8-Mavzu: Bolalarni masalalar yechishga oʻrgatish



Yüklə 27,16 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü27,16 Kb.
#133625
  1   2
8-Ma\'ruza (2)


8-Mavzu: Bolalarni masalalar yechishga oʻrgatish. Bolalarni arifmetik amallarni ifodalashga oʻrgatish. Bolalarga hisoblash usulini oʻrgatish. Arifmetik masalala ustida ishlashda metodik usullar va ichillik.
Tayanch so‘z va iboralar: shaxs, maktabgacha yoshdagi bolalar, ta’lim-tarbiya mazmuni, maktabga tayyorlik darajasi, minimal talablar, davlat talablari, ijtimoiy buyurtma, sanash.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonuni nuqtayi nazaridan maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonuni talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlod istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga, maktabga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni, oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishi ushbu maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e`tirof etiladi. Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog‘lomligi, qobiliyati, ehtiyoji va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayoggan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘lishidan qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Yüklə 27,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə