Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Mehnat va daromad taqsimoti muammolari



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə14/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182
to\'plam tayyor

Mehnat va daromad taqsimoti muammolari
Umarov Orif Qodirovich
Tursunov Ozodbek Badalovich
Raximova Kizlarxon Ne’matjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchilari
Konstillyatsiya – yulduzlar turkumi – ishtirokchlar turkumi. Buxgalteriya hisobi asosida haqiqiy tannarxni , mintaqa(xududlar) kesimida aniqlab borish. Jarayonda pul band bo‘lishi muddatlaridan kelib chiqib, foyda me’yorini o‘zaro kelishib olish. Ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi, realizator faqat xajmni ko‘paytrish to‘g‘risida o‘ylasin. Ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlansin. Barcha ishtirokchilar o‘z faoliyatidan manfaatdor bo‘lsin. Manfaatlar uyg‘unlashtirilsin. Mehnat taqsimoti daromad taqsimotiga mos bo‘lsin. Yer davlatniki. Yerdan samarali foydalana oladiganlar foydalansin. Yerdan foydalanuvchilarning eng samaralisi, bu talabgor oila. Chunki, ular daromadni o‘zaro qayta taqsimlamaydilar. Ularning ish vaqti 8 soat emas, balki zaruratga ko‘ra 2 – 20 soat ham bo‘lishi mumkin. Muhimi natija. Yulduzlar turkumi-konstellyatsiya-ishtirokchilar turkumi. ( Italiyaliklar tilida ).
Paxtachilik ishtirokchilari turkumini ko‘rib chiqaylik.
Paxtakor, texnika xizmatlari ko‘rsatuvchi, zararli xashoratlarga qarshi kurash tuzilmasi, transport-tashish xizmati, paxtani qabul qilish va saqlash manzili, paxta tolasini chigitdan ajiratish korxonasi, tolani bo‘yash va to‘qish kombinatlari, tikuvchilik fabrikalari, chigitdan ko‘rpa paxtasini ajratish sexi, chigitdan o‘simlik yog‘i(kunjara, chigit po‘chog‘i, spirt va boshqa mahsulotlar) olish zavodi, tayyor maxsulotni reklamasi, sohalarga kadrlar tayyorlash muassasalari, barcha sohalarda beistisno ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi institutlar, tayyor mahsulotni ichki bozorda ulgurji sotish tashkilotchisi, tayyor mahsulot eksporti kompaniyasi, barcha ishtirokchilar( ishi, xizmati) maxsuloti tannarxini mintaqa tajriba-sinov yoki tayanch ishtirokchi misolida hisoblab boruvchi buxgalteriyalar, sug‘urta kompaniyalari, xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalari, tashqi audit, marketing va menejment xizmatlari.
Nafi tegishi aniq bo‘lsa va ishi, xizmati uchun to‘lov tannarx va me’yoriy foydaga asoslansa, boshqa yulduzlar ham jarayonda ishtirok etishlari mumkin.
Bunda, ishtirokchilarning jarayondagi ishtiroki muddatlariga ko‘ra ular uchun foyda me’yorlari(15-25%) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shunda, ishlab chiqaruvchi realizatsiya to‘g‘risida bosh qotirmay faqat ko‘proq ishlab chiqarishga xarakat qiladi.
Bitta talabgor oilaga necha gektargacha paxta maydonini, almashlab ekishni hisobga olgan holda ajiratish mumkin? Bizningcha, 5-7 gektar yetarli. Hoxlovchilar, ozroq yoki ko‘proq olishlari ham mumkin. Chunki, oilalar katta,kichik. Muhimi yerning umri bekor o‘tmasin. Hosildorlik 50 sentnerdan kam bo‘lmasin. Izoh. O‘tgan asrning 1945-1955 yillar oralig‘ida bir nechta O‘zbekistonlik paxtakorlar har bir gektar yerdan 100 sentner va undan ortiq paxta hosili olib, davlatning oliy mukofotlarini olishgan.
Fermerchilik nega rivojlanib ketmayapti. Birinchidan “xarid” narhi amal qilayapti. Hech kim haqiqiy xarajat qanchaligini taxlil qilmaydi. Xarid narhi bo‘yicha ham 5% hosil 1-chi sortga qabul qilinib, qolgani 2-3-4-chi sortlarga arzon qabul qilib olinadi. Nazorat yo‘q. Ikkinchidan fermer xo‘jaligida mehnat umumiy, daromad taqsimoti xususiy. 200 gektarlik xo‘jalikda ko‘pi bilan 10 kishi “ishlaydi”. Nazorat yo‘q. Uchinchidan fermerning asosiy daromadi, dala uvvotiga ekilgan teraklardan. Terak salqini hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tomiri ham yerning kuchini tortib oladi. Yer osti zax suvlarini bug‘latmaydi. Yerni sho‘rlashishiga sabab bo‘ladi.
Aslida, o‘sha dala atrofidagi uvvotlar yer maydonining o‘zidan ko‘ra 5-10 marta ko‘p daromad keltirishi mumkin. Mumkin emas, aniq. Isbotlangan.
O‘zbekistonda 3658,4 ming gektar sug‘oriladigan yerlar bor. Yer konturlari yer osti zah suvlarining yuzaga yaqinligiga qarab katta-kichik(3-40 gektargacha). Bir gektar yerlar atrofida o‘rtacha 30-32 metr dala uvvotlari bor. Dala uvvotlariga 2x1 metr sxemada zich qilib 2 qator tut daraxtlari ekilishi majburiy. Tut yer osti zax suvini bug‘latadi. Yer sho‘rlashishining oldini oladi. Daladagi hosillarni shamol,bo‘rondan himoya qiladi. Tut bargi ipak qurti ozuqasi. Foydalanish uchunqulay, past bo‘yli(50-80 sm.) tutlar bargi bilan bir yilda 5-7 martagacha ipak qurti boqib, uning hosillarini ham konstillyatsiya shartlari asosida qayta ishlansa millionlab odamlarga ish o‘rnilari paydo bo‘ladi. Ipak qurti aholi xonadonida emas, dala uvvotlariga o‘rnatiladigan zamonaviy qurtxonalarda boqiladi. Dalaning o‘zida boqiladi. Qurtxona plastik materiallardan tayyorlanadi. Ichida 4-7 qavatgacha so‘kchak(stellaj)lari bo‘ladi. Tut bargi qo‘lda terib olib foydalaniladi. Tut novdalarini yilda bir marta 1-avgustgacha kesib, qovzog‘ini ajiratib olinsa kifoya. Novda, qovzoq, qurt qumalog‘i, pilla g‘umbagi noyob sanoat hom ashyolari hisoblanadi. Mevasining urug‘idan tut ko‘chatlari o‘stiriladi.
Besh gektar yer maydonida paxta yetishtiradigan oila, kamida 150 metr dala uvvotiga ham ega bo‘ladi. Qatorlari orasi 1,5 metr zichligi 1 metr bo‘ladigan 2 qator (150x2) 300 tup tut daraxtlari bargi bilan(oltinchi yili) 1,5 quti ipak qurtini 5 marta takror-takror boqib(1,5x50kg.x5marta) 375 kg. xom pilla yoki 125 kg. toza, quruq, standart talablariga javob beradigan ipak olishi mumkin. Paxtadan 25 tonna, pillachilikdan 125 kg.ipak olgan oilada yil 12 oy, doimiy ish va daromad bo‘ladi. Katta daromad bo‘ladi. Paxtadan 250 mln., ipakdan kamida 125 ming AQSh dollori daromad ko‘rishadi. Mehnat haqi va foyda, amortizatsiya hamda to‘langan to‘g‘ri soliqlar birgalikda (qo‘shilgan qiymat) har bir oila a’zosi hisobiga 200 mln. so‘mdan kamni tashkil etmaydi. Aholi boy bo‘ladi. Hamma ishda band bo‘ladi. Davlat 28 o‘rniga 50 sentnerdan paxta hosili olib sanoatni yetarli hom ashyo bilan ta’minlaydi. Sanoatda ko‘pchilikni band qiladi. Sanoatning yangi sohasi, ipakchilikni tiklaydi. Davlat byudjetiga tushumlar teng baravarga ortadi. Davlat qo‘shimcha ishchi kuchlariga ehtyoj seza boshlaydi.
Mehnat taqsimoti va daromadlar taqsimoti bog‘liqligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olsak, yani manfaatlar uyg‘unligiga erisha olsak yalpi ichki mahsulot qo‘shimcha mablag‘lar sarflamasdan turib ikki baravarga ortadi. Eksport hajmi va valyuta tushumlari ko‘payadi.
Mehnat taqsimoti unumdorlikni orttiradi. Daromad taqsimotining shaffof bo‘lishi manfaatlar birligini kafolatlaydi. Odam o‘z qadri yerga urilmayotganligini his qilib, amalda ko‘rib turadi. Yanada shiddat bilan, samarali mehnat qiladi. Jamiyatga ko‘proq nafi tegadi. Jinoyatchilik keskin kamayadi. Alamzadalik o‘rnida hotirjamlik, o‘zaro xurmat amal qiladi.
Boshqa ishtirokchilardan- texnika, transport, o‘simliklar himoyachilari,sinov muddati bilan tanlab olinadi. Tinimsiz tushuntirishlar olib boriladi. Yerni to‘g‘ri foydalangan oilaga berilgan yer avlodlarga o‘tishi mumkinligi aytiladi. Shart bitta, yer va dala uvvotidan samarali foydalanish. Sotish bilan alohida ishtirokchi shug‘ulanishi ham uqtiriladi. Tannarx tumandagi tayanch xo‘jalikda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida aniqlanib, paxta, bug‘doy, pilla yetishtiruvchilarga foyda me’yori 25%, qolgan ishtirokchilarga 20% belgilanishi ham yetkaziladi. 5 gektar yerni haydab berish tannarhi 800 ming so‘mga tushsa ustiga 160 ming foyda qo‘shib, 960 ming so‘m to‘lanishini va tannarx ichida ish haqi, ijtimoiy to‘lov, yonilg‘i va yog‘lovchi materiallar, amortizatsiya, joriy ta’mirlash xarajatlari bo‘lishini texnika xizmatlariga buyurtma beruvchilar tushunishlari zarur. Xarajatlarni yil, oy,kun,gektarlarga taqsimlash tartiblarini buxgalterlar bilishadi. Qiziquvchilarga tushuntirib ham bera oladilar. Xullas, hamma hisob kitoblar ochiq, tushunarli bo‘lishi juda muhim. Hech kim zarar ko‘rib, yoki foyda olmay ishlamasin. Nazorat, jamoatchilik nomidan xalq deputatlari, jurnalistlar tomonidan, davlat tomonidan esa prokuratura tomonidan tashqi auditorlarni jalb qilgan holda olib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Badalovich, T. O. (2022). Legal and institutional basis of development of transport services and transport infrastructure during the coronavirus pandemic. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.60311(09), 55-61.

  2. Badalovich, T. O. (2022). Indicators representing the level of provision of transport services and infrastructure of the region. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.42911(09), 123-127.

  3. Турсунов, О. Б. (2022). Иқтисодиётни эркинлаштириш даврида транспорт хизматлари ва инфратузилмасининг ривожланиш тенденциялари ва ҳудудий хусусиятлари. Ta’lim fidoyilari8, 196-204.

  4. Турсунов, О. (2022). ТРАНСПОРТ ХИЗМАТЛАРИ ВА ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ХОРИЖИЙ МАМЛАКАТЛАР ТАЖРИБАСИ. Eurasian Journal of Academic Research2(13), 4-9.

  5. Турсунов, О. Б. (2022). ЎЗБЕКИСТОНДА ИҚТИСОДИЁТНИ МОДЕРНИЗATSIЯЛАШ ШАРОИТИДА ТРАНСПОРТ ХИЗМАТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ БОШҚАРИШ ВА САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ ЙЎЛЛАРИ. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI2(12), 41-45.

  6. Турсунов, О. Б., & Турғунов, З. Х. (2022, December). ИҚТИСОДИЁТНИ МОДЕРНИЗATSIЯЛАШ ШАРОИТИДА ТРАНСПОРТ ХИЗМАТЛАРИ ВА ТРАНСПОРТ ИНФРАТУЗИЛМАСИ ШАКЛЛАНИШИНИНГ ҲУДУДИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ. In Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies (Vol. 1, No. 3, pp. 28-32).

  7. Tursunov, O. (2023). TRANSPORT XIZMATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI. Eurasian Journal of Academic Research3(1 Part 2), 170-175.

  8. Турсунов, О. (2023). МИНТАҚАВИЙ ТРАНСПОРТ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ СТРАТЕГИК БОШҚАРУВ МЕХАНИЗМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Research Focus2(2), 46-53.

  9. Umarov, O. Q., & Tursunov, O. B. (2023). Socio-Economic Effectiveness of State Leadership. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal2(3), 97-101.

  10. Умаров, О. Қ., & Турсунов, О. Б. (2023). Миллий боғ ва хиёбонлардан фойдаланишнинг иқтисодий самарадорлиги. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI3(4), 389-393.

  11. Badalovich, T. O. (2023). IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA TRANSPORT INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRISH VA TRANSPORT XIZMATLARINING BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI3(5), 178-184.

  12. Eminchayev B. O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY MAXSUS PEDAGOGIKANING HOZIRGI MUAMMOLARI //Евразийский журнал технологий и инноваций. – 2023. – Т. 1. – №. 5 Part 2. – С. 115-119.

  13. Eminchayev B. DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 751-754.

  14. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  15. Ergashev R. N., Bakhramov M. M. TRANSPARENT CONDUCTIVE SN BASED //Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 724-727.

  16. Maksud B. M., Mukhammadjonovich I. B. The Importance of Using Mobile Applications in the Educational System //Best Journal of Innovation in Science, Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 247-253.

  17. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  18. Akhmadalieva, M. (2023). WAYS OF INCREASE EFFICIENCY IN BUILDING MATERIALS ENTERPRISES. International Bulletin of Applied Science and Tech nology3(5), 755-760.

  19. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.

  20. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.




Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə