Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
10
holda kirib keldi va shunday dedi: 
— Ey, g'ofil va bexabar gumh! Sizning ushbu holingiz g'aflat aro ostin-ustin bo'lib 
yotibdi. Chunki siz uchun olamda tengi va o'xshashi yo'q bir shoh borki, uning vasfini 
aytishga yuz ming til ham ojizlik qiladi. 
U olamdagi barcha qushlarga shohdir, holingizdan doimo ogohdir. U sizga yaqin, 
ammo siz undan yiroqsiz. U sizning vaslingizga yeta oladi, biroq siz uning firoqida 
qolgansiz.
Uning har patida yuz minglab ajoyib ranglar jilva qiladi. Har bir rangning o'zida yana 
ming xil go'zal naqshlar bor. Uning bu naqsh va ranglaridan aql xabardor emas, tafakkur 
uni mushohada etishga ojizdir. Chunki u aql bilan idrok qilishdan ustun bo'lib, shu bo’ls 
aql uni idrok qilishga yo'l topa ohnaydi. 
U Qof degan tog'da yashaydi, o'sha yerlarda uni Anqo deb ham ataydilar. Burun 
olamda u Simurg' nomi bilan shuhrat topgan, zoti esa bu oliy va yagona osmon peshtoqi 
aro to'p-tojiqdir. 
Siz u shohdan benihoya uzoqdasiz, ammo u sizga bo'yin tomiringizdan ham 
yaqinroqdir. Har kishi tirik bo'la turib, undan yiroqda bo’lsa, bu tiriklikdan o'lim ko'p 
yaxshiroqdir! 
XVI 
Hudhud Simurg' haqida xabar bergach, qushlar xushhol bo'lib, u haqda 
surishtirganlari 
Barcha qushlar qiy-chuv ko'tarib, Hudhud atrofida shunday g'avg'o boshladilar: 
— Ey nafasi jonbaxshu nutqi dilkash! Ularning har ikkisi ham jonu ko'ngilga foydalidir. 
Sen Sulaymon bazmiga qabul etilgansan va u seni elchilikka yuborgan. Uning xizmatida 
yaqinlikka erishgansan, yo'lida necha bekatlarni kezib chiqqansan. Uning amri bilan 
qanchadan-qancha vodiylardan uchib o'tib, oliy manzillarga yetishgansan. 
Sen xuddi Mustafo yonidagi Jabrail yanglig' Sulaymon qayerga borsa, o'sha yerda 
hozir bo'lding. Har qanday yaxshi-yomon paytlarida unga hamdamlik: ayshu ishrat 
chog'larida hamrozlik qilgansan. Agar u (o'z sevgilisi) Bilqis holidan xabar olishni 
xohlasa, sen darhol Bilqis turgan Sabo shahri tomon yo'lga ravona bo'lgansan. Yoridan 
xabar yetkazib, iztirob ichra turgan damlarida unga orom bag'ishlagansan. 
Shunday qilib, sen payg'ambarga mahramlik, har qancha g'am yuzlangan taqdirda 
ham hamdamlik qilding. Agar u shahar yoki dashtu biyobonlarda bazm tuzgudek bo’lsa, 
biz barcha qushlar qanotlarimiz bilan unga soyabon bo’lganmiz. Yuz minglab qush unga 
chodir o'rnini bosib turganida, sen o'sha soyada u bilan birga hamxona bo’lar eding. U 
shu tariqa bazm ichra seni baxtiyor etib, o'zining pinhoniy sirlariga mahram etgan edi. 
Chunki haq senga baland martaba ato qildi, natijada har bir par va a'zoingda biron-bir 
xosiyat hosil bo'ldi. 
Bizga esa gumrohlik monelik qiladi, shu sababli bizni o'sha shoh siridan ogoh qilsang. 
Uning sifatlaridan bizga rivoyat aytib, zotiga erishish uchun to'g'ri yo'l ko'rsatsang. Bizni 
bu g'aflat tuzog'idan qutqarib, zulmat va tubanlik shomida qoldirmasang. Bizni shoh 
sirlaridan voqif etsang va bu sir izhoridan bahramand etsang. Jahlga mukkasidan 
ketishdan saqlasang, shohimizni izlamakka yo'llasang. Agar biz bu ishda o'z 
maqsadimizga yetsak, sendan g'oyatda minnatdor bo’lur edik. 
XVII 
Qushlar diqqat bilan so 'raganlaridan so 'ngra Hudhud Simurg'dan nishonalaraytgani 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə