Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
138
w
ns.uz
www.orie
2021
March
ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING AL-ISLOH JURNALIDA
ILGARI SURGAN AXLOQIY FIKRLARI (“ME’YOR UL-AXLOQ” (AXLOQ
ME’YORLARI) ASARI TASNIFIDA)
Abrorxon Asatulloyevich Asatulloyev
Guliston davlat universiteti falsafa fani o‘qituvchisi
abshah.uz1992@gmail.com
Annotatsiya:
XX asr birinchi choragi Turkiston ijtimoiy hayotida jadidchilik
harakati o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan. Jadidchilik harakatining g‘oya va fikrlari
XX asr 10-yillaridan so‘ng “Al-Isloh”, “Al-Izoh” jurnallarida o‘z ifodasini topgan.
“Al-Isloh” jurnali Turkiston xalqlari tarixining murakkab davrida nashr etilib turdi.
Mazkur jurnalda milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti namoyandalarining turli
janrlarga oid asarlari bosilgan. Ularning aksariyati hamon adabiy jamoatchilik
e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. SHu bilan birga, jurnal sahifalarida ham
bevosita, ham bilvosita adabiy-estetik fikrlar yuzasidan munozaralar bo‘lgan. Bu
qarashlarni tadqiq etish va ulardan chiqadigan xulosalarni umumlashtirish
adabiyotshunosligimiz uchun muhim ahamiyatga molikdir. “Al-Isloh” sahifalarida
yangi ijtimoiy voqelik sharoitida diniy arkonlar, aqidalar tahlil va talqin etildi, zarur
o‘rinlarda ularga isloh kiritish yuzasidan takliflar bildirildi. Natijada, mazkur
nashrning diniy-ma’rifiy qarashlar rivojida ham muayyan ahamiyatga molik bo‘lgani
shubhasizdir. Bu jarayonni kuzatish ma’naviy – ruhiy tafakkurimizning tadrijini
aniqlashga ko‘maklashadi
.
Ushbu fikrlarning isboti o‘laroq Abdurahmon Sayyoh
Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asari va undagi ilgari surilgan axloqiy
g‘oyalarning jurnalning ba’zi sonlarida nashr etib borilishi nihoyatda e’tiborlidir.
Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning axloqiy, ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy
mavzulardagi materiallari bugungi kunga qadar maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida
o‘rganilgan emas.
Kalit so‘zlar:
XX asr boshlari, Turkiston milliy matbuoti, “Me’yor ul-axloq”,
“al-Isloh”, axloq, ma’rifat, ijtimoiy hayot, ma’rifatparvar.