Yurgizib yuborish tizimi Reja



Yüklə 84 Kb.
səhifə1/5
tarix06.01.2022
ölçüsü84 Kb.
#82643
  1   2   3   4   5
Yurgizib yuborish tizimi


Yurgizib yuborish tizimi

Reja:

1. Dvigatellarning yurgizib yuborish;

2. Yurgizib yuborish qurilmalari;

3. Yurgizib yuborish dvigatellari;



4. Yurgizib yuborish tizimining uzatish mexanizmlari.
Porshenli ichki yonuv dvigatellarida yonilgi quyidagi usullarda yondiriladi.

Havoni siqishda hosil bo‘ladigan issiqdan yondirish traktor va o‘zi yurar QXM yuritmalari dizel dvigatellarida qo‘llaniladi.

Dvigatellarning siqish darajasi yuqori (13-20) bo‘lganligi sababli silindrga kiritilgan havo siqish takti oxirida (500-6500) gacha qiziydi. Forsunkadan mayda to‘zitib purkalgan yonilg‘i qizigan havoga tegib alangalanib ketadi.

Elektr uchqunidan yondirish. Karbyuratorli va gaz dvigatellarida qo‘llaniladi. Bu tizim tok manbai, yondirish svechasi va ularni bir-biriga ulaydigan simdan iborat. Tok manbai yuqori kuchlanishli tok ishlab chiqaradigan maxsus asbobdan (magnetodan yondirish) yoki past kuchlanishli tok manbai va manba tokini yuqori kuchlanishli tokka aylantiradigan uskunadan(batareyali yondirish) iborat bo‘lishi mumkin.

Yondirish tizimining asboblarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki noto‘g‘ri rost-lash aralashmaning ortiqcha ilgari yoki kech yondirilishiga sabab bo‘ladi. Yondirish svechasi dvigatel golovkasiga burab qo‘yilib, yonish kamerasidagi siqilgan ish aralashmani alangalash uchun elektr uchquni hosil etadi.

Yondirish svechasi yuqorigi temperatura, yuqori bosim,elektr uchquni va yonishdagi boshqa ximiyaviy moddalar ta’siriga bardosh berib ishlaydi. Qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan svechalar bo‘ladi.

Qismlarga ajralmaydigan yondirish svechasi yon elektrodli metall kurpus va markaziy elektrodli keramik izolyatordan iborat. Izolyator korpusga jips kirgizilib,ustidan siquvchi halqa o‘rnatilgan. Izolyatorning korpusga jips biriktirilishi va svechaning jips o‘rnatilishi uchun izolyatorga zichlovchi qistirma qo‘yiladi. Yuqori kuchlanishli sim svechaga uchlik orqali biriktiriladi, yoki sim uchligi ilintirilib, gayka bilan siqib qo‘yiladi.


Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə