Dizel yonilg‘isi Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#152678
  1   2
Dizel yonilg


Dizel yonilg’ilari
Reja

  1. Dizel yonilg‘isi

  2. Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi

  3. Dizel yonilg‘isi tarkibidagi mexanik aralashmalar va suv

  4. Dizel yonilg‘isi xossalarining qurum hosil bo‘lishiga ta’siri

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Dizel yonilg‘isi optimal bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi lozim. Yonilg‘ini havo bilan aralashishi uchun yonilg‘i bug‘lanishi lozim. Yonilg‘i-havo aralashmasi yonish kamerasidagi zaryad aralashmani alangalanishining quyi chegarasida yonadi. Bundan aralashma hosil bo‘lish tezligi dvigatel silindriga purkalgan yonilg‘ining to‘la bug‘lanishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lishi ko‘rinadi: harorat, bosim, havoning yonish kamerasidagi uyurma harakati, purkash sifati va yonilg‘ining bug‘lanuvchanligi. Yonilg‘ining purkalishi qanchalik yaxshi bo‘lsa (yonilg‘i qanchalik mayda purkalsa), bug‘lanish sirti shuncha ortadi. Bundan tashqari, yonilg‘ini to‘zitilishidagi tomchilar diametrining kichiklashishi ularning qizish tezligini oshiradi. Buning natijasida purkash sifati ortishi bilan birga, purkalayotgan yonilg‘ining bug‘lanish tezligi ortadi. Bug‘lanuvchanligi yomon bo‘lgan va yuqori haroratda qaynaydigan yonilg‘i ishlatilganida, bug‘lanish tezligi shu darajada sust bo‘lishi mumkinki, bunda yonilg‘i gaz holatiga o‘tishga ulgurmaydi va buning oqibatida to‘la yonmaydi. Natijada yonilg‘i sarfi ortadi, gilza devorlaridan moy pardasining suyuq yonilg‘i bilan yuvilishi tufayli silindr-porshen guruhi detallarining yeyilishi ortadi. Dizel yonilg‘isining bug‘lanuvchanligi uning fraksion tarkibi bilan baholanadi. Bu tarkib dizel yonilg‘isining bug‘lanishini ko‘rsatuvchi va benzinlardagi kabi yonilg‘i hajmi (umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida) bilan yonilg‘i (yonilg‘i haydaladigan) harorati orasidagi bog‘liqlikni belgilab beradi. Bu haroratlar yonilg‘ining yurgazib yuborish xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi: yonilg‘i tarkibida nisbatan yengil fraksiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yonilg‘i purkalganidan so‘ng shuncha tez bug‘lanadi; bunda yonilg‘ining to‘liq yonishi, kam tutun chiqarishi va dizelning oson yurgazib yuborilishi ta’minlanadi. Shunga qaramasdan, yonilg‘ida oson bug‘lanadigan fraksiyalarning juda ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.


Bu holda dizel dvigatellarida yonilg‘i kuchli yonadi, natijada dvigatel normal ishlamaydi (o‘ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba’zan to‘xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgazib yuborish mumkin bo‘lmaydi). Shuning uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi. 72 Shu bilan birga, yonilg‘ida og‘ir fraksiyalar bo‘lishi yonilg‘ining ancha yuqori haroratlarda haydalishiga olib keladi. Natijada yonilg‘i aralashma hosil bo‘lish jarayonini yomonlashtiradi, yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va kuyundi ko‘p hosil bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, dvigatel oson ishga tushishi uchun yonilg‘i shunday bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi kerakki, bunda o‘z-o‘zidan alangalanish sodir bo‘ladigan paytda alangalanish hosil bo‘ladigan chegarada zarur yonilg‘i-havo aralashmasi hosil qilinishi lozim. Dizel yonilg‘isining o‘t olish xususiyati yonilg‘ining 50 foizining qaynash harorati bilan baholanadi. Dizellar uchun t 50% = 255–280°C va t 96% = 330–340°C bo‘lgan qishki yonilg‘ilar hamda t 50% = 280°C va t 96% = 360°C bo‘lgan yozgi yonilg‘ilar ishlab chiqariladi. Bunday fraksion tarkibli dizel yonilg‘isi yonilg‘ining to‘la yonishini va dvigatellarning yumshoq ishlashini ta’minlaydi. Dizel yonilg‘isining fraksion tarkibini aniqlash benzinning fraksion tarkibini aniqlash kabi amalga oshiriladi. 3. 7. Dizel yonilg‘isining kimyoviy tarkibi Neftni haydash usuli bilan olinadigan, tarkibida oltingugurt birikmalari kam bo‘lgan dizel yonilg‘ilari yuqori kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘ladi. Shuning uchun ular uzoq saqlanganida (besh yil va undan ortiq) va dvigatel silindrlarida ishlatilganida bug‘lanish jarayoni boshlangunga qadar o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Bu sharoitlarda tarkibida ko‘p miqdorda olefinlar va merkaptanlar bo‘lgan dizel yonilg‘ilarigina o‘z xususiyatlarini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Bunday yonilg‘ilarni tashish va saqlashda olefinlarning oksidlanishi natijasida smola miqdori ortib ketadi va filtrlar hamda forsunka to‘zitkichlari ignalariga o‘tirib, ta’minlash 73 tizimining normal ishlashiga to‘sqinlik qiladi, yonish kamerasiga tushishi esa qurum hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Shuning uchun dizel yonilg‘ilari bo‘yicha standartlarda yonilg‘i tarkibidagi katalitik kreking mahsullari, birinchi navbatda, smola miqdori (qishki markalarda 100 ml yonilg‘ida 30 mg gacha, yozgi markalarda 40 mg gacha) chegaralanadi, ikkinchi navbatda yod soni me’yorlanadi. Yod soni deb, 100 ml yonilg‘i bilan reaksiyaga kirishuvchi grammda o‘lchanadigan suv miqdoriga aytiladi (yod to‘yinmagan uglevodorodlar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi).
Yod soni shunday sharoitda aniqlanadiki, bunda yod faqat olefinlar yordamida seziladi (regiratsiyalanadi). Ularning miqdori yonilg‘ida qanchalik ko‘p bo‘lsa, yod soni ham shunchalik katta bo‘ladi. Bundan yod soni olefinlar miqdorini aks ettiradi va neft mahsulotining kimyoviy turg‘unligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 100 g dizel yonilg‘isi tarkibidagi tarkibidagi yod miqdori 6 g dan ortmasligi lozim. Merkaptanlar korrozion-aktiv moddalar jumlasiga kiradi. Ularning yonilg‘idagi miqdorining ortib ketishi plunjerlar juftini va forsunka detallarining korrozion yemirilishining sezilarli (2 barobar va undan ortiq) ortib ketishiga olib keladi (3. 3- rasm). Bundan tashqari, merkaptanlar kimyoviy o‘zgarishlarni, jumladan, smola hosil bo‘lishi bilan amalga oshadigan oksidlanish reaksiyalarini keltirib chiqarish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham zararli merkaptanlar forsunka zonasiga tushganida, bu yerda olefinlardan hosil bo‘lgan smolalar bilan birgalikda zulfinli ignalarda lok plyonkasini hosil qiladi. Bu plyonkalar ignalarning osilib qolishiga sababchi bo‘ladi. Merkaptanlarda korrozion aktivlikning yuqoriligi va kimyoviy turg‘unlikning pastligini e’tiborga olgan holda, ularning yonilg‘idagi miqdorini juda jiddiy tekshirish lozim. Mis plastinkada o‘tkazilgan sinashlarning sifat tahlillari ularning merkaptanlarga nisbatan sezgirligi yetarli emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun dizel yonilg‘ilari va benzinlarda qo‘shimcha ravishda, maxsus uslubiyot asosida, merkaptanli oltingugurt miqdorini aniqlash zarurati paydo 74 bo‘ladi. Merkaptanli oltingugurt miqdori yonilg‘idagi mavjud merkaptanli oltingugurtning foizdagi ulushini ifodalaydi. Merkaptanli oltingugurt miqdori benzinlarda va dizel yonilg‘ilarida 0,01 foizdan ortmasligi lozim. 3. 3- rasm. Yonilg‘i nasosi plunjerlar juftining korrozion yemirilishiga x merkaptanlarni sinash davomiyligi τ ga bog‘liq holdagi tasiri: 1 – kam oltingugurtli yonilg‘i; 2 – tarkibida 0,025% merkaptanlar bo‘lgan yonilg‘i. 3. 8. Dizel yonilg‘ilarining metallarga korrozion ta’siri Dizel yonilg‘ilari tarkibida, benzindagi singari, suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar, organik kislotalar, suv va oltingugurt birikmalari borligi detallarning korrozion yeyilishini tezlashtiradi. Davlat standarti talablariga binoan, dizel yonilg‘isida suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar va suv bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Organik kislotalar yonilg‘i saqlanadigan metall sig‘imlarga va silindrporshen guruhi detallariga kuchsiz korrozion ta’sir ko‘rsatadi.
Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, kislotalilik darajasi yuqori bo‘lgan yonilg‘idan foydalanilganida forsunkalarning unumdorligi 7 barobar pasayadi, plunjerlar jufti va kompressor halqalarining yeyilishi 2 barobar ortadi. Shuning uchun texnik shartlarda 75 dizel yonilg‘isining kislotalilik soni 5 mg KOH/100 sm3 dan ortiq bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. 3. 4- rasm. CMD–60 dvigateli (М–10Г2 moyi ishlatilgan) silindiri gilzasi yemirilishining yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori va sovituvchi suyuqlik haroratiga bog‘liqligi: 1 – 30°C; 2 – 60°C; 3 – 90°C. Korrozion yemirilishlarning ortishiga yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Oltingugurt miqdori ortishi bilan, korrozion yemirilish sezilarli darajada ortadi (3. 4- rasm). Oltingugurtli birikmalarning zararli ta’siri harorat pasayishi bilan yana-da ortib ketadi (3. 5- rasm). 3. 5- rasm. Dvigatel oltingugurtli yonilg‘ida ishlatilganida sovituvchi suyuqlik haroratining dvigatel detallarining yemirilishiga ta’siri. Rasmdan ko‘rinadiki, dvigatelda ishlatilayotgan sovituvchi suyuqlik harorati 35°C bo‘lganida yeyilish taxminan 4 barobar (70°C haroratdagi suyuqlikdan foydalanilganiga nisbatan) ortiq bo‘ladi. Bundan korrozion yemirilishni kamaytirish uchun dvigatelni ishlatish bo‘yicha zavod instruksiyasiga binoan belgilangan harorat rejimi ta’minlanishi lozimligi ko‘rinadi. 76 Oltingugurtli yonilg‘ilarning ishlatilishi motor moyining eskirish jarayoni tezlashishini, moy filtrlovchi elementlarida to‘planadigan cho‘kindilar miqdorining ortishini va divigatelda qurum hosil bo‘lishini jadallashtiradi. Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalarning dvigatel detallariga korrozion ta’sirini kamaytirish uchun porshenning yuqorisidagi kompression halqalari va gilzalarning yuqori qismi antikorrozion qoplam bilan qoplanadi, buning natijasida ushbu detallarning yemirilishi kamayadi. Dizel yonilg‘isi sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishi yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalar miqdorini kamaytirishdir. Bu jarayon gidrotozalash qurilmalarida amalga oshiriladi. Oltingugurtli yonilg‘ini ishlatishda kelib chiqadigan noqulaylikni tasavvur qilish uchun quyidagi misolni keltiramiz. Tarkibida 1 foiz oltingugurt bo‘lgan 1 tonna yonilg‘i yonganida, 20 kg oltingugurt angidrid hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oltingugurt angidrid, o‘z navbatida, 25 kg oltingugurtli kislota hosil qiladi. Natijada bunday yonilg‘i ishlatilganida, dvigatel detallarining yemirilishi (tarkibida 0,2 foiz oltingugurt bo‘lgan yonilg‘iga nisbatan) 2–3 barobarga ortadi. Davlat standarti bo‘yicha, yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2–0,5 foizgacha etib belgilangan. Tarkibida 0,2 foizgacha oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ilar dvigatelning ish jarayonida noqulayliklar keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun bunday yonilg‘ilardan hech qanday chegarasiz foydalanish mumkin.
Tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2 foizdan ortiq bo‘lgan yonilg‘ilardan dvigatelning moylash tizimidagi moy tarkibida ishqoriy komponentlar bo‘lganidagina foydalanishga ruxsat etiladi. 3. 9. Dizel yonilg‘isi tarkibidagi mexanik aralashmalar va suv Dizel yonilg‘ilari tarkibida, benzin singari, mexanik aralashmalar va suv bo‘lmasligi lozim. 77 Yonilg‘ini tashishda yoki saqlashda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilishi oqibatida transport vositasining yonilg‘i bakiga yonilg‘i bilan birga turli aralashmalar va suv tushishi mumkin. Yonilg‘iga tushadigan zarralarning o‘lchamlari, miqdori va tarkibi turlicha bo‘ladi. Ular ichida ham organik, ham anorganik zarralar bo‘lishi mumkin. Juda qattiq kvarsit va kristall tuzilishga ega bo‘lgan abraziv iflosliklar katta zarar yetkazadi: ular yonilg‘i berish apparatlari detallarining yeyilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, anorganik aralashmalarning ozgina miqdori ham ta’minlash tizimi detallarining abraziv yeyilishiga, yonilg‘i filtrlarining tiqilib qolishiga, ish unumining pasayishiga sabab bo‘ladi. Plunjer juftlarining tirqishlari kattalashganida, yonilg‘ining siklli zaryadi kamayadi, chunki u sizib nobud bo‘ladi, to‘zitilish sifati yomonlashadi, yonilg‘i nasosining rostlanishi buziladi, dvigatel notekis ishlaydi, hatto to‘xtab qoladi. Dvigatel normal ishlashi va dizel yonilg‘isi mexanik aralashmalardan tozalanishi uchun uni avtomobil bakiga quyishdan oldin filtrlash lozim. Dizel dvigatellarining ishidagi asosiy nuqsonlar yonilg‘i berish apparatlari ishidagi buzuqliklar jumlasiga kiradi. Mexanik aralashmali yonilg‘ini ishlatish tufayli yeyilgan detallarni muddatidan oldin ta’mirlash va rostlash uchun ko‘p mablag‘ sarflanadi. Yonilg‘ining tozaligini uni filtrlab aniqlash mumkin (3. 6- rasm). Filtrlash qog‘ozida dog‘ qancha kam va och rangda bo‘lsa, yonilg‘i sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Yonilg‘idagi suvning mayda zarralari sovuq vaqtda muz kristallarini hosil qiladi. Bu kristallar yonilg‘i berilishini yomonlashtiradi va filtr teshiklarini berkitib qo‘yadi. Xira yonilg‘ida, albatta, suv bo‘ladi. Agar yonilg‘ida suv va hatto juda oz miqdorda begona aralashmalar bo‘lsa, tezyurar dizel dvigatellarida ishlatish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun yonilg‘ini suv va begona aralashmalardan butunlay tozalash, shundan so‘nggina uni dvigatellarda ishlatish lozim. Dizel yonilg‘isidagi uglevodorodlarning kimyoviy tarkibi yonish jarayonigagina emas, yonilg‘ining filtrlanishiga ham sezilarli 78 ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi birikmalar, ayniqsa, naftenli kislotalar dizel yonilg‘isining filtrlanishini kamaytiradi, bunda mayin tozalash filtrlari tiqilib qoladi, ba’zan dag‘al tozalash filtrlarida cho‘kindilar hosil bo‘ladi. Natijada yonilg‘i quyish kolonkalarining filtrlovchi elementlari ishdan chiqadi va ifloslangan yonilg‘i tozalanmasdan, transport vositasining yonilg‘i bakiga tushadi. 3. 6- rasm. Dizel yonilg‘isining tozaligini tekshirish: a) mexanik aralashmalar yo‘q; b) ishlatishga yaroqli (aralashmalar bor); d) anchagina ifloslangan (mexanik aralashmalar miqdori 0,01%); e) ishlatishga yaroqli (mexanik aralashmalar miqdori 0,055%). Suv yonilg‘ining filtrlanishini yana-da yomonlashtiradi. Sovuq vaqtda yonilg‘idagi suv muzlab, mayda muz kristallarini hosil qiladi. Ular filtr teshiklarini berkitib qo‘yishi mumkin. Issiq vaqtda naftenli kislotalar va suv sovuq cho‘kindi – sovun hosil qiladi. Ular filtrlovchi elementlarda to‘planadi.
Demak, tezyurar dvigatellar yonilg‘ilarini tozalashda bu kerakmas birikmalarni chiqarib tashlash lozim. Yonilg‘ining filtrlarning tiqilib qolishining oldini olish xususiyati filtrlanuvchanlik koeffitsiyenti bilan baholanadi. Bu koeffitsi79 yent laboratoriyada maxsus asbobda aniqlanadi. Tozalanish darajasiga ko‘ra, hozirgi zamon dizel yonilg‘isining filtrlanuvchanlik koeffitsiyenti 2–3 dan oshmaydi. Dizel yonilg‘ilarining mexanik aralashmalar va suv ta’sirida ifloslanganligini kamaytirish uchun ular 10 kun va undan ortiq muddatda maxsus sig‘imlarda tindirilishi lozim. 3. 10. Dizel yonilg‘isi xossalarining qurum hosil bo‘lishiga ta’siri Dizel yonilg‘isi yonganida, yonish kamerasi detallarida, klapanlarda porshen halqalarida, forsunkaning ignasi va korpusida qurum hosil bo‘lmasligi kerak. Klapanlarda hosil bo‘lgan qurum ularning osilib qolishiga sabab bo‘ladi, yonish kamerasidan issiqlik uzatilishini yomonlashtiradi, forsunkalardagi qurumlar yonilg‘ini purkash sifatini yomonlashishiga olib keladi. Porshen halqalarida hosil bo‘lgan qurum koksga aylanib, silindrda kompressiyaning buzilishiga olib keladi. Gazlarning karterga o‘tib ketishiga yo‘l ochib beradi, motor moyining kuyishi tezlashadi. Qurum hosil bo‘lish jarayoniga yonilg‘ining quyidagi xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi: yonilg‘ining og‘ir fraksiyaliligi va yuqori qovushoqligi hisobiga to‘la yonmaganligi; yonilg‘i tarkibida yuqori molekular smola-asfalt birikmalar, to‘yinmagan uglevodorodlar, oltingugurt birikmalari va mexanik aralashmalar borligi; kul hosil qilish xususiyatining yuqoriligi. Shuning uchun dvigatellarda qurum hosil bo‘lishining oldini olish uchun yonilg‘ini kerakmas qo‘shimchalardan butunlay tozalash yoki ularning miqdorini sezilarli darajada kamaytirish lozim. Standartlarda qurum hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi qator sifat ko‘rsatkichlari me’yorlanadi. Qurum to‘planish tezligi yonilg‘ining koks soniga (kokslanuvchanligi), undagi oltingugurt, haqiqiy smolalar miqdoriga, uning kul hosil qiluvchanligi hamda mexanik aralashmalar miqdoriga, shuningdek, yonilg‘ining lok hosil bo‘lishiga moyilligiga bog‘liq. 80 Koks soni deganda, yonilg‘ining havosiz, yuqori haroratda (800–900°C) parchalanib, ko‘mirsimon qoldiq hosil qilish xususiyati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich dizel yonilg‘ilari uchun 0,05% dan oshmasligi kerak. Detallarda qurumdan tashqari loksimon quyqumlar ham hosil bo‘ladi. Bular to‘yinmagan uglevodorodlar va boshqa birikmalarning yuqori haroratlaridagi oksidlanish muhsulotidir. Bu xususiyatni aniqlash uchun tekshirilayotgan 1 ml yonilg‘i namunasi aluminiy idishchaga solinadi va 250°C haroratda termostat-lok hosil qilgichda bug‘latiladi. Bug‘lanishdan keyin idishchada lok pardasi qoladi. Hosil qilingan lok pardasi sovitilib, tarozida tortiladi. Hisob 10 sm3 yonilg‘iga nisbatan bajariladi. Yonilg‘ining fraksion tarkibi qanchalik yengil bo‘lsa, shunchalik kam lok hosil bo‘ladi. Yonilg‘ining kul hosil qilish xususiyati uning yonmaydigan qoldig‘i miqdorini xarakterlaydi. Kul yonilg‘ini 800–850°C haroratda havoda yondirilganida qoladigan mineral qoldiqdir. Dizel yonilg‘ilari uchun kul hosil bo‘lishi miqdori 0,01 foizdan oshmasligi kerak. Yonilg‘ining kul hosil qilish xususiyati yuqori bo‘lishi yonilg‘i apparaturasi va silindr-porshen guruhi detallarining yeyilish darajasini sezilarli darajada oshiradi. Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalar detallarda hosil bo‘lgan qurum va o‘tirib qolgan yopishqoq jinslarni qotiradi, mustahkamlaydi va ularning ko‘chishini qiyinlashtiradi.
Masalan, tarkibida 0,08 foiz miqdorda oltingugurt bo‘lganida yonilg‘i ishlatilganida hosil bo‘ladigan qurum tarkibida 1 foiz oltingugurt bo‘ladi va chiqindining zichligi 0,03 g/sm3 bo‘lsa, yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori 1,5 foiz bo‘lganida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 9 foiz va 0,5 g/sm3 ni tashkil etadi. 3. 11. Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi Tezyurar dizel dvigatellari uchun yonilg‘ilar 305–82- sonli «Dizel yonilg‘ilari. Texnik shartlar» nomli standart asosida ishlab 81 chiqariladi. Avtomobillarda, ish sharoitiga ko‘ra, uch turdagi dizel yonilg‘ilaridan: Л (yozgi), З (qishki) va A (arktik) ishlab chiqariladi (3. 1- jadval). Barcha turdagi dizel yonilg‘ilariga belgilangan tartibda va miqdorda qo‘shilmalar qo‘shishga ruxsat etiladi. Dizel yonilg‘isining barcha komponentlari yuqori turg‘unlikka ega bo‘lganligi tufayli ularni uzoq muddat (5 yil va undan ortiq) saqlash mumkin. Л markali yonilg‘i tashqi muhit harorati 0°C va undan yuqori bo‘lganida ishlatish uchun mo‘ljallangan, З markali yonilg‘i minus 20°C va undan past harorat (sovuq tabiiy iqlim mintaqalari)da, A markali yonilg‘i esa minus 50°C va undan past haroratli mintaqalarda ishlatishga mo‘ljallangan. Dizel yonilg‘ilari tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab ikki kichik guruhga bo‘linadi. Birinchi kichik guruhga kiradigan yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2 foizdan oshmaydi, ikkinchi kichik guruhga kiruvchi Л va З markadagi yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,21–0,50 foizdan, A markadagi yonilg‘ilarda esa 0,21–0,40 foizdan ortmasligi lozim. Dizel yonilg‘ilari quyidagicha markalanadi: Л–0,2–40. Bunda Л yozgi yonilg‘i ekanligini; 0,2 soni yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdorini (foiz hisobida), 40 soni yonilg‘ining o‘t olish harorati (°C)ni bildiradi. Qishki yonilg‘ilarda esa yonilg‘ining qotish harorati ko‘rsatiladi. Masalan, З–0,2–(–35) markali yonilg‘ida minus 35 soni yonilg‘ining qotish harorati (0°C)ni ko‘rsatadi. Arktik dizel yonilg‘ilari markasida esa faqat oltingugurtning miqdori (%) keltiriladi, masalan, A–0,4.
Suyultirilgan uglevodorod gazi Atmosfera bosimi va harorat noldan yuqori bo‘lganida, suyultirilgan uglevodorod gazi gaz holatida bo‘ladi. Bosim biroz oshganida (1,6 MPa dan ko‘p emas), u oson bug‘lanadigan suyuqlikka aylanadi. Suyultirilgan gaz, asosan, propan (80 toiz atrofida) va butan (20 foiz atrofida) gazlari aralashmasidan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, unda, oz miqdorda bo‘lsa ham, etan, pentan, propilen, butilen va etilen gazlari bo‘ladi. Suyultirilgan gazlarning yonish issiqligi 44800–47000 kJ/kg ni tashkil etadi. Zichligi taxminan 0,524 g/sm3 (20°C haroratda) bo‘lgan suyultirilgan gaz yonganida chiqadigan hajmiy issiqlik 24000 kJ/m3 dan ortib ketadi. Bu ko‘rsatkichni benzinga solishtirib ko‘rib, shuni aytish mumkinki, suyultirilgan gaz yonilg‘i sifatida benzinning o‘rnini to‘liq bosa oladi. 1,6 MPa ish bosimiga mo‘ljallangan nisbatan yengil, yupqa devorli po‘lat ballonlarda avtomobilning foydali yuklanishini kamaytirmasdan yetarli miqdorda gaz saqlash mumkin. Shuning uchun suyultirilgan gazda ishlaydigan avtomobillar benzinda ishlaydigan avtomobillar kabi zaxira yurish yo‘liga ega. Suyultirilgan gazlarning detonatsiyaga turg‘unligi yuqori bo‘lganligi uchun (tadqiqot usuli bilan aniqlangandagi oktan soni 110 dan ortiq) benzinda ishlaydigan dvigatellarni suyultirilgan gazda ishlatishga qayta jihozlaganda ularning siqish darajasini oshirishga imkon beradi. Chunonchi, ЗИЛ–130 avtomobilining benzin bilan ishlovchi dvigatelida siqish darajasi 6,5 bo‘lsa, ЗИЛ–138 avtomobilining gaz bilan ishlovchi dvigatelida 8; benzin bilan ishlaydigan ЗMЗ–53 dvigatelida 6,7 bo‘lsa, gaz bilan ishlaydigan ЗMЗ–53–07 dvigatelida 8,5. Belgi­ 90 langan darajada siqish darajasining ortishi gaz bilan ishlovchi dvigatellar quvvatining benzin bilan ishlovchi dvigatellarga nisbatan biroz (5–7 foizga) kamayishini to‘la kompensatsiya qilish imkonini beradi. Davlat standarti talablariga muvofiq, suyultirilgan gazlar uch xil markada chiqariladi: texnik propan, texnik butan va ularning aralashmalari. Texnik propanni qishda, texnik butanni yozda, ularning aralashmalarini esa yil davomida ishlatish mumkin. Texnik propanda propan fraksiyalari hajm bo‘yicha kamida 93 foizni, texnik butanda butan fraksiyalari 93 foizni tashkil etadi, qolgan 7 foizini esa yengil gazsimon uglevodorodlardan iborat aralashma tashkil qiladi. Tabiiy suyultirilgan gazlarning hidi ham, rangi ham bo‘lmagani uchun ularga oz miqdorda o‘tkir hidli gazsimon moddalar qo‘shiladi. Bu moddalar sizib chiqib to‘plangan gaz hidini sezishga imkon beradi. Gaz har qanday idishga hajmining ko‘pi bilan 90 foizigacha miqdorda to‘ldiriladi, shunda idishning yuqori qismida gaz to‘planishi uchun bo‘shliq qoladi. Me’yorlangan sifat ko‘rsatkichlari. Avtomobil yonilg‘isi sifatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlarga komponent tarkibi, to‘yingan bug‘ bosimi, suyuq bug‘- lanmaydigan qoldiqning bo‘lmasligi, zararli aralashmalar miqdori kiradi. Gazning komponent tarkibi. Gaz ballonlari bilan ishlaydigan avtomobillar uchun gaz to‘ldirish shoxobchalarida barcha mavsumlarda tarqatiladigan suyultirilgan gazning bu ko‘rsatkichi belgilangan chegarada o‘zgarishi lozim. Suyultirilgan gaz tarkibida (massasi bo‘yicha) kamida 80 ± 5 foiz propan, ko‘pi bilan 20 ± 5 foiz butan va ko‘pi bilan 6 foiz boshqa gazlar (propilen, butilen, etilen) bo‘ladi. Propan bilan butanning nisbati o‘zgarsa, gaz yonganida chiqadigan issiqligi va yonuvchi aralashmaning tarkibi o‘zgaradi. Oqibatda dvigatelning silindrlaridagi yonish jarayoni yomonlashadi va ishlatilgan gazning zaharlilik darajasi ortadi. 91 To‘yingan gaz bosimi. Bu ko‘rsatkich yilning sovuq kunlarida dvigatelning silindrlariga gazning ishonchli uzatilishiga ta’sir qiladi. Masalan, –30°C haroratda bu bosim 0,07 MPa dan past bo‘lmasligi lozim. Bundan pasayib ketsa, gazning ballondan uzluksiz uzatilib turilishi buziladi. Bug‘ bosimi 45°C da 1,6 MPa dan oshib ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda ishlatiladigan gaz ballonlari ko‘pi bilan shunday bosimga mo‘ljallangan. Suyuq qoldiq. Gaz tarkibida 40°C haroratda suyuq qoldiq bo‘lmasligi kerak. Gaz tarkibida oltingugurt, ishqorlar va erkin suvning bo‘lishi. Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg‘i apparatiga o‘tib, u quvur o‘tkazgichlarning kesimini toraytiradi va rezina-texnika detallarini yemiradi. Oltingugurt dvigatelning silindrlarida yonib, ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini oshiradi. Uning miqdori massa bo‘yicha 0,015 foizdan oshmasligi lozim. Ishqorlar va erkin suv umuman bo‘lmasligi kerak. Gazda ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimlarining konstruktiv xususiyatlari gaz jamg‘armasining mashinada saqlanish usuliga hamda dvigatelning gaz yonilg‘isida ishlashga moslanganlik darajasiga bog‘liq. 4. 1- rasmda suyultirilgan propan-butan gazida ishlaydigan avtomobil dvigateli ta’minlash tizimining sxemasi keltirilgan. Suyultirilgan gaz avtomobil kuzovi ostiga joylashtirilgan 250 l sig‘imdagi yupqa devorli po‘lat ballonda 16 1,6 MPa bosim ostida saqlanadi. Ballondan chiqayotgan gaz magistral ventil 15 dan o‘tib, dvigatel sovitish tizimining (naylar 4, 5) suyuqligi ta’sirida isiydigan bug‘latkich 6 ga keladi va bu yerda bug‘simon holatga o‘tadi. Keyin filtr 12 orqali reduktor 11 ga kiradi, undan esa bosimi biroz pasaygan holda gaz aralashtirgich 3 ga keladi. Manometrlar 13 va 14 reduktor va ballondagi gaz bosimini ko‘rsatadi.
Dvigatelning ta’minlash tizimida gaz bo‘lmaganida yoki gaz tizimi buzilganida, dvigatelning ishlashini ta’minlash uchun suyuq yonilg‘ining sig‘im 8 dan karburator 1 ga uzatilishi ko‘zda tutilgan. Reduktor 17 tizimdagi gaz bosimini pasaytirish uchun mo‘ljallangan. Neft yonilg‘ilariga bo‘lgan ehtiyojning yil sayin keskin ortib borishi neft zaxiralarining kamayib borishiga hamda qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, ularning zaxirasi 80–100 yilga yetishi mumkin. Neft resurslarining cheklanganligi ichki yonuv dvigatellarida neft bo‘lmagan xomashyolardan olinadigan yonilg‘ilardan foydalanishni taqozo etmoqda. So‘nggi yillarda dvigatellarning konstruksiyalarini yana-da takomillashtirish hisobiga yonilg‘i sifatida yangi turdagi noan’anaviy yonilg‘ilar (spirtlar, ammiak, biogaz, vodorod va boshqalar)dan foydalanish tajribadan o‘tkazilmoqda. Spirtlar. Keyingi yillarda neft yonilg‘ilari o‘rnida metanol (metil spirti) va etanol (etil spirti)ni ishlatish ommaviylashmoqda. Chunki bir xil harorat va bosimda metanol bilan hosil qilingan ishchi aralashma benzinli ishchi aralashma bilan teng yonish haroratiga ega, undan tashqari, metanol-havo aralashmasi zichroq va foydali ish koeffitsiyenti ancha yuqori. Sof metanolning oktan soni 112 ga teng (tadqiqot usuli bilan), bu esa dvigatelning siqish darajasini 14 gacha ko‘tarib, dvigatelning samarali quvvatini 20 foizgacha oshirish mumrtinligini ko‘rsatadi. Metil va etil spirtlarining oktan sonlari yuqoriligiga qaramasdan setan sonlari past, shuning uchun ularning uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda ishlatilishi foydalidir. Ammo ma’lum sharoitlarda ularni dizel yonilg‘isi qo‘shib aralashtirib, dizel dvigatellarida ham ishlatish mumkin. Spirtlarni yonilg‘i sifatida keng ko‘lamda ishlatishni cheklayotgan omillardan biri ularning korrozion aktivligi bo‘lib, yonilg‘i ta’minlash tizimi detallariga ta’sir ko‘rsatadi; spirtlar qo‘rg‘oshinga aktiv ta’sir etib, amorf birikmalar hosil qiladi, ular yonilg‘i filtrlari va karburator jiklorlarini berkitib qo‘yadi; ko‘pchilik qistirma materiallari spirt ta’sirida shishib ketadi; yonish issiqligi pastligi tufayli ular uchun yonilg‘i baklari hajmi ikki marta kattalashishi kerak. 96 Karburatorli dvigatellarni ko‘plab ishlab chiqish va foydalanish davom etayotgan bir paytda neft yonilg‘isini tejashning dastlabki tadbiri sifatida benzin-spirt aralashmalarini qo‘llash maqsadga muvofiq. Oz miqdorda (metanoldan 5 foizgacha va etanoldan 10 foizgacha) spirt qo‘shilganida, dvigatelga hech qanday o‘zgartirishlar kiritishga zarurat bo‘lmaydi hamda bunda ish ko‘rsatkichlari sezilarli o‘zgarmaydi.
Suvli spirtlardan foydalanilganida yonilg‘i aralashmalarini turg‘unlashtirish maqsadida ularga 2 foizgacha miqdorda izobutil spirti qo‘shiladi. Bularning hammasi benzinni 3–5 foiz tejashga imkon beradi. Benzinga ko‘p miqdorda spirtlar (metanolni 15 foizgacha, etanolni 20 foizgacha) qo‘shish aralashma hosil qilish va kiritish tizimlarini ma’lum darajada o‘zgartirishni talab qiladi, dvigatelning ish ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Sof holdagi spirtlar dizellarda foydalanishga unchalik yaramaydi, chunki ularning setan soni kichik (metanolniki 3–4 ga, etanolniki 6–8 ga teng) va bug‘lanuvchanligi yuqori bo‘ladi. Bu hol katta va o‘rtacha yuklanishlarda dvigatelning taqillab ishlashiga olib keladi. Dizel yonilg‘isi o‘rniga spirt ishlatilganida, detallarda lok, qurum va koks hosil bo‘lishi kamayadi, natijada moy toza ishlaydi hamda yeyilish kamayadi. Shu bilan birga, spirtlar oksidlanganida, oraliq kislotalar va tuzlar yuzaga kelib, ular detallarning yeyilishi hamda korroziyalanishini jadallashtiradi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida AQSH, Braziliya, Germaniya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda faol ishlar olib borilmoqda. Gaz kondensatlari. Gaz konlaridan olinadigan gaz yonilg‘ilari tarkibida uglevodorodlarning ancha og‘ir fraksiyalari ko‘pincha mavjud bo‘ladi, ular gaz bosimi ortganida va harorati pasayganida, oson suyuqlanadi. Gaz kondensatlari deb atalmish ushbu fraksiyalar neftdan olingan standart suyuq yonilg‘ilar o‘rnida, mazkur yonilg‘ilar kamyob bo‘lganida, yoki iqtisodiy mulohazalarga ko‘ra, ishlatilatilishi mumkin. Respublikamiz hududidagi gaz konlaridan olinadigan 1 m3 gazning tarkibidan 15–170 sm3 suyuq gaz kondensatlari olinadi. 97 Albatta, gaz kondensatlarini dvigatellar konstruksiyasini deyarli qayta o‘zgartirmagan holda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Gaz kondensatlarining muhim tomoni – ishlab chiqarishning arzonligi, saqlanganida xossalarining o‘zgarmasligi, xususiyatlari va tarkibining doimiyligidadir. Turli konlardan olinadigan gaz kondensatlarining tarkibida uchqun bilan yondiraladigan dvigatellar talablariga javob beradigan yengil gaz kondensatlari va dizellarda qo‘llash mumkin bo‘lgan og‘ir gaz kondensatlari mavjud bo‘ladi. Markaziy Osiyo hududiga mansub bo‘lgan bu ikki turkum gaz kondensatlarining ba’zi bir xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ikkala turkum uchun umumiy jihatlar shuki, gaz kondensatlari tarkibida cheksiz birikmalar mavjud emas va ular aromatik, naften hamda parafinli uglevodorodlardan tarkib topgan. Yengil gaz kondensatlari Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda qaynay boshlaydi, bu esa, o‘z navbatida, dvigatel ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishiga moyillikni kuchaytiradi. Biroq maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy dvigatellarning ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘ladigan harorat avtomobillarning respublikamiz hududi sharoitlarida ishlaganida yuzaga keluvchi odatdagi qiymatidan biroz yuqori bo‘lar ekan. Gaz kondensatlari uncha yuqori bo‘lmagan antidetonatsion xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning oktan soni 54–58 oralig‘ida bo‘ladi. Biroq tetraetilqo‘rg‘oshin qo‘shish hisobiga gaz kondensatlarining oktan sonini o‘rta sifatli benzinlarning oktan soniga tenglashtirish mumkin. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning detonatsiyaga chidamliligini zamonaviy dvigatellar talab qiladigan darajagacha oshirish mumkin. Bu holda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo‘lgan talabni 50–60 foizga kamaytiradi. Gaz kondensatlarining qovushoqligi benzinlarning qovushoqligiga yaqin bo‘lganligi uchun dvigatelning ta’minlash tizimiga konstruktiv jihatdan o‘zgartirish kiritish talab qilinmaydi.


Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə