1. Uzbekistonda mhxslariga utish zaruriyati. Yuldagi pul mablaglari xisobi



Yüklə 15,87 Kb.
tarix03.03.2023
ölçüsü15,87 Kb.
#101835
Buxg


4-variant
1. Uzbekistonda MHXSlariga utish zaruriyati.
2. Yuldagi pul mablaglari xisobi.
3. Materiallarni tan olish va baholash
4. Amaliy vaziyat: Saman» MCHJ 2022 yil 1 fevralda Toshkent shaxar
xokimiyatida ruyxatga olingan. Korxona ustaviga kura uning kapitali
40.000.000 sum belgilangan. Korxona 4ta taʼsischi tomonidan tashkil etiladi.
1-taʼsischi 10 mln sum (yogoch taxta), 2- taʼsichi 8 mln (extiyot kiyem), 3-taʼsischi 9mln (yonilgi) va 4 taʼsichi 13 mln sum (inventarlar) bilan uz ulushini kiritadi.
Topshirщ korxonaning ustav kapitalini shakllantiring va tegishli
utkazmalarni tayyorlang (kirish balansi tuzilsin).

1. Buxgalteriya hisobini huquqiy (me’yoriy) muvofiqlashtirish


to‘rt daraja hujjatlardan iborat:
Birinchi daraja – qonunlar, Prezident farmonlari, Respublika
Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Ikkinchi daraja – buxgalteriya hisobi bo‘yicha xo‘jalik
operatsiyalarini hisobga olish, buxgalteriya hisoboti tuzish va
taqdim etishning qoida va usullarini belgilaydigan me’yorlar
(standartlar).
Uchinchi daraja – metodik ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, xatlar.
To‘rtinchi daraja – korxona, tashkilotlarning metodik, texnik
va tashkiliy jihatidan hisobga olish siyosatini shakllantiradigan
xizmat hujjatlari.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilishning
asosiy choralari:
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning umumuslubiy
asoslarini qayta ko‘rib chiqish va uni jahon tajribasida umumqabul
qilingan asoslariga muvofiq keltirish;
Foydalanuvchilarni moliyaviy xususdagi foydali ma’lumot
bilan ta’minlovchi BHMS va moliyaviy hisobotlar tizimini
shakllantirish;
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilishda
ularni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish va o‘zaro bog‘-
liqligini ta’minlash;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga zamonaviylashtirilgan va
MHXSlariga yaqinlashtirilgan buxgalteriya hisobining va
moliyaviy hisobotlarni tuzishning milliy tizimi modelini
tushunishda va joriy qilishda uslubiy yordam ko‘rsatish;
MHXSlar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan
o‘quv dasturlari asosida buxgalteriya hisobi sohasida kadrlarni
sifatli tayyorlash va qayta tayyorlash.

2. O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi


akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlaridagi
(veksellardan tashqari) pul mablag‘larining mavjudligi va harakati
to‘g‘risida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul
mablag‘larining alohida saqlanadigan qismining harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga
oshiriladi:
5510 “Akkreditivlar”;
5520 “Chek daftarchalari”;
5530 “Boshqa maxsus schyotlar”.
5510 “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablag‘lari
hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablag‘larini o‘tkazish 5510
“Akkreditivlar” schyotining debetida va 5110 “Hisob-kitob
schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet
eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks
ettiriladi.
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotida saqlash
joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul
mablag‘lari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul
o‘tkazmalari) hisobga olinadi.
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotining debetida
pulni inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablag‘larini hisobga
oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Pul
mablag‘lari kirim qilingandan keyin 5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘
(o‘tkazma)lari” schyoti kreditlanib, pul mablag‘larini hisobga oluvchi
schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotidagi summalarni bank muassasalari, pochta bo‘limi kvitansiyalari, bank
inkassatorlariga tushumni topshirish ilova qaydnomalarining nusxalari va boshqa hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirish lozim
Materiallarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo‘lishini
tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlarga asoslanadi. Bu hujjatlarga
hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi,
inventarlash dalolatnomasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Xarid qilingan materiallarga haq to‘lash bilan bog‘liq
xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank
komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid
qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va
boshqa bank xizmatlari), materiallarni xarid qilish bo‘yicha
kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan
bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita
bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar materiallarning tannarxiga
kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar
sifatida tan olinadi.
Materiallar kredit hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kredit (qarz)dan foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar uning hisobidan butkul yoki qisman sotib
olingan materiallarning tannarxiga kiritilmaydi.
Yüklə 15,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə