5-mavzu: angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakllanishi reja



Yüklə 52,73 Kb.
səhifə3/7
tarix30.12.2023
ölçüsü52,73 Kb.
#164175
1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakl-fayllar.org

V. Petti solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin edi. Shu bilan birga u mehnatkashlarning daromadlaridan soliq olish tarafdori edi. U iqtisodiy muammolarga bag'ishlangan «Soliqlar va yig'imlar to'g'risida risola» (1662y.), «So'z donishmandlarga» (1665y.), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672y.), «Siyosiy arifmetika» (1683y.) va boshqa shu kabi asarlarni yozdi.
V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o'rin oladi (Mak-Kulloxning 1845 yilda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o'rganishda yangi usulni qo'lladi, ko'rinib turgan voqealarni sharxlashdan ularning mohiyatini tahlil etishga o'tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi muammolarini tahlil etishdir. Uning fikricha, boylik paydo bo'lishi va ko'payishi faqat moddiy ne'matlar yaratish sohasida ro'y beradi, bu jarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo'ladi.
Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo'lishiga qaramasdan (bu masalan, er bahosini talqin etishda ko'rinadi), davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvini qisman qo'llaydi (mamlakatdagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin iqtisodiyot (laisser faire) prinsiplarini qo'llaydi va merkantilistlardan farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo'lgan. U o'z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan foydalaniladi:
  • muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta'siri inkor etiladi;


  • pul va tovar bozorlarining o'zaro bog'liqligi ko'zda tutilmaydi;


  • tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) paydo bo'lish tabiatida xarajatlar xarakteristikasi (sabab-oqibat prinsipi) qo'llaniladi;


  • ish haqini ishchi mehnati bahosi sifatida talqin etish, oqibatda erkin raqobat sharoitida ish haqining minimal bo'lishi va boshqalar.


U iqtisodiy jarayonlarga xos ichki qonuniy aloqalar va ularning sababiy munosabatlarini ko'rsatishga intildi. Uni «faqat tabiatda ko'rinarli asosga ega bo'lgan sabablargina» qiziqtirar edi. Petti iqtisodiyotga tabiatshunoslikda qo'llaniladigan usulni kiritib, shu bilan birga iqtisodiy tahlilning statistik usulidan ham keng foydalandi.


V.Pettining dastlabki asarlarida merkantilistlarning ta'siri ancha kuchli bo'lgan, ammo keyingi «Pul to'g'risida bir necha ogiz so'z» (1682y.) kitobida u merkantilizmdan butunlay voz kechdi. Boshida u faol (aktiv) savdo siyosatini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qo'lladi, ammo bu ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam berishi kerak, degan fikrda bo'lgan. U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu hayotning abadiy va o'zgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan qisqacha xulosalarga keldi. «Ba'zi odamlarning boshqasidan ko'proq qashshoqligi doim bo'lgan va doim bo'ladi» degan edi u. Ammo Petti ortiqcha zeb-ziynatga berilishdan tiyilish zarur deb bilgan.
Merkantilizm nuqtai nazaridan amaliy, aniq masalalarni echish borasida u o'z asarlarida bo'layotgan voqealarni ta'riflashga ko'proq o'rin bergan. Ammo iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish davomida hodisalarning ichki mohiyatiga kirib bordi, ularni izohlashga urindi, iqtisodiyotda tabiiy fan metodlarini qo'lladi, ayniqsa matematikani keng tadbiq etdi. U o'zining tadqiqotlarida ayrim odamlarning fikri, hohishi va ehtirosiga oid barcha narsalarni chetda qoldirib, iqtisodiy hodisalarning salbiy bog'liqligini ko'rsatishga intildi. Shu yo'l bilan u iqtisodiyotda ilmiy abstrakt metodni qo'llashda dastlabki qadamni qo'ydi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiy tahlilda statistik metod, yangi metodologiyani qo'llay boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, V.Petti iqtisodiy masalalarni yoritganda tabiiy fanlar, ayniqsa medisina, anatomiya (axir, V.Pettining o'zi vrach-da!) matnlari va o'xshatmalaridan ustalik bilan foydalangan. U masalani echish uchun to'g'ri yo'lni topish, «siyosiy jonivor»ning sog'ligini ta'minlash uchun faqat uning anatomiyasini o'rganish orqali hal etish mumkinligini isbotlab berdi. U merkantilistlar kabi iqtisodiy tekshirishlarni muomala sohasidagi voqealarni umumlashtirish bilan cheklash mumkin emas degan qisqacha xulosalarga keldi. U xo'jalikning asosini ishlab chiqarish jarayoni hal etadi, jamiyat boyliklari moddiy ne'matlar yaratish davomida yuzaga keladi, deydi. Savdogarchilikni unumsiz kasblar qatoriga ko'shadi. Pettining fikricha, ular hech qanday mahsulot tayyorlamaydilar va faqat qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini xuddi insondagi vena va arteriyalarga o'xshab jamiyat tanasidagi qon to'yintiruvchi sharbatlarni taqsimlagandek taqsimlaydilar. Ishlab chiqarishni xo'jalikning asosi sifatida o'rganib, bahoning tabiatini, ish haqi va er rentasi, er bahosi miqdorini belgilovchi sabablarni aniqlashga intildi. V.Pettining pulga bo'lgan munosabatini ko'rib chiqadigan bo'lsak, u qimmatbaho metall va toshlarni boshqa tovarlarga solishtirib, ular aynimaydi va o'zgarmaydi, har erda va har qachon boylik sifatida saqlanadi, degan. Shu sababli bunday tovarlarni ishlab chiqarish va savdo qilish kerak, chunki bu boshqa ishlab chiqarish va savdodan qulayroqdir. Shu bilan birga olim har qanday yo'l bilan oltin va kumush, ya'ni pul to'lashga qarshi edi.
1682 yilda yozilgan «Pul to'g'risida bir necha ogiz so'z» kitobi 32 ta savol va javob tariqasida Angliyada pul chaqasini qaytadan zarb etish masalasiga bag'ishlangan. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining ustuni edi. Unda Petti merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi. Pulning qiymati ham boshqa tovar kabi sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaho metallni qazib olishga ketgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. Eng muhim masala, bu mamlakatdagi pulning miqdori, ya'ni oborotdagi pul masalasi edi.
Muomaladagi pulning miqdori tovar-to'lov oborotlari yoki oxir-oqibatda realizasiya qilinayotgan tovarlar, ularning bahosi (to'g'ri proporsiya) va pulning muomala chastotasi (teskari proporsiya) bilan aniqlanadi. O'sha davrda qimmatli metallardan qilinadigan chaqa pullar bank tomonidan chiqariladigan qog'oz pullar bilan (ma'lum chegarada) almashtirilishi mumkin degan to'g'ri qisqacha xulosalar chiqariladi.
Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog'ga o'xshaydi, chunki yog'ning ortig'i ham, kami ham ziyondir, ya'ni uning me'yorda bo'lgani yaxshi (uning vrachligini eslang).
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e'tibor berdi, bu aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq bo'lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni davolaganda iloji boricha sun'iy dorilardan kamroq foydalangani, ko'proq ob'ektiv omillarni ishlatgani ma'qul (davlat aralashuvi zarur holda va me'yorda bo'lgani yaxshi).
V.Petti o'zining tabiiy baho to'g'risidagi ta'limotida qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi (belgisi) sifatida qaraladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta'sirida o'zgarib turuvchi bozor bahosi («siyosiy baho») ga tabiiy bahoni (qiymat deb bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng bo'lishi kerak. Chunki u mehnat miqdori bilan o'lchanadi. U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi sarflangan mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya'ni non kumushga almashtirilganda almashuv proporsiyasi asosida shu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak qiymat mehnat bilan aniqlanadi. Undan tashqari, tovarning qiymati kumushni qazib olishdagi mehnat unumdorligiga to'g'ri proporsionaldir, sarf-xarajat usuli qo'llaniladi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini ta'rifladi. Bu olimning katta ilmiy xizmatidir. Ammo Petti qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboradi va almashuv qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda bo'lsa, shunday, ya'ni pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita manbai sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko'rinishini, oltin va kumush qazishdagi mehnat (ya'ni pul materiali)ni ko'rgan, xolos. Uningcha, tarmoqlardagi ishlab chiqarilgan mehnat mahsulotlarining qiymati shu mahsulotlarni nodir metallarga almashuvi natijasida aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu erda ham saqlangan (kamchiligi). U abstrakt mehnat bilan konkret mehnatni farqlamaydi. Unda qiymat bilan iste'mol qiymati tushunchalari o'rtasida aniq farq ko'rinmaydi, ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat iste'mol qiymatini yaratsa, abstrakt mehnat umumiy qiymatni yaratadi.
Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmatbaho metall va toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi erlar, uylar, kemalar, tovarlar hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi.
Mamlakat boyligini oshirish uchun odamlarni qamqxonalarga tashlash emas, pullik jarimalar kiritish kerak deydi. Yirik o'g'rilarni esa «qullik»ka sotib, ishlatish zarur. Shu bilan birga pulning jamiyatdagi roli to'g'ri talqin etilmagan (savdogarlarni qisqartirish taklif etiladi).
«Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol prinsipidir, er esa uning onasidir» degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir. Bu g'oyaning shunisi to'g'riki, mehnat boylikning yakkayu-yagona manbai emas, chunki gap moddiy boylik, iste'mol qiymatlari hosil qilish ustida borganda faqat mehnat emas, balki tabiat ham ishtirok etadi, ammo to'g'ri qoida tovarning qiymatiga ham xato ravishda noo'rin qo'llaniladi. Shunday qilib, V.Petti o'zining qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshi o'laroq, qiymat manbai sifatida mehnat bilan birga tabiatni ham qabul qilishni talab etadi. Buning sababi shuki, u iste'mol qiymati manbai sifatida ham, qiymat manbai sifatida ham bir xil gavdalangan.
Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to'g'risidagi nazariyalar bevosita bir-biriga bog'liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo, T.Maltus) klassik maktab vakillari kabi, ish kuchini emas, balki mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ish kuchi ham tovardir).
V.Petti mehnatni tahlil etishga kirishadi. Har bir konkret mehnat aniq narsani (baxt-saodatni), iste'mol qiymatini yaratadi. Qiymat ikki qismdan iborat:

Yüklə 52,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə