I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə17/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2 5402138443897647713 (1)

Xulosa va tavsiyalar
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarda bilishga nisbatan qiziqishini о‘stirishda o’zida rivojlantirgan kasbiy sifatlar bilan birga quyidagi asosiy qoidalariga tayanishi lozim:
1. Bolalardagi bilishga nisbatan qiziqishni hamda aqliy mehnat jarayoniga nisbatan muhabbatni rivojlantirish uchun о‘quv jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki , unda bola faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni о‘zi “kashf etishi” va muammoli harakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2. Yangi material qanchalar bola tomonidan avval о‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘liq bо‘lsa , u bola uchun shunchalar qiziqarli bо‘ladi.
3. Haddan ziyod oson va haddan ziyod qiyin material bolada qiziqish uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar qiyin, lekin bolaning kuchi yetadigan darajada bо‘lishi lozim.
4.Tajribali bolalar о‘rganilayotgan mavzu yoki bо‘limning ahamiyatini kо‘rsatish, bolaning о‘quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy о‘yinlardan keng foydalaniladi. Shuning uchun iroda qatiyatlilik, mehnatsevarlik kabi hislatlarni komol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu hislatlar bolaning kelgusida о‘z-о‘zini nazorat qilishga, о‘z-о‘zini baholashiga va mustaqil ta’lim olishiga asos bо‘lishi kerak.
5. Tarbiyachining bolalarga bо‘lgan munosabati, ularning ijodiyotiga , tafakkuriga bilish faoligiga, mustaqilligiga keng yо‘l ochishi zarur.
6. Bola bajargan ish natijasi yaxshi bо‘lmasa ham, uni kechagi bajargan ishiga nisbatan siljish borligi uchun rag‘batlantirish, о‘z navbatida kerakli natijaga qanday erishish mumkinligini kо‘rsatuvchi aniq kо‘rsatmalar beriishi maqsadga muofiqdir.
7. Bolalar о‘z ish natijalari va tengdoshlarining ish natijalarini tо‘g‘ri baholashga о‘rgatib borish ham ta’limiy ham tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Metodik tavsiyalar:

1. Bolalardagi bilishga nisbatan qiziqishini hamda aqliy mehnat jarayoniga nisbatan muhabbatni rivojlantirish uchun o‘quv jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, unda bola faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi “kashf etishi” va muammoli harakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2. Boshqa mehnat singari aqliy mehnat ham ko‘p qirrali bo‘lgan taqdirdagina qiziqarli bo‘lishi mumkin. Bir turdagi ma’lumotlar va bir hil o‘qitish bolaning juda tez zerikishiga sabab bo‘ladi.
3. O‘rganilayotgan hodisaga nisbatan qiziqishini namoyon etishi uchun ayni shu fan yoki bo‘lim bolaning o‘zi uchun qanchalar kerakligi, ahamiyati, foydaliligini bilishi juda muhim.
4. Yangi material qanchalar bola tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u bola uchun shunchalar qiziqarli bo‘ladi.
5. Haddan ziyod oson va haddan ziyod qiyin material bolada qiziqish uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar qiyin, lekin bolaning kuchi yetadigan darajada bo‘lishi lozim.
6. Har qanday faoliyatda vaqtni alohida e’tiborga olishi kerak. Aks holda bolalar ko’p vaqt ishlasa zerikib, oz vaqt ishlasa hech narsani anglamay qolishadi.
7. MTT tinch, bolaning o’zlashtirishi uchun qulay sharoit yaratishi kerak.
Tajribali pedagog o‘rganilayotgan mavzu yoki bo‘limning ahamiyatini ko‘rsatish, bolaning o‘quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o‘yinlardan keng foydalaniladi. Lekin ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo‘lavermaydi. Shuning uchun iroda qatiyatlilik, mehnatsevarlik kabi hislatlarni komol toptirilishi nihoyatda zarurdir.Ana shu hislatlar bolaning kelgusida o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘z-o‘zini baholashiga va mustaqil ta’lim olishiga asos bo‘lishi kerak.
1. Maktabgacha ta’limi shaxsni rivojlantiruvchi ta’limga aylanmog‘i lozim.
4. Bola bajargan ish natijasi yaxshi bo‘lmasa ham, uni kechagi bajargan ishiga nisbatan siljish borligi uchun rag‘batlantirish, o‘z navbatida kerakli natijaga qanday erishish mumkinligini ko‘rsatuvchi aniq ko‘rsatmalar beriishi maqsadga muofiqdir.


Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə