Yurgizib yuborish tizimi Reja


Yurgizib yuborish tizimining kuch uzatish qismlari



Yüklə 84 Kb.
səhifə4/5
tarix06.01.2022
ölçüsü84 Kb.
#82643
1   2   3   4   5
Yurgizib yuborish tizimi

Yurgizib yuborish tizimining kuch uzatish qismlari. Kuch uzatish qismlari yurgizib yuborish dvigatelining tirsakli valini dizelning valiga biriktirib, harakat uzatadi, dizel yurgizib yuborilganidan keyin esa harakat uzatish mexanizmini ajratadi. Kuch uzatish qismlari: tishlashish muftasi, reduktor va yurgizib yuborish mexanizmidan iborat.

Tishlashish muftasi yurgizib yuborish dvigatelining tirsakli valini dizelning tirsakli valiga asta-sekin biriktiradi va ajratadi. Bu ko‘p diskli, ho‘l muvaqqat qo‘shilgan tishlashish muftasi bo‘lib, u shesternyali baraban bilan aylanadigan beshta etakchi disk, mufta vali bilan birga aylanadigan beshta etaklanuvchi disk, tirak disk, siquvchi disk, siqish mexanizmi va tormozchadan iborat.

Siqish mexanizmi krestovinaga o‘rnatilgan uchta siquvchi mushtcha, ajratgich va boshqarish richagidan iborat. Krestovina muftaning validagi rezbaga o‘rnatilgan. Tormozcha korpusga o‘rnatilgan qo‘zg‘almas disk va val bilan birga aylanadigan gupchakka o‘tqazilgan ikkita aylanuvchi diskdan iborat.

Ba’zi traktorlarning yurgizib yuborish tizimida reduktor bo‘lmaydi bunda xarakat dvigateldan tishlashish muftasi orqali bevosita harakatlantirish mexanizmiga uzatiladi. Harakatlantirish mexanizmi dizelni yurgizib yuborishdan oldin harakatlantirish shesternyasini dizel maxovigining gardishiga tishlashtiradi va dizel mustaqil ishlab ketgach, harakatlantirish shesternyasini avtomat ravishda ajratadi.

Harakatlantirish mexanizmi tutqich, unga maxkamlangan o‘klarga o‘rnatilgan ikkita yukcha, qo‘shaloq prujina, turtgich, yo‘naltiruvchi vtulka va ko‘ndalang prujinadan iborat. Turtgich boltlar bilan yurgizib yuborish shesternyasining gupchagiga maxkamlangan.

Reduktor etaklanuvchi valining ichiga prujina va turtgich kirgizilgan, uchidagi rezbasiga esa yo‘naltiruvchi vtulka burab qo‘yilgan. Bu vtulka turtgichning siljishini va prujinaning cho‘zilishini ta’minlaydi.

Harakatlantirish mexanizmining qo‘shish richagi pastga bosib bu-rilganda siqish richagi tirakni bosib, tutqichni suradi va yurgizib yuborish shesternyasini maxovikning gardishiga tishlashtiradi.

Yurgizib yuborish dvigateli ishlab turganida tishlashish muftasi qo‘shilsa, yurgizib yuborish shesternyasi maxovikni aylantira boshlaydi. Reduktor, dekompressiya mexanizmi va boshqa moslamalardan tegishli tartibda foydalanib, dizelning tirsakli vali yurgizib yuborish tezligida aylantirilsa, dizel o‘t oladi. (56-rasm, b).




Yüklə 84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə