Yurgizib yuborish tizimi Reja


Yondirib va yurgizib yuborish tizimini nazorat qilish



Yüklə 84 Kb.
səhifə5/5
tarix06.01.2022
ölçüsü84 Kb.
#82643
1   2   3   4   5
Yurgizib yuborish tizimi

Yondirib va yurgizib yuborish tizimini nazorat qilish. Silindrlarda arlashmani kerakli paytda yondirish uchun magneto dvigatelga to‘g‘ri o‘rnatilishi lozim. Buning uchun dvigatelni va magnetoni tayyorlab, keyin uni dvigatelning harakatlantirish valiga biriktirish lozim. Magnetoning to‘g‘ri o‘rnatilganligi svechadan simni chiqarib olib, maxovikni aylantirib uchqun hosil bo‘lishiga qarab tekshiriladi.

Magnetoni har smenada artib, chang, loy va moydan tozalash, puxta beriktirilganligini tekshirish lozim.

Magneto simlarini maxkam biriktirish, toza tutish, ayniqsa neft maxsulotlari tegishidan saqlash lozim. Batareyali yondirish tizimini nazorat qilish. Yondirish tizimi asboblarini toza holda saqlash, uzgich kontaktlari orasidagi oraliqni tekshirish, lozim topilsa, rostlash va kontaktlarni tozalashdan iborat. Shuningdek uzgich taqsimlagich, sim va ularning uchliklari ko‘zdan kechirilib, puxta o‘rnatilganligi tekshiriladi.

Uzgich kontaktlarining orasidagi oraliq quyidagicha rostlanadi: tirsakli val asta-sekin aylantirib, mushtchaning qirrasi qo‘zg‘aladigan kontakt kolodkasiga tegadigan holatga keltiriladi. Qo‘zg‘almaydigan kontaktning plastinasini diskga maxkamlaydigan vint bo‘shatiladi va ekssentrikni burib, oraliq 0. 35-0. 45 mm qilinadi. So‘ngra qo‘zg‘almaydigan kontakt plastinasi vint bilan qotiriladi.

Ish jarayonida uzgich kontaktlarini moy bosimi, oksidlanishi, kontaktlar orasidagi oraliqni o‘zgarishi, uzgich richagchasining massasi tegib qolishi, taqsimlagich qopqog‘i va rotori yorilishi, kondensator izolyasiyasini teshilishi, rotor plastinkasi eyilishi mumkin. Bu kamchiliklarni barchasi yondirish tizimini ravon ishlashini buzadi, bularni topib tuzatish yoki almashtirish zarur.

Yurgizib yuborish tizimini ishlashi uchun yurgizib yuborish dvigatelini va kuch uzatish qismlarini xar smenada tozalash, bo‘shab qolgan qismlarini maxkamlash zarur.

Dvigatelni yurgizib yuborishdan oldin karbyuratorga moy qo‘shilgan benzin to‘ldirish va dvigatel valini bir necha marta aylantirish zarur.

Kuch uzatish qismlari dizel moyi bilan moylanadi. Qishda dizel moyiga dizel yonilg‘isi aralashtirib qo‘yiladi.




Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gurevich A. M. Traktori i avtomobili, Moskva, «Kolos», 1993.

2. Skotnikova V. A. Traktori i avtomobili, Moskva, Agropromizdat, 1995.

3. Xudoyberdiev T.S. Traktor va avtomobillar nazariyasi hamda hisobi. Toshkent «O‘qituvchi» 1984.

4. Belov S.M. Traktorlar. Toshkent «O‘qituvchi» 1980.

5. Shoumarova M., Abdullaev T. Qishloq xo‘jalik mashinalari. Toshkent. O‘qituvchi. 2002 y.



6. Xamidov A.X. Qishloq xo‘jalik mashinalarini loyihalash. Toshkent; O‘qituvchi.1991 y.

7. Raximov A, Traktorlaning asosiy mexanizmlari loyihalash, Toshkent «O‘qituvchi», 1994 y.
Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə