan, Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisidir. Ko'pchilik bu olimning iqtisodiyot fani sohasidagi faoliyatiga yuksak baho berib, uni buyuk va takrorlanmas iqtisodchi-tadqiqotchi deb baholagan edi. V.Petti favqulodda har tomonlama va yuksak bilimli inson bo'lgan. U mayda hunarmand-matochi oilasida tug'ildi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida medisina sohasida tahsil ko'rdi. U juda keng qobiliyatli talaba bo'lgan, 1647 yilda nusxa ko'chiradigan mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649 yilda fizika doktori ilmiy darajasiga ega bo'ldi. U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi. Petti shu bilan birga yirik er egasi ham edi, u yirik ingliz lendlordlar (yirik er egasi) sulolasining asoschisi bo'lib qoldi. 1652 yilda Kromvel hukumatining topshirigiga ko'ra Irlandiyaning «er obzori» (kadastri)ni o'tkazdi.
U XVII asrdagi Angliya burjuaziya inqiloblaridan keyin kuchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi. U tadbirkorlar mulkini, ya'ni xususiy mulkni «muqaddas» va «dahlsiz» deb bildi va uni turlicha yo'llar bilan himoya qildi. Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga fizik jihatdan minimum haq to'lash va shu bilan birga yangi sinfning boyishiga yordam berishni qo'lladi. U mehnatning kapital tomonidan ekspluatasiyasini yoqlab chiqdi.
Xuddi shuningdek, Angliyaning mustamlakachilik siyosatini ham qonuniy deb hisobladi. V.Petti kapitalga soliq

Yüklə 52,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə