Dars konspektini tuzish



Yüklə 39,85 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü39,85 Kb.
#129863
Dars konspektini tuzish-fayllar.org


Dars konspektini tuzish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI (maxsus sirtqi) bo’limi
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI
345-GURUH TALABASI
MANSUROVA GULSARANING
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
DARS KONSPEKTINI TUZISH” mavzusida tayyorlagan

KURS ISHI

Qabul qildi: Hazratqulov.M
Bajardi: Burxonova. F
Samarqand – 2023
Mundarija:

Kirish………………………………………………………………………………3
I.Bob. Dars konspektini tuzishning asosiy qoidalari.
1.1.Dars konspekti tuzishning maqsadi va muhimligi……..……………………….4
1.2.Dars konspekti tuzishning tartibi va qo'llanish usullari……..……...…………14
II.Bob. Dars konspektini tuzishda qo'llaniladigan usullar.
2.1 Dars konspekti tuzishda o'quvchilarning qiziqishi va ma'lumotlarni to’plash……………………………………………………….…..……………….22
2.2 Dars konspekti tuzishning asosiy qismlari…………………………………....38
Xulosa……………………………………...………………………………….….40
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………41
Dars konspekti tuzishning bir necha usullari mavjud, ammo umumiy ravishda dars konspektini tuzish uchun quyidagi qadamlarni bajarish mumkin:

Maqsadni aniqlash: Darsning maqsadi va o'quvchilarga nima o'rgatilishi kerakligini tushunish uchun, darsning maqsadini tushunish zarur.


Materiyalni tanlash: O'qituvchilar o'qitishni rejalashtirishda materiyalni chiqish qatnashchilari, nazorat qiluvchilar, o'qitish vositalari va o'qitishning boshqa taraflarini hisobga oladilar.
Plani yaratish: Darsning asosiy mavzularini va bir-biriga bog'liq elementlarini aniqlash va ularga qarab, darsning barcha qismlarini tuzish uchun plan yaratish.
O'qitish metodlarini belgilash: O'qituvchi o'quvchilarga o'rgatish usullarini tanlashi kerak. Bu usullar o'qitishning qiziqishni oshirish, o'quvchilarning ishonchini ko'paytirish va yangiliklarini o'rgatish uchun foydali bo'ladi.
O'quvchilarga maslahat bermoq: O'qituvchilar o'quvchilarning qiziqishlarini, bilim darajalarini va o'rganish shakllarini tushunish uchun o'quvchilar bilan muloqot qilishadi.
O'qitish matnini tayyorlash: O'qituvchi o'qitish matnini tayyorlaydi. Bu matn o'quvchilarning to'g'ridan-to'g'ri foydalanishi uchun kerakli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Dars konspektini tayyorlash: O'qituvchi dars konspektini tayyorlaydi. Bu konspekt darsning barcha elementlarini to'g'ridan-to'g'ri joylashtiradi.

Natijalarni baholash: O'qituvchi o'quvchilarning o'rganish darajalarini nazorat qiladi. Bu natijalar o'qituvchiga keyingi darsda o'rgatishda yordam beradi.


Darsni yaxshi yakunlash: Darsni yaxshi yakunlash uchun o'qituvchilar darsni qisqa bir muhokama bilan yopishadi va qolgan savollarga javob berishadi.
Shu bilan birga, dars konspekti tuzish - o'qitishni tashkil etish uchun muhim bo'lgan jarayondir.
Hozirgi vaqtda insonning ilmiy-amaliy tayyorgarlik saviyasi, tafakkur darajasi, intellektual salohiyati, og‘zaki nutqi, savodxonlik darajasiga jiddiy e’tibor qaratilayotgan bir paytda talabaga uy vazifasi berish va undan ijobiy natija kutish hamisha ham samara beravermaydi, kuchsizroq talaba uchun hatto bu zararli bo‘lishi ham mumkin. Ta’lim oluvchida yetarli bilim zaxirasini paydo qilmay turib, ularni yaratishga undasak, yo hech nima chiqmaydi, yoki topshiriqlar nari-beri “uddalanadi”.1
Ta’lim oluvchilarning tashabbusi yo‘qdan paydo bo‘lishi mumkin emas. Ularni yaratishga o‘rgatish, buning uchun ularda kerakli bilim va tajriba shakllanishi va rivojlanishi kerak.
Mustaqil ta’lim – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishni, o‘zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida auditoriyadan tashqarida bajariladi. Talabalarga mustaqil ish(ta’lim)ni bajarish yuzasidan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta’lim turlari – rang-barang va turli elektron ko‘rinishlari – fan o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi.
Mustaqil ta’lim fanni o‘zlashtirishga, mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqil ta’lim tizimi o‘quv materiallari talabalarning fanga tegishli faoliyat usuli bo‘yicha nazariy ma`lumotlar bilan bir qatorda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun turli xildagi, hajmdagi va murakkablikdagi topshiriqlarni qamrab olishi kerak.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
kerakli ma’lumotlarni izlab topish, o‘rganishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini belgilash;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
o‘quv adabiyotlaridan mustaqil holda ilmiy axborotlarni ola bilish;
amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil bajarish uchun berilgan amaliy topshiriq (mustaqil ish)larni bajarish va mustaqil ishlarni mas’ul o‘qituvchi va guruh talabalari o‘rtasida himoya qila bilish va h.
Buni quyidagi chizmada ifodalaymiz:
Talabalarning o‘quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki umumkasbiy o‘quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo‘lishda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o‘ynaydi.

Mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalariga ularning o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash (ilmiy axborotlarni ola bilish va h.k), mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish va bajargan mustaqil topshiriqni mas’ul o‘qituvchi va guruhdoshlari oldida himoya qila bilish kabi bilim va malakalari kiradi.


Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yilda 744-sonli buyrug‘i bilan ma’qullangan “Ona tili o‘qitish metodikasi” fan dasturiga binoan mustaqil ta’limning mavzularini tayyorlashda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
-mustaqil ravishda darslik, o‘quv qo‘llanmalari va metodik qo‘llanmalarda belgilab berilgan mavzularni o‘rganish;
referat tayyorlash;
-tarqatma materiallar bo‘yicha auditoriyada o‘rganilgan ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish;
-ma’lum bir mavsu yoki fan yuzasidan testlar yoki savollar jamlanmasini yaratish;
mavzu yuzasidan dars ishlanmasi va taqdimotini yaratish;
ma’lum bir mavzudan tarqatmali materiallar, ko‘rgazmali qurollar yaratish;
kurs ishi yozish.
Yuqorida berilgan shakllarning qaysi biridan foydalanish fanning xususiyatlariga qarab o‘qituvchi tomonidan tanlanadi.
Mustaqil ishlarni tashkil etish tartibi va ilmiy rahbarning vazifalari
mustaqil ta’limning mavzulari beriladi;
ishni topshirish muddati va topshirish shakli haqida ma’lumot beriladi;
mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar tavsiyalar shaklida beriladi;
mavzuga oid adabiyotlar tavsiya qilinadi;
mavzuning rejasini tuzishda talabaga yordam beriladi;
mustaqil ish va rejalarning bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratlar o‘tkazib turiladi va tavsiyalar berib boriladi;
ko‘rsatilgan muddatda berilgan topshiriqlar ko'riladi;
topshiriq yuzasidan test yoki savol-javob o‘tkaziladi;
amaliy xarakterdagi topshiriqlarning yechimi ko'rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi;
mustaqil ish belgilab berilgan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Mustaqil ishini tashkil etishda talabaning vazifalari
Talaba mustaqil ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi zarur:
–ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;
–ilmiy rahbarning tuzib bergan reja asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
–o‘rnatilgan tartib bo‘yicha mustaqil ishning hisobini o‘z vaqtida kafedraga taqdim etish.
Talabaning mustaqil ishini nazorat qilish kafedrada ishlab chiqilgan jadval va fanning texnologik xaritasi asosida olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba mustaqil ishning nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch tushunchalar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan o‘rinlarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axbarot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Odatda, talabalar topshiriqni bajarish jarayonida mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch tushunchalarni
anglagan holada mavzuga taalluqli atamalarga alohida ahamiyat beradilar. (Bunda muayyan o‘rinlarning belgilangan adabiyotlardan aynan ko‘chirilmasligiga, mohiyatni talaba o‘z tushunganlari asosida yorita olishiga e’tibor beriladi.)
Fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash topshirig‘i ijrosini fan o‘qituvchisi imkon qadar og‘zaki savol-javob bilan mustahkamlasa, bu talabaning tafakkur dunyosini yoritishi aniq.
Ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash

Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (avtoreferatlar, monografiyalar, ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi.


Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtayi nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referatning o‘ziga xosligi shundaki, u keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo‘lmaydi, ammo matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi. Referatning tuzilishi, asosan, 3 qismdan iborat bo‘ladi. Bular–
referat rejasi (kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar (referatning shart bo‘lmagan qismi – ilovalar) yoritiladi);
referat matni (mavzu; mavzu muammosi; referat qilinadigan ishning predmeti; maqsad va vazifalari; mazmuni; aniq natijalar; umumiy xulosalar; ish natijalari qo‘llaniladigan soha);
bibliografik bayon (yoki foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati)da (asar/maqola/tezis va h. muallifining familiyasi (to‘liq), ismi, otasining ismi (bosh harflari); asar nomi; nashr qilingan joyi; nashriyot nomi; nashr yili va sahifalar soni. (Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bo‘lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.)
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referatning mavzu materialida umumiy yo‘nalish olishga imkon beradi, uning to‘g‘ri tanlanishi va bayon qilish
mantig‘ini ta’minlaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan, puxta o‘ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g‘oyat muhim sharti hisoblanadi.
Referatning asosiy qismi o‘zining lo‘nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo‘linishi zarur. Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referatni tayyorlash maqsadi va vazifalari ifodalanadi.
Referat matnidagi kelishilangan iboralar va so‘z birikmalari quyidagilar: “Ishda …. Tizim ko‘rib chiqiladi…”.
(Muallifning F.I.OI.) “… ” asarida … berilgan.
“Kirishda ko‘rsatilishicha, ..”. “Muallifning fikricha, …”.
Muallif shunga asoslanadiki, …. Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi. “1-bobda… masalasi yoritiladi”.
“2-bobda … tadqiq qilinadi”.
“…haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi”. “Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi”. “Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi”. “ 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko‘rib chiqiladi”. “… zarurligi belgilanadi”.
“Xulosada muallif: “…” deb yozadi va h.
Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan, matn bilan chambarchas bog‘lanadigan statistik materialga ega tahlil zarur. Keng hajmdagi statistik ma’lumotlarni jadvallarda yig‘ish maqsadga muvofiq. Statistik ma’lumotlar asosida u yoki boshqa lisoniy-nutqiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish hamda rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni kurish ham mumkin.
Referatda keltiriladigan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik ma’lumotlar olingan manbalarning sarlavhalari ko‘rsatilgani holda qayd qilinishi zarur.
Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari ko‘rsatilishi kerak. Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan ko‘chirmalar, fikrlar, qoidalar, xulosalar so‘zma-so‘z ko‘chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur. Munozarali masalalar bo‘yicha har xil nuqtayi nazarlarning tahlili, qo‘shiladigan yoki o‘zining pozisiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi. Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni o‘rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni o‘z ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar, yo‘riqnomalar.
Ilmiy, metodik, publisistik, badiiy adabiyotlar, avtoreferat, dissertatsiya, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar, tezislar.
Xorijiy manbalar.
Internetdan olingan axborot manbalari.
Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi.
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12 yoki 14 shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog‘ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2sm hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari, albatta, raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo‘ladi va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar –ishning titul varag‘i va ish rejasi bo‘lib, ular raqamlanmaydi). Sahifa raqami yuqorida o‘rtaga yoki o‘ng tomonga qo‘yiladi.
Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak. Shuningdek, referat savodli tarzda yozilishi va toza ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Umumiy qabul qilingan so‘zlardan boshqa so‘zlarning qisqartirilishiga, shuningdek, xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Referat ilmiy rahbarga taqdim etiladigan vaqtga kelib hamma jihatdan maromiga yetkazib ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi1.
Kurs ishi (loyihalari)ni bajarish
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv jarayonining zarur elementi – mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejada ko‘zda tutilgan asosiy fanlardan kurs ishlarini bajarish hisoblanadi va talabalarda ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmalarini tarbiyalash, tanlangan mavzuni mustaqil ravishda chuqur o‘rganish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy, nazariy va amaliy xulosalarni shakllantirish va, pirovardida, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlari va mustaqil tadqiqot natijalarini yozma ravishda bayon qilish usuli, keltirilgan fikrlarning aniqligi, materiallarning joylashish ketma-ketligi, rasmiylashtirishga qo‘yiladigan umumqabul qilingan talablarni hisobga olgan holda bayon qilish tajribasiga ega bo‘lishi juda muhim. Bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchi o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini ilmiy va nazariy
1 Yo‘ldosheva D., Toirova G., Yusupova D. Mustaqil ta’lim: topshiriq va tavsiyalar. – Buxoro, 2020. 16-b.

jihatdan asoslay bilishi, lingvistik terminlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilishi, kerakli ma’lumotlarni to‘play olishi va qayta ishlay olishi, ularni atroflicha tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi va, ma’lum ma’noda, ilmiy izlanish olib borishning kichik bir shaklidir. Ayrim iqtidorli talabalar kurs ishini bajarish jarayonida birmuncha chuqur va keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib boradilar, ularning mustaqil ravishda bajargan kurs ishlari talabalar ilmiy to‘garaklarida, ilmiy konferensiyalarda va tanlovlarda ilmiy ma’ruza qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
–kafedra tomonidan tavsiya etilgan kurs ishi mavzulari ro‘yxatidan mavzuni tanlash;
tanlangan mavzu bo‘yicha dastlab adabiyotlar bilan tanishish;
–kurs ishi rejasini (mustaqil yoki ilmiy rahbar bilan birgalikda) tuzish;
–adabiyotlarni o‘rganish va zaruriy ma’lumotlarni to‘plash;
kurs ishini yozish va rasmiylashtirish;
kurs ishini uslub, imlo, faktik jihatdan tekshirish;
–kurs ishini kafedrada rasmiy himoya qilish.
Talabalarga tavsiya etiladigan kurs ishlari mavzulari fan dasturiga muvofiq tarzda kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlandi. Talabaga ayrim hollarda kurs ishiga rahbar etib tayinlangan professor-o‘qituvchi va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda, kurs ishi mavzulari ro‘yxatiga kirmagan mavzuni (bunga asos bo‘lsa) tanlashi mumkin.
Kurs ishi (loyihalari)ni bajarish tartibi ham referat tayyorlash shakliga mos keladi. Faqat kurs ishida mavzu mohiyati kengroq yoritiladi. Shu bois kurs ishi hajmi 25-30 sahifani tashkil etadi.
Kurs ishini himoya qilish jarayoni talaba uchun eng muhim bosqich hisoblanadi. Unda talabaning kurs ishi mavzusi bo‘yicha to‘plagan bilimlari sinaladi. Talaba o‘z ishini yaxshi bilishi, to‘plagan ma’lumotlarining manbalarini aniq ko‘rsata olishi, tahlil usullarini tushuntirib berishi, nazariy va amaliy savollarga javob bera olishi lozim. Yozib tugatilgan kurs ishi kafedra tomonidan belgilangan muddat ichida kafedrada ro‘yxatga olish yo‘li bilan qayd etilgandan so‘ng, tanishib chiqish va taqriz berish uchun kurs ishi rahbariga (yoki pedagog-xodimlarning o‘quv yuklamasi doirasa boshqa o‘qituvchiga) beriladi.
Kurs ishi himoyasi kafedrada tashkil etiladi. Bu maqsadda fan bo‘yicha kurs ishi himoyasi uchun 3 kishidan kam bo‘lmagan tarkibda komissiya tuziladi. Kurs ishini talaba maxsus tuzilgan komissiya huzurida himoya qiladi. Komissiya a’zolari bilan talaba o‘rtasidagi suhbat asosida talabaning bilim darajasi, mavzu ustida ishlash
jarayonida orttirgan ko‘nikmalari aniqlanadi. Dastavval, talaba o‘zi yozgan ishi bo‘yicha uning mazmuni, o‘rganish predmeti, amaliy ma’lumotlarning manbasi, ularni umumlashtirish usullari, asosiy xulosalarini qisqacha yoritib beradi. So‘ngra taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar bo‘yicha hamda ish yuzasidan qo‘shimcha savol- javoblar asosida talabaning bilimlari tekshiriladi va himoya natijasiga ko‘ra kurs ishi baholanadi. Kurs ishini baholash talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash tartibiga ko‘ra ballarda amalga oshiriladi. Kurs ishining natijasi fakultet dekanati tomonidan taqdim etilgan qaydnoma varaqasiga tegishli tartibda qayd etiladi va komissiya a’zolari imzolari bilan rasmiylashtiriladi2.
Amaldagi 2018-yil 9-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq talabaning kurs ishi bo‘yicha bilimini o‘zlashtirish darajasi “5” baholik tizimda baholanadi. Jumladan,
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – “5” (“a’lo”) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – “4” (“yaxshi”) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – “3” (“qoniqarli”) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – “2” (“qoniqarsiz”) baho bilan baholanadi.
Kurs ishi bo‘yicha “2” (“qoniqarsiz”) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Fanga oid muayyan mavzu yuzasidan materiallar to‘plash
Fanga oid muayyan mavzu yuzasidan materiallar to‘plash uchun talaba, ko‘pincha, o‘quv adabiyotlari(darslik, o‘quv qo‘llanma)ga emas, balki matbuot materiallariga, mutaxassislik jurnallariga, ba’zan ilmiy maqolalar to‘plamlariga, ilmiy-amaliy anjumanlarning materiallariga murojaat etadi. Sohaga oid so‘nggi qarashlar, tavsiyalar bilan tanishadi. Masalan, talaba “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchi nutqiga qo‘yilgan talablar” mavzusi yuzasidan internet materiallariga murojaat etadi. google.uz saytidan maqolani topadi va uning elektron shaklini ko‘chirib oladi, o‘qiydi, o‘rganadi va bu borada o‘z mulohazalarini bayon etadi.
2 Mamadiyorov O., Abduxalilova S. Kurs ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatma. (Oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun) –T.: Iqtisod-moliya, 2019 -33 b.

Topilgan materialni tushunib, undagi fikr-mulohazlardan mustaqil ishida foydalanish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish yaxshi natija beradi:


topshiriq: Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
topshiriq: Matn tarkibidagi har bir so‘zni (lug‘at yordamida) boshqa ma’nodoshi bilan almashtirib, matnni qayta tuzishga harakat qiling.
topshiriq: Matn mazmunini o‘z so‘zingiz asosida 4-5 ta gapda yozma ifodalang.
topshiriq: Boshlang‘ich sinf o‘qish darsligidagi badiiy yoki publitsistik matnlardan keyin berilgan so‘zlar izohiga e’tibor bering, ular qaysi lug‘atlardan foydalangan holda olingan? Siz o‘quvchiga qaysi usullar vositasida so‘zlarni izohlagan bo‘lardingiz? kabi savollarga javob bergan holda ishingizni ijodiy davom ettiring va hozkazo.
Fanga oid muayyan mavzu yuzasidan materiallar to‘plash topshirig‘i talabani o‘z sohasiga oid muammo, yechim, tavsiya va qarashlar borasida zamon bilan hamqadam bo‘lishni ta’minlaydi3.
Muayyan mavzular yuzasida taqdimot tayyorlash

Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, harakatlar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir nechta talabaga topshirish ham mumkin.


Dars ishlanmalari tayyorlash
O‘qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi dars jarayonida bolalarga chuqur bilim berishi uchun, eng avvalo, o‘zi puxta tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Belgilab berilgan “Dars muqaddas” dasturi4ga asosan, o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda quyidagi bosqichlarni amalga oshirishi lozim:
bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.
bosqich: DTS va o‘quv dasturidan o‘tilayotgan mavzu yuzasidan o‘quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o‘rganib
3 Yo‘ldosheva D., Toirova G., Yusupova D. Mustaqil ta’lim: topshiriq va tavsiyalar. – Buxoro, 2020. 25-b

4 https://hozir.org/dars-muqaddas.html


chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.
Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo‘yicha alohida-alohida dars ishlanmasi(konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 4-"A", "B" sinflar deb ko‘rsatiladi), fan nomi yoziladi.


Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).
Dars maqsadi (darsga qo‘yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan(o‘lchamli) bo‘lishi maqsadga muvofiq):
ta'limiy maqsad – dars jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida belgilanadi;
tarbiyaviy maqsad – dars jarayonida o‘quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;
s) rivojlantiruvchi maqsad – dars natijasida o‘quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo‘lishi mumkin.

Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o‘tilayotgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.


Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar.

Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:


tashkiliy qism;
o‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
yangi mavzuni tushuntirish;
yangi mavzuni mustahkamlash;
o‘quvchilarni baholash;
uyga vazifa berish.
Dars ishlanmasini tayyorlashda o‘qituvchi darsning har bir qismini e'tiborga olishi maqsadga muvofiq.
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o‘qituvchida bo‘lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo‘lishi
o‘qituvchining dars o‘tishdagi o‘ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma'qul. Bunda hamma o‘qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o‘rnatib bo‘lmaydi.
Agarda o‘qituvchi dars berayotgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi yuqori bo‘lsa, ular turli ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa, o‘qituvchining dars jarayoniga maktab ma'muriyati va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dars ishlanmasi (konspekti) qo‘lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o‘qituvchi, albatta, o‘zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
Direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari har bir o‘qituvchining dars ishlanmasini ko‘rib, tasdiqlaydi.
(namuna)
Ushbu ishlаnmаdа 2-sinf o‘quvchilаridа imlo va talaffuz me’yorlarini bilish hamda bu me’yorlardan o‘rinli fоydаlаnа оlish mаlаkа vа ko‘nikmаlаrini rivоjlаntirish tаjribаsi 2-sinf оnа tili dаrsligidаgi “Bosh harf bilan yoziladigan so‘zlar” mаvzusi ustidа ishlаsh jаrаyoni оrqаli yoritilgan.

Dаrsning mаqsаdi:


а) tа’limiy mаqsаd: o‘quvchilаrga bosh harf bilan yozish qoidalarini o‘rgatish;
b) tаrbiyaviy mаqsаd: o‘quvchilаrni yurtpаrvаrlik, Milliy Istiqlоlgа hurmаt vа sаdоqаt ruhidа tаrbiyalаsh;
d) rivоjlаntiruvchi mаqsаd: o‘quvchilаrdа yozma nutq savodxonligini o‘stirish.
Dаrsdа fоydаlаnilаdigаn usullаr: savol-javob, jamoa bo‘lib ishlash, «Kim topqir» metodi va b.
Dаrsning jihоzi: «Ona tili» dаrsligi, kоmputеr, yurtimizdа mаvjud shaharlarning rаngli surаtlаri tushirilgаn tоpshiriqli slаydlаr, tаrqаtmа mаtеriаllаr, vidеоprоеktоr, rаg‘bаt kаrtоchkаlаri.
Dаrsning bоrishi:
Tashkiliy qism o‘tkaziladi.(Bu jarayonda o‘quvchilardan sana, navbatchilik axboroti so‘ralib, tabiat va jamiyatdagi yangiliklar, yaqinlashib kelayotgan bayramlar haqida suhbat uyushtiriladi. Bu suhbat o‘quvchilarning diqqatini dars jarayoniga qaratishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.)
O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash) bosqichi. (Bu bosqichda o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilar bilan turli metodlardan foydalanib savol-javob o‘tkaziladi va uyga vazifa tekshiriladi, baholanadi. )
O‘tilgan darsda topshiriq sifatida o‘quvchilarga o‘zi, oilasi, yashayotgan shahri haqida kichik matn yozib kelish berilgan edi. O‘qituvchi o‘quvchilarga matnni ifodali o‘qitadi. So‘ngra tarkibidan shaxs va joy nomlarini bildiruvchi so‘zlarni ajratib yozishlarini so‘raydi.
Yangi mavzuni tushuntirish.(Bugungi kun metodistlari yangi mavzuning qoidasini aytish va bolaga ko‘r-ko‘rona yodlatishdan ko‘ra xulosalar chiqarish,
misollar vositasida tushuntirishni tavsiya qiladilar. Shu maqsadda turli metodlardan foydalanish mumkin.)
Dаrs “Bu kim? Bu qayer?” o‘yin topshirig‘ini bajarishdan boshlanadi. Bundа hаr bir guruhgа videoproyektor оrqаli yurtimizdagi mashhur shaxs, multfilim qahramonlari va shaharlarning nomi beriladi. Guruhlar ularni topishlari va doskada yozishlari zarur. Masalan,
Proyektor orqali Buxoro shahridagi Ark qal’asi, Xiva shahrining Ichan qal’asi, Amir Temur va Alisher Navoiylarning haykali, bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev, Nasriddin Afandi haykali va shu kabi o‘quvchilar topishi mumkin bo‘lgan suratlar ko‘rsatiladi.
O‘qituvchi bu jarayonga parallel ravishda o‘quvchilаrga yurtimizning go‘zal tabiati, mashur ajdodlarimizning mamlakatimiz farovonligi uchun qilgan ishlari, ularning jasorati kabilarni uqtirib, hikoya qilib boradi.
O‘yin yakunida o‘qituvchi doskaga bolalar tomonidan yozilgan so‘zlarning yozilishiga e’tibor qaratadi. Xatolar tuzatiladi, husnixat qoidalari eslatiladi. So‘ngra o‘quvchilarga ta’limiy qoida keltiriladi: “Demak, o‘quvchilar! Shaxslar, hayvonlar va joylarga atab qo‘yilgan nomlar doim bosh harf bilan yoziladi”. Hamda uyga topshiriq sifatida berilgan matndagi xatolar ham tuzatiladi. O‘qituvchi uy topshirig‘ini o‘quvchilarning berilgan ta‘limiy qoidani qay darajada tushunganliklarini sinash uchun “Mustaqil ish” sifatida berishi mumkin.
Darslikdagi qoida o‘qitiladi, qoidaga mos tarzda o‘quvchilardan misollar topish so‘raladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. (Bu bosqichda mustaqil topshiriqlar va darslikdagi mashqlardan foydalanib, o‘tilan mavzu mustahkamlanadi.)
Kеyingi musоbаqа «To‘g‘ri yoz!» o‘yini tаrzidа o‘tkаzilаdi. Bundа hаr bir guruhgа proyektor оrqаli tоpshiriqli slаydlаr ko‘rsаtilаdi.
O‘yin shаrtigа ko‘rа, 4-5 dаqiqа ichidа hаr bir guruh o‘zlаrigа mo‘ljаllаngаn rаsm аsоsidа ijоdiy mаtn tuzishi, mаtndа, аlbаttа, bosh harf bilan yoziladigan so‘zlаrdаn fоydаlаnishi kеrаk.
«Buxoro» guruhi:

Buxoro – qadimiy shahar


Uch ming yildan ziyod tarixga ega Buxoro jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan shaharlardan biri. Qadimdan ilm-u ma’rifat, madaniyat maskani bo‘lgan bu go‘sha ta’rifi butun olamga yoyilgan.
Bu yerda Masjidi Kalon, Chorbakr, Ark qal’asi kabi qator asori atiqalar har yili millionlab turistlarga to‘ladi, ular turli yurtlardan shahrimizning go‘zalligini tomosha qilib, bahra olish uchun kelishadi.
«Xiva» guruhi:

Ochiq osmon ostidagi muzey


Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.
YuNESKO tashkiloti tomonidan Xiva qo’riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilingan, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-qal’a esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etilgan.
“Samarqand” guruhi:

Samarqandga sayohat


Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam “Sharq jannatmakon bog’I”, “Yer yuzi”, “Sharq olamining bebaho durdonasi”, “Jahon mamlakatlarning bezagi”, “Sharqning Rim kabi shahri”… va hokazolar kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar. Shu sababli men ham u yerga borishni orzu qilaman. Shu go‘zalliklarning borini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish orzuyim.
Guruhlаr tахminаn yuqоridаgi kаbi mаtnlаr tuzаdilаr vа o‘qib bеrаdilаr. Bu o‘yin-tоpshiriqdа eng chiroyli husnixat egasiga va xato qilmay yozganga rаg‘bаt kаrtоchkаsi bеrilаdi.
Bu topshiriqqa o‘quvchilar o‘qituvchi yetakchiligida xulosa yasaydilar: joy nomlari, shaxslarning nomi doim bosh harf bilan yoziladi.
So‘nggi topshiriq – “Kim tоpqir?” o‘yinidа o‘quvchilаr tomonidan slаydlаrgа jоylаshtirilgаn matndagi xato yozilgan so‘zlar tuzatilib yozilishi kerak.
(Namuna)
shavkat kuchukcha boqdi. U kuchukchaga ziyrak deb nom qo‘ydi. ziyrak yaxshi o‘syapti.

Yuqoridagi topshiriqlarni berishda dars davomida kompyuter texnologiyasining turli imkoniyatlaridan foydalanilsa, dars uchun belgilangan vaqtdan ham unumli foydalana olasiz, ham turli rang va animatsiyalar o‘quvchilarning diqqatini darsga jalb qilishda, qiziqtirishda yaxshi samara beradi.


Darsni o‘quvchilar xulosalaydi.

O‘quvchilarning baholari e’lon qilinadi. Uy vazifasi beriladi.


Talaba mustaqil ishi vaziyatga qarab og‘zaki, yozma, qo‘lyozma, elektron shakllarda tayyorlanishi mumkin.

Talaba mustaqil ishini baholash


Amaldagi 2018-yil 9-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq talabaning kurs ishi bo‘yicha bilimini o‘zlashtirish darajasi “5” baholik tizimda baholanadi. Jumladan,
–talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – “5” (“a’lo”) baho;
–talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – “4” (“yaxshi”) baho;
–talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni umumiy tarzda tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha o‘rtacha tasavvurga ega deb topilganda – “3” (“qoniqarli”) baho;
–talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – “2” (“qoniqarsiz”) baho bilan baholanadi.
Mustaqil ta’lim baholarini talabaning oraliq nazorati singdirish, bizningcha, o‘rinli.
Mustaqil ta’lim bo‘yicha “2” (“qoniqarsiz”) baho bilan baholangan talaba fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratga kirmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
XULOSA
Dars konspekti tuzish kurs ishi bo'yicha quyidagi xulosa yozilishi mumkin:
Dars konspekti tuzish, o'qitishning tashkil etilishini tashkil etish uchun juda muhim bir jarayondir. Bu kurs ishi davomida, o'quvchilar o'rganishning muhim aspektlarini tushunish, dars konspektini tuzishning muhimlikini tushunish va to'g'ridan-to'g'ri tuzilish bilan xizmat qilishni o'rgangilar. Kurs ishida, dars konspekti tuzishning har bir qadami joriy etiladi va amaliy mashq qilinadi. Maqsadni aniqlash, materiyalni tanlash, plan yaratish, o'qitish usullarini belgilash va o'quvchilarga maslahat bermoqning muhimligi ko'rsatiladi.

Shuningdek, dars konspekti tayyorlash va natijalarni baholash ham kurs ishining muhim qismlari hisoblanadi. Bu qadamlar o'qituvchilar uchun o'rganishning nima qilib o'rgatilishi kerakligini aniqlashga va dars konspektini yaxshi tuzishga yordam beradi.Kurs ishida o'quvchilar dars konspekti tuzishni o'rganish bilan birga, ular o'rganishning asosiy omillarini va o'quvchilarga kerakli ma'lumotlarni qanday ko'rsatishni ham tushunishlari mumkin.Xulosa qilish mumkin, kurs ishi davomida dars konspekti tuzish, o'quvchilarga o'rganishning tashkil etilishini tushunish, o'quvchi bilim darajalarini nazorat qilish va o'quvchilarning o'rganishini oshirish uchun muhim usullarni o'rganishga yordam beradi.


Foydalanilgan Adabiyotlar
  1. "Pedagogik texnologiyalar" darsligi. Muallif: Ibragimova G.A.


  2. "O'qitish san'ati" darsligi. Muallif: Sharipova N.R.


  3. "Dars tayyorlashning umumiy asoslari" darsligi. Muallif: Ibragimova G.A.


  4. "Tizimli o'qitish metodikasi" darsligi. Muallif: Inoyatova D.U.


  5. "Dars konspekti tayyorlash usullari" darsligi. Muallif: Kalandarova M.M.




http://fayllar.org
Yüklə 39,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə