9-ma’ruza. Sanoat portlovchi materiallarini tashish va yo’q qilish. Portlovchi materiallarni tashib keltirishning umumiy tartibi



Yüklə 40,08 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü40,08 Kb.
#142169
  1   2   3   4   5   6   7
9-ma\'ruza


9-MA’RUZA. SANOAT PORTLOVCHI MATERIALLARINI TASHISH VA YO’Q QILISH.


Portlovchi materiallarni tashib keltirishning umumiy tartibi.
Bizga ma’lumki portlovchi materiallar saqlash va tashishda xavflilik darajasi bo’yicha quyidagi besh guruhga bo’linadi:
I – Tarkibida suyuq nitroefirlar miqdori 15% dan ko’p bo’lgan portlovchi moddalar, flegmatizatsiyalanmagan geksogen, tetril;
II – ammiak selitrali portlovchi moddalar, trotil va uning boshqa nitro birikmamalar bilan qorishmalari, tarkibida suyuq nitroefirlar miqdori 15% dan kam bo’lgan portlovchi moddalar, flegmatizatsiyalangan geksogen, DSH;
III – tutovchi va tutamaydigan porox;
IV – detonatorlar, detonatsiya relelari, QSDSH;
V – portlatgich o’rnatilgan perforator zaryadlari va snaryadlari.
Alohida guruhlarga kiruvchi portlovchi materiallar alohida saqlanishi va alohida tashilishi shart. Ayrim hollarda faqatgina bosh muhandis yoki portlatish ishlari rahbarining ruxsati bilan portlatish vositalari va portlovchi moddalarni portlatish ishlari bajariladigan joyga yoki bozis omboridan sarflovchi omborga hayvonlarga qo’shilgan aravalar, avtomobil, gajavali mototsikllar, kuzovli motoroller, qayiq va katerlarda birgalikda tashish mumkin.
Bunda portlovchi materiallar miqdoriga quyidagi cheklovlar qo’yiladi: portlovchi modda- 1500 кg;
detonatorlar 6000 dona;
DSH 1200 m;
OSH 6000 m;
tutab-yonuvchi plig, OSHlar guruhini yondiruvchi patron va elektr alangalantirgichlar – cheklanmagan.
Shuningdek OSH, uni yondirish vositalari, yondiruvchi patronlar hamda elektr alangalantirgichlarni II, III va IV guruh portlovchi materiallari bilan birgalikda saqlash va tashish mumkin. DSHni detonatorlar bilan birgalikda saqlashga ruxsat etiladi.
Portlovchi materiallar bilan har qanday operatsiya bajarilganda (muomalada bo’lganda) ham maksimal ehtiyotkorlikga rioya qilish kerak: Portlovchi materiallarni zarba va turtkilardan asrash lozim; shuningdek portlovchi materiallar joylashtirilgan qutilar (yashiklar)ni sudrash, balandlikdan (masalan qo’ldan) tashlab yoki tushirib yuborish va urib ko’rish ta’qiqlanadi.
Portlovchi materiallar bilan ishlashda portlovchi material joylashgan joydan 100 m masofada chekish, ochiq olovdan foydalanish ta’qiqlanadi. Olov chiqaruvchi moslamalar, gugurt va boshqa yondirish vositalarini o’zi bilan olib yurish ta’qiqlanadi. Istesno tarzida ish jarayonida (olovli usulda portlatishda, OSHni sinashda) OSHni yoqishni amalga oshiruvchi portlatuvchi, laborant va boshqa shaxslarga gugurt va boshqa yondiruvchi vositalarni olib yurishga ruxsat etiladi.
Tarkibida suyuq nitroefirlar miqdori 15% dan ko’p bo’lgan portlovchi moddalarni muzlagan yoki yarim muzlagan holatda ombordan tarqatish va qo’llash, patron shakli butunligini buzish – sindirish, qirqish, ustki qobig’ini olib tashlash, detonator uchun o’yiqlar hosil qilish ta’qiqlanadi.
Portlovchi materiallar temir yo'l vagonlarida, suv yo'lida, havo transportida (qo'lda ko'tarib olib kelinadiganidan tashqari) tashish ichki ishlar bo'limlarining ruxsatisiz amalga oshirilishi mumkin.
Avtomobil, ot-arava transporti, yuk tashuvchi hayvonlarda ishlab chiqaruvchi zavoddan, korxona omborxonasidan turli vazirlik, boshqarma, mahkama omborxonasiga, ular joylashgan joydan qat’iy nazar, shuningdek, bir korxonaning turli viloyatlarda joylashgan bir omboridan ikkinchisiga tashib keltirish Ichki Ishlar vazirligining ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.
Portlovchi materiallarni korxona va tashkilotlarga tashib keltirish uchun ruxsatnoma shahar, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan beriladi. Bir korxona yoki tashkilotga qarashli bir omborxonadan ikkinchi omborxonaga tashib
keltirish uchun, agar ular bitta viloyat chegarasida joylashgan bo'lsa, mazkur tashkilot rahbari tomonidan berilgan naryad-nakladnoyning o'zi yetarli bo'ladi, bunday holda ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi talab qilinmaydi.
Portlovchi materiallar omboridan portlatish ishlari olib boriladigan joyga naryad-yo'llanma, naryad-nakladnoy bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan so'ng tashib keltirish mumkin.

Yüklə 40,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə