5-mavzu: angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakllanishi reja


) iste'mol qiymati, 2) almashuv qiymati



Yüklə 52,73 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü52,73 Kb.
#164175
1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu angliya va fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakl-fayllar.org

1) iste'mol qiymati, 2) almashuv qiymati - mahsulot almashsa yoki sotilsa yuzaga chiqadi. Masalan, dehqon mehnatida shunday umumiylik borki, unga ko'ra barcha mehnatlarni bir-biri bilan solishtirish (chog'ishtirish) mumkin, narsalar (baxt-saodat) - tovarlarni almashuv qiymati bilan, ish vaqtini sarflash, umuman ishchilarning unumli energiya sarflashi bilan aniqlash mumkin. Bundan abstrakt mehnat tushunchasi kelib chiqadi va buni birinchilardan bo'lib V.Petti tushuna boshladi. U mehnatning tabiiy bahosini ish haqi deb biladi va uning miqdorini aniqlashni o'zining vazifasi qilib qo'yadi. O'sha davrda Angliyada ish haqi qonun bilan tartibga solingan, uning eng yuqori pog'onasi ishchilarning hayoti uchun zarur bo'lgan jismoniy minimum mablag'lardan iborat edi (sog'lom odamning kunlik o'rtacha ovqati). Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko'payish uchun» kerakli narsani olsa bas, degan qisqacha xulosalarga keladi. Bu holatni V.Petti nazariy jihatdan isbotlamoqchi bo'ldi. U o'yladiki, agar ishchilarga ko'rsatilgan minimumdan masalan ikki hissa ko'p haq to'lansa, ular ikki marta kamroq ishlaydilar.
Tirikchilik uchun zarur mablag'lar nazariyasi xato bo'lib, avvalo ishchi kuchi qiymatiga kiruvchi tarixiy va ahloqiy elementlarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga bu nazariyaning ijobiy tomoni ham mavjud bo'lib, ishchilar o'zlari yaratgan qiymatning faqat bir qismini (tiriklik uchun kerakli minimum mablag'ni) olayotgani ma'lum bo'lib qoldi. Mehnat tufayli yuzaga kelgan qiymatning boshqa qismi esa qo'shimcha mehnat natijasi sifatida namoyon bo'ladi, bu qo'shimcha qiymat uningcha rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlarga salbiy munosabatda bo'ldi, xuddi shuningdek u sotuvchilar sonini ham keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va er egalarining daromadlarini belgilash uchun umumiy bo'lgan «Renta» tushunchasi kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir eslang). Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo'shimcha mahsulotga teng. Pul holidagi renta qo'shimcha mahsulotning kumush miqdoriga teng qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo'q, renta barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli renta to'g'risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin renta (qo'shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat natijasi ekanligini aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki, unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, deydi u, bir bushel (36.4 kg) bug'doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi er rentasiga, 40 pensi er egasining ish haqi sifatida berilsa va ish haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko'tarilsa, er egasining 1 bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, er rentasi esa 20 dan 15 pensga (ya'ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to'g'risida ham muhim va qiziqarli fikrlarni beradi (umuman, renta absolyut va differensial bo'ladi). Differensial rentaning kelib chiqishini u er uchastkalarining turlicha joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya'ni bozorga uzoq-yaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini ham aniqlab, erning tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini ko'rsatgan (o'zbek xalqida ham «Erdan erning farqi bor, etmish ikki xil narxi bor», degan yaxshi makol bor). Olimlarning fikricha, V.Petti differensial rentani Adam Smitdan ham yaxshi bayon etgan.
Absolyut renta haqida gap borganda shuni aytish kerakki, bu renta erga xususiy mulkchilik bo'lganda namoyon bo'ladi. V.Petti er bahosi masalasini juda qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan. Uning fikricha, erni sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo'lga kiritgan shaxsdir. Shu sababli erning bahosi bir yillik rentani ma'lum bir songa ko'paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala shunda bo'lib, uni tanlash talab etiladi. Xo'sh, u nima bo'lishi mumkin?
V.Petti bu savolga javoban shunday deydi: er sotib oluvchi o'zi va o'ziga yaqin avlod-ajdodlarining manfaatlarini e'tiborga olib ish yuritadi. Uningcha, odatda uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashaydilar: buva (50 yosh), o'g'il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch avlodning hamkorlik davrida yashagan yillar rentasi yig'indisini er bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng ekanligini aniqlaydi. Demak, erning bahosi shuncha bir yillik rentalar yig'indisiga teng, degan qisqacha xulosalar chiqariladi.
V.Petti yerni sotib oluvchi uchun yer yillik daromad manbai ekanligini tushungan. Shunga muvofiq u yerning bahosi shunday summaga teng bo'lishi kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini beradigan bo'lishi kerak, deb to'g'ri hisoblagan. Amalda yerning bahosini kapitallashgan rentadek hisoblash orqali V.Petti masalaning mohiyatini to'la va to'g'ri tushungan.
Ammo erning bahosi masalasi hali to'la hal etilmadi, chunki erning bahosi ikki omilga bog'liq: 1) yer rentasining miqdori, 2) prosent (foiz) darajasi. V.Petti esa yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini er bahosidan chiqargan. Bu qiyin ahvoldan chiqish uchun u er bahosi rentaning 21 ga ko'paytirilganiga teng deb hisoblagan (uch avlod - buva, ota va nevara birgalikda 21 yil yashaydilar va erdan birga foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Erning asl bahosi masalasini boshqa olimlar to'g'ri hal etdilar.
V.Pettining «Siyosiy arifmetika» asari to'la ravishda uning vafotidan keyin bosilib chiqdi (kitob uning o'g'li lord Shelbern tomonidan nashr etilgan). Buning sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog'ishtiruvchi ma'lumotlar bor edi. Bu asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu davrda hali bu tushunchaning o'zi yo'q edi («statistika» so'zi XVIII asr oxirida paydo bo'ldi).
V.Petti birinchilardan bo'lib davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini ko'tardi va ma'lumot to'plashning ayrim yo'nalishlarini belgilab berdi. Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi, yoshi va kasbi hamda boshqa ma'lumotlar muhimdir. Iqtisodiy ko'rsatkichlardan asosiy tovarlarning ishlab chiqilishi va iste'moli, aholi daromadi, boylik taqsimoti haqidagi ma'lumotlar kerakli hisoblangan. Pettining kuzatishlaricha, mamlakatda faqat soliq va tashki savdo bo'yicha ayrim ma'lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap ochilar ekan, Petti «avval hisoblab ko'rish kerak» degan fikrni aytishni yaxshi ko'rar edi. Statistika bilan shug'ullanganligi tufayli ma'lum ma'noda «rejalashtirish» masalalari ham ko'tarilgan. Masalan, u «ishchilar kuchi balansi» bilan shug'ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat kerak, demak, oliy o'quv yurtlariga yiligi shuncha talaba qabul qilish kerak, degan hisob-kitoblarni keltirar edi. Odatda u Angliya va Fransiyaning iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq ekanligini aniq faktlar bilan ko'rsatishga intilgan.
«Siyosiy arifmetika» kitobining mukaddimasida u o'z uslubining yangi ekanligini ta'kidlab, qiyosiy (ozroq, ko'proq, yaxshiroq, yomonroq) ko'rsatkichlardan aniq statistik raqamlar - son, og'irlik bilan boshqa o'lchovlar tiliga o'tish kerakligini aytadi. U milliy daromad, milliy boylik haqida gapiradi va Angliyaning milliy boyligini hisoblab chiqadi (ma'lumki, bu ko'rsatkichlar hozirgi kunda juda muhim ko'rsatkich hisoblanadi). Masalan, u Angliyaning moddiy boyligini 250 million funt sterling deb baholaydi, ammo aholining 417 million funt sterling pulini ham shunga qo'shish kerak, deydi.
V.Pettining iqtisodiy ta'limoti aholining soni va tarkibidan boshlanishi nihoyatda muhimdir. Uning g'oyasi o'zidan keyingi Maltusdan keskin farq qiladi, agar Pettining fikri bo'yicha «aholi - boylikning asosi» bo'lsa, Maltusda aholining tez o'sishi kambag'allikning asosidir. V.Petti Angliyaning milliy daromadini ham hisoblab chiqdi. Uning hisobiga ko'ra, Angliyaning pul shaklidagi boyligi barcha boylikning faqat 3% teng ekan. Xuddi shundan hozirgi davrning milliy hisob schetlari yuzaga keldi, unga qarab ishlab chiqarish hajmini, bu boylikning aholi o'rtasida taqsimotini (iste'mol, jamg'arma, eksport, aholi, asosiy sinflar, guruhlar daromadi) va boshqalarni bilib olish mumkin. Albatta, hozirgi davr bilan solishtirganda bu hisob-kitoblarda jiddiy uslubiy xatoliklar bor edi. Masalan, u milliy daromadni aholining iste'mol sarflari yig'indisi deb bilgan, ya'ni jamg'arma, bino, qurilish, asbob-uskuna, erni yaxshilashga ketgan kapital qo'yilmalar hisobga olinmasa ham bo'laveradi, deb noto'g'ri o'ylagan. Ammo XVII asrdagi Angliya uchun bunday yo'l ancha realistik edi, chunki jamg'arma normasi past bo'lgan, Angliyaning moddiy boyligi nisbatan sekin o'sayotgan edi. Sal keyinroq V.Pettining bu xatolari uning izdoshi Gregori King tomonidan to'g'rilandi va XVII asr oxiridagi Angliya milliy daromadi nihoyatda to'g'ri hisoblab chiqildi.
E'tibor berib qaraydigan bo'lsak, V.Pettining so'nggi asarlari ko'proq aholi, uning o'sishi, joylashuvi va ish bilan bandligi masalalariga bag'ishlangan. V.Petti zamondoshi va do'sti, mayda savdogar Jon Graund bilan birgalikda demografik statistika faniga asos soldi. 1662 yildan boshlab Angliya aholi sonining umumiy soni, tug'ilish, o'lim va tabiiy o'sish masalalari bo'yicha kitoblar yuzaga kela boshladi.



Yüklə 52,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə