Hozirgi kunda zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarining o‘rni aniq va yaqqol ko’rina boshladi


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili



Yüklə 92,21 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü92,21 Kb.
#136352
1   2   3   4
Документ Microsoft Word

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
So‘nggi o‘n yillikda ta’lim sohasida kompyuter texnologiyalarining keng qo'llanilishi pedagogika faniga qiziqishni kuchaytirdi. O'qitishning kompyuter texnologiyasi muammosini hal qilishda rus va chet el olimlari katta hissa qo'shdilar. Jumladan G.R. Gromov, V.I. Gritsenko, V.F. Sholoxovich, O. I. Agapova, O.A. Krivosheev, S. Papert, G. Kleyman, B. Sendov, B. Hunter va boshqalar. Ta'lim jarayonida axborotlashtirish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirishgan. Hozirgi kunda esa raqamli texnologiyaga katta ahamiyat qaratilmoqda va barcha sohalar sekin astalik bilan raqamlashtirilmoqda. Ta’limni raqamlashtirish bo’yicha qator izlanishlar, g’oyalar va takliflar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan Леонов С. А. (2018). Интеграция здравоохранения, образования и информационнокоммуникационных технологий в рамках цифровизации отечественной медицины. Актуальные проблемы экономики и управления, (3), 35-39.[5] Maqolada zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga qaratilgan. Сафуанов Р. М., Лехмус М. Ю., & Колганов Е. А. (2019). Цифровизация системы образования. Вестник УГНТУ. Наука, образование, экономика. Серия: экономика, (2 (28)). [6] Котенёва Д. С., Бут Е. А., & Гурова Е. А. (2020). Цифровые технологии в системе образования. Молодежный научный форум, 78.[7] Ta’lim tizimini raqamlashtirish bo’yicha bir qator g’oya va takliflarni kiritib o’tganlar.
Tadqiqot metodologiyasi
Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot izlanuvchilar, professorlar hamda xorij tajribalarini o'rgangan holda va ularning davomchisi sifatida OTM ning boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash orqali “D&G”( digital technologies and gifted students) dasturiy tizimini yaratishga qaratilgan g’oyani ilgari surmoqdamiz. Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishni amalga oshirishda rivojlangan mamlakatlardagi raqamli texnologiyalar asosida dasturiy tizim yaratishning kontseptsiyalarini oʼrganish va tahlil qilish, milliy kontseptsiya asosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, koʼp tarmoqli indikatorlarni eʼtiborga olgan holda intellektual reyting yordamida qaror qabul qilish va uni amaliyotga joriy etish, universitet reytingini koʼtarish va qulay tezkor ishlashi uchun “DGS” kontseptsiyani ishlab chiqishdir. Bu dasturiy tizim iqtidorli talaba yoshlarni, bilimga qiziquvchi, izlanuvchi talabalarni o’zida jamlaydi. Bundan tashqari bo’lim va markazlarda xodimlarning ish faoliyatini ham yengillashtiradi.
Ishlab chiqilgan dasturiy vositalar evaziga boshqarishdagi axborot jarayonlari texnologiyasini butunlay oʻzgartirishimiz mumkin. Boshqacha aytganda, korxona muassasa va tashkilotlar faoliyatidagi holatni aks ettiruvchi maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash, maʼlumotlarni qayd qilishni sodda holatga keltirish, zarur xabarlarni izlash va guruhlash, ularning tezligini oshirish, axborot saqlashni mukammallash, hisobotlar tayyorlashda kishi mehnatini kamaytirish, xoʻjalik boʻgʻinlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish va axborot oqimi sifatini koʻtarish, ikkinchi darajali maʼlumotlardan xoli boʻlib, boʻgʻinlararo axborot oqimini tartibga solish, boshqarish uchun olingan maʼlumotlarni saralab, murakkab tahlil ishlarini bajarish, bashoratlash, maqbullash, rejalashtirish va tashkillash masalalarini hal qilishdan iboratdir. Bunday tizimlarni barpo etishdan asosiy maqsad korxona muassasa va tashkilotlarning markazlari va xodimlar uchun qulaylik yaratish, axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga qodir yagona interaktiv tizimni ishlab chiqishdir. Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish asosida rejalashtirish, loyihalash va boshqarish masalalarini yechish usullaridan foydalanishga imkon tugʻiladi.
Axborot jarayonlarini qo‘lda bajarishga asoslangan anʼanaviy boshqarish tizimlaridan boshqaruv ishlarini raqamlashtirishning farqi shuki, bu tizimni yaratish va foydalanishni tashkil etishning asosiy yoʻl yoʻriqlari maxsus qoidalar koʻrinishida ifodalangan boʻladi. Boshqaruvning ayrim bosqichlaridagi jarayonlarni mexanizatsiyalash masalani yechishga doir maʼlumotlarni tayyorlashga ketadigan mehnatni kamaytirmaydi. Bu holatda axborotni kiritish va chiqarish, namunalar hamda dastur apparatini tayyorlashda parallellikning buzilishi dastur va axborotni qayta ishlovchi texnik vositalarni ishlatishda qiyinchilik tugʻdiradi. Bu qiyinchiliklar tezkor va haqiqiy maʼlumotlar asosida kelajakni uzoq muddatga bashoratlash masalasini hal qilishda, rejali topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishda, boshqarishda foydalaniladigan maʼlumotlarni taqdim etishdagi kechikishlarga sabab boʻladi. Shu maqsadda ta’lim tizimida huddi shunday har bir bo’lim, tashkilot va muassasa o’z yo’nalishi doirasida dasturiy tizim barpo qilinsa, yuqorida sanab o’tganimizdek yuqori natijalarga erisha olamiz hamda ta’limda ham boshqaruv tizimida ham o’sish va yuksalish kengayib boradi.

Yüklə 92,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə