Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMIDA BAHOLASHNING AYRIM JIHATLARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə2/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
to\'plam tayyor

BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMIDA BAHOLASHNING AYRIM JIHATLARI


Ismanov Ibroxim Nabiyevich,
Fargʻona Politexnika Instituti,
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor,
e-mail: i.ismanov@ferpi.uz, +998 93 644 42 37


Annotatsiya: Baholash anʼanaviy ravishda buxgalteriya hisobining asosiy elementlaridan biri boʻlib xizmat qilishi, bu esa mulk holati va kompaniya faoliyati natijalari toʻgʻrisida umumlashtirilgan tasavvurga ega boʻlishga imkon berishi haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya usuli elementlari roʻyxatidagi baholash oʻrnini misollar bilan aniqlaydi.
Kalit soʻzlar: baho, buxgalteriya hisobi, buxgalteriya usuli, qiymati, baholash obyekti, pul oʻlchami, baholash.

Mamlakatimizdagi iqtisodiy oʻzgarishlar, bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanishi butun buxgalteriya hisobi tizimini isloh qilishga olib keldi. Isloh qilish jarayoni hisobga olishda baholashning funksional roli va tutgan oʻrnini qayta koʻrib chiqishni talab qildi, bu eng avvalo mamlakat iqtisodiyotida erkin narxlardan foydalanish hisobiga roʻy berib, bu holat qiymatning yangi turlari va ularni hisoblashning uslublarini qonunchilik yoʻli bilan hal etish va korxonalarga ularni tanlash imkoniyatini berish zaruratini yuzaga chiqardi.


Biroq meʼyoriy hujjatlarda taklif etilgan baholash variantlari hozirgi vaqtgacha hisob amaliyoti muammolarini hal qilmagan va foydalanuvchilarning talablariga javob bermaydi, bu baholash qoidalarining koʻp marotaba buzilishlari, baholashning iqtisodiy maqsadga muvofiqlik nuqtai nazaridan asoslanmagan baholash variantlarining tanlanishida oʻz isbotini topdi. Baholash, buxgalteriya hisobi uslubining elementi sifatida hisob oldida turgan vazifalarni hal etish jihatidan yanada chuqur tadqiq qilishni talab etadi.
Mamlakatda amalda boʻlgan buxgalteriya hisobi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar baholash tushunchasiga taʼrif bermaydi, garchi hisob uchun asosiy hujjat boʻlgan – “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi qonunda baholashga alohida modda ajratilgan boʻlsa-da. Unda aytilganki, “mulk va majburiyatlarni baholash tashkilotda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotda pulda ifodalash uchun amalga oshiriladi”. Mazkur matn, ayrim hollarda, baholash mazmuni tushunchasini erkin talqin qilishga va yohud uni toraytirishga, yohud subyektiv kengaytirishga olib keladi. Shuning uchun, baholash tushunchasini ochib berish va uni qiymatni shakllantirish jarayoni sifatida tushunish uchun, baholashning buxgalteriya hisobi tizimida harakatlanish sohasini yanada aniqlashtirish zarur.
Umuman olganda, baholashdan buxgalteriya hisobi tizimida foydalanish nafaqat yetarli, balki axborotni tayyorlash uchun zarur hamdir [2]. U buxgalteriya hisobi predmeti hisoblanadigan turli-tuman obyektlar: pullar, materiallar, patentlar va litsenziyalar, jihoz va binolar, kreditorlar oldidagi majburiyatlar va hokazolar haqidagi axborotni umumlashtirishga ham imkon beradi. Maʼlumki, umumlashtirishsiz buxgalteriya hisobi tizim sifatida mavjud boʻlmaydi, baholash esa axborotni qiyoslanadigan qilishga imkon beradi [3].
Talab va taklif omillari amal qiladigan bozor munosabatlarida narx va qiymat mos kelmaydi. Buning natijasi boʻlib yuqori foydalilik nazariyasi hisoblanib, unga koʻra narx moliyaviy imkoniyatlar, motivlar yoki xaridorning maxsus qiziqishlariga qarab aniqlanadi.
Bu holatda narx ishlab chiqaruvchining xarajatlarigagina emas, balki xaridor uchun nafliligiga ham bogʻliq boʻladi. Shunga qaramasdan, narx baridir qiymat koʻrsatkichi hisoblanadi, chunki sotilishida tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni qoplashi lozim.
Jumladan, “Tariflar va savdo boʻyicha bosh agentlik” tomonidan qiymatning quyidagi taʼriflanishidan foydalanish tavsiya etiladi: “Normal qiymat deganda, tovar kelib chiqariladigan mamlakatda materiallar qiymati va tovarni ishlab chiqarish qiymati sifatida tushuniladi, ular oddiy savdo operatsiyalari plyus ongli foyda va umumiy xarajatlar” [1], [6].
Narxning qiymatdan asosiy farqi shundaki, narx – tarixiy dalil. U muayyan zamon va makonga tegishli. Qiymat esa baholashning tanlab olingan sharoitlariga muvofiq muayyan vaqtdagi tovarlar va xizmatlar qimmatliligi haqidagi tushuncha hisoblanadi. Qiymat baholashning yakuniy natijasi hisoblanadi, yaʼni baholash – qiymatni oʻlchash jarayoni. Uni baholash yordamida oladilar, yaʼni – baholash qiymatni oʻlchash jarayonidir.
Baholash atamasining etimologiyasi, uning iqtisodiy mazmuni, qoʻllanish sohasi va buxgalteriya hisobida bajaradigan funksiyalarini hisobga olib, baholashga quyidagicha taʼrif berish mumkin Baholash – bu buxgalteriya hisobi obyektlari qiymatining shakllanish jarayoni boʻlib, uning yordamida axborotni umumlashtirish maqsadida har bir obyekt yoki ular guruhining kattaligi oʻlchanadi.
Baholash, obyektlarni hisobga qoʻyishni taʼminlashi, resurslarning mavjudligi, foydalanilishi va harakatlanishi, xususiy va qarz kapitali kattaligi toʻgʻrisidagi qiymat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirishi, xoʻjalik operatsiyalari samaradorligini belgilashidan kelib chiqib, baholash jarayonlariga quyidagi amallar kiradi:
 Turli xoʻjalik vaziyatlarida baholashning maqsadini belgilash
 Obyektning aylanmada turishining vaqt omili va bosqichlari asosida qiymat turini tanlash
 Uning xossalari va reglamentatsiyasini hisobga olib baholash uslubini tanlab olish
 Belgilangan qiymatni hisoblash
Qaysiki, baholash buxgalteriya hisobi uslubining elementi hisoblanar va hisob axborotining shakllanishida bevosita ishtirok etar ekan, u holda baholash jarayoni buxgalteriya hisobini yuritishga qoʻyiladigan barcha talablarga javob berishi, olingan qiymat koʻrsatkichlari esa – buxgalteriya axborotining sifat tafsilotlari talablariga javob berishi lozim.
Baholash jarayonida olingan maʼlumotlarni joriy hisobda, keyinchalik esa hisobotda foydalanishdan oldin, ularni bir qator xossalarning mavjudligi nuqtai-nazaridan tahlil qilib chiqish zarur [4]. Aytib oʻtish kerakki, hisoblab chiqilgan qiymat koʻrsatkichlari ushbu xossalarga qay darajada ega boʻlishi, baholash maʼlumotlaridan hisobda foydalanish toʻgʻrisida, yohud ularni qoʻllash sohalarini cheklash, yohud tanlangan hisoblash uslubidan voz kechish va baholash natijalarining qoniqarsiz ekanligini tan olishga imkon beradi.
Turli nuqtai nazarlarning tahlili baholash haqiqatan ham buxgalteriya hisobi uslubining mustaqil elementi ekanligi haqida ishonch bilan gapirish imkonini beradi. Shundan kelib chiqib, u buxgalteriya hisobining barcha talablariga boʻysunadi, uning vazifalarini hal etishni taʼminlaydi va uning axborot bazasi shakllanishida ishtirok etadi. U butun xoʻjalik jarayonlarini qamrab oladi, mulkning va kapitalning, vujudga keluvchi majburiyatlarning oʻlchamini aniqlaydi.
Bu bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlarni va majburiyatlarni sof qiymatida baholash va ularni moliyaviy hisobotlarning konseptual asoslari tamoyillariga mos ravishda moliyaviy hisobotlarda aks ettirish imkoniyatini yaratadi.
Baholash hisob tizimida axborotni qiymatda ifodalagani uchun, baholash jarayoni natijasi buxgalterlik axborotining barcha sifat xossalariga ega boʻlishi lozim, bunga foydalilik, ishonchlilik va qiyosiylik xossalariga rioya qilish orqali erishiladi [5]. Baholash natijasi hisob registrlarida oʻz aksini topishidan oldin, uni aytib oʻtilgan xossalarga egaligiga tekshirish zarur. Buxgalteriya hisobi uslubining mustaqil elementi sifatida baholash, butun hisob tizimiga, va faqat ushbu elementga taalluqli boʻlgan, aytib oʻtilgan xossalarga rioya qilishga yoʻnaltirilgan oʻz tamoyillariga ega boʻlishi mumkin.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə