Namangan davlat unversiteti



Yüklə 176,11 Kb.
səhifə3/8
tarix31.01.2023
ölçüsü176,11 Kb.
#99855
1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmadjonov Jahongir Kurs

Kusr ishining vazifalari:
-axborotlarning turli shakllarda berilishi o'quvchining diqqatini tortadi;
-dars jarayonidagi yuqori darajadagi ko'rgazmalilik o'quvchilarda katta qiziqish o'yg'otadi, mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta'minlaydi;
-o'quvchi mashg'ulot davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga, o'qituvchi bilan baravar muloqat olib boradigan hamkorga aylanadi;
Dars davomida o'qituvchi tomonidan bajariladigan ko'pginatashkiliy ishlar kompyuter tomonidan amalga oshiriladi. Interfaol metodlar ta'lim jarayoni ishtirokchilarining birgalikda, ya'ni o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritishiga asoslanadi. Bunda o'quvchilar va talabalar an'anaviy ta'limdagi kabi faqat tayyor bilimlarni eshitib qabul qiluvchi passiv obyektdan ta'lim jarayonida bevosita ishtirok etuvchi, mustaqil fikrlovchi faol ubyektga aylanadilar.
Endi fizika ta’limida axborot texnologiyalarini joriy qilishga oid tushunchalarni keltiramiz.
1.O’qitish jarayonida axborot texnalogiyalarinig qo’llash zaruriyati.
Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Ular quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi: ─ multimedia texnologiyalarini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi. ─ bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi. ─ real holatlardan namoyish qilinishi yoki murakkab jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berish bilan muhim ahamiyatga ega. ─ o’quv materialini o’zlashtirish darajasiga ko’ra emas, balki o’quvchilarning mantiqan erishish darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi. ─ masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi.
Balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi. ─ o’quvchilarga mustaqil izlashi uchun materiallarni topish hamda muammoli masalalarga jovob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. ─ o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, axborot va ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ta’lim tizimini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan “qo’llab quvvatlovchi axborot” ini ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligini, giper matn va multimedia o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan. Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.

Yüklə 176,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə