Mavzu: Paxta tolasining etishish davrlari Paxta tolasi



Yüklə 416,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.12.2023
ölçüsü416,76 Kb.
#149630
Paxta tolasining etishish davrlari



Mavzu: Paxta tolasining etishish davrlari 
Paxta tolasi
— chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va 
pishiqtabiiy tola. Asosan, paxta sellyulozasidan iborat. Paxta tozalash 
korxonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va toʻqimachilik mahsulotlari 
tayyorlashda ishlatiladi. Paxta tolasidan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip 
gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va h.k.), trikotaj va boshqa ishlab 
chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan aviatsiya, elektrotexnika va 
avtomobil sanoatida parashyut, maxsus qistirmalar, izolyasiya materiallari, 
transportyor lentalari, avtoshinalar, yuritma tasmalari va boshqa ishlab chiqariladi. 
Bundan tashqari, momiq paxta, toʻqilmagan materiallar va boshqa olishda ham 
ishlatiladi. 
Chigit qobigʻida rivojlanib boradigan Paxta tolasi urugʻkurtak poʻstidagi boʻyiga 
juda oʻsib ketgan hujayradir (hujay-ratola). Gʻoʻzaning qaysi turiga mansubligiga, 
hujayralarning rivojlanish davri va funksiyalariga qarab, chigit qobigʻi tarkibiga 
kiradigan hujayralarning tuzilishi, kattakichikligi har xil boʻladi. Paxta tolasining 
ichki boʻshligʻi kanal shaklida boʻlib, hujay-ra shirasi va yupqa protoplazma 
qatlami bilan toʻlib turadi. Paxta tolasining kanali xdm, tolaning oʻzi singari, 
rivojlanishning boshlangʻich fazalarida shaklan silindrga oʻxshagan boʻladi. Tola 
yetilib borgan sayin, uning devorlari kalinlashadi va boʻyiga choʻziladi, kanali esa 
juda kisilib, yassilangan shaklga kirib qoladi. Tola kanalining kattakichikligi 
gʻoʻzaning tur va nav xususiyatlariga, shunin-gdek, agrotexnika shart-sharoitlariga 
bogʻliq, chunki gʻoʻza parvarishi sellyuloza toʻplanib borishiga taʼsir koʻrsatadi. 
Hozir ekiladigan gʻoʻza navlarida har bir chigitda hosil boʻladigan tola soni 10— 
15 ming va undan ham koʻproq. Gʻoʻzaning madaniy shakllarida tola diametri 
uning oʻrta qismida 15—20 mk atrofida, yovvoyi shakllarida 8,3—10,4 mk keladi 
(NA. Vlasova, 1974), tola uzunligi madaniy navlarda 42 mm gacha, ay-rim 
turlarida, xatto, 60 mm ga boradi. Gʻoʻza navlari va muhit sharoitlariga qarab 
koʻsakdagi tola 50—60—80 kunda pishib yetiladi. 


Paxta tolasi tarkibi (%): sellyuloza — 90,35— 94,6; suv — 7; suvda eriydigan 
moddalar — 0,5; inkrustatsiya moddalari — 0,75; yogʻ va mum — 0,4; azot 
moddalari —0,5; kul — 0,12. Tola devori bir necha katlamli tuzilishga ega 
(rasmga q.). Qalinligi 1 mk dan kichik boʻlgan tashki katlam birinchi devor yoki 
kutikula (1—3) deyiladi. Kutikula kimyoviy tarkibi va tuzilishi boʻyicha asosiy 
sellyuloza devoridan jiddiy farq qilib, tarkibida (% hisobida) sellyuloza —54, oqsil 
—14, pektin moddalari —9, mum —8, kul —3, kutin —4 bor. Turli sanoat 
navlarining kimyoviy tarkibi ham turlicha. Tola tarkibida gidrofob xossali mum 
borligi uchun tola yaxshi hoʻllanmaydi. Paxta tolasi, asosan, shaffof moddalar 
(sellyuloza, yogʻ, mum) dan tashkil topsada xira boʻladi, chunki tarkibida har xil 
mayda qoʻshimchalar bor. Yorugʻlik birinchi devor sirtidan notekis kaytishi tufayli 
tola oq boʻlib koʻrinadi. Tolaning birinchi navi oqroq, past navlari toʻqroqsariq 
yoki jigarrang boʻladi. 
Tola kuyidagi fizik-mexanik va texnologik (sellyuloza miqdori va tuzilishiga 
bogʻliq holda) xossalarga ega: chiziqli zichlik, yetilganlik, tolaning uzilish kuchi 
va h.k. Hozir qabul qilingan standartga koʻra tola yetilganligi hamda rangi va 
tashki koʻrinishga koʻra 5 navga, tolaning shtapel massa-uzunligi yoki yuqori oʻrta 
uzunligi boʻyicha 9 tipiga boʻlinadi. Gʻoʻzaning uzun tolali navlaridan olinadigan 
tola 1a, 16, 1, 2 va 3 tiplarga, oʻrta tolali navlaridan olinaditani 4—7 tipiga kiradi. 
Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida tola mexanik shi-kastlanishi mumkin. 
Bundan tashkari, tolaning oʻz nuqsonlari ham boʻladi. 
Tolaning sifati, namligi, nuqsonlari va iflos aralashmalar miqdori tegishli 
standartlarga moye boʻlishi kerak. Paxta tolasi tozalash korxonalarida presslab 
toylanadi



Adabiyot 

Kanash M., M irxoʻjayev M., Paxta tolasi, 1976; Popova G.Ya., Biologiya razvitiya xlopkovogo 
volokna i yego texnologicheskiye svoystva, T., 1975; Kogan M. I., Texnicheskiy progress i 
kachestvo xlopkovogo volokna, T., 1977; Paxta sifa-tini yaxshilash omillari, T., 1977. 

Yüklə 416,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə