6-ma’ruza: Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi Reja: Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqil ta’lim turlari Mustaqil ta’lim



Yüklə 200,42 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü200,42 Kb.
#133081


6-MA’RUZA: Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi
Reja:
1. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
2. Mustaqil ta’lim turlari
Mustaqil ta’lim
– muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba 
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishni, 
o‘zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta’lim shakllaridan bo‘lib, o‘qituvchi 
maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida auditoriyadan 
tashqarida bajariladi. Talabalarga mustaqil ish(ta’lim)ni bajarish yuzasidan kafedra 
professor-o‘qituvchilari 
tomonidan 
metodik 
tavsiyalar 
beriladi. 
Fanning 
xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta’lim turlari – rang-barang va turli elektron 
ko‘rinishlari – fan o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi. 
Mustaqil ta’lim fanni
o‘zlashtirishga, mustaqil bilim olish va mehnat 
faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va ularni amalda 
tatbiq etish uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqil ta’lim tizimi 
o‘quv materiallari talabalarning fanga tegishli faoliyat usuli bo‘yicha nazariy 
ma’lumotlar bilan bir qatorda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun 
turli xildagi, hajmdagi va murakkablikdagi topshiriqlarni qamrab olishi kerak. 
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 
2) kerakli ma’lumotlarni izlab topish, o‘rganishning qulay usullari va vositalarini 
aniqlash; 
3) axborot manbalari va manzillaridan samarali foydlanish; 
4) o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash
5) elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash; 
6) internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish; 
7) berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini belgilash; 
8) ma’lumotlar bazasini tahlil etish; 
9) topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish; 


10) o‘quv adabiyotlaridan mustaqil holda ilmiy axborotlarni ola bilish; 
11) amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil bajarish uchun berilgan amaliy topshiriq 
(mustaqil ish)larni bajarish va mustaqil ishlarni mas’ul o‘qituvchi va guruh talabalari 
o‘rtasida himoya qila bilish va h. 
Mustaqil ishlarni tashkil etish tartibi va o‘qituvchining vazifalari 
-
mustaqil ta’limning mavzulari beriladi; 
-
ishni topshirish muddati va topshirish shakli haqida ma’lumot beriladi; 
-
mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
tavsiyalar shaklida beriladi; 
-
mavzuga oid adabiyotlar tavsiya qilinadi; 
-
mavzuning rejasini tuzishda talabaga yordam beriladi
-
mustaqil ish va rejalarning bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratlar o‘tkazib 
turiladi va tavsiyalar berib boriladi; 
-
ko‘rsatilgan muddatda berilgan topshiriqlar ko‘riladi; 
-
topshiriq yuzasidan test yoki savol-javob o‘tkaziladi; 
-
amaliy xarakterdagi topshiriqlarning yechimi ko‘rsatiladi va o‘xshash 
misollar yordamida tekshiriladi; 
-
mustaqil ish belgilab berilgan baholash mezonlari asosida baholanadi. 
Mustaqil ishini tashkil etishda talabaning vazifalari 
Talaba mustaqil ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi zarur: 
–ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash; 
–ilmiy rahbarning tuzib bergan reja asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida 
bajarish; 
–o‘rnatilgan tartib bo‘yicha mustaqil ishning hisobini o‘z vaqtida kafedraga taqdim 
etish. 
Talabaning mustaqil ishini nazorat qilish kafedrada ishlab chiqilgan jadval va 
fanning texnologik xaritasi asosida olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan 
amalga oshiriladi. Talaba mustaqil ishning nazorat qilish turlari va uni baholash 
mezonlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. 
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish 


Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi 
o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda 
o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va 
ochib berishga xizmat qiladigan tayanch tushunchalar, mavzuni tizimli bayon 
qilishga xizmat qiladigan o‘rinlarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axbarot 
manbalarini ko‘rsatish lozim. 
Fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash topshirig‘i ijrosini fan o‘qituvchisi 
imkon qadar og‘zaki savol-javob bilan mustahkamlasa, bu talabaning tafakkur 
dunyosini yoritishi aniq.
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
Mustaqil ta’lim deganda nimani tushunasiz? 
2.
Mustaqil ta’limning maqsadini tushuntirib bering? 
3.
Mustaqil ta’limning turlarini aytib bering? 

Yüklə 200,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə