Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
14
Bu safarda qiyinchilik va azob-uqubatga bardosh berish kerak va ko'nglingiz unga 
chidash bersa, bu manzillardan o'tib, g'alabaga erishsangiz, jismingiz ruh kabi sof bo'lsa, 
sizda o'sha avvalgi hoi yana jilva etadi va visol ayyomiga erishasiz. Shunda shoh 
sifatlarini bilib olasiz va joningiz abadiy barhayot bo’ladi. Sayr mashaqqatlarining voqifi, 
shoh bilan kimligingizning orifi bo'lasiz. 
XXII 
Hudhudning To'tiga xitob qilib, uni maqsad yo'liga targ'ib etgani 
Ey o'z nutqining shuhrati bilan oliy maqom tutgan shirinso'z To'ti, sayra! 
Egningdagi yashil libosing bilan shohni izla, yo'ldan ozganlarga Xizr kabi yo'l ko'rsat. 
Eng avval o'z manzilingni yodga keltir va ko'nglingni bu umid bilan shod aylagin. 
Sening asl vataning Hindiston edi. Sen shoh bo'stonining maxsus ichkarisida yashar 
eding. U yerda shakarlarni yeb, shirin-shakar so'zlarding. Sayrashing visol 
shakkaristoni edi. Shoh qo'li  maskanu manzilgohing, o'zi esa so'zlashing holidan 
ogohing edi. Endi sen bu g'urbatdan ko'chgil va yana o'sha chaman sari parvoz etgil! 
XXIII 
Hudhudning Tovusga xitob qilib aytgan chiroyli so'zlari 
 
- Ey Tovus, davronni mastu alast qiluvchi jilvalaringni ko'rsat! Boshing uzra 
rahnamolik toji bor, taning latofat va go'zallikka kon. Qomatingga husnu jamoling 
shunday munosib tushganki, til uni vasf etishda loldir. Xilqatingga xo'blik, zotingga esa 
mahbublik yarashadi. Lekin sen o'z maskaningni, shoh qoshida jilva qiladigan 
gulshaningni yoddan chiqaribsan. Birdaniga u jannatni unutib yuborma, bu xarobazor 
hibsxonani tark etgil. Shoh bazmiga erishish shavqidan navo tortib, u go'zal bo'ston sari 
parvoz qilgin! 
 
XXIV 
Bulbul navosi ohangida Hudhudning xushovoz sayragani 
 
Ey shavq gulzorining Bulbuli! Shunday navo chekkilki, sening kuylaringda ajoyib 
zavqu shavq sirlari yangrasin! Ishq kuyini ming xil navo bilan tuzgil, benavolik qo'shig'ini 
boshla! Shoh gulistonida gul husniga mast bo'lib, u gul ishqida mastlikning kayf beruvchi 
jomini ko'tar. Bahor chog'i otashin gul jilva qilgach, uning har bir yaprog'i parlaringga o't 
yoqsin. 
Hozir sen u toza gulshandan yiroqdasan. Firoq o'ti jismingni kul aylamoqda. Ko'm-
ko'k osmon sari parvoz qilgil, o'sha qizil gul sari mayl ko'rgazgil. Shoh bo'stonida yuz gul 
jilva qilib turadi, sen esa bu yerda hijron shu'lasidan ming bor kuyib-yonasan! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə