3-Mavzu: Turkiyaning aholi geografiyasi



Yüklə 225,26 Kb.
səhifə1/5
tarix29.04.2023
ölçüsü225,26 Kb.
#107704
  1   2   3   4   5
Turkiyaning aholi geografiyasi.


3-Mavzu: Turkiyaning aholi geografiyasi.
1. Turkiya aholisining ijtimoiy tarkibi va mexanik harakati.
2. Turkiya aholisi tabiiy harakatining mintaqaviy xususiyatlaroi
3. Davlatning demografik siyosati.
Turkiya davlatining aholisi ko‘p millatli aholi hisoblanadi. 2020 yil 31 dekabr holatiga ko'ra Turkiyaning aholisi 84.34 million aholisi etdi. O'tgan yilga nisbatan 909 ming 452 kishiga ko'payish kuzatildi. Erkaklar soni 42 million 221 ming 136 kishi bo'lsa, ayollar soni 41 million 933 ming 861 kishini tashkil qildi. Boshqacha aytganda, jami aholining 50,1 foizini erkaklar, 49,9 foizini ayollar tashkil etadi.
T urkiyada aholi soni o’sish dinamikasi 2007-2019 yillar
Istanbulning aholisi 14,804 ming bo'lgan , Anqara 3 million 517 ming kishi, Izmirda 2 million 500 ming kishi, Bursa va Antaliya 1 million 412 ming.
Aholi piramidalar - bu aholining yosh va jins tarkibidagi o'zgarishlarni aks ettiruvchi grafikalar. Turkiyaning 2007 yildagi aholi piramidasi va 2019 yil bilan taqqoslaganda, tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlarining pasayishi tufayli qariyalar soni va o'rtacha yoshning o'sishi kuzatiladi.
A holi piramidalar 2007 va 2019 yil holariga
Turkiyada o'rta yosh 31.5 ga ko'tarildi. O’rta yoshi - bu yangi tug'ilgan chaqaloqdan eng keksa yoshgacha bo'lgan populyatsiyani tashkil etadigan odamlarning yoshi o'sib boruvchi tartibda ro'yxatga olingan odamning o'rtacha yoshi. Median yoshi ham aholining yosh tarkibini sharhlashda qo'llaniladigan muhim ko'rsatkichlardan biridir.


Turkiyada erkaklar va ayollarning o’rtacha yosh ko’rsatkich dinamikasi
2 007-2019 yilar

2018 yilda Turkiyada o'rtacha yosh 32 da, 2019 yilda 32,4 ga ko'tarildi va 2020 yilda esa 31.5 ga tushdi. Jinsga qarab tahlil qilinganda, o'rtacha yosh erkaklarda 31,4 dan 31,7 gacha va ayollarda 32,7 dan 33,1 gacha ko'tarildi.


2014 yilda Turkiyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ayollar uchun 74 yoshni, erkaklar uchun 69,1 yoshni tashkil qilgan. 2015-2020 yillarda ikkala jins vakillarning ham bu ko‘rsatkichi 73,2 yoshni tashkil qildi, 2035-2040 yillarda esa 76,4 yoshni tashkil qilishi kutilmoqda. 2006 yilda o‘rtacha tug‘ilish 18,7%ni, o‘lim esa 6,3%ni tashkil qilgan. 2015-2020 yillarda o‘rtacha tug‘ilishi 16%ni tashkil qildi, 3035-2040 yillarda esa 12,6%ni tashkil qilishi kutilmoqda. Bu borada mamlakatda bolalar va go‘daklar o‘limini qisqartirish maqsadida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi, biroq mintaqalar bo‘yicha tibbiy xizmatlar o‘rtasidagi tafovut hali ham sezilib turadi.
Tibbiy xizmatlarni yaxshilash, hamda profilaktika maqsadida onalar va bolalar sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratilmoqda, bu borada bir qancha loyihalar amalga oshrilmoqda. Natijada bolalarning 90%i emlandi, qizilcha, tepki va meninigitga qarshi emlashlar bepul amalga oshirilmoqda. Tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida davlat sektori asosiy rolni o‘ynashni davom etmoqda. 92% shifoxona joylari va deyarli barcha profiliktik tibbiy xizmatlar davlat sektoriga tegishli
So‘nggi 20 yil ichida Turkiya Respublikasi o‘z fuqarolarining turmush darajasini yaxshilash borasida juda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Biroq Turkiya EIHR mamlakatlari ichida Better Life Index reytingi bo‘yicha nisbatan quyi o‘rinlarni egallaydi. Turkiyada soliqlardan ozod bo‘lgan sof daromad EIHR mamlakatlaridagi o‘rtacha daromaddan ancha kam. 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan aholining 48%i ish haqi to‘lanadigan ish o‘rinlariga ega. Bu ko‘rsatkich erkaklar orasida 69%ni, ayollar orasida esa 28%ni tashkil etadi. Tabiiyki, ta’lim ish topishning muhim omillaridan bir xisoblanadi. 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan aholining 31%i to‘liq o‘rta ta’limga ega. EIHRning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlarni baholashga qaratilgan xalqaro dasturiga muvofiq turk o‘quvchilari o‘rtacha 455 bal to‘playdilar, EIHR da bu ko‘rsatkich 497 ballni tashkil etadi.

Yüklə 225,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə