Sanoat korxonalarida maxsulotlarni tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 53,5 Kb.
səhifə1/2
tarix28.03.2023
ölçüsü53,5 Kb.
#103472
  1   2
Industrial iqtisodiyot




Reja:



  1. Sanoat korxonalarida maxsulotlarni tayyorlash texnologiyasi.

  2. Yurtimizdagi sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar.

  3. Sanoat korxonalarida maxsulotlar ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini oshirish.

Mahalliylashtirish – mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish zaxiralaridan keng foydalanish asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Mamlakatimizda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 26-dekabrdagi “2017-2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilayotir. 
Viloyatlaridagi 21 sanoat korxonasida dastur asosida bolalar yumshoq o‘yinchoqlari, velosipedlar, elektr choynaklar, isitish batareyalari, himoya yelim qog‘ozi, kimyoviy dori sepish apparatlari, shokolad, qandolat mahsulotlari, maktab sumkalari, quyultirilgan va quruq sut, “GM O'zbekiston” avtomobillari uchun havo filtrlari, rezina granula kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan Toshloq tumanidagi “Element kristall” mas’uliyati cheklangan jamiyati har xil termoslar, elektr choynaklar, Uchko‘prik tumanidagi "Yorqin" xususiy ishlab chiqarish korxonasi maktab sumkalari, Buvayda tumanidagi "Ahmad Toj Haydar" xususiy korxonasi yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 
Qishloqda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar raqobatbardosh mahsulotlar turini ko‘paytirish, eng muhimi, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shtepa tumanidagi “Sardor RRS” mas’uliyati cheklangan jamiyati shunday korxonalardan biri. Bu yerda tayyorlanayotgan santexnika jihozlari xorijnikidan aslo qolishmaydi. 
– Mahsulotlarimiz ichki bozorda o‘z xaridoriga ega, – deydi jamiyat rahbari Muhammadjon Qo‘chqorov. – Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor faoliyatimiz rivojida muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, Mahalliylashtirish dasturi asosida ishlayotganimiz bizga ko‘plab imtiyozlar yaratmoqda. Mahalliy xomashyo asosida tayyorlanayotgan mahsulotlarimizga ichki bozorda talab yuqori. Kelgusida mahsulot turi va hajmini yanada oshirishni rejalashtirganmiz. 
Shahar va tumanlardagi korxonalardan Mahalliylashtirish dasturiga ko‘plab takliflar kelib tushmoqda. Bag‘dod tumanidagi "Baxtiyor" xususiy savdo korxonasida elektroshitlar, Beshariq tumanidagi “Ta’minot” xususiy korxonasida ayollar gigiyenik vositalari, Quvasoydagi "Dave Exlusiv" oilaviy korxonasida kir yuvish vositalari, Qo‘qon shahridagi "Kokand Bicycles" xususiy korxonasida velosiped, “Shaffof Metan Servis” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida avtomobillar uchun gaz ballonlari, Dang‘ara tumanidagi “Dang‘ara Mega Ketl” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan elektr dazmol va plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar taklifi yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarining muhimlariga quyidagilar kiradi:
-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;
-ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, mahalliylashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
-inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o‘ringa ega. Ularning ahmiyati ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va xo‘jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o‘rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish - konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin.
Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag‘batlantirishning usul va shakllarini, ya’ni korxona faoliyatining butun xo‘jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi.
Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko‘rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent viloyati yuksak iqtisodiy salohiyati, ulkan tabiiy va insoniy resurslari, rivojlangan transport kommunikatsiyalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida yetakchi o'rin tutadi. Viloyatda kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 13-apreldagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan "Angren" maxsus industrial zonasi bu boradagi salohiyatdan to'la foydalanish, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishda muhim omil bo'ldi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 26-oktabrdagi farmoniga muvofiq ushbu hudud "Angren" erkin iqtisodiy zonasi, deb ataldi, imkoniyatlari va imtiyozlari yanada kengaytirildi.
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 20-sentabr kuni Angren shahriga tashrif buyurib, ushbu zonada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik investitsiya loyihalari bilan tanishgan edi.
Ulardan biri Xitoyning "Poli teknolojiz" kompaniyasi bilan hamkorlikda konveyyer lentalari, qishloq xo'jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish loyihasidir. Loyihaga ko'ra, yiliga 100 ming pogon metr konveyyer lentasi, 200 mingta qishloq xo'jaligi texnikasi shinasi, 3 million dona avtomobil shinasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Prezidentimiz Angren shahriga tashrif buyurib, mazkur loyiha ijrosining borishi bilan tanishdi.
Konveyyer lentasi va shinalar sanoat, qishloq xo'jaligi, umuman, odamlar hayoti uchun eng zarur mahsulotlardan hisoblanadi. Ular hozircha xorijdan olib kelinmoqda. Bu tovarlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish import o'rnini to'ldirish, valyuta mablag'larini tejash, shu bilan birga, eksportdan foyda topish imkonini beradi.
Bu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega, dedi Prezidentimiz. Bu yerda jahon standartlariga mos, yuqori sifat va keng nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar barqaror daromad manbaiga ega bo'ladi, hayotdan rozi bo'lib yashaydi.
Zavodda "Bars" brendi ostida 21 xil o'lchamdagi avtoshinalar ishlab chiqariladi va "JM O'zbekiston" qo'shma korxonasiga yetkazib beriladi. Qishloq xo'jaligida eng ko'p pritsep shinasi va traktorning old shinasiga ehtiyoj seziladi. Korxonada tayyorlanadigan ushbu mahsulotlar – 140 ming dona pritsep, 60 ming dona traktor shinalari dehqon va fermerlar ishiga madad bo'ladi. Konveyyer lentasining ham ikki xili – rezina matoli va rezina trosli turlari ishlab chiqariladi. Ichki bozorni ta'minlashdan tashqari yiliga qariyb 60 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari zavod xomashyosini mahalliylashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi ishga tushgach, ushbu zavodning 50 foiz xomashyosini yetkazib beradi. Shu bilan birga, xomashyoning muqobil manbalarini izlash, xususan, yurtimizda kauchuk olinadigan daraxtlarni yetishtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Zavod ishga tushirilgach, 1 ming 200 ga yaqin kishi ish bilan ta'minlanadi. Yoshlar zamonaviy texnologiyalarni egallab, malakali kadr bo'lib shakllanadi. Hozirgacha 68 mutaxassis Xitoyda malaka oshirib qaytdi. Korxona uchun mutaxassislar aniq, manzilli asosda tayyorlanadi.
Prezidentimiz "Poli teknolojiz" kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlash, xususan, imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni chuqurlashtirish bo'yicha "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati bilan 10-yillik strategiya ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.
Bugungi kunda zavodda qurilish-montaj ishlari jadal davom etmoqda. Rejaga ko'ra, joriy yilning 1-sentabr kuni korxonada birinchi shina ishlab chiqariladi va xalqaro standart olish uchun sinovga taqdim etiladi.
Shu yerda qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, "Angren" erkin iqtisodiy zonasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, Toshkent viloyatidagi bo'sh turgan binolardan samarali foydalanish borasidagi ishlar haqida ma'lumot berildi.
Davlatimiz rahbari bu loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi, xomashyosi va bozorini surishtirdi. Korxonalarni ishga tushirishda sifat va muddatga alohida e'tibor qaratish, energiya sarfini kamaytirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish muhimligini ta'kidladi.
Toshkent viloyatidagi bo'sh turgan ishlab chiqarish maydonlari negizida 18 kichik sanoat zonasi tashkil etish rejasiga alohida e'tibor qaratildi.
Toshkent viloyatining ertangi kuni bu – sanoat, dedi Shavkat Mirziyoyev. Ushbu maydonlarda kichik-kichik korxonalar tashkil etib, ularning oyoqqa turib olishiga ko'maklashish, qanday mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabini va importni o'rganish asosida belgilash, keyinchalik ularning faoliyatini kengaytirib borish zarur. Buning natijasida minglab ish o'rinlari yaratiladi, moliyalashtirish bazasi ham kengayadi.
Prezidentimiz xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi.
Shu yerda "Angren" erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan namunalar namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev O'rta Chirchiq tumanidagi "O'zbegim otlari" ot zavodi faoliyati bilan tanishdi.
Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlash, mazkur soha uchun mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini o'rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 15-iyundagi "O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.
"O'zbegim otlari" ot zavodi 1992-yil tashkil etilgan bo'lib, maydoni 140 gektardan ortiq. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka tulporlarini parvarishlash va ko'paytirishga ixtisoslashtirilgan. Bugungi kunda bu yerda 300 ga yaqin ot parvarishlanmoqda.
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Axaltaka zotli otlar bundan besh ming yil muqaddam paydo bo'lgan. U Osiyo xalqlarining yozma manbalarida samo tulporlari, arg'umoq, uchqur ayg'irlar, deya ta'riflangan. Toshbitiklar, qoyalarda saqlanib qolgan suratlarning guvohlik berishicha, Axaltaka arg'umoqlari qadimda hozirgi Farg'ona vodiysi, Xorazm viloyati hududlarida uchragan. Bu otlar Turkmanistonda keng tarqalgan.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sovg'a qilgan "Do'stxon" laqabli zotdor ot taqdim etildi.
Ot zavodida zotdor otlarni ko'paytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti ham o'tkazildi.
Davlatimiz rahbari Parkentsoy suvidan unumli foydalanish loyihasi bilan tanishdi.
Har qarich yerdan unumli foydalanish zarurligi alohida ta'kidlandi. Tomchilatib sug'orish usulini keng joriy qilish, tokzorlar orasiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari ekish kerakligi qayd etildi.
Parkent shahrining bosh rejasi haqida so'zlab berildi. Bundan tashqari, Parkentning ekologik toza hududlarida dam olish va sog'lomlashtirish maskanlarini joylashtirish bo'yicha takliflar bildirildi. Qurilayotgan dam olish zonalari energiyatejamkor binolardan iborat bo'ladi.
Prezidentimiz Parkentning eng so'lim joyida adiblar uchun 50 uy qurib berish kerak, dedi. Ular ijod qilishi uchun sharoit yaratish zarur.
Davlatimiz rahbariga Toshkent viloyatining asosiy turistik yo'nalishlari namoyish etildi. Viloyat hududida Chimyon oromgohi, Chorvoq suv ombori, Ixnoj, Urungach, Shovur, Bodak ko'llari bor. Viloyatda 45 mehmonxona, 4 turoperator, 71 sanatoriy, 1 qo'riqxona, 5 o'rmon xo'jaligi mavjud. Mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanish bo'yicha rejalar, 2017-2018-yillarda viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirishning asosiy ko'rsatkich prognoz parametrlari taqdim qilindi. Chimyon oromgohida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun 500 o'rinli zamonaviy mehmonxona majmuasi loyihasining taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur hududda zamonaviy osma yo'l qurish loyihasiga ham e'tibor qaratildi. Uzunligi 2 kilometr bo'lgan, 26 kabinadan iborat osma yo'lni 10 oyda qurish mo'ljallanmoqda.
Prezidentimiz Bo'stonliq tumani "Xo'jakent" mahalla fuqarolar yig'ini hududida quriladigan "Qo'sh-Chinor" mehmonxona majmuasi loyihasini ko'zdan kechirdi. Majmuadan 130 o'rinli mehmonxona, 60 o'rinli restoran, sog'lomlashtirish markazi va xizmat ko'rsatish shoxobchalari o'rin olgan.
"Amirsoy" tog'-chang'i dam olish maskani bosh rejasi loyihasi zamonaviy yechimlari va ko'lami bilan ajralib turadi. Bunda yilning turli fasllarida sayyohlarga xizmat ko'rsatadigan tizim yaratiladi.
Prezidentimiz Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyatidan unumli foydalanish zarurligini ta'kidladi. Shunday sharoit bo'la turib, mavjud imkoniyatlardan to'la foydalanmayapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Toshkent viloyatining so'lim go'shalarida tajriba sifatida mehmon uylarini tashkil etish bo'yicha takliflar taqdim qilindi. Bunda azaliy urf-odatlarimiz asosidagi tadbirlarga sayyohlarni jalb etish, ularga milliy taomlar tayyorlash jarayonini namoyish etish va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish ko'zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari loyihasi bilan tanishdi. Viloyatda bu boradagi keng ko'lamli ishlarni yanada jadallashtirishda Prezidentimizning 2017-yil 20-iyuldagi "Toshkent viloyatining ma'muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Toshkent viloyati hududidan o'tuvchi Toshkent – Sirdaryo avtomobil yo'li bo'yida yangi turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi mo'ljallangan. Zangiota, Chinoz va Yangiyo'l tumanlari hududidan o'tuvchi yo'l bo'yida uy-joylar qurilishi va joylashuvi loyihasi taqdimoti o'tkazildi. Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarida 5 va 7 qavatli zamonaviy uy-joylar quriladi. Toshkent viloyatining ma'muriy markazi yo'q edi. Hozirgi kunda To'ytepa shahrini viloyatning markazi sifatida qayta qurish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu borada xorijdan arxitektorlar taklif qilingan. To'ytepa shahrining bosh rejasi taqdimoti ham o'tkazildi.
Prezidentimiz loyiha bilan tanishar ekan, Toshkent – To'ytepa yo'li atrofida zamonaviy uy-joylar qurish, ijtimoiy soha obyektlarini zamon talablari darajasida barpo etish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Toshkent viloyati hokimligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yüklə 53,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə