Hozirgi kunda zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarining o‘rni aniq va yaqqol ko’rina boshladi



Yüklə 92,21 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü92,21 Kb.
#136352
1   2   3   4
Документ Microsoft Word

Tahlil va natijalar
Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish shu jihatdan ham samaraliki, unda birinchidan hisobga olish va boshqarish masalalari yagona majmua ichida hal boʻladi, ikkinchidan, axborotning harakat yoʻli, yaʼni birlamchi axborotdan tortib to bir tizimga solingan boshqaruv maʼlumotlarigacha butunlay qamraladi. Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish tizimining yagona matematik modeli, yaʼni har xil darajadagi oʻzaro bogʻlangan matematik modellar majmui boʻladi. Bu modellar majmui asosida tizimda avtomatik ravishda maqbullash (optimallash) va rejalashtirish masalasi qoʻyiladi va yechiladi. Bu tizimning unumdorligiga hamma amallarning avtomatik ravishda bajarilishi evaziga erishiladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish boshqaruvning tashkiliy iqtisodiy tizimi turiga kiradi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish murakkab tizim boʻlib, oʻz tarkibida tub tizimlarni mujassamlashtiradi. Bu tizim maʼlum belgilarga asoslanib ajratilgan va boshqarishning aniq maqsadi hamda masalalariga javob beradigan tizimning bir qismidir. Shu masalalar doirasida uni alohida tizim deb qarash mumkin.
2020-2021 yillarda "Raqamli Toshkent" dasturi asosiy yo'nalishlarni qamrab oldi jumladan ta'lim, sog'liqni saqlash, kommunal sektor, davlat boshqaruvi, turizm, savdo, qurilish va atrof-muhit muhofazasi. Hozirgi vaziyatda O'zbekistonda masofaviy ta'lim, elektron banking hamda kommunal xizmatlarda ham elektron hisob orqali faol foydalanib “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 342 http://iqtisodiyot.tsue.uz kelinmoqda. Bundan tashqari, fuqarolar, vazirliklar va idoralar uchun elektron davlat xizmatlari ro'yhati shakillantirilgan.
Statistik natijalarga ko’ra yaratilayotgan dasturiy tizimlarning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ko’rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmini keltirilgan jadvalda ko’rishimiz mumkin.
Ko’rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi (amaldagi narxlarda, mlrd. so’m)
Axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 2015 yilda jami 5181,5 mlrd so’mni tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2020 yilga kelib 13852.3 mlrd so’mgacha o’sishga erishdi. Oraliq davrda ham o’sish tendensiyasini ko’rish mumkin. 2016-yilda bu ko’rsatkich 6306.8 mlrd so’mni tashkil qilib, 2017-yilda 8196.7 mlrd so’mgacha o’sgan. Faqatgina 2018-yilda bu ko’rsatkich keskin yuqoriga ko’tarilgan 10332.6 mlrd so’mni tashkil etgan.
Tahlil qilinayotgan davrda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ko’rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi yuqori o’sish ko‘rsatkichlarini qayd qilgan.
Bundan ko’rinib turibtiki dasturiy tizim va unga bo’lgan talab oshib bormoqda chunki hozirda har bir tashkilot muassasa tayyor dasturiy tizimlarni foydalanishni qulay dib bilishadi va shu bilan birgalikda eskilik sarxitlaridan qochib innovatsion rivojlanishga xodimlar, yosh kadrlar va talabalar o’zlari ustilarida chuqirroq ishlashlariga olib keladi. Hozirda dunyo raqamlashgan ta’lim tizimida ish olib bormoqda. Statistik tahlil natijalari buning yaqqol misoli sifatida ko’rish mumkin.

Yüklə 92,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə