«O’yla, izla, top» Kimyo fanidan «O’yla, izla, top»



Yüklə 83,26 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü83,26 Kb.
#30542

«O’YLA, IZLA, TOP»

Kimyo fanidan «O’yla, izla, top» intellktual o’yin –dars orqali o’quvchilarning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish yo’llari.



Maqsad:O’quvchilarning kimyo faniga qiziqishini orttirish
Ta’lim vositalari:

a)videoproyektor, kompyuter, kartochkalar, markerlar, davriy sistema, elementlarning kuchlanish qatori.

b)Multimedia slayd (Prezentatsiya-taqdimoti- Power Point)

Ushbu o’qyin darsida har bir guruhdan bir ishtirokchi qatnashadi.. Ishtirokchilar o’yin shartlari bilan tanishtiriladi. Hakamlar hayatia’zolari sifatida kimyo va biologiya fani o’qituvchilari tayinlanadi.



O’yinning asosiy qismi

O’yin- dars IV shartdan iborat.



I shart

Tanlov

Bunda hamma ro’yxatga kiritilgan ishtirokchilar qatnashadi. Tanlovda boshlovchi savol beradi savollar ekranda namoyish qilinadi. Ishtirokchilarga kartochkalar : a), b), c), d) - (variantlar ) , oq varaq А4 formatda, markerlar beriladi. Javoblar to’rtta variantda bo’ladi, ishtirokchi o’zi to’g’ri deb bilgan tegishli javob kartochkasini ko’rsatadi.



I.Quyida keltirilgan elementlardan qaysi biri ishqoriy metall ?

a)mis b)natriy c)temir d)qo’rg’osin



II.Quyida keltirilgan kislotalardan qaysi biri kuchli kislota?

a)nitrat kislota b)fosfat kislota c)sulfat kislota d)xlorid kislota



III.Erimaydigan asos qaysi ?

a)Cu (OH)2 b)Ca(OH)2 c)Ba (OH)2 d)NaOH



iV.Suyuq metallmas elementni toping

a)oltingugurt b)xlor c)yod d)brom



V.Quyidagi moddalardan amfoter oksidni toping

a)FeO b)CuO c)ZnO d)MgO



VI.Uglerodning allotropik shakl o’zgarishini ko’rsating

a)ozon b)karbonat angidrid c)grafit d)is gazi



VII.Tabiatda uchraydigan mineralni toping

a)bo’r b)gips c)kvarts d)boksit



VIII. Quyidagi keltirilganlardan qaysi biri oksid emas?

a)BaO b)B2O3 c)H2O2 d)N2O5



XI.Faol bo’lmagan metallni ko’rsating

a)rux b)mis c)kumush d)oltin



X.Quyidagi moddalar orasida qaysi biri organik birikma?

a)soda b)osh tuzi c)shakar d)suv



XI.Quyida keltirilgan moddalardan qaysi biri galogen emas?

a)bor b)ftor c)xlor d)astat



XII.Davriy jadvalda nechta davr bor?

a)beshta b)oltita c)yettita d)sakkizta

Har bir to’g’ri javob uchun bir balldan beriladi.12 ta savoldan keyin hayat a’zolari beshta g’olibni, eng ko’p ball to’plagan ishtirokchini aniqlashadi. Agar bir necha ishtirokchi bir xil ballar to’plasa u holda boshlovchi yana savol beradi .Qolgan ishtirokchilar savolga javob berishlari shart emas.

Qo’shimcha savollar

XIII. Yagona suyuq metallni ko’rsating

a)litiy b)aluminiy c)simob d)qalay



XIV. Eng kuchli elaktrmanfiy elementni ko’rsating

a)vodorod b)xlor c)kislorod d)ftor



XV. Moos shkalasi bo’yicha eng qattiq moddaning toping.

a)kvars b)olmos c)korund d)grafit



XVI. Elektrolitni ionlarga parchalanishi qaysi jarayonda sodir bo’ladi?

a)elektroliz b)gidroliz c)dissotsiyalanish d)bug’lanish



XVII. Kalsiy gidroksid texnikada qanday ataladi?

a)o’yuvchi natriy b)ohaktosh c)so’ndirilmagan ohak d)so’ndirilgan ohak



XVIII. Osh tuzini eritmadan qanday ajratib olinadi?

a)filtrlab b)magnit yordamida c)bug’latib d)tindirib



XIX. Kimyoviy reaksiya tezligi nima yordamida tezlashtiriladi?

a)indikator b)elektrolit c)ingibitor d)katalizator



II shart:

TOIFALAR BO’YICHA SAVOLLAR(fanlararo bog’lanish)

Ekranda toifalar aks etgan jadval namoyish qilinadi.



Ishtirokchi toifalarni tanlaydi. Boshlovchi bir daqiqa ichida beshta savol beradi. Ishtirokchi har bitta to’g’ri javob uchun bir ball oladi. Avvalgi shartda olingan ballar bu shartga qo’shilmaydi.Har bir ishtirokchi ikkita toifada aks ettirilgan savolga javob berishi kerak

Kimyo va adabiyot


Buyuk kimyogar olimlar


Kimyoviy jihozlar


Kimyoviy belgilar


Kimyo va fizika


Kimyo va biologiya


Kundalik turmushda kimyo


Kimyo va geografiya


Kimyo va tibbiyot


Kimyo va atrof muhit


Kimyo va adabiyot

  • М.V.Lomonosov ushbu tabiiy silikat mahsulotiga atab oda yozgan(shisha)

  • Аntuan Sent-Ekzuperi bu modda haqida shunday deb yozgan edi: «Sen – hayotsan!»(suv)

  • Fantast-yozuvchi Belyayev fikricha, savdogar shu modda bilan savdo qilgan.(havo)

  • Dante Aligyeri do’zaxda o’sha moddaning hidi keladi deb xato qilgan, aslida bu modda hidsiz(Oltingugurt)

  • Uglerodning allotropik shakl o’zgarishi ko’p detektivlarda qonli to’qnashuvlarga sabab bo’ladi(Olmos)

Kimyo va biologiya

  • O’simliklardagi hayotiy jarayon quyidagi reaksiyada o’z aksini topgan:

6CO2 + 6H2O = C6H12O6 + 6O2.(Fotosintez)

  • Vena qon tomiri ushbu moddaga to’yingan(Karbonat angidrid)

  • Havo tarbiga kiradigan ushbu gazni faqat tugunak bakteriyalar qayta ishlab chiqara oladi.(Azot)

  • Oqsillarni chirishi natijasida atmosferaga ushbu zaharli gaz (palag’da tuxum hidi keladigan gaz) ajralib chiqadi.(Vodorod sulfid)

  • Kraxmal og’iz bo’shlig’ida fermentlar ta’sirida ushbu moddaga aylanadi.(glukoza)

Buyuk kimyogar olimlar

  • Atom-molekulyar ta’limotni yaratgan mashur rus olimi kim ?(Lomonosov)

  • Ko’pchilik uni taniqli kompozitorligini biladi, lekin kamchilik biladi uni ajoyib kimyogarligini.Bu olim kim?(A.P. Borodin)

  • Metallarning kuchlanish qatorini yaratgani uchun ushbu qatorni shu olim nomi bilan atalgan...(Beketov)

  • Qaysi shved olimi kimyoviy belgi(simvol)ni yaratgan.(Bersellius)

  • Atom va molekula tushunchasini fanga kiritgan, 20 dan ortiq elementning atom massasini hisoblab topgan olim kim?(D.Dalton)

Kundalik turmushda kimyo

  • Natriy gidrokarbonatning turmushda ishlatiladigan ikkinchi nomi…(Ichimlik soda)

  • Moy bo’yoqda ifloslangan qo’lni, ushbu oziq-ovqat mahsuloti yordamida ketkazish mumkin…(O’simlik moyi)

  • Ushbu metalldan tayyorlangan idishda ishqoriy va kislotali eritmani saqlab bo’lmaydi…(Aluminiy)

  • Meva va sharbatlardan hosil bo’lgan dog’ni ushbu tibbiyot preparati yordamida ketkazish mumkin…(Vodorod peroksid)

  • Tajribali uy bekasi bu mahsulotni taom tayyorlashda, dazmolni tozalashda, yog’ dog’larini ketkazishda, nohush hidlarni yo’qotishda ham ishlatadi…(Osh tuzi)

Kimyo va atrof muhit

  • Avtomobildan chiqayotgan chiqindi gaz tarkibida …metali birikmalari havoni ifloslantiradi (Qo’rg’oshin).

  • Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar…(Tarkibida xlor, ftor birikmalari bo’lgan moddalar-freonlar.)

  • Hozirgi vaqtda kumush XIX asrdagidek qimmabaho hisoblanmaydi, chunki havoda tez qorayadi. Nima sababdan bu tez sodir bo’lyapti…( Havo tarkibidagi vodorod sulfid konsentratsiyasi XIX asrdagiga nisbatan ortganligi sababli).

  • Karbonat angidridni atmosferada to’planishini ekologlar …deb atashadi .(Issiqxona effekti)

  • Oltingugurt va azot oksidlari atmosferada yig’ilib… deb atalgan ekologik muammoni keltirib chiqaradi. (Кislotali yomg’ir)

Kimyoviy jihozlar

  • Nemis olimi Kol’be sharafiga nomlangan kimyoviy idish…(Kolba)

  • Suyuqlik hajmini o’lchash uchun ishlatiladigan idish nomi…(Menzurka)

  • Distillangan suv olish uchun foydalaniladigan asbob nomi…(Distillator)

  • Kolba va probirka kabi jihozlarni mahkamlaydigan asbob nomi…(Laboratoriya shtativi)

  • Bir-biriga qoshilmaydigan suyuqlik(yog’ va suv)ni ajratish uchun ishlatiladigan jihoz nomi…(Bo’lgich voronka)

Kimyo va geografiya

  • Yer yuzida eng ko’p tarqalgan element…(Kislorod)

  • Aynan shu modda «Yer qalqoni» vazifasini bajaradi…(Ozon)

  • Ushbu shaharni tarjimasi «kumush» ma’nosini anglatadi…(Argentina)

  • Bu moddaning ayniqsa metallurgiya sohasida ko’p ishlatilgani bois «Sanoat noni»deb atashadi…( Ko’mir)

  • Bu rangli metall -Boksit va nefelin minerallar tarkibida uchraydi…(Aluminiy)

Kimyoviy belgilar (simvol)

  • Grekchadan tarjima qilganda «Yashil» ma’nosini bildiradigan element nomi…(Xlor)

  • Avval quyoshda so’ngra yerda kashf qilingan element…(Geliy)

  • Yunonchadan tarjima qilganda «Тоsh» ma’nosini anglatadi. (Lithos-Litiy)

  • Davriy jadval yaratuvchisi sharafiga nomlangan element…(Mendeleyeviy)

  • Davriy jadavalda muqim joyiga ega bo’lmagan element…( Vodorod)

Kimyo va tibbiyot

  • Bu gazning suvdagi eritmasi nashatir(novshadil) spirti deyiladi…(Ammiak)

  • Bu element yetishmasligi natijasida qalqonsimon bezi kasalligi (buqoq) vujudga keladi(Yod)

  • Gemoglobin tarkibiga kiruvchi element…(Temir)

  • Kariyesga qarshi kurashish uchun bu element birikmasidan tish pastasi tayyorlanadi…(Ftor)

  • Ushbu moddalar yetishmasligi (kichik dozada bo’lsa ham)moddalar almashinuvini buzilishiga va o’limgacha olib keladi( Vitaminlar)

Kimyo va fizika

  • Kimyoviy tok manbalari (Galvanik elementlar)

  • Uran va uranga o’xshash xossalarni namoyon qiluvchi transuran…. elementlar (Radioaktiv)

  • Kimyoviy reksiyaning issiqlik effekti ushbu energiyaning o’zgarishiga bog’liq.(Ichki energiya)

  • Elektr toki yordamida oddiy va murakkab moddalarni olish.(Elektroliz)

  • Dastlab «Х» nurlar deb atalib keyinchalik nomi o’zgartirilgan nurlar (Rentgen nurlari)

II shart natijalari e’lon qilinadi. Beshta eng faol ishtirokchi aniqlangandan so’ng , yutqizgan ishtirokchilarga sovrinlar beriladi.

III shart

Anorganik moddalarning tibbiyotda qo’llanilishi

1. Tinchlantiruvchi vosita, bosh miya qobigidagi qo’zg’alish va tinchlantirish jarayonlarini me’yoriga keltiruvchi vosita sifatida ishlatiladigan moddaningng nomi qanday ataladi?

а) natriy bromid, b) natriy xlorid, c) natriy gidrokarbonat, d) kalsiy xlorid.

2. “Kuldiruvchi gaz” deb ataluvchi narkoz sifatida ishlatiladigan moddaningng formulasi qanday?

а) azot (I)oksidi, b) azot (II) oksidi, c) azot (IV) oksidi , d) azot (V)oksidi

3. Qon to’xtatuvchi modda sifatida - qon ketganda, asabiylashganda (nevroz)- tinchlantiruvchi, bronxial astmada va sil kasalligida (tuberkuloz) ishlatiladigan moddaning nomi qanday ataladi?

а) ammoniy xlorid, b) kalsiy xlorid, c) kaliy yodid, d) bariy sulfat.

4. Surtma-malham tayyorlashda ishlatiladigan antiseptik sifatida ishlatiladigan moddaning nomi qanday ataladi?

а) magniy oksidi, b) kalsiy oksidi, c) rux oksidi, d) aluminiy oksidi.

5. Oshqon-ichak kasalliklarida rentgen tahlilida ishlatiladigan «Bariyli bo’tqa» (Баритова каша) deb atalgan kimyoviy modda bu….

а) bariy sulfat, b) natriy sulfat, c) kalsiy sulfat, d) simob sulfat.

6. Kamqonlik «Anemiya»da ishlatiladigan moddaning nomi qanday ataladi?

а) mis (II) sulfat, b) temir (II) sulfat, c) rux sulfat, d) kalsiy glukonat.

7. Zaharlanishda, oshqozon kislotasini kislotaliligi oshganda, meteorizmda ishlatiladigan moddaning nomi qanday ataladi?

а) aktivlangan ko’mir, b) asetilsalitsil kislota, c) kalsiy glukonat, d) penitsillin.

8. Yurak faoliyatini boshqaruvchi, aritmiyaga qarshi ishlatiladigan moddaning nomi qanday ataladi?

а) kaliy xlorid, b) natriy xlorid, c) temir (III) xlorid, d) kalsiy xlorid.

9. Stomatologiyada tishdagi nervni o’ldirish maqsadida ishlatiladigan moddaning nomi qanday ataladi?

а) bariy oksidi, b) kalsiy oksidi, c) mishyak (III) oksidi d) aluminiy oksidi.

10. Vodorod peroksidning necha foizli eritmasi- stomatit va angina kasalliklarida tomoq chayish uchun ishlatiladi?

а) 1%, b) 3%, c) 5%, d) 30%.

III shart natijalari e’lon qilinadi. Uchta eng faol ishtirokchi aniqlangandan so’ng , yutqizgan ishtirokchilarga sovrinlar beriladi.



IV shart

Organik moddalarning tibbiyotda qo’llanilishi

  1. Ekstrakt, emulsiya, nastoyka tayyorlashda ishlatiladigan antiseptik moddaning nomi bu…

а) etil spirt, b) glitserin, c) metil spirt. d) formalin.

2. Teriga tekkanda qizarish, achishish keltirib chiqaradigan chumolida, gazandao’t tarkibida uchraydigan….kislota

а) sirka, b) shovul, c) chumoli, d) limon.

3. …kislota- ishqordan zaharlanishda ishlatiladi

а) sirka, b) shovul, c) chumoli, d) limon.

4. Kimyoviy kuyishda, og’ir metall tuzlari bilan zaharlanganda ishlatiladigan moddaningng nomi qanday ataladi?

а) tal’k, b) glukoza, c) kraxmal, d) oltingugurt.

5. Yurak hurujlarida- …qon tomirni kengaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi

а) bromgeksin, b) analgin, c) aspirin, d) validol.

6. Bosh og’rigi, radikulit, miozit, nevralgiya, revmatizm kabi kasalliklarda og’riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladigan moddaning nomi qanday ataladi?

а) korvalol, b) streptotsid, c) analgin, d) penitsillin.

7. Stomatologiyada o’griqsizlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladigan moddaning nomi qanday ataladi?

а) lidokain, b) eritromitsin, c) naftizin, d) parasetamol.

8. Surtma-malham tayyorlashda asos sifatida ishlatiladigan organik moddaning nomi qanday?

а) etanol, b) glitserin, c) kraxmal, d) parafin.

9. Dastlab jarroxlikda ishlatilgan antiseptik modda .

а) fenol, b) glitserin, c) chumoli kislota, d) benzol.

10. Narkotik bo’lmagan analgetik…

а) etanol, b) morfin, c) azot (I) oksidi, d) analgin.



IV shart natijalari e’lon qilinadi. Bitta eng faol ishtirokchi aniqlangandan so’ng, yutqizgan ishtirokchilarga sovrinlar beriladi.Yutgan g’olib o’quvchiga «Zukko kimyogar» nomi beriladi va qimmatbaho sovrin bilan taqdirlanadi.

Tuzuvchi: Namangan tibiyot kolleji kimyo fani o’qituvchisi Abdaliyeva G’oliba
Yüklə 83,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə