10-Mavzu: Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash. Reja



Yüklə 17,59 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü17,59 Kb.
#148376
  1   2   3
10-Mavzu (1)


10-Mavzu: Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash.
Reja :

  1. Tezkorlik haqida tushuncha.

  2. Tezkorlik qobiliyatini rivojlantirish.

  3. Harakat chastotasi.

Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan harakat reaksiyasining vaqtini belgilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuniladi. Tezlikni namoyon bo’lishining uchta asosiy shakli bor:
1. Yakka harakat tezligi (kichik tashki qarshilikni yengish bilan);
2. Harakatlar chastotasi;
3. Harakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri). Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo’lishi
bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga bog’lik bo’lib, kup hollarda harakat tezligi ko’rsatkichlari bilan korelyasiya kilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etil ga n uchta shaklining umumlashmasidan (ko’shilmasidan) aniklash mumkin.
Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chikish reaksiyasi vaqtiga, alohida harakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar sur’ati) va boshqalarga bog’liq. Amalda yaxlit harakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to’la harakat aktining. tezligiga bog’lik. Birok murakkab koordinasion harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o’z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchiga ham bog’likdir. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo’layotganligini tahlil kila olamiz xolos.
Ko’pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan harakatlarda ikki xil fazasi farqlanmoqda:
a) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).
Tezlikni oshirib borish kobiliyati bilan masofani katta tezlikda o’tish kobiliyati — tezkorlik namoyon kilishda biri ikkinchisiga bog’lik emas. Juda yukori darajada startdan chikish tezligiga ega bo’lib masofada tez yuguraolmasligi yoki uning aksicha ham bo’lishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bo’lgani holda, xarakat chastotasi oz bo’lishi ham kuzatiladi.
Psixolofizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakterini turlicha namoyon bo’lishiga sababchi bo’ladi. Tezlik namoyon bo’lishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda anik ko’rishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteristikasiga ko’ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzok ushlab tura olmasligiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
Yugurish tezligi harakatni ko’rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog’liq xolos. Tezlikning namoyon bo’lishida yuguruvchi kadamining uzunligi, uning oyog’i uzunligiga, o’z navbatida, yuguruvchi oyok muskullarining yerga tiranish kuchiga bog’likdir. Shuning uchun xarakat reaksiyasining vaqt davomida namoyon bo’lishiga qarab o’quvchining sprintda o’zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz g’oyatda mushkul.
Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka "ko’chirish" koidada kuzatilmagan. Uning ko’chishi mashklarni bir-biriga koordinasiya nuqtai nazaridan yaqin o’xshashaligi bo’lsagina namoyon bo’lgan, qolaversa individning mashklanganligi (shug’ullanganligi) qancha yukori bo’lsa, bu ko’chish shunchalik past darajada bo’ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zasiorskiy, 1961). Shunga ko’ra, tezkorlik sifati xaqida gapirganda, bu sifatni, tarbiyalash xakida gapirmay, inson harakatidagi anik tezkorlik xususiyatlarini rivojlantirish xakida gapirish lozim.
Yakka harakat tezkorligini xarakat aktini biomexaniq bo’laklarga (qismlarga) ajratib chegaralangan holda tavsiflashimiz mumkin. (masalan, depsinish tezligini aniklash kerak bo’lib qolsa, yugurishda sonni tez ko’tarib chiqaolish orkali aniklanadi). Ayrim sport mashqlari turlarida (masalan: uloqtirishlarda) harakat tezligi muskullar kuchining namoyon bo’lishi bilan umumiylashib (qo’shilib) ketadi va bu bilan
tezkorlikni kompleksli xususiyatini - keskin harakat (rezkost)ni vujudga keltiradi. Shuning uchun tezkorlik - kuch talab qiladigan sport turlarida harakat tezligini rivojlantirish, ayniksa, tashqi qarshiligi yukori bo’lgan mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita sifatida rol o’ynaydi.

Yüklə 17,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə