Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111
 
XXV 
Qumrining sayrashi usulida Hudhudning nag'masozligi 
Ey bo'ston Qumrisi! O'z ahvoling haqida bir sayrab bergin. Ajoyib kuylaring bilan 
qushlar to'dasini bir nafas lol qilib, ularni behol etgil. Yusr(dengiz o’simligi) tasbehini 
bo'yningga solib olding, bu haqda so'z aytishdan til og'ir ahvolda qoldi. Chunki sen har 
bo'ston aro sarson kezasan, bu bilan qonga belanib, tuproqqa ham qorishasan. Goho 
ishq savdosida majnunlar kabi mahzun nolalar chekasan. Go'yo sen visol bog'ini yod 
etib, bu yanglig' oshuftahol bo'lgandeksan. Senga quvonchli xabar shuki, bu g'amda 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
15
benavo qolmasdan, tezda o'sha gulshan tomon havoga ko'tarilgil! 
 
XXVI 
Kaklik sayrashi yo'sinida Hudhudning kuylagani 
Ey, firoq tog'ining Kakligi! Ko'zingni ishtiyoq dardida la'l etib, xirom qilg'il. Hajr 
tog'idagi Farhodga o'xshash bir yerda qaror topmay, yo'lga qadam tashlagil. Sening 
tumshug'ing lolaga o'xshash qizildir. Bu qon yutishlikdan aniq dalildir. Go'yoki 
yaqinlik Qofini yod aylab, uzoqdan turib faryod urayotgandeksan. Ammo bu baland 
sayrashlaring qahqaha emas, balki o'z motamingga zaharli kulgidir. Chunki sen Qof tog'i 
sari azm qilding, endi vasl umidi bilan bazm tuzgil. Vasl umidi yaqindir, sen bundan shod 
bo'lgil, hajr tog'i toshidan ozod bo'lgil! 
 
XXVII 
Tazarv(tustovuq) xiromi tezligida Hudhudning sayrdan so 'z ochgani 
— Ey noz bilan ishva qiluvchi ra'no Tazarv! Ozoda sarv gulshan aro sening qulingdir. 
Sening jamoling gulistonga ko'rkamlik baxsh etadi, hattoki gul ham sening qizil yuzing 
oldida hijolat tortadi. Sen goh bog'larda, goh o'tlog'larda jilva qilasan; bog'u rog'lar 
sening zeboliging bilan faxrlanadi. Sen ham chaman ahliga sevimlisan: ham vahshiy 
hayvonlar uchun yoqimlisan. Garchi ra'noliging behad, husn ila zeboliging benihoyat 
bo’lsa-da, hech qachon o'z husningga mag'rur, o'z jamolingga masrur bo'lmagil. U 
benuqson husnni ham yod qilib, o't kabi u gulshan tomon yurish qilgil! 
XXVIII 
Durroj(qirg’ovul) ravishi nisbatida Hudhudning qadam urgani 
— Kel-kel, ey Durroj! Sen nihoyatda go'zalsan, jon qushi kabi barchaga yoqimlisan. 
Sen — o'rmonlar bezagi, yurishing yashil maysalarga rivoj beradi. Mastona kuylaring 
dilni o'ziga tortadi, tinglovchilar ko'nglidan sabrni eltadi. Hay'ating chiroyliyu shakling 
dilpazir, surating kelishganu nutqing mislsiz! Shuncha yoqimtoy ko'rinish, maftunkor 
tuzilish, chiroyli va ravon sayrashing bilan hammadan avval sen bu kishandan ozod 
bo'lib, o'sha shohga ov bo'lsang arziydi. U tuzoq yoyganida joningni fido et, bu ishing 
bilan sen abadiy umrdan bahramand bo'lasan! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə