Mavzu: Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi. Reja



Yüklə 28,25 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü28,25 Kb.
#166285
(2 Nusxa) Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi.


Mavzu: Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi.
Reja:


  1. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining asosiy mohiyati.

  2. Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.

  3. V.Petti – Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi.

  4. XVII-XVIII asrlarda Fransiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining xususiyatlari va uni P.Buagilberg qarashlarida aks etishi. 5.Fiziokratizm. F.Kene va A.Tyurgoning iqtisodiy bilimlari.

XV asr oxiri -XV11 asrlar davomida yangi iqtisodiy bilimlar merkantilizm va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha milliy - xalq boyligi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk Merkantilizm yoki Monetarizm (ya’ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo‘ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaxo javoxirlardan iborat bo‘ladi, degan g‘oya ilgari suriladi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq -ko‘proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targib qilingan. 2. Rivojlangan Merkantilizm ta’limotida boylik savdo-sotiq sohasidagi savdo balansi asosida yuzaga keladi, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g‘oyalari ilgari surilgan. Merkantilizm ayrim mamalakatlardagi ko‘rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma’lum. Bu ta’limot yangi tugilayotgan jamiyat-kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo‘ldi. Kapitalning dastlabki jamgarilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo‘llab-quvvatladi, tovar muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizmda davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etish shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi.


Menkantalizm tarixan cheklangan bo‘lsa ham (u XVIII asrda to‘g‘ri va qattiq tanqidga uchradi). Iqtisodiy bilimlar tarixida munosib o‘rinni egallaydi. Lekin bu ta’limot va unga asoslangan siyosatni to‘la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon lo tajribasidan ma’lum. Menkantalizm moliya tizimi va savdo rivojiga muxim xissa qo‘shdi.
XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoy iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (burjua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar isloxat, dexqonlarning chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy-tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar tufayli).
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g‘oya merkantilizdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javoxir, oltin, kumush, pul, savdosi) da vujudga keladi deb qaralgan bo‘lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi.
V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni ximoya qildi. Xususiy mulkni "Mukaddas" va "Daxlsiz" deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarn ya’ni abstrakt usullarni qo‘llab, xar bir masalaning ichki bog‘liqligiga asosiy e’tiborni qaratdi.
Matematik va statistik usullardan keng foydalaniladi.
V.Petti «Tabiiy baxo», «(qiymat)», «Siyosiy baxo» tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mexnat miqdori bilan ulchanishi g‘oyasiga, ya’ni qiymatning mexnat nazariyasiga asos soldi.
"Mexnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushungan.
Ish xaqini ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo‘lgan jismoniy minimum, ya’ni "Yashash, mexnat qilish va ko‘paytirish" uchun kerakli darajada to‘lansa, bas, degan g‘oyani ilgari surdi.
Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarni soliq to‘lashlarini zarur deb bildi.
Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri xal etdi, ya’ni pul miqdori ishlab chiqarilgan maxsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish aborotiga esa teskari proporsionalligini anikladi. Pulning meyorida bo‘lishini qo‘llab quvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chikdi. Ish xaqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (er baxosini to‘g‘ri xal etmadi).
Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, anikrogi demografik statistika faniga asos soldi (axoli boyligi asosiy masalasini to‘g‘ri kuydi). Milliy daromad masalasini kuydi va uni qisman xal etdi.
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vaqili p.buagilber ham muxim g‘oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat axvoli angliyanikidan ancha katta farq qiladi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar V.Petti ko‘proq sanoat va savdoni qullagan bo‘lsa, buagilber asosan qishloq xo‘jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muxim xulosalarini chiqardi. Qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushindi.
"Proporsional baxolar" tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baxolarni qulladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inkrozini to‘g‘ri tushuntirib berdi. Pulga salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlarni yovyzlik sababi deb bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatladi, sanoat va savdoga kam e’tibor berdi. Buagilberning iqtisodiy isloxotlari bo‘yicha takliflari o‘z davri uchun nixoyatda ahamiyatlidir.
XVIII asrning o‘rtalarida Fransiyada iqtisodiy bilimlar tarixida fiziokratizm yo‘nalishi yuzaga keldi. Bu ta’limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy, butun zanjirning ajralmas qismi sifatida muxim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vaqillari F.Kene, A. Tyurgo mamlakatdagi usha davr iqtisodiy xolatini xar tomonlama taxlil etib iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘yicha kimmatli fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni ximoya qilgan xolda avvalo Merkantilizmdan vos kechib, boylikning asosiy manbai mexnat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. "Tabiiy tartib" konsepsiyasi asosida "Unumli mexnat" "Sof maxsulot", kapital to‘g‘risidagi bilimlar ilgari surildi.
Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baxolar, erkin raqobat davlatning iqtisodga kam aralashuvi "Tabiiy xol" deb tan olindi. Ularning fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo‘lib, xatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin etiladi. Shundan dexqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto‘g‘ri fikrning paydo bo‘lishi

Fransiyaning usha davrdagi axvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir.


Kapital tushunchaning kiritilishi va uning boshlangish va yillik bunak kabi ikki qismga bo‘linishi iqtisodiyot tarixida muxim kadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g‘oyalari ham kelib chikadi.
F.Kenening asosiy "Iqtisodiy jadval" asarida jamiyatdagi sinflar masalasi ko‘tariladi, ammo bunda ba’zi kamchiliklar bor, uni A. Tyurgo rivojlantirib, usha davr uchun to‘g‘ri xulosalar chiqardi. Takror (uzliksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy maxsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga kuyildi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayor maxsulotning aylanish tamoyillari ko‘rsatiladi, bu usha davr uchun katta kashfiet edi.
Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taksimotning anik proporsiyalari bo‘lishi zarurligi kayd etiladi, ma’lumki bu tamoyil xozirgi davrda ham muxim.
Olim va davlat arbobi A. Tyurgoning iqtisodiy g‘oyalari ancha mukammal bo‘lib usha davrdagi jamiyat va iqtisodiyatdagi jarayonlarni ancha izchil taxlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e’tirof etiladi. Bu xulosa to‘g‘ri xulosadir. A. Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo‘shimcha maxsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal xal etadi, sanoat, ssuda va kapital xaqida fikr yuritadi. Lekin oxir oqibatda fizokratizm kobigidan chika olmaydi, qo‘shimcha maxsulotning asosiy maxsulotining asosiy shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A. Tyurgo davlat chinovnigi, anikrogi moliya vazirligi sifatida ham bir qancha iqtisodiy isloxotlarni utqazishga erishdi. Ammo mamlakatdagi ijtimoy tuzum bu isloxatlarga tusik edi. Xozirgi davr tili bilan aytganda, fiziqatorlar sof bozor munosabatlarini qo‘lladilar, ammo ularning g‘oyasi asosan qishloq xo‘jaligi bilan cheklab kuyildi, barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan xal etildi.
VIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o’zgarishlar ro’y berayotgan edi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo’jaligi va tez o’sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo’lib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari – lendlordlar va fermerlar bor edi. Kapitalning dastlabki jamg’arilishi natijasida hosil bo’lgan pul kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, noekvivalent savdo, qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi va h.) tobora ko’p miqdorda sanoat va qishloq xo’jaligiga qo’yila boshladi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko’paydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda og’ir bo’lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi. Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlkatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, qonunlar davr talabiga javob bermay qo’ydi, ularning borligi kapitalizm rivojiga to’sqinlik kilar edi.
Adam Smit (1723-1790) klassik siyosiy iqtisodning atoqli namoyandasidir. Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan 1776yili Angliyada zamonamizning eng muhim kitoblaridanbiri Shotlandiyalik buyuk iqtisodchi Adam Smitning «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» asari nashr etildi. Bu asar zamonaviy iqtisodiy fanning boshlanishi hisoblanadi. Shu kitob uning muallifi Adam Smitni «iqtisodiyot otasi» unvoniga sazovar etdi. Smitning nuqtai nazaridan millatning boyligi faqat qishloq xo’jaligi jarayonida emas, umuman ishlab chiqarish jarayonida vujudga keltiriladi. Ishlab chiqarilgan ne‘matlar miqdori inson mehnatining boshqa ishlab chiqarish omillari bilan birlashuvidan tashkil topadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarni umumlashtirdi va sistemaga tushurdi. Buning natijasida xo’jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi. A.Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo’lib,

1-da – qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi;


2-da – kapital jamg’arilishi va uning shakllari;
3-da –kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari; 4-da – merkantilizm va fiziokratlarning ta‘limotiga munosabati; 5-da – davlat moliya tizimi tadqiq etilgan.
A.Smitni tadqiqotining predmetini – jamiyatni iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy turmush darajasini oshirish muammolari tashkil etadi.
Boylikni ko’paytirish omillari
Boylikning manbai mehnat va undagi mehnat taqsimoti hisoblanadi. Muallif bu tezisni to’g’nog’ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab beradi.
Ustaxonada 10 kishi ishlaydi. Ular o’rtasida mehnat shunday taqsimlangan: 1- simni tortadi, 2 – uni to’g’rilaydi, 3 – kesadi, 4 – uchini o’tkirlaydi, va h. Bir kunda bu 10 kishi 48.000 to’g’nog’ich, ya‘ni har bir kishi 4.800 donadan mahsulot ishlab chiqaradi. Agar ular bir-birlariga bog’liq bo’lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi 1 kunda 20dan ko’p to’g’nog’ich tayyorlay olmagan bo’lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko’proq oshgan (4800/20).
A.Smitning fikriga ko’ra mehnat taqsimoti- milliy mahsulot yaratish jarayonida odamlar o’rtasidagi hamkorlik shaklidir. Shu borada olim qo’yidagi fikrlarni ilgari surdi:
Ixtisoslashuv tufayli kishilarning chaqqonligi ortadi;
Ular vaqtni tejaydilar, chunki bir ish turidan boshqasiga o’tishga hojat bo’lmaydi;
Ishchilar o’z faoliyatlarini takomillashtiradilar;
Ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Demak, A.Smit fikriga ko’ra jamiyatdagi boylikning asosiy manbai barcha mehnat jarayonida qatnashganlarning faoliyati natijasida vujudga keladi va mehnat taqsimoti orqali ortib boradi. Ammo u faqat moddiy narsalarni yaratish va o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan mehnatni unumli mehnatga kiritgan. Bunga o’qituvchilarning, yuristlarning, harbiylarning, ma‘muriyatning, yozuvchilarning va shu kabilarning ko’rsatayotgan xizmatlarini unumsiz deb topgan.
Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda qishloq xo’jaligi sohasining ustunligi g’oyasidan qutula olmagan. U hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari mehnatiga nisbatan kam unumli bo’ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki yer egalariga tabiat «yordam» beradi va «dehqonchilikka qo’yilgan kapital haqiqiy boylikka va daromadga ancha ko’p qiymat qo’shadi». Bunda A.Smitning ta‘kidlashicha, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari bahosi pasayib borish tendensiyasiga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bahosi esa o’sish tendensiyasiga ega. A.Smit kapitaldan keladigan daromad sifatidagi foizni inkor etadi, foydani esa tadbirkorlik riski (tavakkalchiligi) kompensatsiyasi va boshqaruv uchun to’lov sifatida ko’rsatib beradi. Shuningdek, u boylikni ko’paytirishda pulning roliga alohida urg’u berib o’tadi. Jumladan, u shunday deydi, «jamiyat uchun natural ayirboshlashdan ko’ra, pulli ayirboshlash foydali bo’ladi». Odamlarning jamg’armaga bo’lgan tabiiy intilishlari, jamiyatga o’z kapitalini ko’paytirish imkonini beradi, negaki jamg’arma investitsiyaning zaruriy sharti hisoblanadi. Kapitalning o’sishi – millat boyligini ko’paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omilidir: kapital qancha ko’p bo’lsa, ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi. Asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo’rin sarf-harajatlar tanqid qilinadi, kapitalni isrof qilish, ya‘ni harajatlarning daromaddan ortiqcha bo’lishiga qarshi bo’lgan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi
A.Smit ta‘limotidagi asosiy g’oya – bu iqtisodiy liberalizm g’oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g’oyasi, erkin raqobat asosida tashkil
topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o’zini o’zi boshqarish g’oyasidir. Uning tushunchasi bo’yicha, jamiyatda qachon shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya‘ni qachonki jamiyat manfaatlari uning a‘zolari manfaatlarining yig’indisi deb qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko’proq ta‘sir ko’rsatadi. Odamlarning o’z moddiy ahvolini yaxshilashga bo’lgan tabiiy intilishi – bu shunday kuchli omilki, agar uning amal qilishiga xalaqit berilmasa, deydi u, unda u o’z-o’zidan jamiyatni farovonlikka olib kelishga qodir.
U monomorliyalarga qarshi chiqqan. Raqobat qancha kuchli bo’lsa, monopolizm ehtimoli shuncha kam bo’ladideb hisoblaydi. Davlat erkin raqobatzga aralashmasa, erkin raqobat cheklanmasa u do’nyoning rivojlanishiga olib keladi.
A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo’lib iqtisodiyotga ob‘ektiv, odamlarning irodasiga bog’liq bo’lmagan tizim sifatida qaraydi. Har bir rivojlangan mamlakatda juda kuchli, inkor etib bo’lmaydigan iqtisodiy qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonular amal qilishining muqarrar sharti, A.Smit tushunchasiga ko’ra, erkin raqobat hisoblanadi. Olim iqtisodiyotda davlat sektori samarasizligini ko’rsatib o’tadi. U hukumatga qo’yidagicha ta‘rif beradi: « Davlat birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o’zgalar pulini esa hamisha o’zingnikidan ko’ra behuda sarflaysan». U davlatning faqat 3 funksiyasini tan oladi:

  1. Mamlakat xavfsizligini ta‘minlash,

  2. Adolatli sud qilish,

  3. Jamiyat uchun zarur bo’lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta‘minlash.


Adabiyotlar
1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston, 1998.
2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000.
3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001.
4. Blaug M. Ekonomicheskie misli v retrospektive. M., delo, LTD,
Yüklə 28,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə