Sanoat portlashlarning tasnifi. Portlash vaqtida



Yüklə 26,76 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü26,76 Kb.
#131696
  1   2   3
Sanoat portlashlarning tasnifi. Portlash vaqtida-fayllar.org



SANOAT PORTLASHLARNING TASNIFI. PORTLASH VAQTIDA 
PORTLOVCHI MODDANING BIR TURDAN BOSHQA TURGA O’TISHI 
VA PORTLASHNING BAJARGAN ISHI. 
Reja
Kirish
1.Portlash vaqtida portlovchi moddaning bir turdan boshqa turga o’tish shakli. 
2. Portlashning bajargan ishi. 
3. Boshlang’ich impuls 
Xulosa
Foydalangan adabiyot

 

Kirish
Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir.
SANOAT, industriya – xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi. 20-asrning 80yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoati; qurilish materiallari Sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoati; oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati; mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot Sanoati; poligrafiya Sanoat Boʻ sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida – ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.
Portlashlar tabiatiga ko’ra 3 xil bo’ladi: fizik, kimyoviy va yadroviy portlashlar.
Fizik portlashlarda moddalarning fizik holati o’zgaradi lekin kimyoviy
tarkibi o’zgarmas bo’ladi. Fizik portlashlarga bug’ qozonlarining portlashi, shar,
balon, koptoklar portlashi ham misol bo’ladi.
Kimyoviy portlashlarda esa moddalarning kimyoviy tarkibi katta tezlikda
o’zgarishi kuzatilib, natijada gazlar yoki bug’lar hosil bo’ladi, hamda issiqlik
ajralib chiqadi. Kimyoviy portlashlarni portlovchi modda tarkibidagi yonuvchi
elementlarining oksidlanish reaksiyasi ko’rinishida tasavvur qilish mumkin.
Kimyoviy portlashlarga har qanday portlovchi moddaning portlashi, metan yoki
ko’mir changining portlashini misol qilish mumkin.
Yadroviy portlashlarga yadro bo’linishi natijasida yangi elementlar hosil
bo’lishining zanjir reaksiyasi kuzatiladi.
Yadroviy va termoyadroviy portlashlarda kimyoviy portlashlarga nisbatan
millionlab marta ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Kimyoviy portlashlarda
odatda 1kg portlovchi modda zaryadi portlaganda o’rtacha 10
3 kkal issiqlik ajralib chiqadi. Yadroviy portlashlarda bu ko’rsatkich 1,6-10
10 kkal, termoyadroviy portlashlarda esa o’rtacha 10 11
kkal ni tashkil etadi.



Yüklə 26,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə